04.09.2024 yildagi O‘RQ-954-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 12-martda qabul qilingan

Senat tomonidan 2024-yil 18-mayda maʼqullangan

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda mamlakatimizda raqobatni rivojlantirish va monopoliyalarga qarshi kurashish, isteʼmolchilarning huquqlari himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish hamda mazkur tizim faoliyatini takomillashtirish doirasida “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining nomini aniqlashtiruvchi hamda davlat yordami berilishiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ushbu qoʻmita bilan kelishishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari “Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish kiritilib, unga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyekt qaysi faoliyat turiga asosan tabiiy monopoliya subyektlari jumlasiga kiritilsa, oʻsha faoliyat turi uning asosiy faoliyat turi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazolar tizimini liberallashtirish maqsadida raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning iqtisodiy jihatdan past taʼsir darajasiga ega boʻlgan buzilishini birinchi marta sodir etgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar tarzidagi javobgarlik choralari qoʻllanilmasligini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun tovar va moliya bozorlarida sogʻlom raqobat muhitini taʼminlashga, shuningdek raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning iqtisodiy jihatdan past taʼsir darajasiga ega boʻlgan buzilishi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllashda adolatlilik prinsipiga rioya etilishiga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-aprelda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-682-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 4, 288-modda; 2022-yil, № 3, 213-modda, № 8, 788-modda, № 10, 983-modda; 2023-yil, № 8, 629-modda) ilovasi 102-bandining toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan — tovar va moliya bozorlaridagi raqobat masalalariga doir, shuningdek davlat yordami berilishini nazarda tutuvchi loyihalar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 3-iyulda qabul qilingan “Raqobat toʻgʻrisida”gi OʻRQ-850-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 7, 533-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 4-moddaning oʻn uchinchi xatboshisi “tabiiy monopoliya sharoitlarida tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni” degan soʻzlardan keyin “asosiy faoliyat turi sifatida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 42-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning iqtisodiy jihatdan past taʼsir darajasiga ega boʻlgan buzilishini birinchi marta sodir etgan xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilmaydi va unga bunday huquqbuzarlikning takroran sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida ogohlantirish beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar sud tartibida qoʻllaniladi, bundan huquqbuzar sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybini tan olgan va jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlagan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqbuzarlikning takroran sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida ogohlantirish olish, shuningdek jarimani toʻlash raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxsni vakolatli davlat organining qarorini (taqdimnomasini, koʻrsatmasini) bajarish yoki raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish majburiyatidan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning iqtisodiy jihatdan past taʼsir darajasiga ega boʻlgan buzilishlari hollari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun 2-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning iqtisodiy jihatdan past taʼsir darajasiga ega boʻlgan buzilishlari hollarini ushbu Qonun kuchga kirganidan keyin ikki oy ichida belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 4-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-954-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2024-y., 03/24/954/0682-son)