ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
||
|
Viloyat, shahar va tumanlar |
Vazirlik, idora va respublika tashkilotlari |
Oliy Majlis Senati qoʻmitalari |
||||
|
1. |
Toshkent viloyati sogʻliqni saqlash muassasalarini avtotransport vositalari va zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlash. |
1. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati filiali hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining kardiologiya boʻlinmalarini 22 ta EKG, 21 ta ExoKG, 18 ta xolter-monitor, 21 ta defibrillyatorlar bilan taʼminlash. 2. Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filialiga 15 ta maxsus va 2 ta yoʻl tanlamas avtotransport vositasini ajratish. 3. Qabul qilib olingan avtotransport vositalari va tibbiy asbob-uskunalardan samarali foydalanishni taʼminlash. |
2024-yil yakuniga qadar |
viloyat hokimligi, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi |
|
2. |
Davlat — xususiy sheriklik asosida xalqaro standartlarga javob beradigan umumiy oʻrta taʼlim maktablarini qurish va oʻquvchilarga sifatli taʼlim olish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish. |
1. Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida davlat-xususiy sheriklik asosida umumiy oʻrta taʼlim maktablarini tashkil etish loyihasi doirasida Qibray va Toshkent tumanlarida 4 ta maktab tashkil etish loyihasi uchun yer uchastkalari ajratish. |
2024-yil sentabr |
viloyat hokimligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi, Qibray va Toshkent tumanlari hokimliklari |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi |
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi |
|
2. Mazkur maktablarni davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi va loyihani baholash hujjatini ishlab chiqish. |
2024-yil oktabr |
|||||
|
3. Tender hujjatlarini va davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim loyihasini ishlab chiqish va xalqaro ochiq tender jarayonlarini eʼlon qilish. |
2024-yil dekabr |
|||||
|
3. |
Viloyat hududidagi maktablarni zamonaviy kompyuter sinflari bilan taʼminlash. |
1. Viloyat hududidagi maktablarni zamonaviy kompyuter sinflari bilan taʼminlash uchun mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan 4,0 mlrd soʻm ajratilishi va oʻzlashtirishini taʼminlash. 2. Kompyuter jihozlarini xarid qilish uchun belgilangan tartibda tender savdolarini oʻtkazish va xarid qilish. 3. Zamonaviy kompyuter sinflarini tashkil etish uchun xarid qilingan kompyuter jihozlarni maktablarga yetkazib berish. |
2024-yil avgust — dekabr |
viloyat hokimligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi |
|
4. |
Sotilishi belgilangan hamda hozirgi vaqtda balansda saqlovchilar tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshirilmagan 17 ta obyektni qisqa muddatda topshirish masalasini hal etish choralarini koʻrish. |
1. Sotilishi belgilangan davlat mulk obyektlarini balansda saqlovchilar oʻrnatilgan tartibda Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshirilishini rasmiylashtirish. |
2024-yil sentabr |
viloyat hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Markaziy bank va boshqa tashkilotlar |
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi |
|
2. Qabul qilib olingan aktivlarni belgilangan tartibda kadastrdan oʻtkazish va auksion savdolarga chiqarish. 3. Obyektlarni sotilishini taʼminlash hamda sotishdan tushgan tushumlarni belgilangan tartibda viloyat hamda obyekt joylashgan shahar va tumanlar mahalliy budjetlariga oʻtkazilishini taʼminlash. |
2024-yil yakuniga qadar |
|||||
|
5. |
Joriy yilning birinchi yarim yilligida davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotishdan tushgan jami 12,4 mlrd soʻmlik mablagʻlarni viloyat hamda tuman (shahar) mahalliy budjetlariga oʻtkazilishini taʼminlash. |
1. Davlat koʻchmas mulk obyektlari sotilishidan tushgan mablagʻlarni obyekt joylashgan tuman (shahar) budjetida qoladigan qismini ham toʻlaligicha viloyat budjetiga oʻtkazish toʻgʻrisida qabul qilingan xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi qarorlariga tegishli oʻzgartirish kiritish. |
2024-yil avgust |
viloyat hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi, Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi |
|
2. Joriy yilning birinchi yarim yilligida davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotishdan tushgan jami 6,2 mlrd soʻmni viloyat hamda 6,2 mlrd soʻmni viloyatning 16 ta shahar va tumanlari mahalliy budjetlariga oʻtkazilishini taʼminlash. |
2024-yil sentabr |
|||||
|
3. Kelgusida bu kabi holatlarga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish. |
doimiy |
|||||
|
6. |
Yangiyoʻl shahar “Biokimyo” kichik sanoat zonasida elektr energiyasi tarmogʻini qurish ishlarini 2025-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish. |
1. Sanoat zonasida joylashgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertiza xulosalarini olish. |
2024-yil avgust |
viloyat hokimligi, Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari,, AJ, Yangiyoʻl shahar hokimligi |
Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ |
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi |
|
2. Elektr energiyasi tarmogʻini qurish ishlarini 2025-yilgi davlat dasturlari doirasida amalga oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. 3. Vazirlar Mahkamasi 2025-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida inobatga olish. |
2024-yil sentabr |
|||||
|
7. |
Ichimlik va oqova suv taʼminoti tizimlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etish ishlarini yakunlash. |
1. Bekobod va Yangiyoʻl shaharlarida ichimlik va oqova suv taʼminoti tizimlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sektorga berish boʻyicha olib borilayotgan ishlar holatini tahlil qilish va muddatining kechikish sabablarini aniqlash. 2. Tahlil jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda amaldagi tartiblarga muvofiqlashtirish. |
2024-yil sentabr |
viloyat hokimligi, “Toshkent suv taʼminoti” MChJ, Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi, Bekobod va Yangiyoʻl shahar hokimliklari |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ |
Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi |
|
3. Ushbu shaharlardagi ichimlik va oqova suv taʼminoti tizimlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sektorga berish ishlarini yakunlash. |
2024-yil yakuniga qadar |
|||||
|
8. |
Suv resurslaridan samarali foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish borasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash. |
1. 2021-2022-yillarda paxta va boshoqli don maydonlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etgan fermer va dehqon xoʻjaliklarida ushbu texnologiyalardan samarasiz foydalanilganligi sababli Piskent (3 424 mln soʻm), Oʻrta Chirchiq (206,7 mln soʻm) va Boʻka (724 mln soʻm) tumanlarida subsidiyalarni budjetga qaytarish choralarini koʻrish. 2. Joriy yilda rejadagi 43,3 ming gektar yer maydonida suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy etish. |
2024-yil davomida |
viloyat hokimligi, tuman hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi, “Chirchiq-Ohangaron” ITHB boshqarmasi |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, |
Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi |
|
9. |
2024-yilda aholini doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ish oʻrinlarida band qilish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar ijrosini taʼminlash. |
1. Viloyat boʻyicha investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga 23,6 ming, xizmat koʻrsatish sohasida 500 ming, qishloq xoʻjaligida 172,6 ming hamda qurilish sohasida 9,3 ming nafar aholining bandligini taʼminlash. 2. Aholi bandligini taʼminlash boʻyicha belgilangan koʻrsatkichlar ijrosini xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida muhokama qilib borish. |
2024-yil davomida |
viloyat hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi, Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi |
|
har oyda |
||||||
|
10. |
Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, shu jumladan norasmiy ishlayotgan fuqarolar bandligini legallashtirish. |
1. Soliq hisobotlarida xodimlar sonini 1 nafar etib koʻrsatgan 4 726 ta korxonalar faoliyatini oʻrganish va amalda ishlayotgan xodimlarning haqiqiy sonini soliq hisobotlariga kiritilishini taʼminlash. 2. Norasmiy band boʻlgan aholining rasmiy bandligini taʼminlash, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar oʻrtasida kafolatlangan mehnat stajiga ega boʻlish uchun ijtimoiy soliqni toʻlash boʻyicha nazorat va targʻibot ishlarini kuchaytirish. 3. Soliq maʼmurchiligi asosida soliq solish obyektlarini toʻliq hisobga olish. |
2024-yil davomida |
viloyat hokimligi, Soliq boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari |
Soliq qoʻmitasi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi |
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi |
|
11. |
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini tizimli hal etish va daftardan chiqarilishini taʼminlash. |
1. Joriy yil yakuniga qadar “Ayollar daftari”ga kiritilgan 90,4 ming xotin-qizlarning muammolarini tizimli hal etish va daftardan chiqarilishini taʼminlash. 2. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolari toʻliq va tizimli hal etilishini taʼminlash, xususan, daromadli mehnat bilan band qilish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, moddiy va tibbiy yordam koʻrsatish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash. |
2024-yil davomida |
viloyat hokimligi, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hududiy boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari |
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, tijorat banklari |
Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi |
|
3. Koʻrsatilgan yordamlarning haqqoniyligini manzilli oʻrganish va natijalarini xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalari muhokamasiga kiritish. |
har chorakda |
|||||
|
12. |
Tashabbusli budjet jarayonlarida gʻolib deb topilgan loyihalarni oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlash va pudrat tashkilotlari tomonidan ishlarni jadallashtirish. |
1. 2023-yilda oʻtkazilgan “Tashabbusli budjet” jarayonlarida gʻolib deb topilgan va qurilish ishlari yakuniga yetkazilmagan Bekobod, Piskent tumanlari va Chirchiq shahridagi 3 ta (3,9 mlrd soʻmlik) obyekt boʻyicha ishlarni yakunlash. 2. “Tashabbusli budjet” jarayonining 1-mavsumida gʻolib deb topilib, bugungi kunga qadar qurilish ishlari boshlanmagan obyektlarni aniqlash va ishlarni jadallashtirish. 3. Ishlar toʻliq yakunlangan loyihalarni tashabbuskorlar, mahalla raisi va faollarining ish sifati yuzasidan roziligi olinganidan keyin foydalanishga qabul qilish. |
2024-yil yakuniga qadar |
viloyat hokimligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi, Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi |
|
13. |
Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qoʻyilishi munosabati bilan mulkdorlar oldidagi mavjud qarzdorlikni bartaraf etish. |
1. Viloyatda joriy yilning 1-iyul holatiga ijro qilinmay turgan sud qarorlari hisobiga toʻgʻri keladigan 65 mlrd soʻmlik qarzdorlikni (shundan, 40 mlrd soʻmni joriy yil sentabr oyida, qolgan qismini yil yakuniga qadar) bartaraf etish. 2. Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qoʻyilishida Oʻzbekiston Respublikasining “Er uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash. |
2024-yil sentabr, dekabr |
viloyat hokimligi, Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi |