O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 26-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 10-iyulda ma’qullangan
Keyingi yillarda mamlakatimizda atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash, kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonunlariga O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar hamda yovvoyi hayvonlar turlarini tabiiy muhitdan ajratib olishni cheklashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasining transformatsiyasi munosabati bilan ekologiya, o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi davlat organlarining vakolatlari aniqlashtirilmoqda.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasining qonunlaridagi oqova suvlarni chiqarib yuborish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq tushunchalar “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni normalariga muvofiqlashtirilmoqda.
Ushbu Qonun ekologiya sohasidagi davlat boshqaruvining samarali tashkil etilishini ta’minlashga, O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar hamda yovvoyi hayvonlar turlarining soni ko‘paytirilishiga, ularning o‘sish va yashash muhiti sharoitlari yaxshilanishiga, shuningdek kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida huquqni qo‘llash amaliyotining bir xilligi ta’minlanishiga xizmat qiladi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 754-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 9, 591-modda, № 11, 792-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2023-yil, № 12, 1011-modda; 2024-yil, № 2, 104-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 7-modda chiqarib tashlansin;
2) 8-moddaning matnidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 9-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tabiatni muhofaza qilish sohasida:
atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarni va biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish hamda uning oqibatlarini yumshatish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;
fuqarolarning qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqlarini amalga oshirish, shuningdek ekologik osoyishtalikni ta’minlash choralarini ko‘rish;
tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish hamda tabiatdan foydalanishni tartibga solishga doir faoliyatni tashkil etish;
tabiiy resurslarning davlat kadastrlari yuritilishi tartibini belgilash va ushbu kadastrlarning yuritilishini ta’minlash, respublika ahamiyatiga molik tabiiy resurslarning zaxiralarini tasdiqlash;
favqulodda ekologik vaziyatlarning va ekologik ofatlarning, ekologik jihatdan xavf tug‘diradigan vaziyatlarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish;
tabiiy ofatlar va yirik avariyalarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
tabiiy resurslardan maxsus foydalanganlik uchun haq to‘lash, atrof-muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash tartibini, shuningdek tabiiy resurslardan foydalanish, chiqindilarni joylashtirish limitlarini belgilash;
ekologik ta’lim va tarbiya tizimini yaratish, shuningdek uning amalga oshirilishini ta’minlash;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning chegaralarini, tabiatni muhofaza qilish va xo‘jalik faoliyati rejimlarini tasdiqlash;
tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari jumlasiga kiradi”;
4) 11-modda:
nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 15-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ekologik normativlar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan o‘z vakolatlariga muvofiq tasdiqlanadi”;
6) 19-moddaning ikkinchi qismidagi “o‘rmon va suv xo‘jaligi idoralari” degan so‘zlar “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi organlari hamda suv xo‘jaligi organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 28-moddaning to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 30-moddaning:
ikkinchi qismidagi “davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari” degan so‘zlar “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari” degan so‘zlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 34-moddaning:
uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasiga” degan so‘zlar “Ekologiya jamg‘armasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 35-moddaning:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35-modda. Ekologiya jamg‘armasi”;
birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi tashkil etiladi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida Ekologiya jamg‘armasi tashkil etiladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasini” degan so‘zlar “Ekologiya jamg‘armasini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11) 37-moddaning beshinchi xatboshisidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi” degan so‘zlar “Ekologiya jamg‘armasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12) 38-moddaning matnidagi “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlariga” degan so‘zlar “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi organlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13) 40-moddaning:
birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
14) 48-moddaning ikkinchi qismidagi “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari” degan so‘zlar “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
15) 50-moddaning ikkinchi qismidagi “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlarining” degan so‘zlar “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 148-moddaning dispozitsiyasidagi “kanalizatsiya” degan so‘z chiqarib tashlansin;
2) 1631-modda:
nomidagi “Kanalizatsiya tarmoqlaridan” degan so‘zlar “Oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Uy-joylarni, jamoat, ishlab chiqarish obyektlarini va boshqa obyektlarni, shuningdek yer uchastkalarini oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulab olish, oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalar yo‘l qo‘yiladigan darajadan ortiq bo‘lgan oqova suvlarni oqizish hamda oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, yer ishlari va boshqa ishlarni bajarayotganda oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol ularning shikastlanishiga sabab bo‘lsa”;
ikkinchi qismining dispozitsiyasidagi “kanalizatsiya tarmoqlariga (oqova suvni chiqarib yuborish tarmoqlariga)” degan so‘zlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 1632-moddaning:
nomidagi “kanalizatsiya” degan so‘z “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining dispozitsiyasidagi “kanalizatsiya” degan so‘z “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 261-moddaning birinchi qismidagi “kanalizatsiya tarmoqlariga” degan so‘zlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 2664-moddaning birinchi qismidagi “76-moddasida (ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlaridan foydalanish qoidalarini buzishga doir qismida), 163-moddasida (vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish va ichimlik suvi ta’minoti vodoprovodidan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzishga oid qismida), 1631-moddasida (uy-joylarni, jamoat, ishlab chiqarish obyektlarini va boshqa obyektlarni kanalizatsiya tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulab olishga doir qismida)” degan so‘zlar “76-moddasida (ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlaridan foydalanish qoidalarini buzishga doir qismida), 163-moddasida (vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish va ichimlik suvi ta’minoti vodoprovodidan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzishga oid qismida), 1631-moddasida (uy-joylarni, jamoat, ishlab chiqarish obyektlarini va boshqa obyektlarni oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulab olishga doir qismida)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 543-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 21-sentabrda qabul qilingan O‘RQ-409-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 274-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 8, 470-modda; 2020-yil, № 9, 539-modda; 2021-yil, № 4, 287-modda, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 5, 465-modda, № 6, 577-modda; 2024-yil, № 2, 116-modda) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 8-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi”;
2) 9-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va xo‘jalik boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 10-modda:
nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 11-modda:
nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 111-modda:
nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 16-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘simlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini va ulardan foydalanish hajmlarining hisobini yurituvchi vazirliklar, idoralar hamda tashkilotlar o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri bo‘yicha zarur axborotni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga tekin taqdim etadi. O‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri bo‘yicha zarur axborotning turlari, hajmlari va uni taqdim etish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan belgilanadi”;
uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 17-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlik turlarini saqlab qolish va muhofaza qilish uchun ularning o‘sish muhiti bo‘lgan joylarda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etilishi mumkin”;
8) 21-moddaning ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 22-moddaning birinchi qismidagi “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 24-moddaning:
ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi idoraviy nazorat davlat o‘rmon fondi yerlarida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga qarashli tashkilotlarda, shuningdek xo‘jalik boshqaruvi organlari tarkibiga kiruvchi tashkilotlarda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi”;
11) 27-moddaning matnidagi “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari” degan so‘zlar “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12) 30-moddaning uchinchi qismidagi “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari” degan so‘zlar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13) 31-modda:
birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar turlaridan ushbu turdagi o‘simliklarni saqlash, muhofaza qilish, takror ko‘paytirish va tiklash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida ularni tabiiy muhitdan ajratib olgan holda foydalanilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar turlarining urug‘lari, ko‘chatlari hamda nihollari pitomniklarda va plantatsiyalarda yetishtirilib, tabiiy muhitga ekilganidan keyin uch yil o‘tmasdan avval ularning urug‘larini yig‘ish yoki hosilini olish taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning ayrim turlarini va ularning qismlarini tabiiy muhitdan ajratib olishga doir ruxsatnomalarni berish cheklanishi mumkin. Kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning turlarini va ularning qismlarini tabiiy muhitdan ajratib olishga doir cheklovlarning asoslari, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning turlari hamda ularning qismlari, cheklovlarning amal qilish muddati O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi inobatga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan kiritiladigan takliflar asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
14) 34-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalarining” degan so‘zlar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
15) 37-moddaning:
ikkinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishilgan qaroriga ko‘ra” degan so‘zlar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tabiiy omillar yoki o‘simliklar zararkunandalari, kasalliklari ta’sirida zararlangan, quriyotgan yoki qurib qolgan, shuningdek insonning hayoti va sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki xavfsizligiga tahdid solayotgan davlat o‘rmon fondi tarkibiga kirmaydigan daraxtlar hamda butalarni kesish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida haq to‘lanmasdan amalga oshiriladi”;
16) 41-moddaning ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
17) 42-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni boshqa joylarga ko‘chirishga, shuningdek ularni duragaylashga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi inobatga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining qaroriga ko‘ra ilmiy hamda xo‘jalik maqsadlarida yo‘l qo‘yiladi”;
18) 43-moddaning:
birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
19) 44-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
20) 45-modda birinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalari” degan so‘zlar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
21) 46-moddaning birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 545-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 19-sentabrda qabul qilingan O‘RQ-408-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 273-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 8, 470-modda; 2020-yil, № 7, 447-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 5, 466-modda, № 6, 570-modda; 2023-yil, № 9, 771-modda) quyidagi o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 8-moddaning matnidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 9-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va xo‘jalik boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 10-modda:
nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 11-modda:
nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 16-moddaning:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini va ulardan foydalanish hajmlarining hisobini yurituvchi vazirliklar, idoralar hamda tashkilotlar hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri bo‘yicha zarur axborotni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga tekin taqdim etadi. Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri bo‘yicha zarur axborotning turlari, hajmlari va uni taqdim etish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan belgilanadi”;
to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 18-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tabiiy sharoitlarda tiklash hamda takror ko‘paytirish imkoniyati bo‘lmagan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonlar turlarini saqlab qolish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ushbu turdagi hayvonlarning ko‘payishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishi shart”;
7) 19-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonlar turlarini:
maxsus yaratilgan sharoitlarda ko‘paytirish va keyinchalik tabiiy yashash muhitiga qo‘yib yuborish maqsadida;
ilmiy va nazorat ishlarini amalga oshirish uchun;
qonunchilikka muvofiq alohida zarur bo‘lgan hollarda tabiiy yashash muhitidan ajratib olishga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi inobatga olingan holda va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnoma bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonlarning ayrim turlarini tabiiy yashash muhitidan ajratib olishga doir ruxsatnomalarni berish cheklanishi mumkin. Kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonlarning turlarini tabiiy yashash muhitidan ajratib olishga doir cheklovlarning asoslari, hayvonlarning turlari, cheklovlarning amal qilish muddati O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi inobatga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan kiritiladigan takliflar asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
8) 20-moddaning birinchi qismidagi “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 22-moddaning:
ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi idoraviy nazorat davlat o‘rmon fondi yerlarida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga qarashli tashkilotlarda, shuningdek xo‘jalik boshqaruvi organlari tarkibiga kiruvchi tashkilotlarda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi”;
10) 25-moddaning matnidagi “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari” degan so‘zlar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11) 29-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma yovvoyi hayvonlarni tutishga doir tasdiqlangan kvotalar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan beriladi. Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalar hayvonot dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish ma’lumotlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Pitomniklarda, hovuz xo‘jaliklarida yetishtirilgan va ularning hududidagi yovvoyi hayvonlarni tutish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi”;
12) 30-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13) 35-moddaning to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
14) 40-moddaning matnidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
15) 43-moddaning:
uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
16) 45-moddaning to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
17) 46-moddaning:
birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
18) 47-moddaning birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 161-modda, № 4, 199-modda, № 8, 469-modda, № 11, 792-modda; 2020-yil, № 9, 540-modda; 2021-yil, № 1, 3-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda; 2022-yil, № 6, 570, 577-moddalar; 2023-yil, № 10, 795-modda, № 11, 919-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 25-moddaning to‘rtinchi qismidagi “kanalizatsiya” degan so‘z “oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 62-moddaning to‘rtinchi qismidagi “kanalizatsiya” degan so‘z “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 4-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 260-modda; 2007-yil, № 1, 3-modda, № 4, 156-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 12/2, 365-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 10, 673, 676-moddalar; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 4, 199-modda, № 11, 792-modda; 2020-yil, № 9, 539-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 973-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 133-moddaning:
birinchi qismidagi “suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya)” degan so‘zlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya)” degan so‘zlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 134-moddaning:
uchinchi qismidagi “suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya)” degan so‘zlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya)” degan so‘zlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismidagi “suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya)” degan so‘zlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismidagi “suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya)” degan so‘zlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi 710-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 14-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 9, 244-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda; 2020-yil, № 9, 540-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570, 577-moddalar) 41-moddasi birinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “kanalizatsiya-tozalash inshootlari” degan so‘zlar “oqova suvlarni tozalash inshootlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-aprelda qabul qilingan “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-327-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 4, 111-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda; 2020-yil, № 1, 2-modda, № 7, 449-modda, № 11, 652-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2023-yil, № 12, 1010-modda) 28-moddasining birinchi qismidagi “kanalizatsiya” degan so‘z “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 7-noyabrda qabul qilingan “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi O‘RQ-581-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 789-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda) 19-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “kanalizatsiya” degan so‘z “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1199-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 5, 461, 464, 467-moddalar, № 6, 570-modda, № 7, 664, 666-moddalar, № 12, 1190-modda; 2023-yil, № 6, 444, 446-moddalar, № 7, 540-modda, № 12, 1011-modda; 2024-yil, № 2, 106, 110, 111-moddalar) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 411-modda uchinchi qismining 2-bandidagi “vodoprovod (suv olish va tozalash inshootlari bilan), kanalizatsiya (tozalash inshootlari bilan)” degan so‘zlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlari (oqova suvlarni tozalash inshootlari bilan), vodoprovod (suv olish va tozalash inshootlari bilan)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 428-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“aholi punktlarining suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish inshootlari (magistral suv quvurlari, vodoprovod tarmoqlari, oqova suvlarni chiqarib yuborish kollektorlari va ularning inshootlari, nasos stansiyalari, suv olish va tozalash inshootlari, vodoprovod va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridagi kuzatish quduqlari va dyukerlari, suv bosimi hosil qiladigan minoralar hamda shunga o‘xshash inshootlar egallagan yerlar)”.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘RQ-600-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 186-modda, № 4, 265, 269-moddalar, № 6, 444, 445-moddalar, № 7, 538-modda, № 9, 710-modda; 2024-yil, № 1, 5, 6-moddalar, № 2, 101, 105, 107, 108, 111, 112-moddalar) ilova 32-bandi “e” kichik bandining uchinchi xatboshisidagi “kanalizatsiya” degan so‘z “oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmog‘i” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyulda qabul qilingan “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-627-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 7, 447-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda; 2024-yil, № 1, 7-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 14-moddaning to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 15-moddaning:
ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 10-dekabrga qadar (qo‘shimcha kvota uchun 10-mayga qadar) bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi asosida yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalarni tasdiqlaydi, kvotani taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda uni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga (bundan buyon matnda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hududiy organlari deb yuritiladi) yuboradi”;
oltinchi qismidagi “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlari” degan so‘zlar “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hududiy organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 17-modda ikkinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisidagi “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organiga” degan so‘zlar “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hududiy organiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 18-moddaning:
to‘qqizinchi xatboshisidagi “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlariga” degan so‘zlar “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hududiy organlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘ninchi xatboshisidagi “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlariga” degan so‘zlar “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hududiy organlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 19-moddaning:
o‘n to‘rtinchi xatboshisidagi “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlariga” degan so‘zlar “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hududiy organlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n to‘qqizinchi xatboshisidagi “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlarining” degan so‘zlar “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 23-moddaning:
to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlari” degan so‘zlar “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hududiy organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 24-moddaning uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 25-moddaning:
ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlariga” degan so‘zlar “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hududiy organlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 27-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlarining” degan so‘zlar “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hududiy organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 29-moddaning:
birinchi qismidagi “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlari” degan so‘zlar “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hududiy organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organiga” degan so‘zlar “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hududiy organiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11) 30-moddaning:
birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organining” degan so‘zlar “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hududiy organining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12) 31-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13) 32-moddaning:
ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ovchilik xo‘jaligini yuritish huquqi yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnoma, agar ov qilish joylari o‘rmon fondi yerlarida joylashgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi bilan yoki, agar ov qilish joylari o‘rmon fondi tarkibiga kirmaydigan yerlarda joylashgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan imzolangan kundan e’tiboran yuzaga keladi.
Ovchilik xo‘jaligini ovchilar jamoat birlashmalari tomonidan yuritish texnik-iqtisodiy asosnoma hamda, agar ov qilish joylari davlat o‘rmon fondi uchastkalarida joylashgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi bilan yoki, agar ov qilish joylari davlat o‘rmon fondi tarkibiga kirmaydigan uchastkalarda joylashgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan tuzilgan ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi”;
oltinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
14) 36-moddaning ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
15) 41-moddaning matnidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
16) 42-moddaning uchinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlari” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
17) 1-ilova:
“QUSHLAR” pozitsiyasiga oid Izohning ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“UMURTQASIZLAR” pozitsiyasiga oid Izohning beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tabiiy, texnogen va antropogen omillardan zarar ko‘rgan hayvonlarni reabilitatsiya qilish hamda keyinchalik tabiatga chiqarib yuborish maqsadida tabiiy muhitdan majburiy tarzda ajratib olish O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan maxsus kelishuvga ko‘ra ularni tutganlik uchun haq to‘lamagan holda amalga oshiriladi.
Pitomniklarda yetishtirilgan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan (uchinchi va keyingi avlod) hayvonlardan ovchi yovvoyi qushlarning mashqini o‘tkazish uchun yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda foydalanishga yo‘l qo‘yilib, bundan avval O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga foydalaniladigan hayvonning soni va turlari, mashq o‘tkazish joyi va muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, halqalar, mikrochiplar identifikatsiya raqamlarining hamda boshqa identifikatsiya belgilarining ro‘yxati taqdim etiladi.
O‘rmon, qishloq va ovchilik xo‘jaliklari zararkunandalarining, inson va hayvonlar xavfli kasalliklarini tarqatuvchilarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, ovchilar jamoat birlashmalari bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”;
18) 2-ilovaning izohidagi (havolasidagi) “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
13-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-fevralda qabul qilingan O‘RQ-676-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 2, 145-modda; 2022-yil, № 6, 570, 577-moddalar, № 11, 1061-modda; 2023-yil, № 10, 795-modda, № 11, 923-modda, № 12, 1010-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 52-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “suv ta’minotini va kanalizatsiya tarmoqlarini” degan so‘zlar “suv ta’minotini va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 56-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “suv ta’minotini va kanalizatsiya tarmoqlarini” degan so‘zlar “suv ta’minotini va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
15-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
16-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 29-avgust,
O‘RQ-951-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)