12.08.2024 yildagi 496-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, shaharsozlik sohasida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharsozlik kodeksiga muvofiq Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi oʻz vakolatlari doirasidagi masalalar yuzasidan shaharsozlik faoliyati subyektlari oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni koʻrib chiqishi belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonun va Shaharsozlik kodeksiga muvofiq Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining hududiy boʻlinmalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar berilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharsozlik sohasida nizolarni sudga qadar koʻrib chiqish va hal etish boʻyicha idoralararo komissiya tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida Shaharsozlik sohasida nizolarni sudga qadar hal qilish natijalari boʻyicha reyestrni ishga tushirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Milliy teleradiokompaniya bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun va mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 12-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
496-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-avgustdagi 496-son qaroriga

1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NIZOM

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — murojaatda koʻrsatilgan shaharsozlik sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qabul qilgan yoki qabul qilishni rad etgan tashkilot yoki boʻlinma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor shaxs — shaharsozlik sohasida ruxsat berilgan yoki rad etilgan yoxud daxldor boʻlgan shaxs, shuningdek, huquqlari va qonuniy manfaatlari ushbu hujjatga yoki harakatga daxldor boʻlishi mumkin boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat — shaharsozlik faoliyati sohasida vakolatli organ tomonidan ruxsatnoma, kelishuv, xulosa shaklida, shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shakllarda beriladigan, ruxsat berish talablari va shartlariga majburiy ravishda rioya etilgan taqdirda muayyan faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish huquqini beradigan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharsozlik sohasida nizolarni sudga qadar koʻrib chiqish va hal etish boʻyicha idoralararo komissiya (keyingi oʻrinlarda — komissiya) — shaharsozlik sohasida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar koʻrib chiquvchi va hal etuvchi idoralararo organ.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik sohasidagi nizolar — Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonun hamda Shaharsozlik kodeksiga muvofiq vakolatli organning maʼmuriy-huquqiy faoliyatiga nisbatan sudga qadar koʻrib chiqiladigan kelishmovchiliklar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shaharsozlik sohasidagi nizolar quyidagi shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar boʻyicha koʻrib chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish boʻyicha xulosa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy boshqarmalar huzuridagi arxitektura-shaharsozlik kengashi ishchi organi xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik hujjatlarining yigʻma ekspertiza xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha hududiy inspeksiyaning ruxsatnomasi (invoys yoki QR-kod qoʻyilgan koʻchirma);

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Manfaatdor shaxs vakolatli organning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati yoki bunday hujjatni berishni rad etish haqidagi qarori, shuningdek, harakatlari (harakatsizligi) boʻyicha komissiyaga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslarning shaharsozlik sohasidagi qonuniy manfaatlarini koʻzlab vakolatli davlat organlari yoki aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar ham komissiyaga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Manfaatdor shaxslar tomonidan komissiyaga murojaat qilish ixtiyoriy boʻlib, bu ularning bevosita sudga murojaat qilish huquqini cheklamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Manfaatdor shaxs komissiya qarorlaridan norozi boʻlgan taqdirda, mazkur nizolar sud tartibida koʻrib chiqiladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sudlarda koʻrib chiqilgan yoki koʻrib chiqilayotgan nizolar komissiya tomonidan koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Komissiyani shakllantirish tartibi va uning vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shaharsozlik sohasidagi nizolar komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri hamda uning tegishli oʻrinbosari, vazirlikning davlat-arxitektura nazorati boʻlimi boshligʻi, arxitektura va shaharsozlikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi, Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish Respublika markazi direktori, Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi davlat muassasasi rahbari, Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori, “OʻzshaharsozlikLITI”, “ToshkentboshplanLITI” hamda “Qishloq qurilish loyiha” bosh loyiha institutlari bosh direktorlari komissiyaning doimiy aʼzosi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning boshqa aʼzolari komissiyaga kelib tushgan murojaatning tegishligiga koʻra komissiya faoliyatiga jalb qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Komissiya yigʻilishida masalaga aloqador komissiya aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli (kvorum) hisoblanadi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻilishni oʻtkazish uchun kvorum shakllanmagan taqdirda, komissiyaning yangi majlisi oʻtkaziladigan joy, sana va vaqt haqida belgilangan tartibda xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qabul qilgan yoki qabul qilishni rad etgan mansabdor shaxs komissiya aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

8. Komissiya raisi ishda boʻlmagan vaqtda, komissiya majlisini uning oʻrinbosarlaridan biri olib boradi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Komissiya raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya faoliyati va uning ish tartibiga rioya etilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish joyi, kuni va vaqtini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

komissiya majlislarini oʻtkazadi va ularda raislik qiladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya raisi komissiya tomonidan ishning oʻz vaqtida, toʻgʻri, shaffof va vijdonan bajarilishini tashkil etish uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor shaxslarning shaharsozlik sohasidagi murojaatlarini ushbu Nizom va qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik sohasida yuzaga keladigan nizolarni sudgacha hal qilish choralarini koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Komissiya oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish va murojaatlarni koʻrib chiqishda, zarur hollarda, tegishli tashkilotlarning vakillarini jalb qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

12. Komissiya murojaatlarni koʻrib chiqishda teng huquqlilik, xolislik, qonuniylik, kollegiallik va huquqni qoʻllash amaliyotining bir xilligini taʼminlash hamda murojaat etuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish prinsiplariga asoslanadi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Komissiya oʻz faoliyatini mazkur Nizom hamda boshqa tegishli qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Komissiyaga murojaat qilish shakli va tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Shaharsozlik sohasida nizolarni sudga qadar koʻrib chiqish va hal etish boʻyicha idoralararo komissiyaga ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq murojaat qilinadi va murojaatlar koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor shaxs komissiyaga ogʻzaki, yozma yoxud elektron shaklda vazirlikning elektron pochta yoki rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilishi mumkin va unda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qabul qilgan yoki uni qabul qilishni rad etgan yoxud harakat (harakatsizlik)ni amalga oshirgan vakolatli organning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat etgan jismoniy shaxsning (vakilining) familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi, yuridik shaxs uchun esa uning nomi va joylashgan joyi (pochta manzili);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat etgan shaxsning talablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati (mavjud boʻlgan taqdirda);

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat etilgan sana.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Murojaat yozma shaklda berilganda, murojaat qiluvchi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar murojaat vakil tomonidan berilgan boʻlsa, unga ishonchnomaning yoki vakil vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjatning koʻchirma nusxasi ilova qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

16. Jismoniy shaxs ogʻzaki murojaat qilayotganda (shaxsiy qabul orqali) oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa oʻz vakolatlarini va shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron shaklda beriladigan murojaatlarda murojaat qiluvchining elektron manzili va yagona identifikatori (JSHSHIR, yuridik shaxs esa — STIR) hamda boshqa rekvizitlar (oʻzi istagan hamda murojaat bilan bogʻliq maʼlumotlar) koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ogʻzaki murojaatlar komissiya kotibi tomonidan qabul qilinadi va murojaatlarni qayd etish reyestriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

17. Manfaatdor shaxs murojaatga u bilan bogʻliq boʻlgan boshqa maʼlumotlar va hujjatlarni ham ilova qilishi mumkin.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, murojaat ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat yoki uni rad etish haqidagi qaror qabul qilingan paytdan yoki vakolatli organning harakatlari (harakatsizligi) maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran 30 kundan kechiktirmay berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Murojaatni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Komissiya kotibi manfaatdor shaxsning murojaatini u kelib tushgan kunda, ish vaqti tugaganidan keyin kelib tushgan taqdirda esa, keyingi ish kunida roʻyxatdan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya kotibi kelib tushgan murojaatning ushbu Nizomning 14-bandi talablariga muvofiqligini tekshiradi va uni komissiya majlisida koʻrib chiqishga tayyorlaydi yoki murojaat ushbu Nizomning 14-bandi talablariga nomuvofiqligi aniqlanganda, kamchiliklarni bartaraf etish uchun bir ish kuni mobaynida manfaatdor shaxsga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

20. Murojaat kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh ish kunida komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda murojaatda koʻtarilgan masalalar ularni bevosita joyida oʻrganish, boshqa tegishli hujjatlar va materiallarni olish hamda boshqa tegishli tashkilotning vakillarini jalb qilishni talab etgan taqdirda, uni koʻrib chiqish muddati qoʻshimcha oʻn besh ish kuniga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Komissiya kotibi komissiya aʼzolarini va manfaatdor shaxsni yoki uning qonuniy vakilini komissiya majlisi oʻtkaziladigan kundan kamida uch kun oldin majlis oʻtkaziladigan joy, sana va vaqt haqida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Manfaatdor shaxs yoki uning qonuniy vakili komissiya tomonidan murojaat koʻrib chiqilishida ishtirok etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda komissiya manfaatdor shaxs yoki uning qonuniy vakilining talabiga koʻra muhokamani videokonferensaloqa vositalaridan foydalangan holda oʻtkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Videokonferensaloqa rejimida murojaatni koʻrib chiqish uchun texnik va boshqa sharoitlar vakolatli organning markaziy apparati yoki tegishli hududiy boʻlinmasi tomonidan taʼminlanadi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatni koʻrib chiqish vaqtida nizo bilan bogʻliq boʻlgan vakolatli organ yoki uning vakili komissiya raisining talabiga koʻra majlisda ishtirok etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

23. Murojaatni koʻrib chiqish yakuni boʻyicha bayon tuzilib, komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va uni raislik qiluvchi tasdiqlaydi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Murojaat etgan shaxs murojaatni komissiya tomonidan qaror qabul qilinguniga qadar chaqirib olishga haqli. Murojaatni chaqirib olish yozma (murojaatni yigʻilishda koʻrib chiqish jarayonida) yoki elektron shaklda (vazirlikning elektron pochta yoki rasmiy veb-sayti orqali) amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Komissiya murojaat boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish haqidagi qarorni oʻzgarishsiz qoldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatga yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni rad etish haqidagi qarorga oʻzgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish haqidagi qarorni bekor qilish va zarur boʻlgan taqdirda, yangi qaror qabul qilish;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organga yoki uning mansabdor shaxsi zimmasiga berilgan murojaat mohiyati boʻyicha muayyan harakatlarni amalga oshirish yoxud harakatni amalga oshirmaslik boʻyicha majburiyat yuklash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Murojaat komissiya tomonidan koʻrilayotganda, yuzaga keladigan masalalar uning aʼzolari tomonidan bir ovozdan hal qilinadi. Hech bir aʼzo ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Vakolatli organning qarori yuzasidan murojaat qilingan taqdirda, murojaat roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran qarorning amal qilishi va ijro etilishi toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bu haqida komissiya tomonidan vakolatli organga va manfaatdor shaxslarga xabar beriladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

28. Komissiya tomonidan qonun buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda, bu haqida xulosa tuzilib, tegishli yuqori turuvchi organga va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beriladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Komissiya kotibi ikki ish kunida komissiya qarorini ariza beruvchiga yuboradi hamda qarorni “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi Shaharsozlik sohasida nizolarni sudga qadar hal qilish reyestriga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Shaharsozlik sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga oid hujjatlar bilan bogʻliq murojaatlar sudga qadar koʻrib chiqish ushbu Nizom hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Shaharsozlik sohasidagi ruxsat berilgan hujjatlar tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar belgilangan tartibda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Shaharsozlik sohasida nizolarni sudga qadar koʻrib chiqish va hal etish boʻyicha idoralararo komissiyaga murojaat qilish va murojaatlarni koʻrib chiqish

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

(jismoniy yoki yuridik shaxs)

Ariza beruvchi komissiyaga ogʻzaki, yozma yoxud elektron shaklda vazirlikning elektron pochta yoki rasmiy veb-sayti orqali vakolatli organning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish haqidagi qarori, shuningdek, harakatlari (harakatsizligi) boʻyicha komissiyaga murojaat qiladi.

xohishiga koʻra

2-bosqich

Komissiya kotibi

Kelib tushgan murojaatning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshiradi va uni komissiya majlisida koʻrib chiqishga tayyorlaydi yoki murojaat nomuvofiqligi aniqlanganda, kamchiliklarni bartaraf etish uchun manfaatdor shaxsga qaytaradi.

1 ish kuni

3-bosqich

Komissiya

1. Ariza beruvchining murojaatini koʻrib chiqadi.

2. Ariza beruvchi, manfaatdor shaxslar hamda vakolatli organ mansabdor shaxslari ishtirokida komissiya majlisida muhokama qiladi.

3. Murojaatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi.

ariza kelib tushgan kundan boshlab 15 ish kunida

(murojaatda koʻtarilgan masalalar ularni bevosita joyida oʻrganish, boshqa tegishli hujjatlar va materiallarni olishni talab etsa, qoʻshimcha 15 ish kunida)

4-bosqich

Komissiya kotibi

Komissiya qarori va javob xatini ariza beruvchiga yuboradi.

Komissiya qarorini “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi Shaharsozlik sohasida nizolarni sudga qadar hal qilish reyestriga kiritadi.

2 ish kuni

5-bosqich

Manfaatdor shaxs

Komissiya qaroridan norozi boʻlgan holatlarda sudga murojaat qiladi.

Belgilangan muddatlarda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-avgustdagi 496-son qaroriga

2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Shaharsozlik sohasida nizolarni sudga qadar koʻrib chiqish va hal etish boʻyicha idoralararo komissiya

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Sh. Xidoyatov

—

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri v.b, Komissiya raisi

D. Adilov

—

qurilish va uy-joy kommunal vazirining oʻrinbosari, Komissiya raisining oʻrinbosari

N. Rejaboyev

—

Qurilish va uy-joy kommunal vazirligining Davlat arxitektura nazorati boshqarmasi boshligʻi, Komissiya raisining oʻrinbosari

lavozimi boʻyicha

—

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi

Lavozimi boʻyicha*

—

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi masʼul xodimi

Lavozimi boʻyicha*

—

Favqulodda vaziyatlar vazirligi masʼul xodimi

Lavozimi boʻyicha*

—

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi masʼul xodimi

Lavozimi boʻyicha*

—

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi masʼul xodimi

Lavozimi boʻyicha*

—

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi masʼul xodimi

Lavozimi boʻyicha*

—

Energetika vazirligi masʼul xodimi

Lavozimi boʻyicha*

—

Adliya vazirligi masʼul xodimi

Lavozimi boʻyicha*

—

Madaniy meros agentligi masʼul xodimi

Lavozimi boʻyicha

—

Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish Respublika markazi direktori

M. Inoyatov

—

Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi Respublika markazi davlat muassasasi rahbari

Sh. Sodiqov

—

Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori

B. Elmurodov

—

“OʻzshaharsozlikLITI” bosh loyiha instituti bosh direktori

R. Sharipov

—

“ToshkentboshplanLITI” bosh loyiha instituti bosh direktori

I. Axmedov

—

“Qishloq qurilish loyiha” bosh loyiha instituti bosh direktori

A. Usmanov

—

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining arxitektura va shaharsozlikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi, Komissiya kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli majburiyatlarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Komissiya oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish va murojaatlarni koʻrib chiqishda zarur hollarda, boshqa tashkilotlarning vakillarini jalb qilish huquqiga ega.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Komissiya yigʻilishiga nizoga taalluqli masalalar yuzasidan chaqirilishi mumkin boʻlgan komissiya aʼzolari.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 09/24/496/0637-son)