19.08.2024 yildagi 517-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 24-oktabrdagi PQ-343-son qaroriga muvofiq ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilanishi munosabati bilan qonunchilik hujjatlarini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik va oqova suv boʻyicha xizmatlar uchun tariflarga ichimlik suv taʼminoti tashkilotining saqlash xarajatlarini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, shu jumladan, Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan ichimlik va oqova suv yoʻnalishidagi loyihalar ekspertizasini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish muddatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga muvofiqlashtirish;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suv taʼminoti va oqova suv sohasidagi investitsiya loyihalari ishlab chiqilishini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzsuvtaʼminot” AJ oʻn kun muddatda xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarni jadallashtirish maqsadida jalb qilingan mablagʻlarning maqsadli va samarali yoʻnaltirilishi hamda ishlab chiqarish quvvatlari belgilangan muddatlarda ishga tushirilishi boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.S. Xidoyatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 19-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
517-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2024-yildagi 19-avgustdagi 517-son qaroriga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilarga suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari koʻrsatish qoidalarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 71-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda yangi qurilayotgan koʻp kvartirali uylarning sovuq suv hisoblagichlarini xonadon (kvartira)larning tashqarisida (zinapoyalar, yertoʻlalar va boshqa qismida) oʻrnatilgan holatlarda, javobgarlik ISKX tashkilotiga yuklanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 108-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“108. I guruh isteʼmolchilari avans tariqasida kommunal xizmatlar uchun 2 oydan koʻp boʻlmagan muddatga toʻlovlarni avvaldan amalga oshirib qoʻygan boʻlsalar, ular shu vaqt mobaynida tariflarning oʻzgarishi tufayli toʻlanadigan qoʻshimcha toʻlovlardan ozod etiladilar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-fevraldagi 19-son qarori bilan tasdiqlangan Aholi punktlarida davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga moliyalashtiriladigan ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi tahrirdagi 111-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“111. Davlat budjeti va davlat tomonidan jalb qilingan barcha mablagʻlar hisobidan amalga oshirilayotgan ichimlik va oqova suv yoʻnalishidagi loyihalar “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan majburiy ravishda ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Yangi quriladigan ichimlik va oqova suv yoʻnalishidagi obyektlar va tizimlarni loyihalashtirishda mazkur hududning toʻliq qamrov darajasi inobatga olinadi hamda ichimlik suv manbalari va ularning zaxirasiga alohida eʼtibor qaratiladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha loyihalarda ichimlik va oqova suv inshootlari hamda tarmoqlaridagi suv hisobini raqamlashtirish boʻyicha yechimlar, suv inshootlari va tarmoqlariga suv hisoblagichlarini oʻrnatish, ichimlik suv tarmoqlarini aholi xonadonlarigacha yetkazib berishda ushbu xonadonlarni yagona billing tizimiga ulagan holda hisoblagichlar oʻrnatishni aks ettirish majburiy koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalar boʻyicha texnik topshiriq shartlarini ishlab chiqishda eng maqbul texnik yechimlar, oʻzioqar usuli, energiya tejaydigan zamonaviy materiallar va texnologiyalar keng qoʻllaniladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 4-yanvardagi 5-son qarori 8-bandining toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Xorazm viloyatida suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 7-maydagi 383-son qarorining 1-bandi “v” kichik bandidagi “4” va “2022” raqamlari tegishlicha “7” va “2025” raqamlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Namangan viloyatida suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 7-maydagi 384-son qarorining 1-bandi “v” kichik bandidagi “4” va “2022” raqamlari tegishlicha “7” va “2025” raqamlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Koson va Muborak tumanlari markazlari hamda Kitob-Shahrisabz yerosti suv konidan suv olish quvuriga yaqin boʻlgan qishloq aholi punktlarining suv taʼminoti tizimini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 23-maydagi 427-son qarorining 1-bandi “g” kichik bandidagi “5” va “2023” raqamlari tegishlicha “7” va “2025” raqamlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida suv taʼminoti hamda kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish (2 bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-iyundagi 516-son qarorining 1-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “7” va “2025” raqam tegishlicha “8” va “2026” raqam bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Toshkent shahrida suv quvurlari va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-yanvardagi 38-son qarorining 1-bandi “v” kichik bandidagi “4” va “2023” raqam tegishlicha “6” va “2025” raqam bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 14-apreldagi 220-son qarorining 1-bandi “v” kichik bandidagi “4” va “2023” raqamlari tegishlicha “6” va “2025” raqamlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Xorazm viloyatining kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 14-apreldagi 221-son qarorining 1-bandi “v” kichik bandidagi “4” va “2023” raqamlari tegishlicha “6” va “2025” raqamlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishtirokidagi “Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 12-avgustdagi 482-son qarorining 1-bandi “v” kichik bandidagi “4” va “2023” raqamlari tegishlicha “7” va “2026” raqamlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-yanvardagi 16-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv sohasida investitsiya loyihasi takliflari mahalliy hokimiyat vakillik organlari deputatlari tomonidan hududiy ichimlik suv taʼminoti tashkilotlari bilan birgalikda joylarga chiqqan holda tegishli aholi punktlarining faollari bilan muhokama qilinib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlarida muhokama qilishga kiritiladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2024-y., 09/24/517/0632-son)