Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻ3BAT A. J.” OʻZBEKISTON — BRITANIYA QOʻSHMA KORXONASINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
“Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 1994-yil 15-martdagi Farmonini bajarish, respublika iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etishni ragʻbatlantirish, shuningdek, isteʼmol bozorini tamaki sanoatining yuqori sifatli va raqobatga bardoshli mahsuloti bilan toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzoziqovqatsanoat” davlat konserni va “BAT Investments” kompaniyasining Toshkent tamaki fabrikasi (bundan keyin “TTF” deb ataladi) va Urgut fermentlash zavodi (bundan keyin “SFZ” deb ataladi) yopiq turdagi “OʻZTAMAKI A. J.” aksionerlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. “Oʻzoziqovqatsanoat” davlat konserni Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda:
TTF va UFZ bilan ijara shartnomalarini bekor qilish;
barcha uchala korxonaning mulklarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish hamda TTF, SFZ va UFZning tegishli aktivlari va majburiyatlarining hammasini “OʻZTAMAKI A.J.”ga oʻtkazish boʻyicha ishlarni ikki hafta muddatda tugallasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli hujjatlar taqdim etilgandan keyin “OʻZTAMAKI A.J.”ini yopiq turdagi aksionerlik jamiyati sifatida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
4. Davlat mulki qoʻmitasi “VAT Investments”, “BAT ko Limited” va Davlat mulki qoʻmitasi oʻrtasida 1994-yilning 14-mayida tuzilgan Shartnomaga muvofiq, “OʻZTAMAKI A.J.” aksiyalarining 51 foizini “BAT Investments” kompaniyasiga belgilangan tartibda sotilishini taʼminlasin.
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Davlat mulki qoʻmitasi “BAT Investments” investitsiya dasturini amalga oshirish davrida, lekin kamida 5 yil “OʻZTAMAKI A.J.” kompaniyasi faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan eng muhim masalalarni hal etish yuzasidan “veto” huquqiga egadir.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat mulki qoʻmitasidan tegishli hujjatlarni olgandan keyin “OʻZTAMAKI A.J.”ni chet el investitsiyalari boʻlgan korxona sifatida belgilangan tartibda qayta roʻyxatdan oʻtkazsin.
1994-yil 14-maydagi Shartnomaga muvofiq “OʻZTAMAKI A.J.” bundan keyin “OʻZBAT A.J.” deb ataladi.
6. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
“BAT Investments”ning 5 yilga moʻljallangan va 232 mln. AQSH dollarida baholangan investitsiya dasturini bajarish natijasida ushbu kompaniyaning “OʻZBAT A.J.” sarmoyasidagi ulushi 5-yil oxiriga borib koʻpaytiriladi;
Davlat mulki qoʻmitasi 1994-yil 14-maydagi Shartnomaga muvofiq, “OʻZBAT A.J.” sarmoyasidagi oʻz ulushini 24,9 foizga yetkazish huquqini oʻzida saqlab qolsin.
7. Davlat mulki qoʻmitasi “OʻZBAT A.J.” roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab “OʻZBAT A.J.” qoʻshma korxonasidagi davlat aksiyalarini boshqarish huquqini belgilangan tartibda “Oʻzoziqovqatsanoat” davlat konserniga bersin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekbirlashuv va “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi bilan birgalikda chet elda va mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotidan bir xil soliq olish tartibini yaratishga doir taklifni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Toshkent shahri va Samarqand viloyati hokimliklari hozirgi vaqtda TTF, SFZ va UFZ tomonidan foydalanilayotgan, shuningdek, yangi sigaret fabrikasi uchun yerlarni uzoq muddatli ijaraga olish toʻgʻrisida “OʻZBAT A.J.” bilan shartnomalar tuzilishini taʼminlasinlar, bunda, tamaki mahsuloti ishlab chiqarilgan taqdirda, dastlabki 10 yilda yer uchun ijara haqi olinmasligini nazarda tutsinlar.
10. Toshkent shahri va Samarqand viloyati hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar mavjud infrastrukturani modernizatsiya qilish hamda TTF, SFZ, va UFZning faoliyat koʻrsatishi uchun, shuningdek, Samarqand shahrida yangi sigaret fabrikasi qurilishi uchun zarur boʻlgan yangi infrastruktura yaratishda “OʻZBAT A.J.”ga shartnomaviy shartlarda yordam bersinlar.
11. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi “OʻZBAT A.J.”ni tashkil etishni Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritsin.
12. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “OʻZBAT A.J.”:
besh yil mobaynida “Oʻzoziqovqatsanoat” davlat konserniga kelishilgan narxlarda va muddatlarda umumiy miqdori 65000 tonnagacha boʻlgan fermentlangan tamaki bargini beradi;
Investitsiya dasturiga muvofiq ijtimoiy sohani rivojlantirishga sarmoya sarflashni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
dastlabki uch yil mobaynida korxonalarning ekologik holatini, shuningdek, xavfsizlik texnikasi darajasini (Investitsiya dasturiga muvofiq SFZning mavjud maydonida tamaki mahsuloti ishlab chiqarish toʻxtatilishi ehtimolini hisobga olgan holda) xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan standartlar darajasiga yetkazishga doir asosiy tadbirlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Investitsiya dasturini bajarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “OʻZBAT A. J.” ga quyidagi huquqlar berilsin:
“OʻZBAT A.J.” gʻayriqonuniy bitimlarga taalluqli cheklashlarga va monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisidagi Qonunda belgilangan nohalol raqobatga duchor qilinavergan taqdirda, kompaniyani monopolit korxonalar Reyestriga kiritmagan holda, oʻzi ishlab chiqargan mahsulotga narxlarni mustaqil ravishda belgilash;
tamaki bargi yetishtiruvchilar bilan oʻzaro foydali shartlarda mustaqil ravishda cheklashlarsiz kontraktlar tuzish;
“BAT” kompaniyasi guruhi xalqaro amaliyotiga binoan hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Oʻzdavstandart” markazining salomatlikka zararlik toʻgʻrisida ogohlantirishiga taalluqli talablariga muvofiq holda tamaki mahsulotini ishlab chiqarish va idishlarga joylashni amalga oshirish;
sigaret, qayta ishlangan tamaki bargi ishlab chiqarish, shuningdek, oʻz ehtiyojlari uchun foydalaniladigan koʻk tamaki bargi yetkazib berish yuzasidan davlat buyurtmasi tizimidan ozod qilish;
roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab besh yil muddatda eksklyuziv sharoitlarda tamaki mahsuloti ishlab chiqarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida korxonalar qurish va ulardan foydalanish, Davlat mulki boʻlmagan fermentlash zavodlari xorijiy kompaniyalar bilan faqat tamaki bargi yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomalar asosida ishlashi mumkin;
asosiy sarmoya amortizatsiyasi uchun ajratmalar toʻlashdan va boshqa toʻlovlardan ozod qilinish;
Oʻzbekiston Respublikasining istalgan tashkilotida, shuningdek, chet ellarda sugʻurtalanishni amalga oshirish;
1994-yil 14-maydagi Shartnomada nazarda tutilgan imtiyozlarni olish.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov va Oʻzbekiston Pecpyblikaci Bosh vazirining oʻrinbosari V.L. Chjen zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 20-iyun,
309-son