02.07.2024 yildagi 4533-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimining yangi bosqichiga — “Raqamli hukumat” tizimiga oʻtish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatovning javobi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Elektron hukumat” tizimining yangi bosqichiga — “Raqamli hukumat” tizimiga oʻtish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va tadbirkorlik subyektlariga raqamli xizmatlardan foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron xizmatlarni joriy etishni kengaytirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro etuvchi hokimiyatning markaziy apparatlari, ularning hududiy boʻlinmalari va tasarrufidagi tashkilotlarda qogʻozsiz ish yuritishga oʻtish jarayonini jadallashtirish maqsadida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi negizida ishlab chiqilgan “edo.ijro.uz” moduli orqali elektron hujjat aylanishi tizimini toʻliq joriy etish chora-tadbirlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMTning Elektron hukumat reytingi boʻyicha baholash mezonlari va talablari asosida Raqamli transformatsiya hamda hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholash mezonlari va talablariga muvofiqlik darajasini baholash kabi koʻrsatkichlar bilan toʻldirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Raqamli hukumat” tizimi doirasida axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarining axborot xavfsizligini oshirish, zaifliklarni aniqlash, zaifliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor etish mexanizmini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-sonli Farmonining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining Barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi faravonligini taʼminlash yoʻnalishi boʻyicha 2024-yilga moʻljallangan amaliy chora-tadbirlarning tegishli bandlari ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi yozma javob maʼlumotida qayd etilgan, parlament soʻrovini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha belgilangan vazifalarning ijro etilishini taʼminlash yuzasidan parlament nazoratini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi ushbu Qarorning ijrosi yuzasidan 2024-yilning 10-oktabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 2-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4533-IV-son