12.08.2024 yildagi 498-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻsiqsiz turizm orqali turizm imkoniyatlarini yanada kengaytirish boʻyicha qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada turizm infratuzilmasidagi mavjud muammolarni hal etish, sohada koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va toʻsiqsiz turizm yoʻnalishida davlat tomonidan nogironligi boʻlgan fuqarolarga qoʻshimcha ragʻbatlantirishlar yaratish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va uni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 12-yanvardagi PQ-20-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Mehmonxona xizmatlarini koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga infratuzilmani nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtirish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom (keyingi oʻrinlarda — Vaqtinchalik nizom) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmonxona xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining subsidiya olish uchun murojaat qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlarni koʻrib chiqish va subsidiya ajratish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya ajratishni rad etish asoslari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Turizm qoʻmitasi) 2027-yil 1-yanvarga qadar Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ming nafar I va II guruh nogironligi boʻlgan fuqaroga Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq 500 ming soʻmdan oshmagan qismini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eshitish qobiliyatini yoʻqotgan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun surdogidlar tayyorlash kurslari xarajatlarining 50 foizini qoplab berish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Turizm qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Vaqtinchalik nizomga muvofiq davlat xizmati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish imkoniyatini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Turizm qoʻmitasi tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov hamda adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 12-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
498-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-avgustdagi 498-son qaroriga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehmonxona xizmatlarini koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga infratuzilmani nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtirish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINCHALIK NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom mehmonxona xizmatlarini koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga (keyingi oʻrinlarda — tadbirkorlik subyektlari) mehmonxona xonalarini nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtirish boʻyicha xarajatlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Turizm qoʻmitasi) budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan qoplab berishning vaqtinchalik tartibini belgilaydi hamda bu Nizom 2027-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tadbirkorlik subyektlariga subsidiya Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali Turizm qoʻmitasi tomonidan ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subsidiya tadbirkorlik subyektlari mehmonxonalarni nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtirgandan boshlab, mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga tegishli chorak yakuniga koʻra mehmonxonalarni nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtirish maqsadida xonalarni zarur qurilmalar bilan jihozlash xarajatlari oʻrnining bir qismini qoplash uchun Jamgʻarmaga oʻtkazilgan turistik (mehmonxona) yigʻimlar summasi hisobidan qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Subsidiya olish uchun murojaat qilgan tadbirkorlik subyektlari (keyingi oʻrinlarda — murojaat etuvchi) tomonidan mehmonxonaning kamida uchta xonasi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtirilgan, jumladan, nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrindiqli aravachadan foydalanishi uchun qulay tarzda jihozlangan, shuningdek, eshitish va koʻrish uchun displey hamda ovozli qurilmalar oʻrnatilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Subsidiya olish uchun murojaat qilgan tadbirkorlik subyektlari toʻlovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) va tugatish jarayonida boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ushbu Vaqtinchalik nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tadbirkorlik subyektlarining subsidiya olish uchun murojaat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tadbirkorlik subyektlari subsidiya ajratilishi uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ushbu Vaqtinchalik nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda subsidiya olish toʻgʻrisida ariza (keyingi oʻrinlarda — ariza) bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Arizaga murojaat etuvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritilgandan soʻng murojaat etuvchi uni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan (elektron raqamli imzo, daktiloskopiya, yagona identifikatsiya tizimidagi login va parol, mobil-ID va boshqalar) tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari arizani YIDXP orqali toʻldirganda, elektron raqamli imzo talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Murojaat etuvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib subsidiya olish uchun murojaat qilganda, uning arizasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, murojaat etuvchi tasdiqlagandan soʻng Turizm qoʻmitasiga elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, ariza avtomatik tarzda tegishliligi boʻyicha Turizm qoʻmitasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Murojaatlarni koʻrib chiqish va subsidiya ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Turizm qoʻmitasi ariza kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kunida tadbirkorlik subyekti mehmonxona xonalari Vaqtinchalik nizomda belgilangan talablarga mos ekanligini joyiga chiqqan holda oʻrganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm qoʻmitasi murojaat etuvchi yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), roʻyxatdan oʻtish raqami, sanasi, guvohnoma bergan organ nomi, STIR va tijorat bankidagi hisobvaragʻi rekvizitlari, mehmonxonaga yoki mehmonxona ishonchli boshqaruvga berilgan hollarda — ishonchli boshqaruvchiga taqdim etilgan mehmonxonaning yulduz toifasi koʻrsatilgan (mavjud boʻlsa) muvofiqlik sertifikati nusxasi hamda koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirmani masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali onlayn tekshirib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Turizm qoʻmitasi arizani oʻrganib chiqib, besh ish kunida subsidiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va qaror nusxasini ushbu muddat ichida Davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki YIDXP (elektron shaklda murojaat qilinganda) orqali murojaat etuvchiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan mehmonxonaning kamida uchta xonasi nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrindiqli aravachasidan foydalanishi uchun qulay tarzda jihozlanganda, shuningdek, eshitishi va koʻrishi uchun displey hamda ovozli qurilmalar oʻrnatilganda, ushbu tadbirkorlik subyektlariga har bir maxsus jihozlangan xona uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yulduz toifasini olgan mehmonxonalarga — 2 million soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yulduz toifasini olmagan mehmonxonalarga — 1 million soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Murojaat qilgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi qarorda subsidiya miqdori, mehmonxona nomi, yulduz toifasi (mavjud boʻlsa) va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun jihozlangan xonalar soni, mehmonxona joylashgan joy (pochta manzili) va uning kadastr raqami, subsidiya olayotgan tadbirkor — yuridik shaxs nomi va STIR raqami hamda tijorat bankidagi hisobvaragʻi rekvizitlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Subsidiya ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida Turizm qoʻmitasi tadbirkorlik subyektlarining xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga mablagʻlarni oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Subsidiya ajratish rad etilgan taqdirda, rad etish uchun asos boʻlgan sabablar aniq koʻrsatib oʻtilgan subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror murojaat etuvchiga ushbu qaror qabul qilingan kunning oʻzida Davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki YIDXP (elektron shaklda murojaat qilinganda) orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat etuvchi qarorni olgan kundan boshlab qarorda koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etib, Turizm qoʻmitasiga takroran ariza bilan murojaat etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroran yuborilgan ariza yangi topshirilgan hisoblanadi va Turizm qoʻmitasi tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Subsidiya ajratishni rad etish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Subsidiya ajratish quyidagi asoslarga koʻra rad etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya olish toʻgʻrisidagi arizada koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlar toʻliq aks ettirilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat etuvchi mazkur Vaqtinchalik nizomning 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan talablarga javob bermaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subsidiya ajratishni ushbu bandda koʻrsatib oʻtilmagan asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jamgʻarma hisobidan subsidiya ajratilgan tadbirkorlik subyektlari roʻyxati (reyestri) Turizm qoʻmitasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Subsidiya olish maqsadida taqdim etilgan maʼlumotlar, hujjatlarning toʻgʻriligi va haqiqiyligiga tadbirkorlik subyektlari masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Turizm qoʻmitasi subsidiya ajratish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va monitoring qilish, Jamgʻarma hisobidan ajratilgan mablagʻlarning tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishi yuzasidan masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tadbirkorlik subyektlari Turizm qoʻmitasining subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Subsidiya olgan tadbirkorlik subyektlari subsidiya ajratilgan davrdan boshlab besh yildan kam boʻlmagan muddat davomida mehmonxona xizmatini koʻrsatishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari besh yil mobaynida mehmonxona xizmatini tashkil qila olmagan yoki mehmonxonaning toifasi pasaygan taqdirda, ajratilgan subsidiyani faoliyat yuritgan davriga mutanosib ravishda chegirgan holda, qolgan qismini Jamgʻarmaga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaga qaytariladigan mablagʻlar Turizm qoʻmitasining qaroriga muvofiq tadbirkorlik subyektlari tomonidan Jamgʻarmaning maxsus hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm qoʻmitasi Jamgʻarmaning maxsus hisobvaragʻiga qaytariladigan mablagʻlar tadbirkorlik subyektlari tomonidan belgilangan muddatda toʻliq oʻtkazilmagan taqdirda, ularni undirish boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Subsidiya ajratilgan davrdan boshlab mehmonxonaning besh yildan kam boʻlmagan muddat davomida faoliyat yuritishi tadbirkorlik subyektlari tomonidan taʼminlanishini Turizm qoʻmitasi monitoring qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ushbu Vaqtinchalik nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehmonxona xizmatlarini koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga infratuzilmani nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtirish xarajatlarining bir qismini qoplab berish toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehmonxona xizmatlarini koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga infratuzilmani nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtirish xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun subsidiya ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Ushbu Vaqtinchalik nizomda nazarda tutilgan hujjatlarni tayyorlaydi va Turizm qoʻmitasiga Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali subsidiya olish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Turizm qoʻmitasi

Arizadagi maʼlumotlar notoʻgʻri kiritilgan yoki toʻliq kiritilmagan taqdirda, murojaat etuvchiga arizadagi xatoliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi

1 ish kunida

3-bosqich

Ariza beruvchi

Arizadagi xatoliklarni bartaraf etib, Turizm qoʻmitasiga Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali subsidiya olish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi.

2 ish kunida

4-bosqich

Turizm qoʻmitasi

Arizaning Vaqtinchalik nizomda belgilangan talablarga mos ekanligini joyiga chiqqan holda oʻrganib chiqadi.

10 ish kunida

5-bosqich

Turizm qoʻmitasi

Subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va qaror nusxasini Davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki YIDXP (elektron shaklda murojaat qilinganda) orqali ariza beruvchiga yuboradi.

5 ish kunida

6-bosqich

Turizm qoʻmitasi

Subsidiya ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng mablagʻlarni oʻtkazib beradi.

10 ish kunida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehmonxona xizmatlarini koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga infratuzilmani nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtirish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi

Turizm qoʻmitasiga

Subsidiya olish toʻgʻrisida

ARIZA

_________________________________________________________________________________________

(yuridik shaxsni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaga binoan murojaat etuvchining toʻliq nomi)

_________________________________________________________________________________________

ishonchli boshqaruvchi _________________________________________________________ shaxs nomidan

(murojaat etuvchi rahbarining lavozimi, F.I.O.)

_____________________________________________________________________ manzilida joylashgan

(viloyat, tuman, shahar, koʻcha, bino raqami)

infratuzilmani (mehmonxonani) nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtirish maqsadida xonalarni zarur qurilmalar bilan jihozlash boʻyicha Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan subsidiya ajratishingizni soʻrayman.

Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtirilgan

mehmonxona xonalari soni: ______________________________________

Muvofiqlik sertifikati olingan sana va raqami: _________________________

Yuridik shaxs joylashgan joyi (pochta manzili): __________________________

Bank hisobvaragʻi: ________________________

________________________

________________________

________________________

Elektron pochta manzili: ____________________________________________________

Telefon: ________________________

STIR: ________________________

___________________________________________

(murojaat etuvchining lavozimi, F.I.O)

20___ yil _______________

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2024-y., 09/24/498/0609-son; 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)