1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
3.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 6-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3545]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. TASHKULOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 29-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 29-iyuldagi 17-mh-son buyrugʻiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini (bundan buyon matnda texnik hujjatlar deb yuritiladi) tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik normalari va qoidalari — shaharsozlikning asosi boʻlib, ular shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan hujjatlardir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fitosanitariya talablari — karantin ostidagi mahsulotga, uni olib kirishga, olib chiqishga, ishlab chiqarishga, qayta ishlashga, saqlashga, tashishga, realizatsiya qilishga va yoʻq qilishga doir talablarni belgilaydigan, davlat organlari, xoʻjalik birlashmalari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart boʻlgan hujjatlardir;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari — davlat organlari hamda boshqa organlar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi shart boʻlgan aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi talablarni belgilaydigan hujjatlardir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari — veterinariya sohasidagi talablarni belgilovchi, davlat organlari va boshqa organlar, yuridik va jismoniy shaxslar rioya etishi shart boʻlgan hujjatlardir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik texnikasi — huquq ijodkorligi faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish uchun foydalaniladigan qoidalar, metodlar, vositalar va usullar (instrumentlar) majmui;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.02.00 Qonunchilik tashabbusi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (bundan buyon matnda yagona elektron tizim deb yuritiladi) — texnik hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish, shuningdek qabul qilingan hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olinishini taʼminlovchi elektron tizim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy ekspertiza — texnik hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligini hamda ularda huquqiy normalar mavjudligini aniqlash nuqtai nazaridan tekshirish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.04.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
4.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida vazirliklar, qoʻmitalar va idoralarning (bundan buyon matnda vazirlik va idoralar deb yuritiladi) texnik hujjatlari huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi va hisobga olinadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Texnik hujjatlar loyihalarini tayyorlash, kelishish, qabul qilish, shuningdek qabul qilingan hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish faqat yagona elektron tizim orqali amalga oshiriladi, bundan qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan texnik hujjatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Texnik hujjatlarda nazarda tutilgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qoʻllash va bajarish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish predmeti hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlik va idoralar oʻzlari tomonidan qabul qilingan texnik hujjatlarni toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlaydi. Texnik hujjatni qoʻllash boʻyicha tegishli tushuntirish berish zaruriyati yuzaga kelgan taqdirda, texnik hujjatni qabul qilgan organ tegishli tushuntirish beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Texnik hujjatlarga huquqiy normalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan mazkur bandning ikkinchi xatboshisi mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, fitosanitariya talablari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya hamda veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini xalqaro standartlarga moslashtirish jarayonida ularga huquqiy normalarni kiritishga yoʻl qoʻyiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-maydagi 19-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3545-1, 18.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3545-1/0500-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Texnik hujjatlarning turlari va amal qilish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Texnik hujjatlar mazkur Qoidalarning 1 — 8-ilovalariga muvofiq buyruq yoki qarorlar bilan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Buyruqlar vazirlik va idora nomidan qaror qabul qilish yakka tartibda amalga oshiriladigan vazirlik yoki idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qarorlar idoralar nomidan qaror qabul qilish kollegial organlari tomonidan amalga oshiriladigan idoralar tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Buyruq va qarorlar boshqa tashkilotlar bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Buyruq yoki qaror bilan mazkur Qoidalarning 2 — 4-ilovalariga muvofiq ushbu buyruq yoki qarorning tarkibiy qismi boʻlgan quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik normalari va qoidalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fitosanitariya talablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik normalar va qoidalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitta buyruq yoki qaror bilan bir nechta texnik hujjatlarning tasdiqlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Texnik hujjatlar muayyan muddatga (vaqtinchalik) yoki nomuayyan muddatga qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik hujjatlarning amal qilish muddati butun hujjat yoki uning qismlari uchun belgilanishi mumkin. Bunday holda texnik hujjat yoxud uning bir qismi qaysi muddatga yoki qanday hodisa yuz berguniga qadar oʻz kuchini saqlab qolishi koʻrsatilishi kerak.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-maydagi 19-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3545-1, 18.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3545-1/0500-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Texnik hujjatlarning amal qilish muddati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq sana bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan hodisaning yuz berishi yoxud texnik hujjatlarning qabul qilinishidan koʻzlangan maqsadga erishilganligi bilan chegaralanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Texnik hujjatlar loyihalarini tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Texnik hujjatlar loyihalarining tayyorlanishini tashkil etish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Texnik hujjat loyihasini tayyorlash vazirlik va idoralarning bir yoki bir nechta tarkibiy boʻlinmalariga, ularning vazifalari va vakolatlarini hisobga olgan holda yuklatiladi. Bunda, koʻrsatilgan loyihaning tayyorlanishi uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslar doirasi, uni tayyorlash muddati, zarurat boʻlgan taqdirda esa, mazkur ishga jalb qilinadigan tashkilotlar aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Texnik hujjat loyihasini tayyorlash uchun ishchi guruhlar, shuningdek ekspert kengashlari tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik hujjat loyihalari tegishli soha va mutaxassislikka ixtisoslashgan institutlar (tashkilotlar) tomonidan ham ishlab chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Texnik hujjat loyihasi vazirlik va idoralarning yuridik xizmati tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Texnik hujjat qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Texnik hujjatning tuzilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Texnik hujjatning tuzilishi tartibga solish predmeti izchil (mantiqiy) rivojlanishini, shuningdek boʻlajak hujjat bir xilda tushunilishi va qoʻllanilishini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik hujjatlarga ularning tartibga solish predmeti bilan bogʻliq boʻlmagan qoidalarni kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Texnik hujjat uning mazmuniga muvofiq boʻlgan hamda tartibga solish predmetini aks ettiruvchi qisqa nomga ega boʻlishi lozim. Hujjat nomi aniq, ravon va imkon qadar axborotga boy boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar buyruq yoki qaror bilan quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik normalari va qoidalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fitosanitariya talablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik normalar va qoidalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari tasdiqlanadigan boʻlsa, mazkur Qoidalarning 1 — 4-ilovalariga muvofiq buyruq yoki qarorning nomida ushbu hujjatlarning tasdiqlanishi koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Texnik hujjatni qabul qilishdan koʻzlangan maqsad va sabablarni tushuntirish uchun loyihada kirish qismi — muqaddima berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqaddimada texnik hujjatni qabul qilishning sabablari, maqsadlari va vazifalari, shuningdek qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlarini (ularning moddalari yoki bandlarini) bajarish yuzasidan yoki ular asosida qabul qilinayotganligi koʻrsatiladi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-maydagi 19-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3545-1, 18.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3545-1/0500-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqaddima bandlarga boʻlinmasligi va raqamlanmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Har bir qoida arab raqamlarida belgilanib, nuqta qoʻyilgan bandlar koʻrinishida bayon qilinadi va sarlavhaga ega boʻlmaydi. Texnik hujjat bandlari izchil ketma-ketlikda raqamlanishi kerak. Bandlar doirasimon qavslar bilan berkitiladigan kichik harflar yoki raqamlar koʻrinishidagi kichik bandlarga hamda xatboshilarga boʻlinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik hujjatda quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkitalik raqamlar va (yoki) harflarni ishlatishga (masalan, “1.1”, “5.1.1”, “1.a”, “a.a” va h.k.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir vaqtning oʻzida kichik bandlarni va mustaqil (kichik bandlar bilan bogʻlanmagan) xatboshilarni bayon etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatboshilar boshlanishida defis yoki boshqa belgilar ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-maydagi 19-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3545-1, 18.05.2026-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3545-1/0500-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Hajmiga koʻra texnik hujjat kamayib boruvchi boʻlimlar, boblar, paragraflar, bandlar, kichik bandlar va xatboshilarga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi va keyingi xatboshilarni boʻlishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlimlar rim, boblar esa arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega boʻladi. Paragraflar “§” belgisi bilan belgilanadi, arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi tuzilmaviy birliklar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar texnik hujjatda boblar boʻlmasa, boʻlim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar texnik hujjatda band boʻlmasa, kichik band va xatboshi kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-maydagi 19-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3545-1, 18.05.2026-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3545-1/0500-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Texnik hujjatning mazmunini bayon etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Texnik hujjatda uning boshqa bandlariga, shuningdek boshqa hujjatlarga havola qilish ularning oʻzaro aloqasini koʻrsatish yoki takrorlanishlarning oldini olish uchungina yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Zarur hollarda hujjatda normativ-huquqiy hujjat yoki texnik hujjat yoxud xalqaro hujjatlarga havola qilinishi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Normativ-huquqiy hujjatga yoki texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisidagi texnik hujjatga havola qilingan hollarda uning turi, rekvizitlari va nomi koʻrsatilishi shart.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.04.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Texnik hujjatda mavjud boʻlmagan yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan normativ-huquqiy hujjatlar, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va texnik hujjatlarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi uchun kuchga kirmagan xalqaro hujjatlarga havola qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Texnik hujjatning matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etilishi kerak. Bunda, hujjatning har bir bandi toʻliq va tugallangan maʼno va mazmunga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik hujjatda foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, agar mavjud boʻlsa, ularning qonunchilik hujjatlarida qabul qilingan maʼnosiga muvofiq yagona shaklda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Texnik hujjatda quyidagilarning qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻzaki nutq shakllari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tilida teng maʼnoli soʻzlar va tushunchalar boʻlgan taqdirda xorijiy tillarning atamalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eskirgan hamda koʻp maʼnoni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Texnik hujjatning matni umumeʼtirof etilgan grammatik, orfografik va punktuatsiya qoidalari asosida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik hujjatda texnik va boshqa maxsus tushunchalardan foydalanilgan hollarda, hujjatda ularning taʼriflari beriladi. Hujjatda koʻp marotaba qoʻllanilgan bir yoki bir nechta tushunchaga taʼrif berish zarur boʻlgan hollarda ular mazkur Qoidalarning 2 — 4-ilovalariga muvofiq hujjatning boshlanishida alohida bandda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik hujjatda umum qabul qilingan qisqartmalar qoʻllanilishi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Agar texnik hujjatda roʻyxatlar, jadvallar, grafiklar, xaritalar, sxemalar, hujjatlar va blankalar namunalari, uslubiyotlar berilsa, unda ular ilovalar koʻrinishida, hujjatning tegishli bandlarida ushbu ilovalarga havolalar qoʻllagan holda rasmiylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilovalar tegishli tartibda arab raqamlari bilan raqamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Texnik hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi loyihani tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Texnik hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar yoxud uni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish tegishlicha buyruqlar yoki qarorlar bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqaddam qabul qilingan texnik hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud ularni yoki ularning tuzilmaviy birliklarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi qoidalar mazkur Qoidalarning 5 — 8-ilovalariga muvofiq buyruq yoki qaror loyihasining matniga kiritiladi (oʻz kuchini yoʻqotayotgan texnik hujjatlar, boʻlimlar, boblar, paragraflar, bandlar, kichik bandlar, chiqarib tashlanayotgan xatboshilar koʻrsatilgan holda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Texnik hujjatning loyihasi bilan kiritilayotgan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar ikki yoki undan ortiq bandni tashkil etsa, bunday oʻzgartirish va qoʻshimchalar mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq buyruq yoki qarorga ilova koʻrinishida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Texnik hujjatning kichik bandigacha boʻlgan (kichik bandni ham qoʻshgan holda) tuzilmaviy birligining amal qilishining tugatilishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish, xatboshi koʻrinishidagi tuzilmaviy birlikning amal qilishining tugatilishi esa chiqarib tashlash deb koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Oʻzgartirishlarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar va pozitsiyalarni almashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar, ilovalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish yoki raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar va xatboshilarni chiqarib tashlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar, ilovalarni, shuningdek paragraflar, boblar, boʻlimlar, ilovalar va texnik hujjatlar nomlarini yangi tahrirda bayon qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Jumlaning, ilovaning, boʻlimning, bobning, bandning, kichik bandning, xatboshining matnini sezilarli oʻzgartirish talab etilsa, ularni yangi tahrirda bayon etish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Qoʻshimchalarga texnik hujjatni yangi raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar va ilovalar bilan toʻldirish kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Texnik hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi hujjat quyidagilarga boʻlinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nuqtali arab raqamlari bilan raqamlanadigan bandlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doirasimon qavs bilan berkitiladigan kichik harflar yoki arab raqamlari bilan belgilanadigan kichik bandlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatboshilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Texnik hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishda uning ilovalari, boʻlimlari, boblari, paragraflari, bandlari va kichik bandlarining raqamlanishi oʻzgarmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar texnik hujjat yangi tuzilmaviy birliklar bilan toʻldirilayotgan boʻlsa, unda ularni asosiy raqam yoki harf belgilari tepasiga qoʻyiladigan qoʻshimcha raqamlar bilan belgilash lozim (masalan, 21-band, “v1”-kichik bandi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Agar tegishli qoʻshimchalar tuzilmaviy birlikning (boʻlim, bob, paragraf, band yoki kichik band) oxiriga kiritilayotgan boʻlsa, unda mavjud raqamlanish davom ettiriladi (masalan, agar hujjatning oxirgi bandi 30-band boʻlsa, texnik hujjat 31-band bilan toʻldiriladi, agar bandning oxirgi bandi “v” kichik band hisoblansa, unda “g” kichik band bilan toʻldiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Band yoki kichik bandga yangi xatboshi qoʻshilayotganda, mazkur band yoki kichik bandning keyingi xatboshilari ketma-ketligi tegishli tartibda oʻzgaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar matniga, ularning mazmuniga qarab, tinish belgilari ham qoʻshiladi (masalan, “va shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar “, shaharsozlik normalari va qoidalari hamda boshqa hujjatlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin; “, shuningdek hujjatlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin; “suv bilan taʼminlovchi korxonalar — “ degan soʻzlar chiqarib tashlansin).
(41-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-maydagi 19-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3545-1, 18.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3545-1/0500-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik hujjatning nomiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilayotganda ushbu hujjat ilovalarining nomi va ilova belgilari qayta koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Texnik hujjatning bandi yoki kichik bandi xatboshilardan iborat boʻlsa, xatboshilarni hisoblash kirish xatboshisidan boshlanadi. Masalan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“(birinchi xatboshi) 11. Bolalarning maktabgacha taʼlim tashkilotlarida (guruhlarda) boʻladigan vaqti quyidagicha boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ikkinchi xatboshi) bolalar 3-4 soat boʻladigan guruhlarda — kunduzgi uyqu tashkil etilmaydi va bir martalik ovqatlantirish tashkil etilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(uchinchi xatboshi) bolalar 9 — 10,5 soat boʻladigan guruhlarda — toʻrt martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(toʻrtinchi xatboshi) bolalar 12 soat boʻladigan guruhlarda — toʻrt martalik ovqatlantirish tashkil etilishi, kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(beshinchi xatboshi) Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining bolalar kechayu kunduz boʻladigan guruhlarida kunduzgi va tungi uyqu hamda kamida besh martalik ovqatlantirish tashkil etilishi uchun sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Texnik hujjatning tegishli tuzilmaviy birliklari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilganda, keyingi tuzilmaviy birliklarning raqamlanishi oʻzgarmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Xatboshi chiqarib tashlanganda keyingi xatboshilarning ketma-ketligi qayta koʻrib chiqiladi. Masalan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2-bandning “a” kichik bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Asosiy texnik hujjat oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan taqdirda, ushbu hujjatga kiritilgan oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar ham oʻz-oʻzidan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Agar texnik hujjatga sezilarli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zaruriyati mavjud boʻlsa yoki aynan bir masala boʻyicha bir nechta hujjatlarning mavjudligi aniqlansa, shuningdek texnik hujjat bir tilda qabul qilingan boʻlsa va uni boshqa tilda ham qabul qilish zaruriyati boʻlsa, u holda ularni tartibga solish maqsadida yangi hujjat ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Texnik hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishda kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning aniqliligini lozim darajada nazorat qilishni taʼminlash uchun, shuningdek ularni tartibga solish maqsadida yagona yangi hujjat ishlab chiqilganida vazirlik yoki idora rahbari (istisno hollarda — uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadigan qiyosiy jadval tayyorlanishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga texnik hujjat bilan birga kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Qiyosiy jadval uchta grafadan iborat boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik hujjatning oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklif etilayotgan tuzilmaviy birligining amaldagi tahriri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik hujjatning oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan tegishli tuzilmaviy birligining taklif etilayotgan tahriri;
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-maydagi 19-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3545-1, 18.05.2026-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3545-1/0500-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni asoslantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Tegishli tuzilmaviy birlikning amaldagi va taklif etilayotgan tahriridagi grafalari qiyosiy jadvalda quyidagi koʻrinishda bayon etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi va taklif etilayotgan tahrirlar grafalarida oʻzgarayotgan raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar va ilovalar “yarim qora” shrifti bilan ajratib koʻrsatiladi;
(49-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-maydagi 19-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3545-1, 18.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3545-1/0500-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif etilayotgan tahrir grafasida toʻldirilayotgan raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar va ilovalar “yarim qora” shrifti bilan ajratib koʻrsatiladi;
(49-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-maydagi 19-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3545-1, 18.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3545-1/0500-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi tahrir grafasida oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar, ilovalar yoki chiqarib tashlanayotgan raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar va xatboshilar “yarim qora kursiv” shrifti bilan ajratib koʻrsatiladi.
(49-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-maydagi 19-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3545-1, 18.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3545-1/0500-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar texnik hujjatning tuzilmaviy birligi yangi tahrirda bayon etilayotgan boʻlsa, qiyosiy jadvalda faqat tegishlicha oʻzgarayotgan, toʻldirilayotgan, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan yoki chiqarib tashlanayotgan raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar va ilovalar ajratib koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaldagi va taklif etilayotgan tahrirlar grafalarida oʻzgarmagan tegishli raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar va ilovalar, kiritilgan oʻzgartirishlar oddiy shriftda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Texnik hujjatni rasmiylashtirish, kelishish, jamoatchilik muhokamasi va uni qabul qilish
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-maydagi 19-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3545-1, 18.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3545-1/0500-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Texnik hujjatni rasmiylashtirish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Buyruqlar va qarorlar matnlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan tegishli blanklarda yozilishi va ularni qabul qilgan organning (organlarning) nomi boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Texnik hujjat uni tasdiqlayotgan buyruq yoki qarorga ilova koʻrinishida rasmiylashtiriladi, bunda buyruq yoki qarorning tegishli bandida unga mazkur Qoidalarning 1 — 6-ilovalariga muvofiq havola boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Ilovalari boʻlgan texnik hujjatning betlari izchil ketma-ketlikda raqamlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Qoida tariqasida, standart varaq 1,2 qator oraligʻida (“mnojitel”) yozilishi lozim; har bir bet: yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, oʻngdan 1,5 sm hoshiyaga ega; xatboshi besh-olti belgiga teng va bir xilda boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matnni kompyuter vositasida bosib chiqarishda “Times New Roman” 12 oʻlchamli shriftida yoki shunga oʻxshash shriftni qoʻllagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Texnik hujjat matnida oʻchirish va tuzatishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Bundan mazkur Qoidalarning 72-bandida koʻrsatilgan holatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Vazirlik va idoralarning yuridik xizmati texnik hujjat loyihasining qonunchilikka muvofiqligini hamda unda huquqiy normalar mavjudligini aniqlash nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik hujjat loyihasi qonunchilikka muvofiq boʻlsa, shuningdek unda huquqiy normalar mavjud boʻlmasa (bundan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, fitosanitariya talablari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya hamda veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini xalqaro standartlarga moslashtirish jarayoni mustasno), yuridik xizmat rahbari tomonidan imzolanadi va xulosa tayyorlanadi.
(55-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-maydagi 19-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3545-1, 18.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3545-1/0500-son)
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Yuridik xizmat mavjud boʻlmagan taqdirda, texnik hujjat loyihasi boʻyicha xulosa texnik hujjatni tayyorlash uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinma tomonidan tayyorlanishi va vazirlik yoki idora rahbari yoxud uning oʻrinbosari tomonidan imzolanishi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Texnik hujjatga uning qabul qilinishi maqsadga muvofiqligini asoslashdan iborat boʻlgan tushuntirish xati ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tushuntirish xati vazirlik yoki idora rahbari (istisno hollarda — uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tushuntirish xatida quyidagilar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik hujjatni tayyorlash uchun asos va uni qabul qilish zarurligini asoslash, shu jumladan hujjatni ishlab chiqish va tasdiqlash topshirilgan normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik hujjat bilan belgilanadigan asosiy qoidalar, ularni qisqacha asoslash, shuningdek hujjatni qabul qilishdan kutilayotgan natijalar. Bunda, texnik hujjat qabul qilinishi munosabati bilan tartibga solishda yuz berishi mumkin boʻlgan ijobiy oʻzgarishlar keltiriladi. Kutilayotgan natijalar miqdoriy koʻrsatkichlar koʻrsatilgan holda bayon qilinishi ham mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik hujjatda qoʻllanilgan normativ-huquqiy hujjatlar, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va texnik hujjatlarga havolalarning har birini asoslash. Bunda, havola qilinadigan hujjatning mazmuni qisqacha ochib beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik hujjat bilan tartibga solinayotgan masala yuzasidan boshqa davlatlarning tajribasi, koʻrib chiqilayotgan masala boʻyicha ilmiy adabiyotlar va ommaviy axborot vositalarining materiallari, shuningdek agar oʻtkazilgan boʻlsa, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik hujjat loyihasi kelishilgan manfaatdor vazirliklar va idoralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik hujjat loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilishi uchun joylashtirilgan boʻlsa, uning natijalari haqidagi maʼlumotlar, bunda qoida tariqasida, yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqish natijalari koʻrsatiladi;
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-maydagi 19-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3545-1, 18.05.2026-y.) asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3545-1/0500-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik hujjatni asoslash uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Texnik hujjat loyihasini kelishish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Texnik hujjat loyihasida boshqa vazirlik va idoralar manfaatlariga yoki vakolatlariga taalluqli qoidalar mavjud boʻlsa, texnik hujjat loyihasi yagona elektron tizim orqali manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilishi lozim. Bunda, texnik hujjat loyihasi vazirlik va idoralar tomonidan u taqdim etilgan kundan boshlab oʻn kun ichida eʼtirozlarsiz kelishilishi yoki asoslantirilgan eʼtirozlar bilan qaytarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishilayotgan texnik hujjat loyihasi vazirlik yoki idora rahbari tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi. Bunda, lavozim nomi, familiya, ismning bosh harfi, shuningdek kelishilish sanasi koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik hujjat u birinchi kelishilayotgan vazirlik va idora bilan kelishilganidan soʻng, ellik kun ichida qabul qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Texnik hujjatni kelishish davomida vazirlik va idoralar oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, bunday hujjat kelishmovchiliklar bartaraf qilinguniga qadar qabul qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kelishmovchiliklarni bartaraf qilishning imkoni boʻlmasa, texnik hujjatni tayyorlashga masʼul boʻlgan vazirlik yoki idora bu masalani batamom hal qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoxud boshqa yuqori turuvchi organga murojaat qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Texnik hujjat vazirlik yoki idora rahbari yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan buyruq yoki qarorni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash yoʻli bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan texnik hujjatlar vazirlik va idora rahbari yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolanganda, imzolar tegishli vazirlik va idoraning muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
601. Vazirlik va idoralar tomonidan texnik hujjatlarning loyihalari Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish uchun joylashtirilishi mumkin, bundan yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi hamda davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan texnik hujjatlar loyihalari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik hujjat loyihasini Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirish texnik hujjat qabul qilinishidan oldin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik hujjat loyihasini Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirish muddati loyihani ishlab chiquvchi vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
602. Texnik hujjat loyihasi boʻyicha jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilaridan kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflarni hisobga olish loyihani qabul qilingan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflarga muvofiq maromiga yetkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflar rad etilgan taqdirda loyihani ishlab chiquvchi ularni rad etish sababini asoslashi shart.
(601 va 602-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-maydagi 19-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3545-1, 18.05.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3545-1/0500-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Texnik hujjatni qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Texnik hujjat davlat tilida qabul qilinadi. Bunda, hujjatning tarjimalari boshqa tillarda ham eʼlon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik hujjatning tarjimalari uning davlat tilidagi tahririga muvofiq boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Vazirlik yoki idora rahbariga ikki yoki undan ortiq lavozimdagi vazifalarni bajarish yuklatilgan boʻlsa, u holda hujjatning rekvizitlarida unga ushbu texnik hujjatni imzolash huquqini beruvchi lavozimi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik yoki idora rahbari vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi, taʼtildaligi yoki boshqa sababga koʻra boʻlmaganida uning vazifasini bajarishni yuklash tegishli vazirlik yoki idora rahbari tomonidan imzolangan tashkiliy-boshqaruv hujjatida nazarda tutilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan texnik hujjat ikkita asl nusxada (bitta asl nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uchun) qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Texnik hujjatning huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi, hisobga olinishi va kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Texnik hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.02.00 Adliya organlari huzuridagi tashkilotlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish uchun texnik hujjat tasdiqlangan holda uni qabul qilgan organ tomonidan ushbu texnik hujjat qabul qilingan kunning oʻzida yagona elektron tizim orqali taqdim etiladi (bundan davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan texnik hujjatlar mustasno).
(64-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-maydagi 19-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3545-1, 18.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3545-1/0500-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik hujjatni belgilangan muddat davomida huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish uchun taqdim qilish fakti yagona elektron tizim orqali kelib tushgan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi devonxonasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilgan texnik hujjat huquqiy ekspertizadan oʻtkazilib, uning huquqiy ekspertizasi natijasi boʻyicha hujjatni hisobga olish toʻgʻrisida xulosa yoki hisobga olishni rad etish toʻgʻrisidagi xat rasmiylashtirilgunga qadar ushbu hujjatni huquqiy ekspertiza va hisobga olish uchun takroran kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan talabga rioya qilinmasdan takroran taqdim etilgan texnik hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmasdan hujjatni taqdim etgan organga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish uchun bitta kuzatuv xati bilan faqatgina bitta texnik hujjat taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Kuzatuv xatida texnik hujjat loyihasini tayyorlashga masʼul boʻlgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va aloqa telefon raqamlari koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan texnik hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga vazirlik va idora rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan imzolangan kuzatuv xati bilan ikkita asl nusxada taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik hujjat hisobga olingandan soʻng uning bitta asl nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Texnik hujjatga uni taqdim etgan organning yuridik xizmati rahbari (vazirlik yoki idoraning rahbari yoki tegishli oʻrinbosari) tomonidan imzolangan yuridik xulosa ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Texnik hujjat vazirlik yoki idora rahbari vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolangan taqdirda, yuridik xulosada vazirlik yoki idora rahbari vazifasini bajarishni yuklash, shuningdek mazkur vazifalarni bajarish muddati koʻrsatilgan tegishli tashkiliy-boshqaruv hujjatining (mazkur hujjatning nusxasini ilova qilgan holda) rekvizitlari boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Texnik hujjat uning amal qilish muddatidan (doimiy amal qiluvchi, vaqtinchalik (maʼlum bir muddatga qabul qilingan), shuningdek undagi qoidalarning qanday xususiyatda boʻlishidan, shu jumladan davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarga yoki maxfiy maʼlumotlarga ega boʻlishidan qatʼi nazar, huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi va hisobga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Texnik hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.04.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Texnik hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan hujjat kelib tushgan kundan boshlab oʻttiz kun ichida amalga oshiriladi. Agar koʻrsatilgan muddatning tugashi ish kuni boʻlmagan kunga toʻgʻri kelsa, unda hisobga olish muddati undan keyingi birinchi ish kuniga qadar uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taqdim etilgan texnik hujjat, shu jumladan malakali mutaxassislarni jalb etish yoʻli bilan qoʻshimcha oʻrganishni talab etadigan boʻlsa, ushbu hujjatni koʻrib chiqish muddati oʻn besh kungacha uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Taqdim qilingan texnik hujjatni hisobga olish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hujjat qonunchilik hujjatlariga zid boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) hujjat mazkur Qoidalar bilan oʻrnatilgan texnik hujjatlarni hisobga olish uchun taqdim etish tartibini buzgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuborilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik hujjatlarni hisobga olish uchun taqdim etish tartibi buzilganligi sababli hisobga olish rad etilsa, huquqiy ekspertiza oʻtkazilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) hujjat manfaatdor organlar bilan kelishish majburiy hisoblanganda bunday organlar bilan kelishilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) hujjatda huquqiy normalar qoʻllanilgan boʻlsa (bundan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, fitosanitariya talablari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya hamda veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini xalqaro standartlarga moslashtirish jarayoni mustasno);
(71-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-maydagi 19-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3545-1, 18.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3545-1/0500-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) hujjat mazkur Qoidalar bilan oʻrnatilgan boshqa talablarga javob bermasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Yagona elektron tizim orqali taqdim etilgan texnik hujjatni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish natijasida unda texnik koʻrinishdagi, shu jumladan hujjat mazmunining oʻzgarishiga olib kelmaydigan xatoliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda mazkur xatoliklar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan yagona elektron tizim orqali bartaraf etilishi mumkin. Bunda texnik hujjatda aniqlangan texnik koʻrinishdagi, shu jumladan mazmun oʻzgarishiga olib kelmaydigan xatoliklar ushbu hujjatni qabul qilgan vazirlik yoki idoraning birinchi rahbari tomonidan yozma yoki elektron tizim orqali rozilik berilgan taqdirda bartaraf etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xatoliklar bartaraf etilgan texnik hujjat uni qabul qilgan vazirlik yoki idora birinchi rahbarining roziligini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan hujjatni qabul qilgan vazirlik yoki idoraga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik hujjatni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish muddati ushbu hujjat vazirlik yoki idoraning birinchi rahbariga rozilik olish uchun yuborilgan kundan rozilik olingan kunga qadar toʻxtatib turiladi.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-maydagi 19-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3545-1, 18.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3545-1/0500-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan hisobga olish rad etilgan texnik hujjatlar rad etilgan vaqtdan eʼtiboran bekor qilingan hisoblanadi hamda vazirlik va idoralar tomonidan ularni bekor qilish uchun alohida hujjat qabul qilish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining hisobga olishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosasi imzolangan vaqtdan texnik hujjatda uning bekor qilinganligi haqidagi belgi avtomatik tarzda elektron tizimda qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobga olish rad etilgan texnik hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xulosasini eʼtiborga olgan holda qayta ishlab chiqilishi va hisobga olish uchun takroran taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalarning 71-bandi “b” va “v” kichik bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha hisobga olish rad etilganda, vazirlik va idoralar bir oy ichida rad etish sabablarini bartaraf etishga va ushbu texnik hujjatni hisobga olish uchun takroran taqdim etishga majburdirlar.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-maydagi 19-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3545-1, 18.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3545-1/0500-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Texnik hujjatlar ularni qabul qilgan vazirlik yoki idoralarning tegishli xatiga asosan huquqiy ekspertizaning istalgan bosqichida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qaytarib berilishi va koʻrmasdan qoldirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Texnik hujjatni hisobga olish yagona elektron tizim orqali texnik hujjatni hisobga olish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadigan xulosa bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan texnik hujjatni hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan, istisno tariqasida, qogʻoz shaklida tasdiqlanadigan texnik hujjatni hisobga olish toʻgʻrisidagi xulosa bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik hujjatni hisobga olish toʻgʻrisidagi xulosa asosida hisobga olish raqami berilgan holda Davlat reyestriga tegishli maʼlumot kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik hujjatlar reyestri elektron shaklda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik hujjatni hisobga olish toʻgʻrisidagi belgi (texnik hujjatni oʻtkazish raqami va sanasi, shuningdek davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan texnik hujjatlar uchun qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining gerbli muhri) buyruq yoki qarorning yuqori qismiga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan texnik hujjatlarning rasmiylashtirilgan asl nusxasi texnik hujjatni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish uchun taqdim etgan vazirlik yoki idoraga belgilangan tartibda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idoralar hisobga olingan texnik hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasidan elektron koʻrinishda yuklab olishlari mumkin.
(75-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-maydagi 19-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3545-1, 18.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3545-1/0500-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Texnik hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi texnik hujjatlar mazkur Qoidalarda oʻrnatilgan asoslarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida hisobga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Texnik hujjatlarning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Texnik hujjat, agar qonunchilik hujjatlarida yoki hujjatning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hujjatning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilgan boʻlsa, unda texnik hujjat shu sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Hisobga olinishi lozim boʻlgan texnik hujjatlarni, ular hisobga olinmasdan va rasmiy eʼlon qilinmasidan, ijroga yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi. Hisobga olinishi lozim boʻlgan, biroq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida hisobga olinmagan texnik hujjatlar kuchga kirmagan hujjat sifatida qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Texnik hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Texnik hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish qonunchilik hujjatlari oʻzgarishi munosabati bilan, mavjud sohadagi texnik hujjatlarni takomillashtirish talab etilgan taqdirda, shu jumladan vazirlik va idoralar tomonidan yangi texnik hujjatlar qabul qilinishi munosabati bilan, shuningdek ularni qabul qilgan vazirlik va idoralarning tashabbusi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Qonunchilik hujjatlari oʻzgargan yoki mavjud sohadagi texnik hujjatlarni takomillashtirish talab etilgan taqdirda, vazirlik va idoralar oʻzlari tomonidan qabul qilingan texnik hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Texnik hujjatlarni qonunchilik hujjatlari, texnik hujjatlar oʻzgarishi munosabati bilan yoxud vazirlik yoki idora tashabbusi boʻyicha qayta koʻrib chiqishda ayrim texnik hujjatlarning amal qilishini tugatish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, vazirlik va idoralar texnik hujjatni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi tegishli buyruq yoki qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Vazirlik va idoralar oʻzlari tomonidan qabul qilingan texnik hujjatlarga bir xil masaladagi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni bitta hujjat bilan kiritishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Ilgari qabul qilingan texnik hujjatni (tuzilmaviy birlikni) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutuvchi texnik hujjatni yoki uning tuzilmaviy birligini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish, ilgari qabul qilingan texnik hujjat (tuzilmaviy birlik) amal qilishining tiklanishiga olib kelmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Texnik hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud uni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish ushbu hujjatni qabul qilgan organ tomonidan yoxud bunga vakolatli boshqa organ tomonidan ushbu hujjat qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir nechta vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda qabul qilingan texnik hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishda, kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kelishilgan vazirlik va idoralardan qaysi birining manfaatlariga yoki vakolatlariga daxl qilsa, oʻsha vazirlik va idoralar bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar texnik hujjatga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar uni qabul qilishda ishtirok etmagan vazirlik va idoralar bilan kelishilishi lozim boʻlsa, bunday oʻzgartirish va qoʻshimchalar ushbu vazirlik va idoralar bilan ham kelishilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Texnik hujjatlar qabul qilish huquqi berilgan vazirlik yoki idora qayta tashkil etilgan taqdirda, huquqiy vorisga oʻz vakolati doirasida texnik hujjatlar qabul qilish huquqi bilan birga ilgari qabul qilingan texnik hujjatlarga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish vakolatlari ham oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Vazirlik yoki idora tugatilgan yoxud u tegishli texnik hujjatlarni qabul qilish huquqini huquqiy vorisiga bermasdan qayta tashkil etilgan taqdirda, ilgari qabul qilingan texnik hujjatlarga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish vakolatlari yuqori turuvchi yoki boshqa vakolatli organga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik yoki idora maqomining oʻzgartirilishi ular tomonidan ilgari qabul qilingan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar amal qilishining tugatilishiga olib kelmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-§. Texnik hujjatlar amal qilishining toʻxtatib turilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
861. Texnik hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi uni qabul qilgan organ yoxud uning yuqori turuvchi organi tomonidan muayyan muddatga yoki muayyan hodisa yuz berguniga qadar toʻxtatib turilishi mumkin. Bunda texnik hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi muayyan hodisa yuz berguniga qadar toʻxtatib turilgan holda, qanday hodisa yuz berishi lozimligi aniq koʻrsatilishi hamda ushbu hodisa barchaga maʼlum boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishini toʻxtatib turish yoki qayta tiklash tegishli texnik hujjat bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan muddatga toʻxtatilgan texnik hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishini toʻxtatib turish muddati tugagandan soʻng avtomatik ravishda qayta tiklangan hisoblanadi. Bunda amal qilishni qayta tiklash toʻgʻrisidagi texnik hujjat qabul qilinishi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan hodisa yuz berguniga qadar toʻxtatib turilgan texnik hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi tegishli texnik hujjat bilan qayta tiklanadi.
(11-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-maydagi 19-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3545-1, 18.05.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3545-1/0500-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Texnik hujjatlarni eʼlon qilish va ularning matnlarini tarqatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Hisobga olingan texnik hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idoralar oʻzlari tomonidan qabul qilingan texnik hujjatlarni (zarur boʻlgan taqdirda, axborot-tahliliy materiallari bilan birga) ular rasmiy eʼlon qilingandan keyin oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Texnik hujjatni eʼlon qilish va tarqatishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida hisobga olingan raqami va sanasi koʻrsatilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik hujjatni rasmiy va norasmiy nashrlarda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida va maʼlumotlarning elektron bazalarida eʼlon qilishda (tarqatishda), shuningdek qayta chop etish yoʻli bilan tarqatishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida hisobga olingan raqami va sanasi hujjatning birinchi varagʻining markazida uning nomining ostiga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Vazirlik va idoralar, oʻz vakolatlari doirasida, oʻzlari tomonidan qabul qilingan texnik hujjatlar matnlarining tarqatilishini taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish qoidalariga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNA
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishining tashkil etilishiga oid sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini (0016-21-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi PQ-4887-son “Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishining tashkil etilishiga oid sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0016-21-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2017-yil 14-fevralda tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigiyenik talablar” (0348-17-son SanQvaN) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi
(elektron raqamli imzo)
X. Xxxxxxxx
Toshkent sh.,
2026-yil 9-yanvar,
92-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2026-yil 9-yanvardagi 92-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishining tashkil etilishiga oid sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0016-21-son SanQvaN)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sogʻlom ovqatlanishini tashkil etish, yuqumli va yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi hamda ovqatdan zaharlanishlarning oldini olish choralarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur sanitariya qoidalari tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
…
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Taomnomalarga kiritilgan taomlarning maxsus ishlab chiqilgan texnologik xaritalari boʻlishi shart. Ushbu texnologik xaritalarda taomlarning tarkibiy qismlari, energetik qiymati, oqsil, yogʻ va uglevodlarning miqdori hamda tayyorlangan taomning hajmi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baʼzi mahsulotlar boʻlmaganda ular boshqa mahsulotlar bilan almashtiriladi. Bunda mazkur sanitariya qoidalarining ilovasiga muvofiq mahsulotlarni almashtirish jadvalidan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona mavsumiy taomnoma asosida faoliyat yuritayotgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oziq-ovqat taʼminotida keskin uzilishlar yuzaga kelgan hollarda taomnomadagi taom boshqa bir taom bilan almashtirilishi lozim. Bunda almashtiriluvchi taomning tarkibi va energetik qiymati toʻliq hisob-kitob qilingan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Taomni toʻgʻri tayyorlash va tayyor taomning hajmi normaga muvofiq kelishi uchun mazkur sanitariya qoidalarining 5-ilovasiga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlarining dastlabki va issiqlik ishlovini berishda ogʻirlik yoʻqotish miqdori jadvalidan foydalanilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
…
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Bolalarning maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻlishiga muvofiq ovqatlanishni tashkil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bolalarning maktabgacha taʼlim tashkilotlarida (guruhlarda) boʻladigan vaqti quyidagicha boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar 3-4 soat boʻladigan guruhlarida — kunduzgi uyqu tashkil etilmaydi va bir martalik ovqatlantirish tashkil etilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar 9 — 10,5 soat boʻladigan guruhlarida — toʻrt martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar 12 soat boʻladigan guruhlarida — toʻrt martalik ovqatlantirish tashkil etilishi, kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining bolalar kecha-yu kunduz boʻladigan guruhlarida kunduzgi va tungi uyqu hamda besh martalik ovqatlantirish tashkil etilishi uchun sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishining tashkil etilishiga oid sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim oziq-ovqat mahsulotlarni almashtirilishi jadvali
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulot nomi
Ogʻirligi (g)
Almashtiriladigan mahsulot
Ogʻirligi (g)
1-navli bugʻdoy unidan yopilgan oq non
100
1-navli bugʻdoy uni
75
1-kategoriyali mol goʻshti
100
Quyon goʻshti
98
1-toifa tovuq va kurka goʻshti
110
Tozalangan baliq
125
Tvorog
120
Tuxum
145
Yogʻi olinmagan sut
100
Germetik oʻramdagi quruq sut
12
Quyultirilgan shakarli sut
38
Tvorog
17
Yogʻli qatiq
103
Pishloq
12,5
1-kategoriyali mol goʻshti
15
Tovuq goʻshti
22
Tozalangan baliq
20
Parranda tuxumi
(1 dona)
Tvorog
31
Mol goʻshti
72
Tozalangan baliq
30
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-maydagi 19-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3545-1, 18.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3545-1/0500-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish qoidalariga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI VAZIRINING
BUYRUGʻI
SHNQ 2.06.02-23 “Gidrotexnika tunnellari” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-son “Oʻzbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi hamda 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.06.02-23 “Gidrotexnika tunnellari” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1998-yil 31-yanvardagi 11-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.06.02-98 “Gidrotexnika tunnellari” qurilish meʼyorlari va qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish
va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 26-yanvardagi 33-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHNQ 2.06.02-23 “Gidrotexnika tunnellari” shaharsozlik normalari va qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) gidroelektrostansiyalar, gidroakkumulyatsiyalovchi elektrostansiyalar, melioratsiya tizimlari hamda suv taʼminoti tizimlari tarkibiga kiruvchi yangidan va qayta quriladigan gidrotexnika tunnellarini loyihalashtirish talablarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalariga havolalar keltirilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHNQ 2.01.09-19 “Choʻkuvchan va oʻta choʻkuvchan gruntli hududlarda quriladigan bino va inshootlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GOST 18105-2018 Betonlar. Mustahkamlikni nazorat qilish va baholash qoidalari (rasmiy manba: Betoni. Pravila kontrolya i otsenki prochnosti).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Atamalar, taʼriflar, belgilanishlar va qisqartmalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu SHNQda quyidagi atamalar va ularning taʼriflari qoʻllanilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosimsiz rejim — oqimning erkin yuzasida havo boʻshligʻi mavjud boʻlgan tunnel orqali suvni oʻtkazish rejimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv olish inshooti — suvni olish uchun moʻljallangan gidrotexnik inshoot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidravlik zarba — suyuqlik harakatlanish tezligi vaqtining keskin oʻzgarishi natijasida yuzaga keladigan, bosimli suv oʻtkazgichidagi gidrodinamik bosimning oshishi yoki pasayishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
...
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. GES va melioratsiyalash tizimlari tarkibiga kiruvchi gidrotexnika tunnellari sinflari SHNQ 2.06.01-97 ga muvofiq oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv taʼminoti tizimlari uchun moʻljallangan gidrotexnika inshootlari sinflari SHNQ 2.04.02-19 toifalariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.Gidrotexnika tunnellari SHNQ 2.06.01-97ga muvofiq quyidagilar toifalarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy (gidroelektrostansiyalar, melioratsiya tizimlari va suv taʼminoti tizimlaridan foydalanishda doimiy suv oʻtkazilishini taʼminlash uchun moʻljallangan, suv tushirgichli foydalanish tunnellari, ikkinchi darajali tunnellarning zatvorigacha boʻlgan bosh qismlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi darajali (davriy suv oʻtkazish uchun moʻljallangan (suv havzalari va suv oʻtkazgichlarini boʻshatish va yuvish uchun, zaxira suv tushirish tunnellari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtinchalik (gidrotexnik inshootlarni qurilish yoki taʼmirlash davrida vaqtinchalik suv oʻtkazish uchun moʻljallangan tunnellar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish qoidalariga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi BOSH DIREKTORIning
BUYRUGʻI
Karantin ostidagi mahsulotni olib kirish, olib chiqish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish, realizatsiya hamda yoʻq qilishga doir fitosanitariya talablarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. Karantin ostidagi mahsulotni olib kirish, olib chiqish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish, realizatsiya hamda yoʻq qilishga doir fitosanitariya talablari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining 2022-yil 21-dekabrdagi 4-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin ostidagi mahsulotni olib kirish, olib chiqish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish, realizatsiya hamda yoʻq qilishga doir fitosanitariya talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.01.00 Alohida turdagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur fitosanitariya talablari davlat va xoʻjalik birlashmalari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan karantin ostidagi mahsulotni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning hududidan olib chiqish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish, realizatsiya hamda yoʻq qilishga doir qoidalarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur fitosanitariya talablarida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki fitosanitariya sertifikati — Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuklanadigan, saqlanadigan, tashiladigan va realizatsiya qilinadigan karantin ostidagi mahsulotda oʻsimliklar karantini obyektlari mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin ostidagi mahsulot — oʻsimliklar karantini obyektlarini tashuvchilar boʻlishi mumkin boʻlgan oʻsimliklar, ularning qismlari, ekin materiallari, qayta ishlash mahsuloti, boshqa mahsulot va yuklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat va xoʻjalik birlashmalari hamda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan karantin ostidagi mahsulotni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning hududidan olib chiqish, ishlab chiqarish (yetishtirish), qayta ishlash, saqlash, tashish va realizatsiya qilishda oʻsimliklar karantini qoidalari va ushbu fitosanitariya talablariga rioya etilishi lozim.\
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
...
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Karantin ostidagi mahsulotni Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishga doir fitosanitariya talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotga quyidagi fitosanitariya talablari qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin ostidagi mahsulot import qiluvchi davlatning fitosanitariya talablariga muvofiq boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin ostidagi mahsulotdan tayyorlangan yogʻoch taglik va yogʻoch oʻram (qoplama)lar, 6 mm va undan qalin qutilar (yashiklar)ni karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizmlarga qarshi kurashish boʻyicha zararsizlantirish (fumigatsiya) boʻlinmalari tomonidan zararsizlantirish, shuningdek ularda termo muhr qoʻyilgan boʻlishi hamda karantin ostidagi mahsulot solingan qadoqlarning har biri mahsulot olib chiquvchi jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan markirovkalangan boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Karantin ostidagi mahsulotda karantin koʻrigini oʻtkazish jarayonida karantin ahamiyatiga ega boʻlgan va karantin ahamiyatiga ega boʻlmagan zararli organizmlar aniqlansa, mahsulotlarni zararsizlantirish (fumigatsiya) yoki tozalash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
...
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish qoidalariga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiNING
QARORI
Ixtisoslashtirilgan soʻyish korxonalari uchun veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ixtisoslashtirilgan soʻyish korxonalari uchun veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya vachorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining 2024-yil 13-martdagi 90-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan soʻyish korxonalari uchun veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari (keyingi oʻrinlarda qoidalar deb ataladi) ixtisoslashtirilgan soʻyish korxonalari uchun veterinariya, veterinariya-sanitariya norma va qoidalarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
goʻshtni zararsizlantirish — faqat zararsizlantirilgach isteʼmolga yaroqli deb topilgan goʻshtni belgilangan haroratda qaynatish va unga yogʻda yoki yuqori issiqlikda qovurish hamda maʼlum bir muddat chuqur muzlatish usullari bilan ishlov berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
goʻshtni utilizatsiya qilish — goʻsht-suyak uni, yelim tayyorlash yoki boshqa texnik maqsadlarda ishlatish, shuningdek, belgilangan tartibda qayta ishlash qoidalariga rioya etgan holda yirtqich hayvonlarni boqish maqsadlarida foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan soʻyish korxonasi — zamonaviy tipdagi mexanizatsiyalashgan yoki avtomatlashgan uskunalar bilan jihozlangan hayvonlarni soʻyish uchun moʻljallangan bino va inshootga ega boʻlgan korxona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻyishdan keyingi koʻrik — ixtisoslashtirilgan soʻyish korxonasida veterinariya mutaxassisi tomonidan isteʼmolga yaroqliligini aniqlash uchun soʻyilgan hayvonning goʻshti va ichki aʼzolarini belgilangan tartibda veterinariya tekshiruvidan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻyishga moʻljallangan hayvonlar — qoramol (shu jumladan qoʻtos, buyvollar), choʻchqa, qoʻy, echki, ot, tuya, quyon, barcha turdagi parrandalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻyishdan oldingi koʻrik — ixtisoslashtirilgan soʻyish korxonasida veterinariya mutaxassisi tomonidan soʻyishga moʻljallangan hayvonlarni belgilangan tartibda koʻrikdan oʻtkazish, shu jumladan qon namunalari olib, tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ixtisoslashtirilgan soʻyish korxonasi tomonidan hayvonlarni soʻydirish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, shu jumladan aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida hayvonlarni saqlanayotgan joylardan, shu jumladan xoʻjaliklar, mol bozorlari va xonadonlardan soʻyish korxonasiga keltirish hamda goʻshtni realizatsiya qilish joyiga, shu jumladan bozorlar, savdo majmualari va boshqa savdo obyektlari hamda aholi xonadonlariga yetkazib berish boʻyicha transport va boshqa servis xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
...
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ixtisoslashtirilgan soʻyish korxonalariga qoʻyiladigan veterinariya-sanitariya talablari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.16.00 Hayvonlar karantini]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ixtisoslashtirilgan soʻyish korxonalarida quyidagi asosiy va yordamchi binolar nazarda tutilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonlarni tushirish joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonlarni soʻyishdan oldin koʻrikdan oʻtkazish uchun qabul qilish maydoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonlarni soʻyishdan oldin saqlash maydoni (bostirma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik jarayonlar ketma-ketligi saqlangan holda, belgilangan tartibda mexanizatsiyalashgan uskunalar joylashtirilgan hayvonlarni soʻyish binosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasalliklarga gumon qilingan hayvonlarni alohida saqlash uchun bino (joy);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonlarni avtomatlashtirilgan yoki yarim avtomatlashtirilgan harakatsizlantirish va terisini shilish uskunasi, arra va boshqa zarur jihozlari boʻlgan soʻyish joyi (soʻyish binosi ichida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻyilgan hayvonni boʻlaklarga ajratish joyi, goʻshtni sovutish, muzlatish va vaqtincha saqlash uchun katta hajmdagi muzlatgich, tuz saqlanadigan ombor, muzlatilgan goʻsht saqlanadigan muzlatgichli-ombor, shartli-yaroqli goʻshtni zararsizlantirish uchun bino (joy);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichak sexi, terini tuzlash sexi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbar, veterinariya vrachi, ishchi-xodimlar uchun alohida xonalar, dush, hojatxona, qon namunalarini tekshirish uchun veterinariya laboratoriyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichak, oshqozon ichini tozalash joyi, goʻng saqlash joyi, tozalash hamda boshqa joy va qurilmalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
...
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish qoidalariga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHNQ 2.07.01-03 “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.07.01-03 “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga (hisob raqami 230, 2024-yil 24-yanvar) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Transport vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2023-yil 12-iyundagi 153-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHNQ 2.07.01-03 “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 20.4-bandda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi tahrirdagi toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shahar hududida quriladigan turar joy binosining umumiy maydoni (yer ustidagi barcha qavatlar maydonlarining toʻplami) ushbu turar joy binosini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi maydonining uch barobaridan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joy binosi umumiy maydonining yer uchastkasi maydoniga nisbati (UMN) va turar joy binosi qurilish maydonining yer uchastkasi maydoniga nisbati (QMN) koʻrsatkichlari shahar bosh rejasida belgilanadi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchi xatboshi tegishli ravishda oʻn birinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 21.1-bandda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi tahrirdagi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uch va undan yuqori koʻp qavatli turar-joy binolari va barcha yotoq oʻrinlari mavjud boʻlgan binolar orasidagi masofalar mazkur shaharsozlik normalari va qoidalarining 17-ilovasida keltirilgan oʻlchamlardan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy binolarda mazkur shaharsozlik normalari va qoidalarining 17-ilovasida belgilangan masofalar 6 metrdan kam boʻlmagan holda ikki barobargacha qisqartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkita bino orasidagi masofani hisoblash uchun yoʻnalish koeffitsiyenti (ky) mazkur shaharsozlik normalari va qoidalarining 18-ilovasiga muvofiq hisoblanishi lozim.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — oʻn yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi — oʻn uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn toʻrtinchi — oʻn yettinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 183-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Turar joy, jamoat va dam olish maskanlarida avtoturargohlarni hisoblashning normalari mazkur shaharsozlik normalari va qoidalarining 19-ilovasiga muvofiq belgilanishi kerak.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1 — 3-ilovalariga muvofiq tahrirda 17 — 19-ilovalar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHNQ 2.07.01-03 “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“SHNQ 2.07.01-03 “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga
17-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uch va undan yuqori koʻp qavatli turar-joy binolari va barcha yotoq oʻrinlari mavjud boʻlgan binolar orasidagi masofalar normalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
N-loyihalashtirilgan binoning balandligi (yer sathidan eng yuqori qavatning yopmasigacha boʻlgan masofa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopiq ichki hovlisi bor turar joylarda binolarning ichki fasadlari orasidagi masofa Nmax×2,3 qiymatida qabul qilinadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHNQ 2.07.01-03 “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“SHNQ 2.07.01-03 “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga
18-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkita bino orasidagi masofani hisoblash uchun yoʻnalish koeffitsiyenti (ky) diagrammasi*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Izoh: mazkur koeffitsiyentlar binolarning uzun tomonlari bir biriga nisbatan parallel yoki 450gacha burchak ostida joylashganda qoʻllaniladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHNQ 2.07.01-03 “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“SHNQ 2.07.01-03 “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga
19-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joy, jamoat va dam olish maskanlarida avtoturargohlarni hisoblashning normalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtoturargohlar joylashadigan hududlar va obyektlar
Hisob birligi
Hisob birligiga mashina-joylari soni (kamida)
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan koʻp qavatli turar-joy binolari
1 ta xonadonga
1 ta
Boshqa viloyatlarda joylashgan koʻp qavatli turar-joy binolari
2 ta xonadonga
1 ta
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari
25 ta oʻquvchiga
1 ta
Maktab
25 ta bolaga
1 ta
Oliy taʼlim tashkilotlari
4 ta talabaga
1 ta
Tibbiyot muassasalari:
shifoxonalar
5 ta koykaga
1 ta
poliklinikalar
5 ta qatnovchiga
1 ta
Maʼmuriy binolar
10 m2
1 ta
Umumiy ovqatlanish va marosimlar oʻtkazish binolari (toʻyxonalar)
4 ta oʻringa
1 ta
Maishiy va kommunal xizmat koʻrsatish obyektlari
10 m2
1 ta
Masjidlar
10 kishiga
1 ta
Sanoat va ishlab chiqarish korxonalari
20 ta xodimga
2 ta
Sigʻimi 500 kishidan ziyod boʻlgan sport bino va inshootlari
10 oʻringa
1 ta
Teatrlar, sirklar, kinoteatrlar, konsert zallari, muzeylar va koʻrgazma majmualari
5 ta oʻrindiq
1 ta
Madaniyat va istirohat bogʻlari
0,05 gektarga
1 ta
Savdo maydoni 200 m2 dan ziyod boʻlgan savdo markazlari
10 m2 (savdo maydoniga)
1 ta
Bozorlar
2 ta savdo rastasiga
1 ta
Mehmonxonalar
5 ta oʻringa
1 ta
Aeroport, vokzallar va avtostansiyalar
5 ta yoʻlovchiga (tigʻiz paytida)
1 ta
Sanatoriylar va dam olish uylari
10 ta dam oluvchiga
1 ta
Qabristonlar
0,05 gektarga
1 ta
”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish qoidalariga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL
XOʻJALIGI VAZIRINING
BUYRUGʻI
SHNQ 2.07.01-03 “Shaharsozlik. shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-maydagi PQ-163-son “Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida umumiy oʻrta taʼlim maktablarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi hamda 2023-yil 26-iyuldagi PQ-236-son “Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha huquqiy eksperimentni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.07.01-03 “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
4. Mazkur buyruq ilovasining 1-bandi 2024-yilning 1-aprelidan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 10-yanvardagi 12-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHNQ 2.07.01-03 “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 20.4-bandning toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shahar hududida quriladigan turar joy binosining umumiy maydoni (yer ustidagi barcha qavatlar maydonlarining toʻplami) ushbu turar joy binosini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi maydonining toʻrt yarim barobaridan oshmasligi lozim.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 99-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“99. Umumiy oʻrta (oʻrta maxsus) taʼlim tashkilotining hududida har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchami ushbu SHNQning 21-jadvaliga muvofiq belgilanishi lozim.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 21-jadvalning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“
T/r
Oʻquvchilar soni (kishi)
Bir oʻquvchiga ajratilgan umumiy yer maydoni oʻlchami (m²)
1.
40 — 660 nafar
20
2.
661 — 989 nafar
15
3.
989 nafardan ortiq
10
”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 99.1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish qoidalariga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI VAZIRINING
BUYRUGʻI
SHNQ 2.08.02-09* “Jamoat binolari va inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PQ-5060-son “Kinematografiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish hamda soha vakillarining ijodiy faoliyati uchun munosib sharoit yaratish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.08.02-09* “Jamoat binolari va inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalari quyidagi mazmundagi 3.1301-band bilan toʻldirilsin:
“3.1301. Yangi quriladigan savdo maydoni 15 000 m2dan ortiq savdo-koʻngilochar komplekslarida jami oʻrindiqlar soni 300 tadan va kinozallari soni 4 tadan kam boʻlmagan kinoteatr tashkil etish majburiy hisoblanadi.”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish qoidalariga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasiNING
QARORI
Ishlab chiqarish sharoitida ultrabinafsha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini (0142-03-son SanQvaN) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-iyuldagi PQ-4790-son “Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2003-yil 27-martda tasdiqlangan Ishlab chiqarish sharoitida ultrabinafsha nurlarining sanitariya qoidalari va normalari (0142-03-son SanQvaN) (hisob raqami 19, 2021-yil 19-iyun) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 29-iyuldagi 17-mh-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-dekabrdagi 25-mh-son “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3344, 2021-yil 28-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 10/21/3344/1218-son).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 7-iyundagi 15-mh-son “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3344-1, 2022-yil 7-iyun) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 10/22/3344-1/0488-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 10/24/3545/0590-son; 19.05.2026-y., 10/26/3545-1/0500-son)