Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-son qaroriga
ILOVALitsenziya varaqalarini berishni boshqa asoslarda rad etish qatʼiy taqiqlanadi.
Litsenziyalovchi organlar yoki sud litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar litsenziat tomonidan bartaraf etilishi muddatini belgilashi shart. Bunda koʻrsatilgan muddat litsenziat litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni maxsus elektron tizim orqali olgan kundan eʼtiboran besh ish kunidan kam va olti oydan koʻp boʻlmasligi kerak.
Litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini toʻxtatib turish sud tomonidan asossiz deb topilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida ular koʻrgan zarar miqdorida javobgar boʻladi. Bunda litsenziya amal qilishining toʻxtatib turilishini sud tomonidan asossiz deb topish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishi qayta tiklangan deb hisoblanadi.
litsenziat litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishini tugatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
“litsenziat tomonidan boshqa litsenziatga belgilangan tartibda biriktirilgan muntazam yoʻnalishda yoʻlovchilarni tashish xizmatini koʻrsatish;
litsenziya/litsenziya varaqasi qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlanganda.
Litsenziyani/litsenziya varaqasini bekor qilishda, tugatishda, toʻxtatib turishda toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi.
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Bajarish muddatlari |
|||
|
1-bosqich |
Ariza beruvchi |
1. Litsenziya va litsenziya varaqalari olish uchun davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilish, “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtish. 2. Maʼmuriy reglament va ommaviy oferta bilan tanishib chiqish. 3. Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlash. |
1. Xohishiga koʻra. 2. Murojaat qilganda. |
|||
|
2-bosqich |
1. Davlat xizmatlari markazi 2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 3. “Litsenziya” axborot tizimi |
Soʻrovnomani litsenziyalovchi organga yuborish. |
1. 1 soat mobaynida. 2. Avtomatik tarzda. |
|||
|
3-bosqich |
Litsenziyalovchi organ (Transport vazirligi va hududiy boshqarmalari) |
1. Ariza beruvchini litsenziya talab va shartlariga mosligini oʻrganadi. 2. Ariza beruvchini litsenziya talab va shartlariga nomuvofiq deb topilgan taqdirda davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qabul qilgan qarori yuzasidan xabar yuborish. |
1. 2 ish kuni. 2. Avtomatik tarzda. |
|||
|
4-bosqich |
Davlat xizmatlari markazi |
Ariza beruvchini (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) qabul qilingan qaror haqida hamda litsenziya/litsenziya varaqalari berish uchun oʻrnatilgan tartibda davlat boji toʻlovlarini amalga oshirish toʻgʻrisida xabardor qilish. |
1 soat mobaynida |
|||
|
5-bosqich |
Ariza beruvchi |
Litsenziya/litsenziya varaqalari berish haqida qaror kelib tushgandan soʻng litsenziya varaqalari berish uchun davlat boji toʻlovlari amalga oshiriladi. |
3 oy mobaynida |
|||
|
6-bosqich |
Litsenziyalovchi organ |
1. Ijobiy qaror mavjudligi va litsenziya/litsenziya varaqalari berish uchun toʻlovlar toʻlanganidan soʻng QR-kod bilan himoyalangan litsenziya/litsenziya varaqalarini rasmiylashtirish. 2. Litsenziya/litsenziya varaqalarini (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborish. |
1 ish kunida |
|||
|
7-bosqich |
Davlat xizmatlari markazi |
Litsenziya/litsenziya varaqasini talabgorga oʻzi shaxsan kelganda unga oʻz muhrini qoʻyish yoʻli bilan berish. |
1 soat mobaynida |
|||
|
”; |
“Litsenziya varaqalarini olish uchun korxona ixtiyorida boʻlgan avtotransport vositalari toʻgʻrisida
|
T/r |
Avtotransport vositasining rusumi |
Davlat raqami |
Ishlab chiqarilgan yili |
Yuk koʻtarish quvvati, yoʻlovchi sigʻimi |
Avtotransport turi |
Tashuv turi hamda avtotransport vositasining toifasi |
Faoliyat turi |
Faoliyat koʻrsatish muddati |
Avtotransport vositasining texnik holati |
Mulkchilik toʻgʻrisida maʼlumotlar, ijara shartnomasi muddati, sanasi, ijaraga beruvchi nomi | ||
|
Avtoransport vositasining qayd etish guvohnomasi raqami |
Berilgan sanasi |
Texnik holati | ||||||||||
|
”; | ||||||||||||
“Avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
7-ILOVA
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni tashish faoliyatini litsenziyalash
|
1. |
Litsenziya nomi: |
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni tashish faoliyati uchun litsenziya/litsenziya varaqalari. |
||||||||||||||||||
|
2. |
Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: |
a) yoʻlovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo mikroavtobus hamda avtobuslarda tashish; b) yoʻlovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo yengil avtomobillarda tashish; v) yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha avtobuslarda tashish; g) yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha mikroavtobuslarda tashish; d) yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha yengil avtomobillarda tashish. |
||||||||||||||||||
|
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
Yuridik shaxslar. |
||||||||||||||||||
|
4. |
Litsenziyalovchi organ: |
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari. |
||||||||||||||||||
|
5. |
Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
a) yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvaragʻi, faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) koʻrsatilgan holda, litsenziya berish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma va/yoki litsenziya varaqalari olish uchun korxona ixtiyorida boʻlgan avtotransport vositalarining roʻyxati bilan birga avtotransport vositalarining mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; b) Ariza beruvchida haydovchilarni tibbiy koʻrikdan va avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish yoxud ariza beruvchining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy koʻrik va texnik koʻrikdan oʻtish imkoniyati yaratib berilishi toʻgʻrisidagi shartnomasi mavjudligi haqidagi maʼlumotlar. |
||||||||||||||||||
|
6. |
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari. |
||||||||||||||||||
|
7. |
Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: |
1. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji undirilmaydi. 2. Avtomototransport vositasining bir birligi uchun 1 yilga litsenziya varaqalari berilganligi uchun:
|
||||||||||||||||||
|
8. |
Arizani koʻrib chiqish muddatlari: |
2 ish kuni. |
||||||||||||||||||
|
9. |
Litsenziya talablari va shartlari: |
a) litsenziat tomonidan avtotransport vositalaridan foydalanishda, ularni shaylashda qonunchilik hujjatlariga, tashish qoidalariga majburiy rioya qilinishi, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi; b) qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs shtatida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va avtotransportlardan foydalanish uchun masʼul boʻlgan, belgilangan tartibda Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus dasturlar boʻyicha malakasini oshirib, malaka imtihonidan oʻtgan mansabdor shaxslarning mavjud boʻlishi; v) litsenziat foydalanayotgan har bir avtotransport vositasi uchun litsenziya varaqasi mavjud boʻlishi; g) avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik koʻrikdan oʻtganligini va texnik jihatdan sozligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjud boʻlishi; d) qonunchilik hujjatlariga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli tashilishi; e) tenderlar natijalari boʻyicha vakolatli organlar bilan shartnoma asosida: yoʻlovchilarni yoʻlovchilar huquqlariga, harakatlanishning belgilangan jadvallariga, transportda yurish tariflariga rioya etgan, yoʻlovchilarning belgilangan toifalarini bepul va imtiyozli tarzda tashishni taʼminlagan, qoida buzish, antisanitariya holatlariga, xizmat koʻrsatish sifatining past boʻlishiga yoʻl qoʻymagan holda, avtomobilda muntazam tashish (yoʻnalishsiz taksilardan tashqari); muntazam yoʻnalishlarga sunʼiy yoʻldoshli harakatni kuzatish navigatsiya qurilmalari bilan toʻliq jihozlangan avtotransport vositalarini chiqarish hamda avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatiga integratsiya qilgan holda, ularning harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar real vaqt rejimida belgilangan serverga muntazam uzatilishini tashkil etish; j) tashish va yongʻin xavfsizligi talablarini bajarish, avtotransport vositasini texnik jihatdan soz holatda saqlash, asrash, texnik koʻrikdan oʻtkazish, texnika xavfsizligini taʼminlash, avtotransport vositalarini yoʻlga chiqishdan oldin texnik koʻrikdan oʻtkazish va haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish; z) yangidan olinayotgan va toʻldirilayotgan avtotransport vositalariga litsenziatlar tomonidan qoʻshimcha litsenziya varaqalarining oʻz vaqtida olinishi; i) shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlarda avtomobilda tashishlarni amalga oshirayotgan avtotransport vositalarida servis ustaxonasining tamgʻasi qoʻyilgan nazorat priborlari (taxograflar) mavjud boʻlishi; k) yoʻnalishsiz taksilarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi; l) muntazam yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarda faoliyat yuritadigan avtotransport vositalarining tender shartnomalarida mavjud boʻlishi. |
||||||||||||||||||
|
10. |
Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: |
Mavjud emas. |
||||||||||||||||||
|
11. |
Litsenziyaning amal qilish muddati: |
1. Litsenziyaning amal qilish muddati cheklanmaydi. 2. Litsenziya varaqasi bir yildan kam boʻlmagan muddatga beriladi. Agar ashyoviy huquqlar va ijara shartnomasi yoki tender shartnomasining amal qilish muddati bir yildan kam boʻlsa, litsenziya varaqasining amal qilish muddati ularning muddati bilan cheklanadi. |
||||||||||||||||||
|
12. |
Izoh. |
Ariza beruvchi litsenziyalovchi organga murojaat qilganda, bir ariza bilan ushbu litsenziyalovchi organ tomonidan beriladigan litsenziya turlarining bir necha qismini olish huquqiga ega. Litsenziya varaqasining amal qilishi litsenziya varaqasi berilgan kundan boshlab hisoblanadi. Ariza beruvchi taqdim etgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va haqiqiyligi uchun javob beradi. Yuridik shaxs shtatida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va avtotransportlardan foydalanish uchun masʼul boʻlgan shaxslarning mavjud boʻlishiga oid talablar Transport vazirligi tomonidan belgilanadi. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq avtomobil tashuvlari xavfsizligini taʼminlash xizmatining ishchisi (mutaxassisi) sifatida oʻrindoshlik asosida ishlashi taqiqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 19-dekabrdagi PQ-443-son qarorining 9-bandiga muvofiq elektromobillar va gibrid avtomobillarda yoʻlovchilarni tashish xizmatlarini koʻrsatuvchi jismoniy va yuridik shaxslar 2030-yil 1-yanvarga qadar litsenziya varaqalari berilganligi uchun davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan. |
||||||||||||||||||
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
8-ILOVA
Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash
|
1. |
Litsenziya nomi: |
Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati uchun litsenziya/litsenziya varaqalari. |
|
2. |
Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: |
Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish. |
|
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
Yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar. |
|
4. |
Litsenziyalovchi organ: |
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi. |
|
5. |
Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
a) yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvaragʻi, litsenziya berish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma va/yoki litsenziya varaqalarini olish uchun korxona ixtiyorida boʻlgan avtotransport vositalarining roʻyxati bilan birga avtotransport vositalarining mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportga hamda haydovchilik guvohnomasiga oid maʼlumotlar, litsenziya berish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma va/yoki litsenziya varaqalarini olish uchun ariza beruvchi ixtiyorida boʻlgan avtotransport vositalarining roʻyxati bilan birga avtotransport vositalarining mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; b) ariza beruvchida haydovchilarni tibbiy koʻrikdan va avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish yoxud ariza beruvchining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy koʻrik va texnik koʻrikdan oʻtish imkoniyati yaratib berilishi toʻgʻrisidagi shartnomasi mavjudligi haqidagi maʼlumotlar. |
|
6. |
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari. |
|
7. |
Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: |
1. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji undirilmaydi. 2. Avtomototransport vositasining bir birligi uchun 1 yilga litsenziya varaqalari berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari. Bunda yuklarni avtomobil transportida tashishda foydalaniladigan shatakchi avtomobillarga litsenziya varaqalari berganlik uchun davlat boji undirilmaydi. |
|
8. |
Arizani koʻrib chiqish muddatlari: |
2 ish kuni. |
|
9. |
Litsenziya talablari va shartlari: |
a) litsenziat tomonidan avtotransport vositalaridan foydalanishda, ularni shaylashda qonunchilik hujjatlariga, tashish qoidalariga majburiy rioya qilinishi, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi; b) qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs shtatida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va avtotransport vositalaridan foydalanish uchun masʼul boʻlgan, belgilangan tartibda Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus dasturlar boʻyicha malakasini oshirib, malaka imtihonidan oʻtgan mansabdor shaxslarning mavjud boʻlishi; v) litsenziat foydalanayotgan har bir avtotransport vositasi uchun litsenziya varaqasi mavjud boʻlishi; g) avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik koʻrikdan oʻtganligini va texnik jihatdan sozligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjud boʻlishi; d) tashish va yongin xavfsizligi talablarini bajarish, avtotransport vositasini texnik jihatdan soz holatda saqlash, uni asrash, texnik koʻrikdan oʻtkazish, texnika xavfsizligini taʼminlash, avtotransport vositalarini yoʻlga chiqishdan oldin texnik koʻrikdan oʻtkazish va haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish; e) yangidan olinayotgan va toʻldirilayotgan avtotransport vositalariga litsenziat tomonidan qoʻshimcha litsenziya varaqalarining oʻz vaqtida olinishi; j) xalqaro yuk tashishlarni amalga oshirayotgan avtotransport vositalarida servis ustaxonasining tamgʻasi qoʻyilgan nazorat priborlari (taxograflar) mavjud boʻlishi. |
|
10. |
Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: |
Mavjud emas. |
|
11. |
Litsenziyaning amal qilish muddati: |
1. Litsenziyaning amal qilish muddati cheklanmaydi. 2. Litsenziya varaqasi bir yildan kam boʻlmagan muddatga beriladi. Agar ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomasining amal qilish muddati bir yildan kam boʻlsa, litsenziya varaqasining amal qilish muddati ularning muddati bilan cheklanadi. |
|
12. |
Izoh. |
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan yuk avtomobili yoki shatakchi avtomobil hamda xorijiy davlat hududida roʻyxatga olingan tirkama yoki yarim tirkamadan iborat transport vositalari tarkibidan foydalangan holda amalga oshiriladigan xalqaro tashishda yuk avtomobili yoki shatakchi avtomobilga olingan litsenziya varaqasi avtotransport vositalarining butun tarkibi uchun amal qiladi. Litsenziya varaqasining amal qilishi litsenziya varaqasi berilgan kundan boshlab hisoblanadi. Ariza beruvchi (yuridik shaxslar) litsenziyalovchi organga murojaat qilganda, bir ariza bilan ushbu litsenziyalovchi organ tomonidan beriladigan litsenziya turlarining bir necha qismini olish huquqiga ega. Ariza beruvchi taqdim etgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va haqiqiyligi uchun javob beradi. Yuridik shaxs shtatida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va avtotransport vositalaridan foydalanish uchun masʼul boʻlgan shaxslarning mavjud boʻlishiga oid talablar Transport vazirligi tomonidan belgilanadi. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq avtomobilda tashish xavfsizligini taʼminlash xizmatining ishchisi (mutaxassisi) sifatida oʻrindoshlik asosida ishlashi taqiqlanadi. |
|
”; |
“nazorat qiluvchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmasi”;
“Bunda shaharlararo-viloyatlararo hamda xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tender gʻolibi shartnomani akseptlashdan oldin avtovokzal va avtostansiyalar bilan tuzilgan shartnomani axborot tizimiga yuklaydi.
lot boʻyicha takliflardagi maʼlumotlarning haqiqiyligi tasdiqlanmaganligi oqibatida toʻplangan ballar keyingi qatnashchi toʻplagan ballardan kamayib ketsa;
e) shaharlararo-viloyatlararo hamda xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha avtovokzal va avtostansiyalar bilan tegishli shartnoma tuzish;
|
Mezon nomi |
Qoʻllash uchun koeffitsiyent |
|
|
1. Shahar (yoʻnalishli taksi), shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlardagi avtobus va mikroavtobuslarda yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar mavjudligi |
Konditsioner (iqlim-nazorati tizimi) |
1,20 |
|
Internet jahon axborot tarmogʻi |
1,15 |
|
|
Biohojatxona (bazaviy komlektatsiyada nazarda tutilgan boʻlsa) |
1,10 |
|
|
Aholining imkoniyati cheklangan guruhlari uchun qulay va xavfsiz muhitni taʼminlovchi uskunalar (bazaviy komlektatsiyada nazarda tutilgan boʻlsa) |
1,10 |
|
|
Telefon quvvatlagichlari |
1,05 |
|
|
Bekatlarni eʼlon qilish audio tizimi |
1,05 |
|
|
2. Shahar avtobus yoʻnalishlaridagi avtobuslarda yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar mavjudligi |
Konditsioner (iqlim-nazorati tizimi) |
2,0 |
|
Aholining imkoniyati cheklangan guruhlari uchun qulay va xavfsiz muhitni taʼminlovchi uskunalar (bazaviy komlektatsiyada nazarda tutilgan boʻlsa) |
2,0 |
|
|
Bekatlarni eʼlon qilish audio tizimi |
1,5 |
|
|
Videokuzatuv tizimlari |
1,5 |
|
|
Yoʻlovchilarni hisoblash qurilmalari |
1,5 |
|
|
Internet jahon axborot tarmogʻi |
1,5 |
|
Ushbu band faqat 8 oʻrindan oshiq avtobuslar va mikroavtobuslar uchun tatbiq etiladi. Tashuvchi qoʻshimcha qulayliklarning doim soz va funksional holatda saqlanishini taʼminlash majburiyatini oladi. Mazkur band bilan belgilangan koeffitsiyentlar miqdori har bir avtotransport uchun alohida hisoblanadi.
(12+5,75+2,1) : 10 = 1,98
“Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Tender gʻolibining har bir avtotransport vositasiga yoʻlovchilarni muntazam yoʻnalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan elektron guvohnoma
|
1. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: |
Muntazam yoʻnalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi elektron guvohnoma. |
|
2. |
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): |
Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlarda ishtirok etish. |
|
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
Yuridik shaxs. |
|
4. |
Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: |
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmasi. |
|
5. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
Guvohnoma olish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirilishi lozim: shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) hamda xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlarda ishtirok etish; eng koʻp ball toʻplab tender gʻolibi deb eʼtirof etilish; vakolatli organ bilan oʻzaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi shartnomani rasmiylashtirish. |
|
6. |
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: |
Mavjud emas. |
|
7. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim: |
Mavjud emas. |
|
8. |
Arizani koʻrib chiqish muddati: |
Shartnoma rasmiylashtirilgandan soʻng 1 soat ichida. |
|
9. |
Ruxsat etishga oid talab va shartlar: |
Shartnomada koʻrsatilgan talab va shartlariga rioya etilishi. |
|
10. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: |
Mavjud emas. |
|
11. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: |
Shartnoma amal qilish muddatiga qadar. |
|
12. |
Izoh: |
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shartnoma tuzilganidan soʻng tenderda gʻolib chiqqan qatnashchining lot boʻyicha taklif qilgan har bir avtotransport vositasi uchun yoʻlovchilarni muntazam yoʻnalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi elektron guvohnoma rasmiylashtiriladi. |