26.07.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3536
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024 yil 26-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3536]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais M. NURMURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 19-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23/4-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 19-iyuldagi 23/4-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islomiy ijara — bu mikromoliya tashkiloti tomonidan mijozning arizasiga koʻra sotib olingan yoki oʻzining balansida boʻlgan isteʼmol qilinmaydigan ashyolarni (mol-mulkni) mijozga kelishilgan muddatga vaqtincha egalik qilish va (yoki) foydalanish uchun topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islomiy moliya masalalarini muvofiqlashtiruvchi maxsus kengash (bundan buyon matnda maxsus kengash deb yuritiladi) — mikromoliya tashkiloti tomonidan koʻrsatiladigan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarning qonunchilik hujjatlari va ushbu Nizom talablari asosida koʻrsatilishi uchun masʼul boʻlgan maxsus kengash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nasiya savdoga asoslangan moliyalashtirish (murobaha) — mikromoliya tashkiloti tomonidan tovarning xarid narxi va unga ustama miqdorini qoʻshgan holda, tovarni nasiyaga sotish orqali mijozni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldindan toʻlovga asoslangan moliyalashtirish (salam) — kelajakda yetkazib beriladigan tovarlar haqini ushbu tovarlarni yetkazib beruvchiga (mijozga) mikromoliya tashkiloti tomonidan toʻliq miqdorda oldindan toʻlash orqali mijozni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydani taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish (muzoraba) — mikromoliya tashkiloti tomonidan foyda olish maqsadida mijozning tijorat faoliyatiga pul mablagʻlarini ajratish orqali mijozni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sherikchilik — foyda va zararlarni taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish (mushoraka) — mikromoliya tashkiloti tomonidan bir yoki bir nechta ishtirokchilar (mijozlar) bilan birgalikda tijorat faoliyatini (sherikchilikni) amalga oshirish yoki yuridik shaxslarning ustav kapitalida ishtirok etish orqali mijozni moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mikromoliya tashkiloti ushbu Nizom talablari asosida mijozlarga islomiy moliyalashtirishga oid islomiy ijara, foydani taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish (muzoraba), nasiya savdoga asoslangan moliyalashtirish (murobaha), sherikchilik — foyda va zararlarni taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish (mushoraka), oldindan toʻlovga asoslangan moliyalashtirish (salam) xizmatlarini koʻrsatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mikromoliya tashkilotida islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar koʻrsatilishi uchun maxsus kengash tashkil etilishi lozim. Mikromoliya tashkiloti ishtirokchilarining (aksiyadorlarining) umumiy yigʻilishi qaroriga muvofiq sohaga ixtisoslashgan uyushmalar yoki birlashmalar huzurida tashkil etilgan va ushbu Nizom bilan oʻrnatilgan talablarga mos keluvchi tarkibdan iborat boʻlgan maxsus kengashni shartnoma (autsorsing) asosida jalb qilishi mumkin. Bunda mikromoliya tashkiloti jalb qilingan maxsus kengash faoliyati bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni boshqarish uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikromoliya tashkiloti maxsus kengash tashkil etilganligi yoki uning tarkibi oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi axborotni mazkur harakatlar sodir etilgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida ishtirokchilar (aksiyadorlar) umumiy yigʻilishining tegishli qarorini hamda maxsus kengash raisi va aʼzolarining mazkur Nizomning 2-bobida belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda Markaziy bankka taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mikromoliya tashkiloti tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar qonunchilik hujjatlari talablari hamda maxsus kengash koʻrsatmalariga rioya qilgan holda koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mikromoliya tashkiloti tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni koʻrsatishda qonunchilik hujjatlarida taqiqlangan va maxsus kengash koʻrsatmalariga zid boʻlgan tovarlar savdosi bilan shugʻullanish hamda faoliyat turlarini moliyalashtirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mikromoliya tashkiloti islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni koʻrsatishda oʻz mijozlariga islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarning oʻziga xos xususiyatlari va ular bilan bogʻliq tavakkalchiliklar haqida tushuntirish berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni koʻrsatishga oid shartnoma tuzishdan avval mikromoliya tashkiloti va mijoz oʻrtasida dastlabki shartnoma tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki shartnomada mijoz tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar boʻyicha boʻnak toʻlovi amalga oshirilishi nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mikromoliya tashkiloti tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasi “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi birinchi qismida belgilangan boshqa xizmatlar ham koʻrsatilsa, ushbu mikromoliya tashkilotining islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyati boʻyicha buxgalteriya hisobi alohida yuritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mikromoliya tashkiloti tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar koʻrsatish doirasida tuziladigan shartnomalarning mazkur Nizomda nazarda tutilmagan boshqa shartlari taraflarning kelishuvi asosida qonunchilikka va maxsus kengash koʻrsatmalariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mikromoliya tashkiloti mijozdan toʻlovlarni kechiktirganligi uchun neustoyka undirsa, undirilgan neustoykani alohida hisobvaraqda yuritishi va mijoz nomidan xayriya maqsadlariga yoʻnaltirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Maxsus kengash va unga nisbatan qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mikromoliya tashkilotida maxsus kengash mikromoliya tashkiloti ishtirokchilarining (aksiyadorlarining) umumiy yigʻilishi tomonidan besh kishidan kam boʻlmagan tarkibda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus kengashga maxsus kengash raisi rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus kengash raisi va aʼzolarini tayinlash hamda ularning vakolatlarini tugatish mikromoliya tashkiloti ishtirokchilarining (aksiyadorlarining) umumiy yigʻilishi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Maxsus kengash raisi va aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 16-moddasi ikkinchi qismida belgilangan ishchanlik obroʻsiga doir talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Maxsus kengash aʼzolarining kamida bir nafari islom huquqi sohasida oliy maʼlumotga, bir nafari oliy yuridik maʼlumotga, qolgan aʼzolari esa islomiy moliyalashtirishga oid xalqaro sertifikatga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Maxsus kengash oʻz faoliyatini mikromoliya tashkiloti ishtirokchilarining (aksiyadorlarining) umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Maxsus kengashning xulosa va koʻrsatmalari mikromoliya tashkilotining ijro etuvchi organi aʼzolari yoki yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organ vazifasini amalga oshiruvchi shaxs uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Maxsus kengashning vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikromoliya tashkiloti tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq namunaviy shartnomalar, ichki hujjatlar va hisobotlar loyihalarini koʻrib chiqish hamda maʼqullash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikromoliya tashkiloti tomonidan koʻrsatiladigan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini hamda islomiy moliyalashtirishni amalga oshirish standartlarida belgilangan talablarning inobatga olinishini taʼminlash va muvofiqlik holatini baholash natijalari toʻgʻrisida mikromoliya tashkilotining boshqaruv organlariga davriy hisobotlarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni boshqarish va ichki nazorat tizimini joriy etishda mikromoliya tashkilotining boshqaruv hamda ijro etuvchi organlariga oʻz xulosalari va koʻrsatmalari orqali koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Nasiya savdoga asoslangan moliyalashtirish (murobaha) xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Nasiya savdoga asoslangan moliyalashtirish (bundan buyon matnda nasiya savdo deb yuritiladi) xizmati mikromoliya tashkiloti tomonidan mijozning tegishli arizasi asosida amalga oshiriladi. Arizada mijoz nasiya savdo obyektining nomini, uni sotib olishga rozilik bildirgan taxminiy narxni, shuningdek xarid qilish shartlarini koʻrsatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mijoz mikromoliya tashkiloti bilan oʻzaro kelishgan holda nasiya savdo obyektini sotib olish mumkin boʻlgan sotuvchini belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar boshqa sotuvchilarda nasiya savdo obyektini sotib olish boʻyicha maqbulroq takliflar mavjud boʻlsa, mikromoliya tashkiloti sotuvchini mustaqil tanlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mikromoliya tashkiloti mijozdan nasiya savdo obyekti boʻyicha pul mablagʻlari koʻrinishida boʻnak toʻlovini amalga oshirishni talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻnak toʻlovi mijoz tomonidan nasiya savdo doirasida qaytarilishi lozim boʻlgan toʻlovlarning bir qismi sifatida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Nasiya savdo boʻyicha mikromoliya tashkiloti nasiya savdo obyektini sotib olish va mijozga yetkazib berish bilan bogʻliq boʻlgan barcha tavakkalchiliklarni oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikromoliya tashkiloti oʻzining mulkida boʻlmagan tovarni nasiya savdo obyekti sifatida mijozga sotishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Nasiya savdo obyekti mijozning oʻzidan, uning vakilidan yoki mijoz ellik foizidan ortiq qismiga (ulushiga, aksiyasiga) egalik qiluvchi tashkilotdan sotib olinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Agar mijoz va nasiya savdo obyektini mikromoliya tashkilotiga sotayotgan sotuvchi oʻrtasida nasiya savdo obyektini sotib olish boʻyicha shartnomaviy majburiyatlar mavjud boʻlsa, ushbu mijozga mazkur obyektning nasiya savdo asosida sotilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Nasiya savdo doirasida nasiya savdo obyektining narxi va uning ustiga qoʻyilgan ustama haq miqdori aniq koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nasiya savdo obyektining narxi yoki uning ustiga qoʻyilgan ustama haqning noaniq yoki kelgusida qiymatlari aniqlanadigan koʻrsatkichlarga bogʻlangan holda belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Nasiya savdo obyektini sotib olish, uni mijozga yetkazib berish va sugʻurtalash bilan bogʻliq xarajatlar mikromoliya tashkiloti hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nasiya savdo obyektini sotib olish, yetkazib berish va sugʻurtalash bilan bogʻliq xarajatlar nasiya savdo obyektining xarid narxiga kiritilgan taqdirda, mikromoliya tashkiloti mazkur xarajatlar toʻgʻrisidagi tafsilotlarni mijozga batafsil ochiqlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Agar sotuvchi mikromoliya tashkilotiga nasiya savdo obyekti boʻyicha chegirma taqdim qilsa, mikromoliya tashkiloti nasiya savdo obyektini mijozga sotilgan narxini chegirmaga mutanosib ravishda kamaytirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mikromoliya tashkiloti oʻz nomidan nasiya savdo obyektini sotib olish uchun mijozni yoki uchinchi shaxsni vakil sifatida belgilashi mumkin. Bunda mikromoliya tashkiloti nasiya savdo obyekti uchun toʻlovlarni toʻgʻridan-toʻgʻri sotuvchiga toʻlab berishi va tovar sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni qabul qilib olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikromoliya tashkiloti va uning nomidan ish koʻruvchi vakil ular oʻrtasida tuziladigan vakillik shartnomasida nasiya savdo obyektini sotib olish bilan bogʻliq tavakkalchiliklar boʻyicha majburiyatlarni aniq belgilab olishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Agar mijoz nasiya savdo obyektini sotib olishni rad etsa, mikromoliya tashkiloti ushbu obyektni uchinchi shaxsga sotishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijoz nasiya savdo obyektini sotib olishni rad etgan taqdirda, mikromoliya tashkiloti nasiya savdo obyektini uchinchi shaxsga sotish bilan bogʻliq haqiqatda koʻrgan zararlarini mijoz tomonidan qoplab berilishini talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haqiqatda koʻrilgan zarar deganda mikromoliya tashkiloti tomonidan mijozning talabiga koʻra sotib olingan tovarning xarid narxi va mazkur tovarni mijoz tomonidan qabul qilish rad etilishi sababli uni uchinchi shaxsga sotilgan narxi oʻrtasidagi salbiy farq tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikromoliya tashkilotining nasiya savdo obyektini uchinchi shaxsga sotishi bilan bogʻliq haqiqatda koʻrgan zararlari mijoz taqdim qilgan boʻnak toʻlovidan chegirib tashlanishi mumkin. Bunda boʻnakning qolgan qismi mijozga qaytarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Nasiya savdo boʻyicha toʻlovlar muddatining uzaytirib berilganligi uchun mijozdan mikromoliya tashkiloti foydasiga qoʻshimcha haq undirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mikromoliya tashkilotiga mijozlarga nasiya savdo xizmatini koʻrsatganligi uchun ulardan vositachilik haqlari va (yoki) boshqa turdagi yigʻimlarni undirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Pul mablagʻlari (valyuta), kripto-aktivlar, oltin va kumush nasiya savdo obyekti boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mikromoliya tashkiloti va mijoz oʻrtasida amalda boʻlgan shartnoma boʻyicha nasiya savdo obyektini ayni shu mijozga yangi nasiya savdo shartnomasi asosida sotilishiga (qayta moliyalashtirilishiga) yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Nasiya savdo boʻyicha toʻlovlar mijoz tomonidan muddatidan avval toʻlangan taqdirda, mikromoliya tashkiloti mijoz toʻlashi kerak boʻlgan summaning bir qismidan voz kechishi mumkin. Biroq, mazkur shart nasiya savdo shartnomasining bir qismi sifatida belgilanmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Islomiy ijara xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Islomiy ijara xizmati mikromoliya tashkiloti tomonidan mijozning tegishli arizasi asosida koʻrsatiladi. Arizada mijoz islomiy ijaraga olishni rejalashtirayotgan obyekt va unga tegishli xususiyatlarni koʻrsatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mikromoliya tashkiloti mijozdan islomiy ijara obyekti boʻyicha pul mablagʻlari koʻrinishida boʻnak toʻlovini amalga oshirishni talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur boʻnak toʻlovi islomiy ijara shartnomasi boʻyicha oldindan toʻlov sifatida hisobga olinishi va/yoki mijozning islomiy ijara obyektini qabul qilishdan bosh tortganligi natijasida mikromoliya tashkiloti haqiqatda koʻrgan zararlarini qoplash uchun yoʻnaltirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mikromoliya tashkiloti mijozni yoki uchinchi shaxsni islomiy ijara obyektini sotib olish uchun vakil sifatida belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Mikromoliya tashkiloti mijozga islomiy ijaraga berilgan mol-mulkdan foydalanish imkoniyatlarini cheklovchi har qanday nuqsonlar boʻyicha javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Mikromoliya tashkiloti tomonidan taqdim etilgan islomiy ijara obyekti islomiy ijara shartnomasida nazarda tutilgan xususiyatlarga mos kelmasa, mijoz islomiy ijara obyektini qabul qilishni rad etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Mikromoliya tashkiloti zaruratga koʻra islomiy ijara obyektini sugʻurta qildirishi mumkin. Bunda sugʻurtalash bilan bogʻliq barcha xarajatlar mikromoliya tashkiloti hisobidan amalga oshiriladi va ushbu xarajatlar islomiy ijara toʻlovlari tarkibiga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikromoliya tashkiloti va mijoz oʻrtasida islomiy ijara shartnomasi tuzilganidan soʻng, islomiy ijara toʻlovlari summasini oshiruvchi qoʻshimcha xarajatlarni mijoz zimmasiga yuklatilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarning kelishuviga asosan islomiy ijara obyektini sugʻurtalash mikromoliya tashkilotining vakili sifatida mijoz tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Mikromoliya tashkiloti islomiy ijarani amalga oshirishi uchun islomiy ijara obyektiga nisbatan mulk huquqi mikromoliya tashkilotiga tegishli boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikromoliya tashkiloti islomiy ijara obyektini oʻz mijozidan sotib olishi va uni yana ushbu mijozga islomiy ijaraga berishi mumkin. Bunda mikromoliya tashkiloti va mijoz oʻrtasida tuziladigan oldi-sotdi shartnomasida shartnoma obyektining keyinchalik islomiy ijaraga berilishi sharti nazarda tutilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Islomiy ijara obyekti mijoz tomonidan mikromoliya tashkiloti bilan kelishgan holda ikkilamchi islomiy ijaraga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Islomiy ijara boʻyicha shartnoma muddati va toʻlovlar jadvali (grafik) aniq belgilangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islomiy ijara toʻlovlari davriy yoki bir yoʻla toʻlanadigan bir martalik toʻlov shaklida belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Mikromoliya tashkiloti islomiy ijara boʻyicha mijozning shartnomada belgilangan majburiyatlarini bajarishi va ehtimoliy insofsiz harakatlari (harakatsizligi) natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklarni kamaytirish maqsadida mijozdan taʼminot taqdim etishni talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikromoliya tashkiloti tomonidan mijoz taqdim etgan taʼminotga nisbatan undiruv qaratilgan taqdirda, mikromoliya tashkiloti taʼminot qiymatidan faqat oʻtgan davrlar uchun hisoblangan toʻlovlarni va mijoz oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi natijasida haqiqatda koʻrgan zararlari summasini ushlab qolishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mikromoliya tashkiloti mijoz tomonidan islomiy ijara obyektidan foydalanilmagan kelgusi davrlar uchun toʻlovlar undirishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Mikromoliya tashkiloti islomiy ijara boʻyicha toʻlovlarni islomiy ijara obyekti mijozga topshirilgan kundan boshlab hisoblashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islomiy ijara shartnomasi tuzilgan va islomiy ijara obyekti mijozga topshirilgan sanalar oʻrtasida tafovut boʻlgan taqdirda, mikromoliya tashkiloti tomonidan mazkur tafovut boʻlgan muddat uchun mijozdan toʻlovlar undirilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Islomiy ijara obyekti mikromoliya tashkiloti tomonidan mijoz bilan birgalikda umumiy ulushli mulk sifatida ham sotib olinishi mumkin. Bunda islomiy ijara boʻyicha toʻlovlar mikromoliya tashkilotining umumiy mulkdagi ulushidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Mijoz tomonidan islomiy ijara boʻyicha toʻlovlar kechiktirilsa, mikromoliya tashkiloti belgilangan muddatda islomiy ijara toʻlovlarining kechiktirilgan qismini bir yoʻla toʻlash lozimligi haqida mijozga xabar berib, xabarnomada koʻrsatilgan muddat tugaganidan soʻng islomiy ijara toʻlovlarining qolgan qismini bir yoʻla toʻlashni mijozdan talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Mijoz islomiy ijara toʻlovlarini kechiktirganligi uchun mikromoliya tashkiloti islomiy ijara toʻlovlarini oshirmasligi lozim. Mikromoliya tashkiloti islomiy ijara toʻlovlarini kechiktirganligi uchun mijozdan neustoyka undirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Mikromoliya tashkiloti islomiy ijara obyektiga nisbatan mulk huquqini uchinchi shaxsga oʻtkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mikromoliya tashkiloti islomiy ijara obyektiga nisbatan mulk huquqi oʻtayotgan shaxsni mazkur mulkka nisbatan islomiy ijara shartnomasi mavjudligi toʻgʻrisida xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Islomiy ijara obyektini kapital taʼmirlash xarajatlari mikromoliya tashkiloti hisobidan, joriy taʼmirlash va davriy texnik xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar esa mijoz hisobidan qoplanadi. Taraflar kelishuviga asosan mijoz tomonidan kapital taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi mumkin. Bunda kapital taʼmirlash bilan bogʻliq xarajatlar islomiy ijara toʻlovlari summasidan chegirib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Agar mijozning insofsiz harakatlari (harakatsizligi) yoki islomiy ijara shartnomasining shartlariga rioya etmaganligi natijasida islomiy ijara obyekti but saqlangan holda undan foydalanish imkoniyati toʻliq yoki qisman yoʻqolsa, mikromoliya tashkiloti mijozdan islomiy ijara obyektidan foydalanish imkoniyatini qayta tiklab berishini talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mikromoliya tashkiloti islomiy ijara obyektidan foydalanishidan qatʼiy nazar obyektni taʼmirlash davri uchun mijozdan islomiy ijara toʻlovlarini toʻlashni talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Mijoz islomiy ijara obyektiga uning aybi bilan yetkazilgan zarar uchun javobgardir. Bunda mijoz yetkazilgan zararlarni qoplab berishi yoki islomiy ijara obyektini unga mos keluvchi boshqa obyektga almashtirib berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Islomiy ijara obyektiga mijozga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra qisman zarar yetkazilsa va ushbu zarar islomiy ijara obyektidan toʻliq foydalanish imkoniyatini cheklasa, mijoz islomiy ijara shartnomasini bekor qilishi yoki mikromoliya tashkiloti bilan islomiy ijara toʻlovlari miqdorini oʻzgartirish toʻgʻrisida kelishib olishi mumkin. Bunda islomiy ijara obyektidan foydalanilmagan davr uchun mikromoliya tashkiloti tomonidan islomiy ijara toʻlovlari undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Islomiy ijara obyekti nobud boʻlgan taqdirda, islomiy ijara boʻyicha shartnoma bekor qilinadi va keyingi islomiy ijara toʻlovlari toʻlanmaydi, bundan islomiy ijara obyekti mijozning ehtiyotsizligi yoki oʻz majburiyatlarini bajarishi chogʻida insofsiz harakatlari (harakatsizligi) natijasida nobud boʻlishi holatlari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Agar mijoz islomiy ijara obyektini shartnomada belgilangan muddatdan avval mikromoliya tashkilotiga uning roziligisiz qaytarib bersa, mikromoliya tashkiloti mijozdan islomiy ijara shartnomasining qolgan davri uchun islomiy ijara toʻlovlarini talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islomiy ijara shartnomasining qolgan davri uchun islomiy ijara toʻlovlari mijoz tomonidan toʻlab berilgan taqdirda, islomiy ijara obyektiga nisbatan ijara huquqi mijozda qoladi va mikromoliya tashkiloti tomonidan mazkur islomiy ijara obyektini shartnoma muddati tugagunga qadar uchinchi shaxsga islomiy ijaraga berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Ijara obyektini keyinchalik sotib olish sharti asosida (ijara muntahiyya bittamlik) islomiy ijara xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Mikromoliya tashkiloti va mijoz ijara obyektini mijoz tomonidan keyinchalik sotib olinishi sharti bilan (ijara muntahiyya bittamlik) islomiy ijara shartnomasini tuzishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Ushbu Nizomning 2-paragrafida belgilangan talablar va qoidalar ijara obyektini keyinchalik sotib olish sharti asosida islomiy ijara xizmatiga nisbatan ham tatbiq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Ijara obyektini keyinchalik sotib olish sharti asosida islomiy ijara xizmati doirasida ijara obyektiga nisbatan mulk huquqining mijozga oʻtkazilishi alohida shartnoma asosida amalga oshirilishi lozim. Bunda mulk huquqini mijozga oʻtkazish ijara obyektini mijozga sotish yoki hadya qilish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Ijara obyektini keyinchalik sotib olish sharti asosida islomiy ijara xizmati boʻyicha islomiy ijara obyekti nobud boʻlsa yoki islomiy ijara obyektining yaroqsiz holatga kelishi natijasida islomiy ijara obyektiga nisbatan shartnomaviy munosabatlarni davom ettirish imkoniyati mavjud boʻlmasa va mazkur holat mijozning aybi bilan sodir etilmagan boʻlsa, ijara toʻlovlari, shu jumladan oʻtgan davr uchun amalga oshirilgan toʻlovlar miqdori ijara toʻlovlarining oʻrtacha bozor qiymatidan kelib chiqqan holda qayta hisoblanishi hamda oʻrtadagi ijobiy farq mijozga qaytarib berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Oldindan toʻlovga asoslangan moliyalashtirish (salam) xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Oldindan toʻlovga asoslangan moliyalashtirish (bundan buyon matnda oldindan toʻlov deb yuritiladi) xizmati mikromoliya tashkiloti tomonidan mijozning tegishli arizasi asosida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Vaznini tortish, oʻlchash yoki sanash imkoniyati mavjud boʻlgan va boshqasi bilan oʻzaro almashtirsa boʻladigan ashyolar (tovarlar) oldindan toʻlov obyekti sifatida olinishi mumkin. Bunda oldindan toʻlov obyekti xususiyatlariga koʻra oson aniqlash imkoniyati mavjud boʻlgan ashyo (tovar) boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Oldindan toʻlov boʻyicha toʻlovlarni mikromoliya tashkiloti mijozga shartnoma tuzilgan kundan boshlab uch ish kunidan kechikmagan holda toʻliq toʻlab berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Pul mablagʻlari (valyuta), kripto-aktivlar, oltin va kumush oldindan toʻlov obyekti boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Oldindan toʻlov boʻyicha tuzilgan shartnomada mijoz tomonidan mikromoliya tashkilotiga oldindan toʻlov obyektini yetkazib berish vaqti/muddati aniq koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Mikromoliya tashkiloti oldindan toʻlov xizmati boʻyicha shartnoma shartlarining bajarilishini taʼminlash maqsadida mijozdan qonunchilikda belgilangan tartibda taʼminot talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Oldindan toʻlov doirasida mijoz tomonidan oldindan toʻlov xizmati shartnomasida belgilangan tovardan koʻra sifatliroq (yaxshiroq) tovar yetkazib berish taklif qilinsa va ushbu taklif uchun tovar narxi oshirilmasa (qoʻshimcha haq talab etilmasa), mikromoliya tashkiloti ushbu taklifni qabul qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Agar mijoz tomonidan yetkazib berilgan oldindan toʻlov obyektining sifati shartnomada koʻrsatilgan talablardan past boʻlsa, mikromoliya tashkiloti oldindan toʻlov obyektini qabul qilishni rad etishi yoki shu holatda qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Oldindan toʻlov obyekti shartnomada belgilangan muddatdan oldin yetkazib berilsa va oldindan toʻlov obyektini qabul qilishni rad etish uchun mikromoliya tashkilotida yetarli asoslar mavjud boʻlsa, mikromoliya tashkiloti oldindan toʻlov obyektini qabul qilmaslik huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Mijoz tomonidan oldindan toʻlov shartnomasi boʻyicha majburiyatlar oʻz muddatida bajarilmasa, mikromoliya tashkiloti oldindan toʻlov obyektini yetkazib berish boʻyicha qoʻshimcha vaqt belgilashga yoki oldindan toʻlov shartnomasini bekor qilgan holda oldindan toʻlov obyekti uchun toʻlangan toʻlovlarni qaytarishni talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Mikromoliya tashkiloti va mijoz oʻzaro kelishgan holda toʻlovlar summasini toʻliq qaytarish sharti bilan oldindan toʻlov obyektining yetkazib berilishini bekor qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taraflar oldindan toʻlov obyektini yetkazib berishni qisman bekor qilishga kelishsa, bekor qilingan oldindan toʻlov obyekti qismining qiymatiga muvofiq ravishdagi toʻlov summasi mijoz tomonidan mikromoliya tashkilotiga qaytarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Mikromoliya tashkiloti oldindan toʻlov obyektini yetkazib berish muddatlari kechiktirilganligi uchun mijozga nisbatan neustoyka qoʻllashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Mikromoliya tashkilotida oldindan toʻlov obyektiga nisbatan mulk huquqi vujudga kelguniga qadar, mikromoliya tashkiloti ushbu obyektni sotish boʻyicha shartnoma tuzishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§ Foydani taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish (muzoraba) xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Foydani taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish xizmati mikromoliya tashkiloti tomonidan mijozning tegishli arizasi asosida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydani taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish xizmati doirasida mijozning yoki uchinchi shaxsning mikromoliya tashkiloti oldidagi qarzi kapital sifatida taqdim etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Mikromoliya tashkiloti foydani taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish xizmati boʻyicha shartnoma shartlarining bajarilishini taʼminlash maqsadida mijozdan qonunchilikda belgilangan tartibda taʼminot talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mijoz tomonidan amalga oshirilgan insofsiz harakatlar (harakatsizlik) natijasida mikromoliya tashkiloti zarar koʻrgan taqdirda, mikromoliya tashkiloti ushbu zararni taʼminot hisobidan qoplashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Foydani taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish xizmati boʻyicha mijozga kapital mikromoliya tashkiloti tomonidan moddiy aktivlar shaklida taqdim etilsa, mazkur moddiy aktivlarning qiymati aniq koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Foydani taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish xizmati boʻyicha mikromoliya tashkiloti tomonidan olinadigan foyda mikromoliya tashkiloti va mijoz oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq olinadigan foydadan ulush ajratish shaklida taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydani taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish xizmati doirasida tuzilgan shartnomaga taraflarning olingan foydadan qatʼiy belgilangan summa koʻrinishida foyda olishi yuzasidan shartlar kiritilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Mikromoliya tashkiloti va mijoz oʻrtasida tuzilgan shartnoma muddati yakunlanganda yoki taraflar kelishuviga asosan muddatidan avval tugatilganda, foydani taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish xizmati doirasida olingan umumiy daromadlar summasi umumiy xarajatlar summasiga teng boʻlsa, kiritilgan kapital (pul mablagʻlari) mikromoliya tashkilotiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Mikromoliya tashkiloti foydani taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish xizmati doirasida zarar koʻrgan taqdirda, mazkur zararni mijozdan undirishga ruxsat etilmaydi, bundan mijozning oʻz majburiyatlarini bajarishida insofsiz harakatlari (harakatsizligi) natijasida yetkazilgan zararlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Agar mijoz foydani taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish xizmati doirasida tuzilgan shartnoma shartlarini bajarishga kirishgan yoki mazkur shartnoma muddati hali yakunlanmagan boʻlsa, ushbu shartnoma mikromoliya tashkiloti tomonidan bir tomonlama bekor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan shartnoma shartlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§ Sherikchilik — foyda va zararlarni taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish (mushoraka) xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Sherikchilik — foyda va zararlarni taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish xizmati (bundan buyon matnda sherikchilik deb yuritiladi) doirasida mikromoliya tashkiloti va uning mijozlari maʼlum bir miqdordagi pul mablagʻlarini yoki oʻzaro kelishuvga asosan moddiy aktivlarni yuridik shaxs tashkil etmasdan birgalikdagi faoliyatga yoxud yuridik shaxs tashkil etgan holda uning kapitaliga ulush sifatida kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Sherikchilik doirasida sheriklar sheriklik faoliyatini boshqarish huquqini bir necha sheriklarga yoki bitta sherikka topshirish boʻyicha kelishib olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Sherikchilik doirasida kapitalga moddiy aktivlar pulsiz hissa sifatida kiritilganda, mazkur aktivlarning pul ekvivalentidagi qiymati baholanishi va mazkur qiymat asosida sherikchilik ishtirokchilarining umumiy kapitaldagi ulushi qatʼiy belgilab qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Sherikchilik kapitaliga debitorlik qarzlarini hissa sifatida kiritilishiga ruxsat berilmaydi, bundan kiritilayotgan kapitalning ajralmas qismi boʻlgan debitorlik qarzlari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Mikromoliya tashkiloti va uning mijoz(lar)i sherikchilik doirasida tuziladigan shartnomani muayyan muddat uchun cheklangan yoki cheklanmagan muddatga tuzishlari, shuningdek shartnomani toʻxtatish yoki bekor qilish uchun asos boʻluvchi shartlarni oʻzaro kelishib olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Mikromoliya tashkiloti sherikchilik xizmati boʻyicha mijozning shartnomada belgilangan majburiyatlarini bajarishi uchun va ehtimoliy insofsiz harakatlari (harakatsizligi) natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklarni kamaytirish maqsadida mijozdan taʼminot taqdim etishni talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Sherikchilik doirasida shartnoma tuzilayotgan vaqtda mikromoliya tashkiloti va uning mijoz(lar)i foydani taqsimlashdagi ulushlar miqdorini aniq belgilab olishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foyda taqsimlanayotgan vaqtga kelib mikromoliya tashkiloti va mijoz foyda taqsimotidagi ulushlar nisbatini oʻzgartirish yoki bir taraf ikkinchi taraf foydasiga oʻz foydasining bir qismidan yoki hammasidan voz kechishi boʻyicha kelishib olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Agar shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, sherikchilik doirasida olingan foyda mikromoliya tashkiloti va mijoz(lar) oʻrtasida har bir tarafning kapitaldagi ulushidan kelib chiqqan holda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda olinadigan foyda qatʼiy belgilangan summa koʻrinishida belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Mikromoliya tashkiloti va mijoz(lar) oʻrtasidagi foyda taqsimoti kelajakda olinishi kutilayotgan daromad va xarajatlarga bogʻlanmagan boʻlishi va faoliyatning haqiqiy moliyaviy natijalaridan kelib chiqib amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Taraflar oʻrtasida sherikchilik doirasida olingan foydaning yakuniy taqsimoti foydadan operatsion xarajatlar, komission yigʻimlar, soliqlar va toʻlovlar chegirib tashlanganidan hamda dastlabki kiritilgan kapital qaytarilgandan soʻng amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Sherikchilik xizmati doirasida koʻrilgan zararlar taqsimoti ishtirokchilar oʻrtasida ularning kapitaldagi ulushidan kelib chiqqan holda taqsimlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikromoliya tashkiloti va uning mijoz(lar)i sherikchilik boʻyicha koʻrilgan zararlarni bir taraf zimmasiga yuklash yoki ishtirokchi zimmasiga u kiritgan kapital miqdoridan ortiq zararlarni yuklash yuzasidan oʻzaro kelishib olishlari mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijoz(lar) oldindan kelishib olmagan holda sherikchilik doirasida koʻrilgan zararlarni ixtiyoriy ravishda oʻz zimmasiga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Sherikchilik doirasida mikromoliya tashkiloti kapitaldagi oʻziga tegishli boʻlgan ulushni alohida shartnoma asosida mijozga sotishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Sherikchilik doirasida tuzilgan shartnomaning har bir tarafi (ishtirokchisi) boshqa taraflarni xabardor qilgan holda shartnomadan chiqish huquqiga ega. Bunda shartnomadan chiqayotgan taraf oʻzining kapitalga qoʻshgan ulushini (hissasini) talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomadan bir yoki bir necha taraflarning (ishtirokchilarning) chiqib ketishi qolgan taraflarning sherikchilik munosabatlarini toʻxtatilishiga olib kelmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Sheriklik faoliyati sherikchilik xizmati boʻyicha tuzilgan shartnoma muddati yakunlanganligi sababli tugatilgan taqdirda, sherikchilikning barcha aktivlari joriy bozor qiymatlari asosida sotilishi va undan tushgan tushum qonunchilik hujjatlari va shartnoma shartlarida belgilangan tartibda taqsimlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Mikromoliya tashkiloti va uning mijozlari oʻrtasida vujudga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 10/24/3536/0560-son)