Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida tuzilgan zayom toʻgʻrisidagi bitim doirasida paxtachilikni takomillashtirish loyihasini amalga oshirish haqida” 1995-yil 31-oktabrdagi 421-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida tuzilgan zayom toʻgʻrisidagi bitim doirasida paxtachilikni takomillashtirish loyihasini amalga oshirish haqida” 1995-yil 31-oktabrdagi 421-son qaroriga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
a) 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Markaziy Osiyo Urugʻchilik Kompaniyasini loyiha qatnashchisi sifatida kiritish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin”;
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 11-sentabr,
390-son
Markaziy Osiyo Urugʻchilik Kompaniyasi ishtirokidagi paxtachilikni takomillashtirish loyihasini amalga oshirishga jalb qilinayotgan urugʻchilik xoʻjaliklari
roʻyxati
Sirdaryo viloyati
Sayxunobod tumani:
Sultonov nomidagi
T. Gʻulomov nomidagi
“Shoʻroʻzak”
“Birlashgan”
Boyovut tumani:
“Boyovut-1”
Toshkent viloyati
Chinoz tumani:
Oxunboboyev nomidagi
“Oʻzbekiston”
S. Rahimov nomidagi