24.07.2024 yildagi 451-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni taʼsis etish toʻgʻrisida” 2024-yil 4-iyundagi PQ-205-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-iyundagi PQ-205-son qaroriga muvofiq Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot taʼsis etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotga hujjatlarni taqdim etish, ularni koʻrib chiqish, gʻoliblarni aniqlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro mukofot beriladigan yoʻnalishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbek badiiy tarjima maktabini rivojlantirish hamda xalqlar oʻrtasida doʻstlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlashda alohida ahamiyatga ega boʻlgan tarjima asarlar uchun ragʻbatlantiruvchi mukofotlar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.B. Maxkamova zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 24-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
451-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24 iyuldagi 451-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot (keyingi oʻrinlarda — Xalqaro mukofot) uchun hujjatlarni taqdim etish, ularni koʻrib chiqish, gʻoliblarni aniqlash va taqdirlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalqaro mukofot oʻzbek adabiyotining eng yaxshi asarlarini xorijiy tillarga, jahon adabiyotining eng sara namunalarini oʻzbek tiliga tarjima qilishni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, faol ijod qilayotgan mohir tarjimonlarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish, badiiy tarjimaning saviyasini yanada oshirish hamda mamlakatimizda adabiyot va kitobxonlikni keng ommalashtirish maqsadida joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalqaro mukofot oʻzbek adabiyotining eng yaxshi asarlarini xorijiy tillarga, chet el adabiyotining sara namunalarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan tarjimon yoki tarjimonlar guruhiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda asar yaratilgan tildan bevosita amalga oshirilgan tarjima asarlarga ahamiyat qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mukofot Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslarga ham beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalqaro mukofot tanloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish, bu boradagi tashkiliy-moliyaviy masalalarni hal etish, shuningdek, ushbu Nizomga muvofiq Xalqaro mukofot gʻoliblarini aniqlash va taqdirlash boʻyicha qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-iyundagi PQ-205-son qarori bilan tuzilgan Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash qarorlari Kengash yigʻilishining bayoni bilan rasmiylashtiriladi va Kengash raisi yoki yigʻilishga raislik qilgan Kengash raisining oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Kengashning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda — Ishchi organ) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalqaro mukofot uchun tanlov ikki yilda bir marta oʻtkazilib, gʻoliblarga Xalqaro mukofotni tantanali topshirish sanasi Kengash tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Xalqaro mukofot beriladigan yoʻnalishlar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbek adabiyotining nasriy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbek adabiyotining sheʼriy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbek bolalar adabiyoti namunalaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tillarda yaratilgan nasriy asarlardan oʻzbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tillarda yaratilgan sheʼriy asarlardan oʻzbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tillarda yaratilgan bolalar adabiyoti namunalaridan oʻzbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dramaturgiyaga oid tarjima asarlar uning janriga mos ravishda ushbu bandda koʻrsatilgan yoʻnalishlar asosida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xalqaro mukofotga hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xalqaro mukofot tanloviga talabgorlarning (keyingi oʻrinlarda — talabgorlar) hujjatlarini qabul qilishni boshlash va yakunlash sanasi hamda uning tartibi haqida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mukofot tanloviga hujjatlarni taqdim etish tartibi Ishchi organ tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Talabgorlarning hujjatlari Xalqaro mukofot tanlovi haqida ommaviy axborot vositalarida eʼlon berilgan sanadan boshlab uch oy davomida Ishchi organ tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xalqaro mukofot tanloviga Xalqaro mukofot tanlovi haqidagi eʼlon berilgan sanadan boshlab oʻtgan besh yil ichida kitob holida chop etilgan yoki bosma davriy va elektron adabiy nashrlarda eʼlon qilingan tarjima asarlar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xalqaro mukofot tanloviga tarjima asarlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha belgilangan hajmdan kam boʻlmagan miqdorda qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbek adabiyotining nasriy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima — kamida oʻn bosma taboq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbek adabiyotining sheʼriy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima — kamida besh bosma taboq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbek bolalar adabiyoti namunalaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima — kamida besh bosma taboq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tillarda yaratilgan nasriy asarlardan oʻzbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima — kamida oʻn bosma taboq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tillarda yaratilgan sheʼriy asarlardan oʻzbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima — kamida besh bosma taboq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tillarda yaratilgan bolalar adabiyoti namunalaridan oʻzbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima — kamida besh bosma taboq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagi talablar asosida tarjima asarlar Xalqaro mukofot tanloviga qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbek xalqining qadimiy tarixi, bebaho qadriyat va anʼanalari, oʻziga xos hayot tarzi, olijanob fazilatlari yuqori badiiy saviyada aks ettirilgan, milliy adabiyotimiz xazinasidan munosib joy olgan asarlarning chet tillarga tarjimalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umuminsoniy qadriyat va gʻoyalar tarannum etilgan, dunyo adabiyotida eʼtirof etilgan, yuqori badiiy saviyaga ega xorijiy asarlarning oʻzbek tiliga tarjimasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asarning mazmuni va uslubini, badiiy oʻziga xosligini toʻla saqlagan holda yuksak mahorat bilan amalga oshirilgan tarjimalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adabiy jamoatchilik orasida alohida eʼtirof etilgan asarlarning yuksak saviyali tarjimasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xalqaro mukofot tanloviga tarjimon yoki tarjimonlar guruhi tomonidan hammualliflikda amalga oshirilgan tarjima asarlar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xalqaro mukofot tanloviga tarjima asarlar tarjimonning oʻzi yoki tarjimonlar guruhi, adabiy-ilmiy tashkilotlar va nashriyotlar tomonidan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ishchi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga va hujjatlarni qabul qilish tartibiga muvofiq Xalqaro mukofotga tavsiya etilgan talabgorlarning hujjatlarini, shu jumladan, bir nusxadagi tarjima asarni qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mukofotga tavsiya etilgan talabgorlarning faoliyati va ularning tarjima asarlarini koʻrib chiqib, ular haqidagi maʼlumotlarni shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mukofotga tavsiya etilgan tarjima asarlar, shu bilan birga, talabgorlarning ijodiy faoliyati muhokama qilinib, xolisona baholanishiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mukofotga tavsiya etilgan talabgorlarning hujjatlari, shu jumladan, tarjima asarlarni tegishli idora va tashkilotlarga taklif-mulohazalarini bildirish uchun taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha Ishchi organ malakali mutaxassis va ijodkorlardan iborat tarkibda ishchi guruhlar faoliyatini yoʻlga qoʻyadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbek adabiyotining nasriy asarlaridan xorijiy tillarga hamda xorijiy tillarda yaratilgan nasriy asarlardan oʻzbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima asarlar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbek adabiyotining sheʼriy asarlaridan xorijiy tillarga hamda xorijiy tillarda yaratilgan sheʼriy asarlardan oʻzbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima asarlar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbek bolalar adabiyotidan xorijiy tillarga hamda chet el bolalar adabiyotidan oʻzbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima asarlar boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ishchi guruhlar tarkibi Kengash raisining oʻrinbosari — Ishchi organ rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruhlar aʼzolari Ishchi organ tomonidan belgilangan tartibda va miqdorda moddiy ragʻbatlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruhlar aʼzolarini moddiy ragʻbatlantirish bilan bogʻliq xarajatlar Xalqaro mukofotning xarajatlar smetasida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ishchi guruhlar Xalqaro mukofotga taqdim etilgan hujjatlarni, shu jumladan, tarjima asarlarni koʻrib chiqib, xulosalar tayyorlaydi hamda Ishchi organga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ishchi organ ishchi guruhlar xulosalari asosida hujjatlarni rasmiylashtiradi, Kengash yigʻilishining bayoni loyihasini tayyorlaydi hamda koʻrib chiqish uchun Kengashga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ishchi guruhlarning xulosalari oshkor etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kengash Ishchi organ tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, Xalqaro mukofot gʻoliblarini aniqlash boʻyicha qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kengash, istisno tariqasida, oʻzbek badiiy tarjima maktabini rivojlantirish hamda xalqlar oʻrtasida doʻstlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlashda alohida ahamiyatga ega boʻlgan tarjima asarlar uchun ragʻbatlantiruvchi mukofotlar ham berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ragʻbatlantiruvchi mukofotlarning bir martalik pul mukofoti miqdori va moliyalashtirilishi Kengash tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xalqaro mukofot gʻoliblari roʻyxati ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Xalqaro mukofot gʻoliblarining har biri maxsus diplom, koʻkrak nishoni va bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kengash talabgorlar orasida tegishli yoʻnalish boʻyicha Xalqaro mukofot talablariga mos keluvchi nomzodlar mavjud emas deb topsa, oʻsha yoʻnalishdagi Xalqaro mukofot topshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Xalqaro mukofot bir shaxsga ikki marta berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kengash yoki ishchi guruhlar aʼzolari Xalqaro tanlovga oʻzining tarjima asarlarini taqdim etgan yilda Kengash yoki ishchi guruhlaridagi faoliyatini toʻxtatib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Xalqaro mukofotga taqdim etilgan hujjatlar, shu jumladan, tarjima asarlar qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ishchi organ Xalqaro mukofotga taqdim etilgan hujjatlarni, shu jumladan, tarjima asarlarni hamda Xalqaro mukofotga oid tegishli boshqa hujjatlarning hisobini yuritadi hamda ularning belgilangan muddat davomida saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Xalqaro mukofot gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek, gʻoliblar uchun pul mukofotlari, gʻoliblarning mukofotni olish uchun xorijdan kelish-ketishi, mehmonxonada yashash xarajatlari Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasining xarajatlar smetasi boʻyicha Yozuvchilar uyushmasiga ajratiladigan mablagʻlar, tashkilotchilar mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mukofot topshiriladigan yilda uning xarajatlari uchun Ishchi organ tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblar asosida Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasining xarajatlar smetasida qoʻshimcha mablagʻ ajratish nazarda tutiladi hamda ushbu mablagʻ Yozuvchilar uyushmasiga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Xalqaro tanlovning chet ellik gʻoliblariga pul mukofotlari mukofot jamgʻarmasiga teng ekvivalentda xorijiy valyutada toʻlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Xalqaro mukofotning xarajatlar smetasi Kengash tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Xalqaro mukofot bilan taqdirlangan tarjima asarlarni keng ommalashtirish hamda ularning tarjimonlari bilan faol ijodiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari koʻriladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/451/0552-son)