1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbai | Masʼul ijrochilar |
I. Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish yoʻnalishida | ||||
1. | “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida turizm bilan bogʻliq maʼlumotlarni tahlil qilish va bu orqali sohani rivojlantirish boʻyicha marketing qarorlarini qabul qilishga koʻmaklashuvchi “Smart Tourism Data System” laboratoriyasini tashkil etish. Bunda: Xitoydagi mavjud tajribani oʻrganish; laboratoriyada respublikadagi turizm obyektlariga tashrif buyuruvchilar boʻyicha statistik maʼlumotlarni aniq vaqt rejimida olish imkoniyatini beruvchi platformani ishga tushirish; laboratoriyalarni zaruriy texnika vositalari bilan taʼminlash choralarini koʻrish. | 2024-2025-yillar davomida | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining budjetdan tashqari mablagʻlari | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Madaniy meros agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. | Xalqaro turizm akademiyasi faoliyatini yoʻlga qoʻyishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda: Akademiyani “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tarkibiy boʻlinmasi sifatida belgilash; Akademiya xodimlarining mehnatiga haq toʻlash hamda moddiy ragʻbatlantirish darajasini “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xodimlariga tenglashtirish; “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Vasiylik kengashiga zaruratga koʻra, Akademiyaning tuzilmasiga faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqib, xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish, xalqaro tajribani oʻrgangan holda qoʻshimcha lavozimlar joriy etish huquqini berish nazarda tutiladi. | 2024-yil noyabr | - | Turizm qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
II. Turizm sohasiga oid yangi ishlanmalarni yaratish yoʻnalishida | ||||
3. | Qoraqalpoq tarixi, madaniyati va tabiiy muhitiga taalluqli artefaktlar, sanʼat asarlari asosida Tuproqqalʼa etno-muzeyini tashkil etish grant loyihasini amalga oshirish. | 2024-yil oktabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov natijalariga asosan ajratiladigan grantlar | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
4. | Lokal atributlar asosida Rishton, Chust, Yangiqoʻrgʻon va Boysun tumanlarining ekoturizm salohiyatini oshirish grant loyihasini amalga oshirish. | 2024-yil dekabr | Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Turizm qoʻmitasi | |
5. | Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun inklyuziv turizm infratuzilmasining interfaol xaritasi va “InclUZ” mobil ilovasini yaratish grant loyihasini amalga oshirish. | 2025-yil sentabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov natijalariga asosan ajratiladigan grantlar | Buxoro davlat universiteti, Turizm qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
6. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi turizm sohasini hududiy rivojlanishini baholashning kompleks indikatorlarini ishlab chiqish (Taxtakoʻpir, Xoʻjayli, Ellikqalʼa tumanlarida) grant loyihasini amalga oshirish. | 2025-yil sentabr | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Turizm qoʻmitasi | |
7. | Tarixiy obyektlar va tabiiy maskanlar uygʻunligi asosida Forish tumani turistik salohiyatini oshirish grant loyihasini amalga oshirish. | 2025-yil sentabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov natijalariga asosan ajratiladigan grantlar | Oʻzbekiston Milliy universiteti, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Turizm qoʻmitasi |
8. | Kitob tumanidagi “Kitob geologiya milliy tabiat bogʻi”da turistik-glemping infratuzilmasini yaratish grant loyihasini amalga oshirish. | 2025-yil sentabr | Toshkent davlat transport universiteti, Turizm qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi | |
9. | Qoraqalpoq milliy hunarmandchiligiga oid smart platformani yaratish grant loyihasini amalga oshirish. | 2025-yil noyabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov natijalariga asosan ajratiladigan grantlar | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Turizm qoʻmitasi |
10. | Xiva va Bogʻot tumanlarining turistik resurslarini innovatsion yondashuv asosida qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish grant loyihasini amalga oshirish. | 2025-yil sentabr | Urganch davlat universiteti, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Turizm qoʻmitasi | |
11. | Boʻstonliq, Ohangaron, Parkent va Angren tumani hududlarida turizm sohasini kompleks rivojlantirish orqali yoshlar bandligini taʼminlash konsepsiyasini ishlab chiqish grant loyihasini amalga oshirish. | 2025-yil sentabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov natijalariga asosan ajratiladigan grantlar | Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Turizm qoʻmitasi |
12. | Oʻzbekiston Respublikasi turizm obyektlarining katalogini raqamlashtirishning turizm rivojlanishiga taʼsirini tadqiq etish grant loyihasini amalga oshirish. | 2025-yil iyul | “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Turizm qoʻmitasi | |
13. | Inklyuziv turizmni tashkil etishning metodik asoslarini ishlab chiqish (Navoiy viloyatining Xatirchi, Nurota va Qiziltepa tumanlari misolida) grant loyihasini amalga oshirish. | 2025-yil sentabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov natijalariga asosan ajratiladigan grantlar | Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Turizm qoʻmitasi |
14. | Buxoro ziyoratgohlarining elektron 3D modelini yaratish grant loyihasini amalga oshirish. | 2025-yil sentabr | Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Turizm qoʻmitasi | |
15. | Janubiy orol boʻyi hududlarida qoraqalpoq milliy taomlari asosida gastroturizmni rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish grant loyihasini amalga oshirish. | 2025-yil may | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov natijalariga asosan ajratiladigan grantlar | Qoraqalpoq davlat universiteti, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Turizm qoʻmitasi |
16. | Buxoroga tashrif (Visit to Bukhara) elektron onlayn platforma va mobil ilovani ishlab chiqish grant loyihasini amalga oshirish. | 2025-yil avgust | Buxoro davlat universiteti, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Turizm qoʻmitasi | |
III. Hududlarda turizmni rivojlantirishga koʻmaklashish yoʻnalishida | ||||
17. | Yozgi taʼtil davrida oliy taʼlim muassasalarning boʻsh turgan yotoqxonalaridan arzon mehmonxonalar (xostel) sifatida foydalanish tizimini yoʻlga qoʻyish. Bunda: tashrif buyuruvchi mehmonlar “E-mehmon” elektron platformasi orqali roʻyxatdan oʻtishini taʼminlash; mehmonxonalar (xostellar)da koʻrsatilgan xizmatlar orqali olingan mablagʻlarni amaliyot bazalarining moddiy-texnika bazalarini rivojlantirish uchun sarflash. | 2025 iyundan boshlab doimiy ravishda | Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar |
18. | Chust, Yangiqoʻrgʻon, Rishton va Boysun tumanlarining turistik salohiyati boʻyicha sharq tillarida (yapon, xitoy, koreys, arab, fors, dariy, pushtu, hind, urdu, malay, indonez, turk tillari) qisqa video kontentlar tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlar, xususan Youtube platformasiga joylab borish. | 2024-2025-yillar davomida | Mahalliy budjet va universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Chust, Yangiqoʻrgʻon, Rishton va Boysun tumanlari hokimliklari |
19. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-135-son qaroriga muvofiq turizm salohiyati yuqori boʻlgan tumanlarga biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari tomonidan hududlardagi turistik obyektlarni “Google Maps” va boshqa platformalarga joylashtirish. Shuningdek, barcha turistik obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (rasmlar va koordinatlari bilan) wikipedia ochiq ensiklopediyasiga oʻzbek, rus va ingliz tillarida joylashtirish choralarini koʻrish. | 2024-2025-yillar davomida | Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Turizm qoʻmitasi |
20. | Hududiy hokimliklar bilan birgalikda hududlarga tumanlarning turistik imkoniyatlari, tarixi va etnik xususiyatlaridan kelib chiqib, tumanlarning turistik mahsulotlari dizaynini hamda turistik shiorlarini yaratish yuzasidan ilmiy asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024-yil oktabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm qoʻmitasi |
21. | Turizm sohasining subyektlari bilan hamkorlikda mehmonxona va yirik turizm komplekslari uchun boshqaruvchilarga boʻlgan talabni oʻrganib, har yili kamida 20 ta oʻrta boʻgʻin menejerlarining xorijdagi turizm va servis komplekslarida malaka oshirishini taʼminlash. | 2024-yil avgustdan boshlab, har yili | Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
22. | Turizm sohasidagi kollej va texnikumlarda turizm, umumiy ovqatlanish va mehmonxona xoʻjaligi yoʻnalishlarida ming nafar oʻquvchini davlat granti asosida dual taʼlimga jalb qilish. | 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab | Davlat budjeti mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
23. | BMT turizmning “Ipak yoʻlida turizm” tematik ofisi uchun ajratilgan Samarqand shahri, Bobur Mirzo koʻchasi, 3-uy manzilidagi binoni Turizm qoʻmitasi huzuridagi “Ipak yoʻli ofisi” UKdan Turizm qoʻmitasi huzuridagi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul oʻtkazish. | 2024-yil sentabr | - | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi |
25. | Turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarining amaliyot bazalarini Qoʻqon universitetida tashkil etilgan turizm amaliyot bazasi andozasi asosida tashkil etish choralarini koʻrish. | 2025-yil davomida | Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm qoʻmitasi |
26. | Turoperatorlik faoliyati uchun litsenziya talablari va shartlariga turoperatorlar tomonidan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ishga qabul qilish tartibini belgilovchi qoʻshimchalar kiritish. | 2024-yil dekabr | - | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Turizm qoʻmitasi |
27. | Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. Bunda: xorijiy tillariga ixtisoslashtirilgan maktablari uchun maqbullashtirilgan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish; ingliz, xitoy, arab, yapon va boshqa xorijiy tillarni chuqurlashtirilgan holda oʻqitilishiga hamda zamonaviy usullarda oʻrgatilishiga alohida eʼtibor qaratish nazarda tutiladi. | 2024-yil noyabr | Ajratilgan mablagʻlar doirasida | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi |
28. | “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tarkibidagi Toshkent turizm va servis kolleji negizida Toshkent ekoturizm texnikumini tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2024-yil dekabr | - | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi |
2-ILOVA
|
T/r |
Oliy taʼlim muassasalari nomi |
Gid-tarjimonlarni tayyorlash kurslari (xorijiy tillar kesimida) |
Jami tinglovchilar soni |
shundan, yillar kesimida |
||
|
2024-yil |
2025-yil |
2026-yil |
||||
|
1. |
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti |
arab, yapon, hind, urdu, malay |
100 |
40 |
30 |
30 |
|
xitoy |
80 |
20 |
30 |
30 |
||
|
2. |
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti |
ispan, italyan, yapon, malay |
145 |
40 |
45 |
60 |
|
xitoy |
80 |
20 |
30 |
30 |
||
|
3. |
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti |
yapon, arab |
200 |
40 |
90 |
70 |
|
xitoy |
200 |
60 |
60 |
80 |
||
|
4. |
Urganch davlat universiteti |
koreys, arab |
60 |
20 |
20 |
20 |
|
xitoy |
30 |
10 |
10 |
10 |
||
|
5. |
Samarqand davlat chet tillari instituti |
arab, yapon, urdu, malay, italyan |
165 |
40 |
55 |
70 |
|
xitoy |
60 |
20 |
20 |
20 |
||
|
6. |
Andijon davlat chet tillari instituti |
hind, yapon, urdu, malay |
60 |
20 |
20 |
20 |
|
xitoy |
30 |
10 |
10 |
10 |
||
|
7. |
Buxoro davlat universiteti |
arab, indonez, malay |
180 |
60 |
60 |
60 |
|
Jami: |
1 390 |
400 |
480 |
510 |
||