Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA KOʻCHMAS MULK BIRJASINING SAMARALI FAOLIYAT KOʻRSATISHINI TAʼMINLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 1994-yil 15-martdagi PF-789-son Farmonga muvofiq tashkil etilgan Respublika koʻchmas mulk birjasining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda:
tugallanmagan qurilish obyektlarini ham oʻz ichiga oluvchi respublika va mintaqaviy koʻchmas mulk bozorlarini shakllantirish tartibini belgilangan tartibda bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning davlat, tarmoq va mintaqaviy dasturlaridan kelib chiqqan holda koʻchmas mulk obyektlarining sotuvga qoʻyilishini taʼminlasin;
koʻchmas mulk bozori mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etsin;
birja savdolari, tanlovlar, kimoshdi savdolari orqali xususiylashtirishning va davlat tasarrufidan chiqarishning borishini ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borsin;
koʻchmas mulk bozorini shakllantirishga va uning faoliyatiga doir ilmiy, uslubiy, oʻquv va ommabop adabiyotlarni tarjima chop etish va tarqatish ishlarini tashkil qilsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari joylarda Respublika koʻchmas mulk birjasi brokerlik va idoralarining boʻlimlarini tashkil etishda hamda joylashtirishda amaliy yordam koʻrsatsinlar.
3. Davlat mulki qoʻmitasining ilovaga muvofiq kimoshdi savdosida va tanlovlarda sotiladigan davlat mulkiga haq toʻlash, ularni taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqidagi taklifi qabul qilinsin.
4. Respublika koʻchmas mulk birjasi uchun daromad soligʻi stavkasi 18 foiz miqdorida belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga bir oy muddatda koʻchmas mulk operatsiyalari boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida naqd pul bilan va naqd pulsiz shakldagi hisob-kitoblarning qoidasini ishlab chiqish va belgilash tavsiya etilsin.
6. Respublika koʻchmas mulk birjasi Toshkent shahar, Navoiy koʻchasidagi 7-uyga joylashtirilsin.
“Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi (Sharonov) Respublika koʻchmas mulk birjasining faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratsin, uning talabnomalariga binoan zarur jihozlar va asbob-uskunalar ajratsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Respublika koʻchmas mulk birjasi va uning boʻlimlari huzurida notariuslar ishini tashkil etsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Respublika koʻchmas mulk birjasi va uning boʻlimlari talabnomalariga binoan ularni zarur, shu jumladan ixtisoslashtirilgan aloqa vositalari bilan taʼminlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 29-aprel,
228-son
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 29-apreldagi 228-son qaroriga
ILOVA
1994-yil 29-apreldagi 228-son qaroriga
ILOVA
Kimoshdi savdosida va tanlovlarda sotiladigan davlat mulkiga haq toʻlash, ularni taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
VAQTINCHALIK NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom kimoshdi savdosida, tanlovlar (keyingi oʻrinlarda –– kimoshdi savdosida sotiladigan davlat mulkiga haq toʻlash, ularni taqsimlash va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Xususiylashtirish obyektlarini kimoshdi savdosida sotishdan olingan mablagʻlar kimoshdi sadosi qatnashchilarining xususiylashtirish obyektlari bilan oldindan tanishganliklari uchun ulardan tushadigan pul mablagʻlari, kimoshdi savdosida chiptalar sotish, gʻolib obyektni sotib olishni rad etgan taqdirda belgilangan tartibda qaytarilmagan garov summasi hamda bevosita obyektlarni sotish hisobiga shakllanadi.
II. Kimoshdi savdosi natijalarini rasmiylashtirish va sotib olinadigan obyektlar uchun hisob-kitob qilish tartibi
3. Kimoshdi savdosi natijalari toʻgʻrisidagi yakuniy bayonnoma imzolangandan keyin kechi bilan 10 kun muddatda sotuvchi bilan xaridor oʻrtasida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq oldi-sotdi shartnomasi imzolanishi kerak.
4. Kimoshdi savdosi yakunlari boʻyicha tuziladigan oldi-sotdi shartnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
sotilgan obyektning nomi;
obyektning narxi;
obyektni mulkning yangi egasiga berish tartibi;
xaridorning hisob-kitob qilish shakli va muddatlari;
boshqa maʼlumotlar.
5. Sotib olinadigan obyekt uchun summaning hammasi ilova qilinayotgan tartibga (1-ilova) muvofiq xaridor tomonidan Davlat mulki qoʻmitasining maxsus schyotiga oʻtkaziladi.
6. Obyektning toʻliq qiymati toʻlab boʻlingandan xamda Davlat mulki qoʻmitasi, uning hududiy boshqarmasi tomonidan Davlat orderi berilgandan keyin xaridor obyektning mulk egasi huquqiga ega boʻladi.
Obyekt qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan taqdirda egalik qiluvchi birinchi badalni toʻlagandan keyin Davlat mulki qoʻmitasi unga obyektni boshqarish va undan foydalanish huquqini beruvchi vaqtinchalik guvohnoma beradi.
III. MABLAGʻLARNI TAQSIMLASH VA ULARDAN FOYDALANISH TARTIBI
7. Dastlabki narx (S) ning 10 foizi, yaʼni xaridor toʻlagan garov summasi Respublika koʻchmas mulk birjasi (A) ixtiyoriga beriladi. Ushbu summaning 40 foizi kimoshdi savdolarini tashkil etish xarajatlarini qoplash uchun mintaqaviy boʻlimlarga yoki kimoshdi savdosi markazlariga (V), 60 foizi esa Respublika koʻchmas mulk birjasiga (B) ajratiladi.
8. Obyekt dastlabki narxining 90 foizi (U) obyekt egasiga beriladi.
9. Dastlabki narxdan ortiqcha qiymatning (yaʼni sotish narxi bilan dastlabki narx oʻrtasidagi farqning) 50 foizi (X) aholining ijtimoiy nochor tabaqalarini himoya qilish, tadbirkorlikni koʻllab-quvvatlash va infrastrukturani rivojlantirish uchun hokimliklar ixtiyoriga, 45 foizi (F) Davlat mulki qoʻmitasiga, 5 foizi (61) Respublika koʻchmas mulk birjasi (RBN) ga beriladi.
10. Mulkchilikning davlatga tegishli boʻlgan shaklidagi obyektni sotishda (jismoniy shaxslarga tegishli obyektlardan tashqari) dastlabki narxdan ortiqcha qiymatning 15 foizi (X1) hokimliklar, 30 foizi (F1) Davlat mulki qoʻmitasi, 5 foizi (B2) RBN, 50 foizi (Z) esa obyekt egasi ixtiyoriga beriladi, qayd etilgan yoʻnalishlar boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar summasini hisoblab chiqish shakli 2-ilovada keltirilgan.
Qayd etilgan yoʻnalishlar boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar summasini hisoblab chiqish shakli 2-ilovada keltirilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Respublika koʻchmas mulk birjasi daromadlari va ularni taqsimlash tartibi
11. Birja yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlarga, roʻyxatdan oʻtkazilgan firma belgisiga, oʻz nomi yozilgan dumaloq muhrga va bosma ish qogʻozlariga ega boʻladi.
12. Birjaning daromadlari birja yigʻimlari, aʼzolik badallari, kimoshdi savdosini oʻtkazishdan olingan daromadlar (obyektlar dastlabki narxning 10 foizi va dastlabki narxdan ortiqcha qiymatning 5 foizi) xamda koʻrsatiladigan xizmatlar uchun boshqa tushumlar hisobiga shakllanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Birjaning daromadlari birja xodimlariga mehnat haqi toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish, birjaning moddiy texnika negizini kengaytirish va uning faoliyatini takomillashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga sarflanadi.
V. Kimoshdi savdosida bitishuvlar tuzishda tomonlarning javobgarligi
14. Kimoshdi savdosida obyektlarni sotuvchilar va xaridorlarning javobgarligi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ular oʻrtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutiladi.
Vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Kimoshdi savdolarida sotiladigan obyektlarni sotib olish
TARTIBI
Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan oʻtkaziladigan, kimoshdi savdolarida jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan sotib olinadigan obyektlar uchun toʻlovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Obyektni dastlabki baholash qiymatining 10 foizi miqdoridagi mablagʻ kimoshdi savdosini oʻtkazishga qadar garov puli sifatida toʻlanadi.
2. Obyektning pirovard qiymati 100 mln soʻm-kupongacha boʻlgan taqdirda xaridor garov puli toʻlaganidan keyin qolgan summani Davlat mulki qoʻmitasining tegishli schyotiga oldi-sotdi shartnomasi imzolangan kundan boshlab bir oy mobaynida toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Obyektning pirovard qiymati bir milliard soʻm-kupongacha boʻlgan taqdirda xaridor garov puli toʻlangandan keyin qolgan summani:
pirovard qiymatning 20 foizini shartnoma imzolangan kundan boshlab bir oy mobaynida;
pirovard qiymatning 30 foizini shartnoma imzolangan kundan boshlab bir yil mobaynida;
obyekt qiymatining garov puli hamda birinchi yilda toʻlangandan keyin qolgan summasini ikkinchi yil mobaynida toʻliq toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Obyektning pirovard qiymati 1 milliard soʻm-kupondan ortiq boʻlgan taqdirda xaridor garov puli toʻlangandan keyin qolgan summani;
pirovard qiymatning 20 foizini shartnoma imzolangan kundan boshlab bir oy mobaynida;
pirovard qiymatning 30 foizini shartnoma imzolangan kundan boshlab bir yil mobaynida;
pirovard qiymatning 30 foizini shartnoma imzolangan kundan boshlab ikkinchi yil mobaynida toʻlaydi;
obyekt qiymatining garov puli va dastlabki ikki yilda toʻlangandan keyin qolgan summasini shartnoma imzolangan kundan boshlab uchinchi yil mobaynida toʻliq toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Kimoshdi savdosida sotib olingan obyektning egasi tegishli summani muddatidan oldin toʻliq toʻlash huquqiga egadir. Bunda toʻlov muddatlariga koʻra, obyektning pirovard narxidan 10 foizgachasi chegiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Sotib olish summasi oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda xaridor garovdan tashqari toʻlangan summaning yarmini toʻlagan holda obyektga egalik qilish huquqidan mahrum etiladi
7. Toʻlashga qodir emaslik tufayli xaridor tomonidan sotib olinmagan obyekt kimoshdi savdosiga takroran qoʻyiladi yoki Davlat mulk qoʻmitasining qaroriga binoan oldingi mulkdorga qaytariladi.
8. Kimoshdi savdolarida sotiladigan mulkchilikning davlatga tegishli boʻlmagan shaklidagi obyektlarni sotib olish shartlari va muddatlarini mulkdor tomonidan obyektni sotish talabnomasi berilganda belgilanadi.
9. Kimoshdi savdolarida obyektlarni erkin almashtiriladigan valyutaga sotish tartibi belgilangan tartibda tasdiqlangan maxsus nizom bilan tartibga solinadi.
Vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
| 1. | Sotilayotgan obyektning dastlabki qiymati— S | | |
| 2. | Garov puli summasi |
–– A= |
SX10% –––––––– 100% |
| 3. | Respublika koʻchmas mulk birjasi ixtiyoriga |
— B = |
AX60% –––––––– 100% |
| 4. | Respublika koʻchmas mulk birjasining viloyatlardagi boʻlimlari ixtiyoriga |
— V = |
AX40% –––––––– 100% |
| 5. | Obyektlarni sotishdan mulk birjasining viloyatlardagi boʻlimlari ixtiyoriga |
—U = |
SX90% –––––––– 100% |
| 6. | Dastlabki qiymatdan | — N | |
| 7. | Sotilayotgan obyektning pirovard narxi | — O = | S+N |
| 8. | Respublika va kommunal mulk obyektlarini sotishda dastlabki qiymatdan ortiqcha summa quyidagilarga yoʻnaltiriladi | | |
| a) | hokimlikka |
— X = |
N X 50 % –––––––– 100% |
| b) | Davlat mulki qoʻmitasiga |
— F = |
N X 45 % –––––––– 100% |
| v) | Respublika koʻchmas mulk birjasiga |
— B1 = |
N X 5 % –––––––– 100% |
| 9. | Davlat tasarrufida boʻlmagan mulkni sotishda dastlabki qiymatdan ortiqcha summa quyidagilarga yoʻnaltiriladi: | | |
| a) | hokimlikka (tadbirkorlikni qoʻllab - quvvatlash jamgʻarmasi) |
— X1 = |
N X 15 % –––––––– 100% |
| b) | Davlat mulki qoʻmitasiga |
— F1 = |
N X 30 % –––––––– 100% |
| v) | Respublika koʻchmas mulk birjasiga |
— B2 = |
N X 5 % –––––––– 100% |
| g) | Mulk egasiga |
— Z = |
N X 50 % –––––––– 100% |
Keyingi tahrirga qarang.