Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.09.2015 09.04.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 431
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.09.2015
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“TASDIQLANDI”

Oʻzbekiston Respublikasi

Ijtimoiy taʼminot vaziri

B.UMURZOQOV

“KELIShILGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi

Sh. ABDULLAYEV

1998-yil 5-fevral

12-02-1/57-son

“KELIShILGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi

Mehnat vazirligi

A. AKBAROV

1998-yil 26-yanvar

44/02-son

“KELIShILGAN”

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari

Federatsiyasi Kengashi

D. JAHONGIROVA

1998-yil 13-mart

DJ-07/137-son

“KELIShILGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

B. YOʻLDOShEV

1998-yil 10-fevral

05/69-son

“KELIShILGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat Soliq qoʻmitasi

Sh. SATTOROV

1998-yil 24-fevral

98-19-son

“KELIShILGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy banki

A. ERDONAYEV

1998-yil 25-fevral

07/01-son

Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KORXONA, TAShKILOT, MUASSASA, FERMER XOʻJALIGI, OʻQUV YuRTINING IJTIMOIY SUGʻURTA BOʻYIChA KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDA
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 28-yanvardagi 4/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 431-1,17.02.2009-y.) tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 8-son, 86-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 9-aprelda 431-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2015-yil 29-avgustdagi 32-B-sonli “Korxona, tashkilot, muassasa, fermer xoʻjaligi, oʻquv yurtining ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 431-2, 16.09.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiya korxona, tashkilot, muassasa, fermer xoʻjaligi, kooperativ, oʻquv yurtining maʼmuriyati tomonidan xodimlarni ijtimoiy sugʻurta qildirish uchun yigʻilishi va sarflanishi koʻzda tutilgan mablagʻlarni toʻgʻri va samarali yigʻish hamda sarflashga oid tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish, ishlovchi pensionerlarga pensiya toʻlashni tartibga solish uchun tuziladi.
(1.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 28-yanvardagi 4/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 431-1, 17.02.2009-y.) tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 8-son, 86-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Komissiya aʼzolari soni, tarkibi, rais, zarur xollarda, rais muovini Kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda rahbarning buyrugʻi yoki xoʻjalik boshqaruvining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibiga korxona rahbarining muovini va bosh hisobchisi va kasaba uyushmasi vakili hamda kadrlar boʻlimi xodimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiyaning taklifiga binoan, komissiya aʼzolarining biri, rahbar buyrugʻi bilan, nafaqalarni tayinlash va hujjatlarni rasmiylashtiruvchi vakil qilib tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. Komissiya raisi (vakili) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (bundan buyon matnda Pensiya jamgʻarmasi) mablagʻlari hisobidan qilinadigan barcha xarajat hujjatlariga imzo qoʻyadi va mablagʻlarning toʻgʻri sarflanishini nazorat qiladi.
(1.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 28-yanvardagi 4/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 431-1, 17.02.2009-y.) tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 8-son, 86-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Komissiyaning asosiy vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya mazkur Nizom va boshqa meʼyoriy hujjatlarga binoan ishchilar, xizmatchilar va ularning oila aʼzolarining ijtimoiy sugʻurtasi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuniga binoan xodimlarning pensiya taʼminotini amalga oshirishda tashkilot maʼmuriyatiga yordam beradi.
(II-boʻlimning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 28-yanvardagi 4/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 431-1, 17.02.2009-y.) tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 8-son, 86-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinganligi oqibatida kelib chiqqan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlaydi, nafaqa tayinlashni rad etish, undan (toʻliq, yoki qisman) mahrum etish masalalarini hal qiladi, nafaqa olish huquqi, uning miqdori toʻgʻrisidagi masalalarni hal qiladi, kasallik varaqalarining va nafaqa tayinlash boʻyicha boshqa hujjatlarning asosli va toʻgʻri berilganligini koʻrib chiqadi hamda ishlab chiqarishdagi sugʻurta hodisalarini belgilangan tartibda tekshirilishida ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Ijtimoiy sugʻurta badallarining toʻgʻri hisoblab chiqarilganligi, ularning Pensiya jamgʻarmasiga oʻz vaqtida oʻtkazilishi, mablagʻlarni toʻgʻri sarflanishi, shuningdek bu mablagʻlar boʻyicha Pensiya jamgʻarmasiga beriladigan hisobotlar ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. Komissiya mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida kelib chiqqan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik uchun nafaqa toʻlashga xarajatni pensiya jamgʻarmasiga qaytarilishini taʼminlaydi. Ish beruvchi tomonidan sugʻurta badallari kam hisoblanib oʻtkazilgani aniqlansa badallarning toʻliq va oʻtgan kunlar uchun ustama hisoblanib toʻlanishini talab qiladi.
(2.2, 2.3 va 2.4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 28-yanvardagi 4/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 431-1,17.02.2009-y.) tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 8-son, 86-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.5. Ishlayotgan pensionerlar hisobini olib boradi va pensiyaning toʻgʻri toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.6. Mehnatda mayiblanish hamda kasb kasalligiga chalinganlik oqibatidagi nogironlik pensiyalarini, shuningdek “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi (“b”—“j”-bandlari) va 15-moddasi “a” bandiga binoan tayinlangan pensiyalarni toʻlash uchun sarflangan mablagʻlarni Pensiya jamgʻarmasiga qaytarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.
(2.6-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 28-yanvardagi 4/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 431-1,17.02.2009-y.) tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 8-son, 86-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.7. Ishlayotgan pensionerlar, nogironlar va urush qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslarga ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatilishi bilan bogʻliq masalalarni hal qilishda yordamlashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.8. Mehnat jamoasida ijtimoiy sugʻurta va pensiya taʼminoti boʻyicha amaldagi qonunlar toʻgʻrisida leksiyalar, maslahat kengashlari va suhbatlarni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.9. Mehnat jamoasida xodimlar va ular oilalarining ijtimoiy sugʻurtasi, pensiya taʼminoti boʻyicha olib borilayotgan ishlarning oshkoraligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.10. Sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda pensiya va nafaqa tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlarning asosligini, tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Komissiyaning ish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Komissiya majlislari zarur hollarda oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiya qaroridan norozilik tugʻilganda Pensiya jamgʻarmasi, ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiyaning vakil qilingan aʼzosining qarori boʻyicha esa Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiyaga shikoyat qilish mumkin.
(3.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 28-yanvardagi 4/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 431-1,17.02.2009-y.) tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 8-son, 86-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ijtimoiy sugʻurta komissiyasining nafaqalar tayinlash boʻyicha vakilining vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha vakil qilingan komissiya aʼzosi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish, bola tugʻilganlik, dafn marosimi boʻyicha (mazkur Nizomning 2.2-bandida aytib oʻtilgan hollardan tashqari) nafaqalarni tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiyaning ish yurituvchilik, shuningdek, ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqa tayinlash bayonnomalarini yozish ishlarini olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Tashkilotning hisob-kitob boʻlimiga nafaqa tayinlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarni hisoblash va toʻlash uchun taqdim etadi hamda 4-PJ hisobotini tayyorlashda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Korxona, tashkilot, muassasa jamoa xoʻjaligi, oʻquv yurtining ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisida”gi Nizomga quyidagi oʻzgarish hamda qoʻshimchalar kiritildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-dekabrdagi № 459-sonli qaroriga muvofiq “Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi” soʻzlari, Pensiya jamgʻarmasi soʻzlariga almashtirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy qoidalar boʻlimining 1,2-bandining ikkinchi soʻz boshidagi “raisi” soʻzi “vakili” soʻzi bilan almashtirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur boʻlimning 1,4-bandi, 1,3-bandi bilan oʻrni almashtirildi, bu bilan mazmun jihatidan bogʻlanish yaxshilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiya boʻlimining 2,3-band; 2,6; 2,7; 2,10; 2,11; 2,12; 2,13; 2,14-bandlari va 3,4; 3,5; 4,1 va 4,2-bandlari bekor qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandlardagi vazifalar Kasaba uyushmalari kengashi va Ijtimoiy taʼminot boʻlimlari xodimlari zimmasiga yuklatilgan qoʻllanma va buyruqlar mavjud boʻlgani uchun yuqorida koʻrsatilgan bandlar Nizomdan chiqarildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-dekabrdagi 459-sonli qarorida ham yuqorida bekor qilingan bandlardagi vazifalar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari Nizomda mavjud boʻlgan gramatik xatolar tuzatildi.