18.07.2024 yildagi PQ-266-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning xavfsiz va to‘siqlarsiz harakatlanishi uchun qulay muhit yaratish va mazkur sohaga yangicha yondashuvlarni joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2024-yil 1-oktabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsolidatsiyalashgan budjet mablag‘lari, davlat ishtirokidagi korxonalar mablag‘lari va boshqa markazlashtirilgan manbalar hisobidan, 2025-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlik subyektlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlar mablag‘lari hisobidan quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va ta’mirlanadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari loyihalarining texnik qismi nogironligi bo‘lgan shaxslarga sharoitlar yaratish bo‘yicha shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizadan o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasi mablag‘larining kamida 10 foizi chorrahalarda nogironligi bo‘lgan shaxslar (piyodalar) uchun xavfsiz va to‘siqsiz muhit yaratish bo‘yicha qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlariga yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda to‘siqsiz muhit yaratish bo‘yicha qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlari har yili 1-noyabrga qadar Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya (keyingi o‘rinlarda — Ijtimoiy inspeksiya) bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan chorrahalarni nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish dasturi asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2025-yil 1-yanvardan boshlab 1-ilovaga muvofiq faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya berishda obyektda shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘siqlarsiz muhit yaratilganligi bo‘yicha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Qurilish inspeksiyasi)ning xulosasini olish talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 1-noyabrga qadar keyingi yil uchun o‘zining hududidagi kamida bittadan ko‘chani nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish loyihasini ishlab chiqsin hamda uning qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-dekabrga qadar nogironligi bo‘lgan shaxslarning qulay va to‘siqlarsiz harakatlanishlari uchun shaharsozlik norma va qoidalari talablari asosida 2-ilovada keltirilgan ro‘yxatga muvofiq ko‘chalarni moslashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Transport vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda metro va avtobus bekatlari, chorrahalarni nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish uchun tegishli mablag‘lar ajratish bo‘yicha takliflarni kelgusi yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ijtimoiy inspeksiya Raqamli texnologiyalar vazirligi, Kadastr agentligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda 2026-yil 1-yanvarga qadar nogironligi bo‘lgan shaxslarning harakatlanishi uchun respublikaning barcha hududlarini qamrab oluvchi to‘siqlarsiz muhit yaratilgan obyektlarni aniqlash imkonini beruvchi “Interaktiv xarita” axborot tizimini ishga tushirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2024-yil 1-oktabrdan boshlab Toshkent shahri va xalqaro avtobusda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini, 2025-yil 1-yanvardan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlararo, shahar atrofi, tumanlararo (shaharlararo) avtobusda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun tenderlarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqsiz muhitni ta’minlovchi uskunalar bilan jihozlangan avtobuslarga ega bo‘lgan tashabbuskorlar ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur bandning “a” kichik bandida belgilangan talab kuchga kirguniga qadar tenderda g‘olib bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlararo, shahar atrofi, tumanlararo (shaharlararo) avtobusda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtobuslarni nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlarining 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha bo‘lgan qismi 2024-yil 1-noyabrdan boshlab Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtobuslarni nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish uchun ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qoplash shaklida taqdim etiladigan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash instrumentlari tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingidagi toifasidan qat’i nazar qonunchilik hujjatlarida belgilangan to‘liq miqdorlarda taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mazkur bandning “a” kichik bandida belgilangan talab kuchga kirganidan so‘ng Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlaridagi avtobus haydovchilari tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan jihozlar va imtiyozlardan doimiy foydalanilishi ta’minlanishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 2024-yil 1-avgustdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tuman (shahar) hokimlarining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi — qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri va uning tumanlari hokimlarining qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi — hokimning qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘zgartirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2024-yil 1-sentabrga qadar vazirlik va idoralar, ularning hududiy bo‘linmalari hamda tizim tashkilotlarida bir nafar rahbar o‘rinbosari nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratilishi bo‘yicha mas’ul etib belgilansin hamda uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi bo‘lgan xodimlar qulay va to‘siqlarsiz harakatlanishlari hamda mehnat qilishlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnat sharoitlarini yaratib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolarga kirish va chiqishda nogironligi bo‘lgan shaxslar qulay va to‘siqlarsiz harakatlanishi uchun sharoitlar yaratilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi bo‘lgan fuqarolarni qabul qilishda ularga qulayliklar yaratish uchun zarur mutaxassis va jihozlar bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarda qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilganda nogironligi bo‘lgan shaxslarga sharoitlar yaratish bo‘yicha shaharsozlik norma va qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar, ularning tizim tashkilotlari hamda davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar fuqarolar qabuli va sayyor qabullarni o‘tkazishda majburiy tarzda surdotarjimon ishtirokini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar, ularning tizim tashkilotlari hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha bir nafar xodimi surdotarjimonlik kurslarida o‘qitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning transportda harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida 2024-yil 1-oktabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar yo‘lovchi transportida I guruh nogironligi bo‘lgan shaxs va ularga hamrohlik qiluvchi bir nafar shaxsga bepul xizmat ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning shaxsiy avtotransport vositalarini moslashtirish xarajatlarining 50 foizi (bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha bo‘lgan miqdorda) Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ijtimoiy inspeksiya nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay muhit va to‘siqlarsiz harakat qilish imkoniyatlari yaratilganligini nazorat qiluvchi vakolatli organ etib belgilansin va unga quyidagi holatlar ustidan davlat nazoratini amalga oshirish yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlardan moneliksiz foydalanilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi bo‘lgan shaxslar qulay harakatlanishi uchun bino va inshootlarda, madaniy obyektlarda, chorrahalar, piyodalar uchun trotuarlar, yer usti yoki yer osti piyodalar o‘tish joylarida zarur sharoitlar yaratilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat transporti vositalari va fuqaro aviatsiyasi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan jihozlar bilan ta’minlanganligi va foydalanilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratilishi bo‘yicha mas’ullarga yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan hamda tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari doirasida g‘olib bo‘lgan takliflar bo‘yicha qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlashga tushgan bino va inshootlar, yo‘l va yo‘l infratuzilmasi obyektlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ijtimoiy inspeksiyaga o‘z vazifa va funksiyalarini amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2024-yil 1-oktabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rganish o‘tkazish davomida barcha nazorat obyektlariga moneliksiz kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona, muassasa va tashkilotlar, jamoat transport vositalarida nogironligi bo‘lgan shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan sharoitlarning yaratilganligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida mansabdor shaxslarga yozma ravishda ogohlantirish kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralarga o‘z vakolatlari doirasida bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi bo‘lgan shaxslarning bino-inshootlar, transport va axborot-kommunikatsiya vositalaridan to‘siqsiz foydalanishlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan qulayliklarni yaratish majburiyati bajarilmaganligi holatlari yuzasidan ma’muriy jazo choralarini qo‘llash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va ta’mirlanadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari loyihalarining texnik qismini nogironligi bo‘lgan shaxslarga sharoitlar yaratish bo‘yicha shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizadan o‘tkazmagan tashkilotlarning litsenziya yoki ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarini bekor qilish bo‘yicha vakolatli organga taqdimnoma kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilansinki, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy inspeksiyaga bino va inshootlar (yo‘l va yo‘l infratuzilmasi obyektlari) hamda jamoat transporti vositalari, aeroportlar va temir yo‘l vokzallarida nogironligi bo‘lgan shaxslarga xavfsiz, qulay va to‘siqsiz muhit yaratish va ish joylariga qo‘yiladigan qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan nazorat tadbirlarini ular boshlangandan so‘ng 24 soat ichida Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qilish orqali amalga oshirishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy inspeksiya tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va tekshirishlar yakuni bo‘yicha obyektlar (turarjoy obyektlari bundan mustasno) ularda nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqlarsiz harakatlanishi imkoniyati mavjudligini anglatuvchi maxsus belgilar bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda obyektlarni ushbu maxsus belgilar bilan jihozlash Ijtimoiy inspeksiya va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo kengashga (keyingi o‘rinlarda — Kengash) nogironligi bo‘lgan shaxslarning qulay va to‘siqlarsiz harakatlanishi uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi bo‘lgan shaxslarning qulay va to‘siqlarsiz harakatlanishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi bo‘lgan shaxslarning qulay va to‘siqlarsiz harakatlanishiga imkon beruvchi davlat dasturlariga kiritish uchun takliflar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi bo‘lgan shaxslarning axborot-kommunikatsiya xizmatlari va davlat xizmatlari, elektron va shoshilinch xizmatlardan erkin foydalanishlarini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash a’zolari tomonidan mazkur qarorning ijro etilishi holati yuzasidan tashkilotlarga yuklatilgan vazifalar doirasida har olti oyda kamida bir marotaba Kengashga hisobot berish va amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kengash a’zolari har yili o‘zlarining vazirlik va idoralariga tegishli bo‘lgan 2 tadan bino-inshootlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarning qulay va to‘siqlarsiz harakatlanishi uchun sharoitlar yaratilishini ta’minlasin va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har yili 1-dekabrga qadar Kengashga axborot bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash nogironligi bo‘lgan shaxslarning qulay va to‘siqlarsiz harakatlanishi uchun vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijalari bo‘yicha axborotni har yili 20-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Madaniyat vazirligi vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda madaniy-ommaviy va ko‘ngilochar-tomosha dasturlari (musiqiy festivallar, konsert, teatr, sport tadbirlari, xalq sayillari, milliy namoyishlar va boshqalar), shuningdek, umumxalq bayramlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar ishtirokini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-sentabrga qadar Ijtimoiy inspeksiyaning axborot tizimiga ulanish va foydalanish imkoniyati yaratiladigan vazirlik va idoralarning axborot tizimlari ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ijtimoiy himoya milliy agentligi to‘rt oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuniga mazkur qarorga 1-ilovada belgilangan faoliyat turlarini litsenziyalashda obyektda shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqlarsiz muhit yaratilganligi bo‘yicha Qurilish inspeksiyasining xulosasi olinishi bo‘yicha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga Ijtimoiy inspeksiya tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga doir o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun transport vositalarini qulay tarzda jihozlash xarajatlarini Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov, vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 18-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-266-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-266-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalarni olishda nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘siqlarsiz muhit yaratish talabi kiritilayotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FAOLIYAT TURLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Litsenziyaning nomi

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari

Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar

1.

Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyat uchun litsenziya

Maktabgacha ta’lim xizmatlari (bundan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xizmatlari mustasno)

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Umumiy o‘rta ta’lim xizmatlari

O‘rta maxsus ta’lim xizmatlari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Professional ta’lim xizmatlari

Oliy ta’lim xizmatlari

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim xizmatlari

Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash

Ichki ishlar vazirligi

2.

Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya

Bank faoliyati

Markaziy banki

3.

Kredit byurolari faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya

Kredit byurolari faoliyati

Markaziy banki

4.

Tibbiy faoliyat uchun litsenziya

Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

5.

Farmatsevtika faoliyati uchun litsenziya

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish (bundan oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish mustasno)

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-266-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning qulay va to‘siqlarsiz harakatlanishlari uchun shaharsozlik norma va qoidalari talablari asosida moslashtiriladigan namunaviy ko‘chalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar nomi

Ko‘chalar nomi

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Nukus shahri, T. Qaipbergenov ko‘chasi

2.

Andijon viloyati

Andijon shahri, Cho‘lpon ko‘chasi

3.

Buxoro viloyati

Buxoro shahri, Hofiz Tanish Buxoriy ko‘chasi

4.

Jizzax viloyati

Jizzax shahri, Sh. Rashidov ko‘chasi

5.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahri, Mustaqillik shox ko‘chasi

6.

Navoiy viloyati

Navoiy shahri, A.Temur ko‘chasi

7.

Namangan viloyati

Namangan shahri, B. Mashrab ko‘chasi

8.

Samarqand viloyati

Samarqand shahri, Rudakiy ko‘chasi

9.

Surxondaryo viloyati

Termiz shahri, A. Navoiy ko‘chasi

10.

Sirdaryo viloyati

Guliston shahri, A. Navoiy ko‘chasi

11.

Toshkent viloyati

Nurafshon shahri, Bobur ko‘chasi

12.

Farg‘ona viloyati

Farg‘ona shahri, Yuksalish ko‘chasi

13.

Xorazm viloyati

Urganch shahri, Tinchlik ko‘chasi

14.

Toshkent shahri

Toshkent shahri, Furqat va Bobur ko‘chalari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-266-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbasi

Mas’ul ijrochilar

1.

Davlat dasturlari doirasida rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlashga tushgan ko‘p kvartirali uylarni nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqsiz harakatlanishi uchun moslashtirish.

Ko‘p kvartirali uylarni ularning asosiy kirish yo‘laklaridan liftgacha bo‘lgan qismida nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqsiz harakatlanishi uchun belgilangan talablar asosida pandus bilan ta’minlash.

2024-yil 10-avgustdan boshlab doimiy ravishda

Davlat dasturlari uchun ajratiladigan mablag‘lar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2.

Monomarkazlarda imo-ishora muloqoti va surdotarjimonlik ko‘nikmasini shakllantirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qilish va o‘qitish grafigini tasdiqlash.

1. Monomarkazlarda vazirlik va idoralar xodimlari uchun imo-ishora muloqoti va surdotarjimonlik ko‘nikmasini shakllantirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qilish.

2. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda o‘quv kurslarini o‘tkazish grafigini tasdiqlash.

2024-yil sentabr-oktabr

Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

O‘zbekiston Karlar jamiyati,

O‘zbekiston nogironlar uyushmasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay va to‘siqsiz muhit yaratish bo‘yicha normativ-texnik bazani tizimlashtirish orqali mustahkamlash.

1. Jahon banki mablag‘larini jalb qilgan holda ilg‘or xorijiy tajriba asosida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay va to‘siqsiz muhit yaratish bo‘yicha universal loyihalashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2027-yil 1-oktabr

Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi

mablag‘lari,

Jahon banki granti

Ijtimoiy inspeksiya,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Universal loyihalashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatni amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish.

2028-yil 1-yanvar

4.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay va to‘siqsiz muhit yaratish uchun Jahon banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari va jamg‘armalari mablag‘larini jalb qilish.

1. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay va to‘siqsiz muhit yaratish maqsadida xalqaro moliya tashkilotlari va jamg‘armalar faoliyatini o‘rganish.

2024-yil 20-noyabr

-

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

2. Xalqaro moliya tashkilotlari va jamg‘armalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

2025-yil 1-iyun

3. Xalqaro moliya tashkilotlari va jamg‘armalardan mablag‘lar jalb qilish choralarini ko‘rish.

2025-yil mart — dekabr

5.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar imkoniyatlari va yutuqlarini keng targ‘ib qilish hamda kinofilmlar ssenariylarida ularning muntazam ishtirokini ta’minlash.

1. Nogironligi bo‘lgan shaxslar imkoniyatlari, ular erishgan yutuqlar to‘g‘risida videorolik va targ‘ibot materiallarini tayyorlab, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng targ‘ib qilish.

2. Kino mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun davlat buyurtmalari bo‘yicha e’lonlar talablariga ssenariyda majburiy ravishda nogironligi bo‘lgan shaxs ishtirokidagi epizodlar mavjud bo‘lishi bilan bog‘liq talab kiritish va tanlovlarda inobatga olish.

2024-yil 1-avgustdan boshlab doimiy ravishda

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida

Kinematografiya agentligi,

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

O‘zbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasi,

O‘zbekiston nogironlar uyushmasi

6.

Shahar yo‘lovchi transportidan bepul foydalanuvchi shaxslar toifasini qayta ko‘rib chiqish.

“Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil 15-oktabr

-

Transport vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Adliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

7.

Davlat organlari va tashkilotlariga qarashli binolarga kirish va chiqish, fuqarolarni qabul qilish joylari hamda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini (hojatxonalarni) nogironligi bo‘lgan shaxslarning erkin foydalanishi uchun moslashtirish.

1. Davlat organlari va tashkilotlariga qarashli binolarga kirish va chiqish, fuqarolarni qabul qilish joylari hamda sanitariya-gigiyena shoxobchalaridan (hojatxonalarni) nogironligi bo‘lgan shaxslarning erkin foydalanishi uchun SHNQ talablari asosida:

Davlat budjeti,

vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

tuman (shahar) hokimliklari

vazirlik va idoralar, ularning tizim tashkilotlari hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning markaziy apparatida;

2025-yil 1-yanvarga qadar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari va boshqa tizim tashkilotlarida;

2025-yil 1-iyunga qadar

tuman (shahar) bo‘limlarida sharoit yaratish.

2026-yil 1-yanvarga qadar

2. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning sanitariya-gigiyena shoxobchalaridan (hojatxonalardan) to‘siqsiz foydalanishlari uchun jihozlash dasturi bo‘yicha tegishli xarajatlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan moliyalashtirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilish bo‘yicha takliflar kiritish.

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududidagi 100 tadan, xususan 2024-yil yakuniga qadar 40 tadan va 2026-yil yakuniga qadar 60 tadan umumfoydalanishdagi hojatxonalarni nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqsiz foydalanishlari uchun jihozlash.

2024 — 2026-yillar

Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

8.

Zaif eshituvchi shaxslar uchun teatr spektakllarini tashkil etish.

1. “TIEK” axborot tizimi orqali zaif eshituvchi shaxslar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Har yili zaif eshituvchi shaxslar va ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim oluvchi o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan bitta spektakl sahnalashtirish.

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida zaif eshituvchi shaxslar uchun sahnalashtirilgan spektakl bepul namoyish etilishini tashkil qilish.

2025-yil 1-yanvardan boshlab har yili bir marta

Ijrochilar mablag‘lari

Madaniyat vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

9.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat oliy ta’lim muassasalarida to‘siqsiz harakatlanish va ta’lim olish imkoniyatini yaratish.

1. Davlat oliy ta’lim muassasalari bino-inshootlarini nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqsiz harakatlanishi va ta’lim olish imkoniyati mavjudligi yuzasidan xatlovdan o‘tkazish.

2024-yil 1-oktabr

Davlat oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

davlat oliy ta’lim muassasalari,

Ijtimoiy inspeksiya

2. Xatlov natijalariga ko‘ra davlat oliy ta’lim muassasalarining bino-inshootlarini rekonstruksiya qilish va jihozlash choralarini ko‘rish.

2026-yil 1-iyun

10.

Barcha monomarkazlarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqsiz muhit yaratish.

Monomarkazlarni nogironligi bo‘lgan shaxslar to‘siqsiz harakatlanishi va o‘qitilishi uchun moslashtirish.

2025-yil 1-mart

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

11.

Davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rasmiy veb-saytlaridan nogironligi bo‘lgan shaxslar erkin foydalana olishi uchun imkoniyat yaratish.

1. Davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rasmiy veb-saytlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kontrastni qo‘shish, shriftni kattalashtirish, ovoz jo‘rligi bo‘lgan asosiy funksiyalarning mavjudligini o‘rganish.

2. O‘rganish natijasi bo‘yicha mazkur veb-saytlarda ushbu funksiyalarni ishga tushirish choralarini ko‘rish.

3. Veb-saytlarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kontrastni qo‘shish, shriftni kattalashtirish, ovoz jo‘rligi bo‘lgan asosiy funksiyalarini ishga tushirish.

2025-yil 1-yanvar

Ijrochilar mablag‘lari

Vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

12.

“Qurilish obyektlarini nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” (SHNQ 2.07.02-22)shaharsozlik norma va qoidalari bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish hamda vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga yetkazilishini ta’minlash.

1. “Qurilish obyektlarini nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” (SHNQ 2.07.02-22) shaharsozlik norma va qoidalari bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish.

2024-yil 1-dekabr

Ijrochilar mablag‘lari

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Ijtimoiy inspeksiya

2. Ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanmani amaliyotda foydalanish uchun vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga yetkazish.

2025-yil 1-yanvar

13.

Bosh loyiha institutlarini jalb qilgan holda ijtimoiy soha obyektlari (ta’lim, sog‘liqni saqlash va davlat idoralari) bo‘yicha amaldagi shaharsozlik norma va qoidalari hamda xorijiy standartlar asosida imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘siqsiz va qulay muhitni ta’minlashga oid namunaviy loyiha qismini ishlab chiqish.

1. Imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘siqsiz va qulay muhitni ta’minlashga oid namunaviy loyiha qismini ishlab chiqish uchun bosh loyiha institutlarini jalb qilish.

2. Imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘siqsiz va qulay muhitni ta’minlashga oid namunaviy loyiha qismini ishlab chiqish va amaliyotda foydalanish uchun tarqatish.

2024-yil 1-dekabr

Ijrochilar mablag‘lari

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

14.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘siqsiz harakatlanish uchun sharoit yaratishning normativ-texnik bazasini takomillashtirish.

1. Metro, aeroport va vokzallarni nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘siqsiz harakatlanish uchun sharoit yaratish bo‘yicha texnik jihatdan tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqish.

2. Jamoat transporti hamda bino-inshootlarda, yo‘l va yo‘l infratuzilmasi obyektlarida audiovizual vositalar bilan jihozlash bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish hujjatlarini ishlab chiqish.

3. Jahon talablarini o‘rgangan holda taktil qoplamalarini va chaqiruv tugmalarini o‘rnatish bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish hujjatlarini ishlab chiqish.

2025-yil 1-yanvar

Mablag‘ talab etilmaydi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Transport vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Ijtimoiy inspeksiya

15.

Jahon talablarini o‘rgangan holda taktil qoplamalarini ishlab chiqish va foydalanish bo‘yicha standartlarni ishlab chiqish.

1. Taktil qoplamalarni ishlab chiqish va foydalanish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish.

2. Taktil qoplamalarini ishlab chiqish va foydalanish bo‘yicha standartlarni ishlab chiqish.

2025-yil 1-yanvar

Mablag‘ talab etilmaydi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Ijtimoiy inspeksiya

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-255-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-266-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy inspeksiyaning axborot tizimiga ulanish va foydalanish imkoniyati yaratiladigan vazirlik va idoralarning axborot tizimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi — “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Transport vazirligi — “Shaffof yo‘l” axborot tizimi, yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini ochiq tenderlar orqali tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha elektron axborot tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi — “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ichki ishlar vazirligi — “E-ma’muriy ish” axborot tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Soliq qo‘mitasi — “Soliq” axborot tizimlari kompleksi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi — “emaktab” platformasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi — “Pensiya” axborot tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kadastr agentligi — ko‘chmas mulk obyektlari va ularga bo‘lgan huquqlar to‘g‘risida, shuningdek, huquq egalari haqidagi ma’lumotlardan iborat yagona axborot ma’lumotlar bazasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Adliya vazirligi — “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Toshkent shahri hokimligi — “Xalq nazorati” (xalqnazorati.uz) platformasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-266-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-190-son qarorining 7-bandi quyidagi mazmundagi o‘n yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning xavfsiz va to‘siqsiz harakatlanishi uchun chorrahalarni ovozli aqlli svetoforlar, taktil qoplamalar, piyodalar o‘tish yo‘lagidagi tasmalar, rezina panduslar, ko‘cha modul to‘siqlari, maxsus yo‘l belgilar bilan jihozlashni moliyalashtirish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomga 3-ilovaning 1-bandi to‘qqizinchi xatboshisi “shtat lavozimlaridagi” so‘zlaridan keyin “shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning tizim tashkilotlaridagi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida namunaviy nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 56-band quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat organlari va tashkilotlarida fuqarolar qabuli va sayyor qabullarni o‘tkazishda majburiy tarzda surdotarjimon ishtiroki ta’minlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 57-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolarni qabul qilish uchun ajratilgan xonalar barcha shaxslar, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarning harakatlanishi uchun qulay tarzda jihozlanadi, shuningdek, binoga kirish va chiqish hamda sanitariya-gigiyena shoxobchalaridan erkin foydalanish uchun to‘siqsiz muhit yaratiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tartibotlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 579-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-ilovaning 1, 4, 5 va 13-bandlari “zilzilabardoshlik” so‘zidan keyin “nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘siqsiz muhit yaratilganligi,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 6-ilovaning 5-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

5.

Obyektlar loyihalarining zilzilabardoshlik, nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘siqsiz muhit yaratilganligi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha berilgan ekspertiza xulosalari***

ish hajmi (m2) dan BHM 2 %

ish hajmi (m3) dan BHM 1,5 %

ish hajmi (pm) dan BHM 1 %

.

Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 07/24/266/0533-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)