Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 24-apreldagi 349-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-sentabrdagi 460-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 24-apreldagi 349-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
akkreditatsiya obyekti tushunchasini akkreditatsiya uchun ariza beruvchi va akkreditatsiya qilingan subyekt tushunchalariga ajratish;
akkreditatsiyadan oʻtkazilgan muvofiqlikni baholash organlari, metrologiya xizmatlari davlat reyestri oʻrniga Milliy akkreditatsiya tizimi reyestrini joriy qilish;
inspeksiya nazorati tushunchasi oʻrniga davriy baholash tushunchasini kiritish.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.R. Jumanazarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 2-iyul,
372-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 24-apreldagi 349-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-band va 3-bandning uchinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “DUK” abbreviaturasi “davlat muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 4-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “inspeksiya nazoratida” soʻzlari “davriy baholashdan oʻtkazishda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 349-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/349/0660-son)
4. 2-ilova nomlanishidagi “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi “Akkreditatsiya markazi” DUKning” soʻzlari “Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son; 01.07.2026-y., 09/26/349/0660-son)