1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Moliyalashtirish manbalari | Ijro uchun masʼullar |
I. Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti faoliyatini tashkil etish | |||||
1. | Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) faoliyatini tashkil etish. | 1. Universitet ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish. 2. Universitetning tashkiliy tuzilmasi, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash. | 2024-yil sentabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Universitet |
2. | Universitet fakultetlari va kafedralari faoliyatini tashkil etish. | 1. Tajribali mutaxassislar, pedagog xodimlar va olimlardan iborat ishchi guruh tuzish. | 2024-yil avgust | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet |
2. Kadrlar buyurtmachilari talablariga mos tashkil etilishi zarur boʻlgan kafedralar roʻyxatini shakllantirish. | 2024-yil avgust | ||||
3. Kafedralarni zarur oʻquv-uslubiy va meʼyoriy-uslubiy hujjatlar bilan taʼminlash. | 2024-yil avgust | ||||
4. Kafedralarning professor-oʻqituvchilar tarkibini shakllantirish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 2024-yil sentabr | ||||
3. | Universitetni tajribali va yuqori malakali mutaxassislar (pedagog xodimlar) bilan toʻldirish. | 1. Xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislarni (pedagog xodimlarni) belgilangan tartibda ochiq tanlovlar asosida saralab olish. | 2024-yil avgust | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Musayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Abduraxmonov), Universitet |
2. Mehnat qonunchiligi talablari asosida pedagog xodimlarni ishga qabul qilish va mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish. | 2024-yil sentabr | ||||
3. Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining shtatlar soni maqbullashtirilishi natijasida ishdan boʻshatiladigan professor-oʻqituvchilar, ishchi va xizmatchilarni belgilangan tartibda ish bilan taʼminlash choralarini koʻrish. | 2024-yil sentabr | ||||
II. Universitetda oʻquv jarayonini tashkil etish, taʼlim sifatini taʼminlash, yangi pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini joriy etish | |||||
4. | Taʼlim jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor taʼlim texnologiyalari va oʻqitish metodikalarini joriy etish. | 1. Bitiruvchilarda zamonaviy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan malaka talablari va fan dasturlarini ishlab chiqish maqsadida ish beruvchilar takliflari hamda birinchi 300 talik roʻyxatga kirgan oliy taʼlim muassasalari dasturlarini tahlil qilish. | 2024-yil avgust | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet |
2. Ish beruvchilar takliflari va birinchi 300 talik roʻyxatga kirgan oliy taʼlim muassasalari dasturlari asosida taʼlim yoʻnalishlari fanlar katalogini maqbullashtirish. | 2024-yil avgust | ||||
5. | Mashgʻulotlar boʻyicha talabalar fikrini oʻrganish (feedback) hamda oʻzaro tashrif (peer review) tizimini rivojlantirish. | 1. Mashgʻulotlar boʻyicha talabalar fikrini oʻrganishga qaratilgan elektron platformani ishga tushirish. | 2025-yil sentabr | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet |
2. Mashgʻulotlar boʻyicha talabalar fikrini oʻrganish tahlili asosida tegishli chora-tadbirlarni belgilash. | 2025/2026 oʻquv yili | ||||
6. | Taʼlimning zamonaviy pedagogik texnologiyalari va metodlaridan foydalanish samaradorligini oshirish. | 1. Taʼlim jarayonini innovatsion taʼlim texnologiyalari asosida tashkil etish. | 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet |
2. Taʼlim mazmunini kreativ fikrlash, innovatsion gʻoya va ishlanmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi taʼlim texnologiyalari bilan boyitish. | 2024-yil sentabr | ||||
7. | Oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish va joriy etish hamda Axborot-resurs markazi fondini muntazam yangilab borish. | 1. Oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratishga jalb qilinadigan professor-oʻqituvchilar uchun moddiy va maʼnaviy taʼminot asoslarini yaratish. | 2024-yil oktabr | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet |
2. Darslik va oʻquv qoʻllanmalarni, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni nashr qilish uchun Universitet xarajatlari smetasida muntazam ravishda zarur mablagʻlarni nazarda tutish. | 2025-yil aprel | ||||
3. Universitet taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini yangi avlod oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash maqsadida Tahririy nashriyot boʻlimi faoliyatini tashkil etish, bosmaxonaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va zamonaviy bosma jihozlar bilan taʼminlash. | 2026-yil dekabr | ||||
8. | Amaliy va sayyor mashgʻulotlarni oʻtkazishni kengaytirish orqali talabalarning amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish. | 1. Talabalarning amaliyotini Universitet bilan mustahkam aloqalar oʻrnatilgan ijtimoiy, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish muassasalarida tashkil etish. | 2025-yil aprel | Universitetning mazkur maqsadlar uchun koʻzda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet |
2. Kadrlar isteʼmolchilari bilan aloqalarni mustahkamlash, talabalar amaliyotini samarali tashkil etish va monitoring qilishni yanada takomillashtirish. | 2025-yil may | ||||
9. | Hamkor tashkilotlarda kadrlar tayyorlovchi kafedralar filiallarini tashkil etish. | 1. Universitetning taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan tashkilot va korxonalarda Universitet kafedralarining filiallarini tashkil etish. | 2025-yil sentabr | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet, hamkor tashkilotlar |
2. Kafedralar filiallarida mashgʻulotlar oʻtkazgan hamda malakaviy amaliyot ishlariga rahbarlik va maslahatchilik qilgan xodimlarga Universitet tomonidan soatbay ish haqi toʻlash tartibini joriy etish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | ||||
10. | Texnika sohasiga oid 2 ta taʼlim yoʻnalishini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish. | 1. Ichki va tashqi taʼlim sifatini taʼminlashda xorijiy tajribani oʻrganish. | 2024-yil sentabr | Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet |
2. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha shartnomalar tuzish. | 2024-yil noyabr | ||||
3. Xorijiy ekspertlar ishtirokida ichki va tashqi sifatni taʼminlash boʻyicha tegishli taʼlim dasturlarini xalqaro taʼlim talablariga moslashtirish. | 2025-yil mart | ||||
4. Xalqaro taʼlim talablariga moslashtirilgan taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish. | 2026-yil dekabr | ||||
11. | Universitet professor-oʻqituvchilarining kasbiy mahoratini oshirib borish, jumladan, xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tajriba oshirishlarini tashkil etish. | 1. Universitet professor-oʻqituvchilarining 2024 — 2027-yillarda xorijda malaka oshirish va stajirovka oʻtash rejasini ishlab chiqish. | 2024-yil noyabr | Universitetning budjetdan tashqari va grant mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet |
2. Har yili kamida 10 nafar professor-oʻqituvchilarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy taʼlim muassasalariga malaka oshirishga yuborish. | 2025 — 2027-yillar | ||||
3. Professor-oʻqituvchilar uchun xorijiy ilmiy markazlar va oliy taʼlim muassasalarida, shuningdek, korxonalarda stajirovkalar tashkil etish. | Doimiy | ||||
12. | Universitet oʻquv jarayonlariga xorijdan professor-oʻqituvchilar hamda soha mutaxassislarini jalb qilish. | 1. Yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari professor-oʻqituvchilarini oʻquv jarayoniga jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2024-2025-yillar | Universitetning budjetdan tashqari va grant mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet |
2. Oʻzaro hamkorlik asosida xorijiy oliygoh va ilmiy-tadqiqot muassasalarining oʻqituvchilarini oʻquv jarayonlariga jalb etish. | 2024 — 2027-yillar | ||||
13. | Universitet professor-oʻqituvchilarining soha yoʻnalishi boʻyicha respublikadagi ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka oʻtashini tashkil etish. | 1. Soha yoʻnalishi boʻyicha respublikadagi ishlab chiqarish korxonalarida professor-oʻqituvchilarning stajirovka oʻtashini tashkil etish boʻyicha dastur ishlab chiqish. | 2024-yil oktabr | Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet |
2. Professor-oʻqituvchilarning respublikadagi ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka oʻtashini tashkil etish. | 2025 — 2027-yillar | ||||
14. | Universitetni nufuzli xalqaro reyting tashkilotlariga kirishga tayyorlash. | 1. Universitetni nufuzli xalqaro reyting tashkilotlariga kiritish boʻyicha besh yillik chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | 2024-yil sentabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet |
2. Universitetni nufuzli ilmiy-texnik bazalarda oʻz profiliga ega boʻlishini taʼminlash. | 2024-yil oktabr | ||||
3. Universitetni nufuzli xalqaro reyting tashkilotlariga kiritish boʻyicha chora-tadbirlar rejasida belgilangan maqsadli parametrlar ijrosini monitoring qilib borish. | 2024 — 2027-yillar har olti oyda | ||||
4. Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarida Universitet profilini ochish. | 2024-yil dekabr | Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari | |||
5. Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlari masʼullari ishtirokida Universitet faoliyatini tahlil qilish. | 2025-yil mart | ||||
15. | Universitet talabalarini bevosita ishlab chiqarish amaliyotiga keng jalb qilish hamda ularda amaliy koʻnikmalarni shakllantirish. | 1. Talabalarning amaliyotlarini maqsadli tashkil etish maqsadida ularni asosiy ish beruvchi korxona va tashkilotlarga biriktirish. | Har yili oktabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet |
2. Taʼlim shaklidan qatʼi nazar tegishli taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha talabalar amaliyotlarini tarmoq (soha)ning muayyan tashkilotlari va korxonalarida kelishuv (shartnoma) asosida tizimli ravishda oʻtkazilishini taʼminlash. 3. Talabalarning amaliyotni oʻtash davrida muayyan tashkilotlar va korxonalarda mavjud boʻsh ish oʻrinlariga ishga joylashishlariga koʻmaklashish. | 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab | ||||
16. | Universitet tasarrufidagi akademik litseyda taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish choralarini koʻrish. | 1. Akademik litsey uchun ikki yillik tizimga moslashtirilib chuqurlashtirilgan fanlar boʻyicha yaratilgan darslik va adabiyotlarni aprobatsiyadan oʻtkazish va chop etishga tayyorlash. 2. Aprobatsiyadan oʻtgan va chop etishga tayyorlangan darsliklarni chop etish. | 2025-yil iyul-avgust | Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet |
3. Universitet tasarrufidagi akademik litsey oʻquv dasturlarini ilgʻor xorijiy dasturlar asosida takomillashtirish. | 2025/2026 oʻquv yiliga qadar | ||||
III. Universitetning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda ilmiy ishlar natijadorligini taʼminlash | |||||
17. | Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutini tizimli tashkil etish. | 1. Universitetning ilmiy salohiyatini yilma-yil oshirib borish maqsadida oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutini tizimli tashkil etish uchun qishloq xoʻjaligi ixtisosliklari boʻyicha tayanch doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. 2. Universitet tadqiqotchilarini xorijiy oliy taʼlim muassasalariga maqsadli doktoranturaga oʻqishga yuborish. | 2025-yildan boshlab | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet |
18. | Universitet professor-oʻqituvchilari, ilmiy-tadqiqotchilari va talabalarining innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tashabbuskorligini oshirish. | Universitetda innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tadqiqotchilarning tashabbuskorligini va moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida “Spin-off” shartlari asosida “Kichik innovatsion korxonalar” tashkil etish. | 2025-yil dekabr | - | Universitet, Surxondaryo viloyati hokimligi (Qosimov) |
19. | Professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilarni ilmiy stajirovkalarini tashkil etish orqali ilmiy ishlar koʻlamini oshirish. | 1. Universitet professor-oʻqituvchilari, ilmiy-texnik va muhandis xodimlarini respublikada va xorijiy davlatlarning yetakchi taʼlim muassasalarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida stajirovkalarini tashkil etish. 2. Iqtisodiyot tarmoqlarida, kooperatsiyalarda, yirik ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka oʻtash boʻyicha dasturlar tayyorlash va amalga oshirish. | 2025-yildan boshlab | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Universitet, Innovatsion rivojlanish agentligi (Rajabboyev), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (Bekmurodov) |
20. | Professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilarning ilmiy faoliyatini kengaytirish maqsadida ragʻbatlantirish tizimini joriy qilish. | 1. Universitetda “Xirsh” indeksi (h-indeks) yuqori boʻlgan professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilarni ragʻbatlantirish tizimining meʼyoriy-huquqiy asosini ishlab chiqish. 2. “Xirsh” indeksi (h-indeks) yuqori boʻlgan olimlar, professor-oʻqituvchi va tadqiqotchilarning ustamalar miqdorini “Xirsh” indeksi (h-indeks): 5 dan 9 gacha boʻlsa 20 foiz; 10 va undan yuqori boʻlsa 30 foiz etib belgilashni nazarda tutuvchi tizimni joriy qilish. | 2025-yil yanvar | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet |
21. | Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga, ilgʻor xorijiy texnologiyalarni sinash va joriy etishga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib borish. | 1. Universitet kafedralarining ilmiy tadqiqotlari yoʻnalishlarini belgilash, grantlar jalb etishni va xoʻjalik shartnomalarini bajarishni tashkil etish. 2. Tarmoq korxonalarining muammolari boʻyicha mavzular bazasini shakllantirish. 3. Tarmoq korxonalari bilan xoʻjalik shartnomalarini tuzish va loyihalarni bajarish. | 2025-yildan boshlab | Hududdagi tarmoq korxonalarining mablagʻlari | Universitet, Surxondaryo viloyati hokimligi (Qosimov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
22. | Universitetda davlat ilmiy dasturlari doirasida olib borilayotgan loyihalar va tadqiqotlarning natijadorligini oshirish. | 1. Davlat ilmiy dasturlari doirasida tadqiqotlar mavzularini hududiy va ishlab chiqarish sohalari muammolarini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqish. 2. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish uchun loyiha va takliflar kiritib borish. | 2025-yildan boshlab | Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Universitet, Innovatsion rivojlanish agentligi (Rajabboyev) |
23. | Universitetda talabalarning ilmiy-ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish. | 1. Universitetda iqtidorli talabalarni saralab olish va ilmiy-tadqiqot ishlariga yoʻnaltirish. 2. Universitetning tajribali professor-oʻqituvchilariga talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish uchun biriktirish. 3. Ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etgan talabalarni ragʻbatlantirib borish. | 2025-yildan boshlab | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet |
IV. Universitetda maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish | |||||
24. | Universitetda talabalar oʻrtasida atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng targʻib qilish, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida Adiblar xiyobonini tashkil etish. | 1. Universitet hududida Adiblar xiyoboni uchun joy ajratish va xiyobon loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil fevral | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet |
2. Xiyobonda adiblar haykallarini oʻrnatish va ijodkor yoshlarni birlashtiradigan, doimiy ravishda turli festivallar, tadbirlar oʻtkazish uchun barcha sharoitlarga ega koʻrkam maskanga aylantirish. | 2025-yil mart | ||||
3. Universitet Adiblar xiyobonida turli tadbirlar va festivallar oʻtkazish. | Reja asosida | ||||
25. | Xalq eʼtirofi va el ardogʻidagi sanʼatkor, shoir, yozuvchi, olim, davlat va jamoat arboblari bilan talabalar uchrashuvlarini tashkil etish. | 1. Xalq eʼtirofi va el ardogʻidagi sanʼatkor, shoir, yozuvchi, olim, davlat va jamoat arboblari roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil mart | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet |
2. Shakllantirilgan roʻyxatga muvofiq, seminar, ochiq muloqot va boshqa tadbirlarni, shu jumladan masofaviy tarzda tashkil qilish. | Reja asosida | ||||
26. | Talabalarda oʻzlikni anglash, milliy iftixor tuygʻularini shakllantirish maqsadida Universitet faoliyati, buyuk ajdodlarimiz tarixi va muhandislik, texnologiyalarga oid muzey faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Muzey faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha nizom va chora tadbirlar dasturini ishlab chiqish. | 2025-yil yanvar | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet |
2. Muzey faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun xona ajratish. 3. Muzey uchun ajratilgan xonalarni zarur jihozlar bilan taʼminlash. | 2025-yil fevral | ||||
27. | Romanlar, hikoyalar va kinofilmlar orqali yoshlar ongida xalq qahramonlari haqida chuqur tasavvur uygʻotish maqsadida targʻibot-tashviqot ishlarini keng yoʻlga qoʻyish. | 1. Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Najmiddin Kubro, jadid bobolarimiz, Ikkinchi jahon urushi davrida oʻz jonini fido qilgan qahramonlarning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan ijodiy kechalar va uchrashuvlarni tashkil etish. | 2025-yil yanvar | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet |
2. Talabalarning teatr va muzeylarga tashrifini tashkil etish. 3. Talabalar uchun filmlar namoyishini tashkil etish. | Reja asosida | ||||
V. Universitet moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | |||||
28. | Termiz tumani, “Yangi Oʻzbekiston” massivi “Yangiobod” mahallasida Termiz davlat pedagogika instituti uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 1000 oʻringa moʻljallangan talabalar turar joyini barpo etish. | 1. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 1000 oʻringa moʻljallangan talabalar turar joyini barpo etish konsepsiyasini ishlab chiqish. | 2025-yil oktabr | Tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari, Davlat budjetidan mazkur maqsadlarga ajratilgan subsidiyalar | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova), Termiz davlat pedagogika instituti |
2. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 1000 oʻrinli talabalar turar joylarini qurish ishlarini amalga oshirish. | 2025-2026-yillar | ||||
29. | Termiz tumani, “Yangiobod” mahallasi, At-Termiziy koʻchasi, 1-a-uy manzilida joylashgan Termiz davlat pedagogika institutining bino va inshootlarini kapital taʼmirlash. | 1. Bino va inshootlarini kapital taʼmirlash boʻyicha loyiha smeta hujjatlarini ishlab chiqish. | 2025-yil dekabr | Oliy taʼlim muassasasining budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Termiz davlat pedagogika instituti |
2. Bino va inshootlarini kapital taʼmirlash ishlarini amalga oshirish. | 2026-yil dekabr | ||||
VI. Universitet faoliyatini raqamlashtirish va taʼlim jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish | |||||
30. | Universitet kampusi va ulardagi bino-inshootlarning AKT infratuzilmasini takomillashtirish. | 1. Universitetning AKT infratuzilmasi holatini xatlovdan oʻtkazish. | 2024-yil sentabr | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Universitet |
2. Xatlov natijalariga koʻra talab etiladigan qurilmalarni xarid qilish. | 2024-yil noyabr | ||||
3. Universitet binolarini optik tolali aloqa liniyalari orqali yuqori tezlikdagi internetga ulash. 4. Universitet serverlarini uzluksiz zaxira elektr manbai bilan taʼminlash. | 2024-yil dekabr | ||||
31. | Universitet faoliyatiga boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini qoʻllash. | 1. “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi (NEMIS)”ni oʻrnatish sozlash va ishga tushirish. | 2024-yil avgust | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet |
2. Axborot tizimiga Universitetning tuzilmasi, professor-oʻqituvchilar, xodimlar hamda talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq kiritilishini taʼminlash. | 2024-yil sentabr | ||||
3. Universitet veb-saytini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish. | 2024-yil oktabr | ||||
32. | Talabalarga onlayn usulda shartnomalar olish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish. | 1. Universitet uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “billing.edu.uz” axborot tizimida alohida profil yaratish. | 2024-yil sentabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet |
2. Talabalarga shartnomalarni onlayn taqdim etish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish. | 2024-yil sentabr | ||||
2-ILOVA
|
T/r |
Obyektning nomi |
Manzili |
Egallagan maydoni, (m2) |
Kadastr raqami |
Balansda saqlovchi |
|
I. Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetiga oʻtkaziladigan bino va inshootlar |
|||||
|
1. |
1-sonli oʻquv binosi |
Termiz shahri, “Guliston” MFY, I. Karimov koʻchasi, 288 a-uy |
45 868 |
19:15:01:03:10:0625 |
Termiz muhandislik-texnologiya instituti |
|
2. |
2-sonli oʻquv binosi |
Termiz shahri, “Guliston” MFY, I. Karimov koʻchasi, 284-uy |
28 364 |
19:15:01:03:10:1128 |
Termiz muhandislik-texnologiya instituti |
|
3. |
Tajriba sinov uchastkasi |
Termiz tumani, “Yangiobod” MFY |
101 140 |
19:11:000239522 |
Termiz muhandislik-texnologiya instituti |
|
4. |
Oʻquv poligoni (Ustaxona binosi 4 000 m2 yer maydoni bilan birga tuman tibbiyot birlashmasiga oʻtkazilgan) |
Qumqoʻrgʻon tumani, “Nurli diyor” MFY |
26 962 |
19:07:02:01:03:0859 |
Termiz muhandislik-texnologiya instituti |
|
5. |
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti huzuridagi “Axborot-maslahat markazi (Extension center)” DUK |
Termiz tumani, “Yangiobod” MFY |
192 472 74 396 83 822 |
19:11:000002458 19:11:000239529 19:11:000002459 |
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
6. |
Maʼmuriy oʻquv binosi va talabalar turar joyi |
Termiz shahri, “Guliston” MFY, I. Karimov koʻchasi, 288 b-uy |
31 533 |
19:15:41:02:01:0107 |
Termiz davlat pedagogika instituti |
|
II. Termiz davlat pedagogika institutiga oʻtkaziladigan bino va inshootlar |
|||||
|
7. |
Institut hududi, 1 va 2-sonli oʻquv binolari, 1 va 2-sonli talabalar turar joylari binolari |
Termiz tumani, “Yangiobod” MFY, At-Termiziy koʻchasi, 1 a-uy |
42 000 |
19:11:01:01:06:0298 |
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
8. |
Talabalar turar joyi barpo etish uchun ajratilgan yer maydoni |
Termiz tumani, “Yangiobod” MFY |
3 000 |
Surxondaryo viloyati hokimining 21.11.2023-yildagi 587-8-0-Q/23-son qarori |
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |