16.07.2024 yildagi 424-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qurilish sohasidagi litsenziyalash tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 9-yanvardagi PF-8-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, shaharsozlik faoliyatida byurokratik toʻsiqlarni kamaytirish hamda tadbirkorlik subyektlariga qoʻshimcha qulaylik va yengilliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalashtirish va qurilishning ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish muddatlarini qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan xulosa berish asoslari hamda mezonlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy ish joyida faoliyat yuritishi lozim boʻlgan mutaxassislarning soha boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi talabini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV toifadagi obyektlarning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatiga litsenziya olishning talab va shartlarida ish stajlari hamda mutaxassislar soni qisqartirishni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talab va shartlari qoʻpol ravishda buzilishi oqibatida litsenziyasi bekor qilingan yuridik shaxslarning bir yil muddatga qayta litsenziya olishini taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar va inshootlarning texnik holatini tekshirish kichik faoliyat turi bilan shugʻullanishda talab etiladigan maxsus oʻlchov vositalari va asbob-uskunalariga aniqlik kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim obyektlarning xavf-xatar toifalari tasnifiga aniqlik kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ayrim faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxslarga (litsenziatga) mazkur qaror bilan belgilangan litsenziya talab va shartlari 2024-yil 1-noyabrdan eʼtiboran tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Litsenziya” axborot tizimida davlat xizmatlarini koʻrsatishni mazkur qarorga muvofiq kiritilayotgan oʻzgartirishlarga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 16-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
424-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-iyuldagi 424-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-avgustdagi 496-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlarda davlat qurilish nazoratini amalga oshirish boʻyicha maʼmuriy reglamentga 2-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1.4-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.4

Fotoelektr stansiyasi

quvvati 500 kVt.gacha

II

quvvati 500 kVt.dan quvvati 1 MVt gacha

III

quvvati 1 MVt dan yuqori

IV

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 14.1 — 14.4-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

14.1

Kottejlar, shu jumladan, yakka tartibda quriladigan uy-joylar

ikki qavatgacha, (ikkinchi qavat ham kiradi, tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan past va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrgacha

I

ikki qavatdan yuqori (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq

II

14.2

Villalar, dala hovlilar

14.3

Kam qavatli uy-joylar, yotoqxonalar

5 qavatgacha (5-qavati ham)

II

14.4

Oʻrta qavatli uy-joylar, yotoqxonalar

6 dan — 12 qavatgacha

III

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 14.10-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

14.10

Dala hovlilar, uy-bogʻchalar

(1 qavatli vaqtincha uy-joylar)

I

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 15.1 — 15.3-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

15.1

Maktabgacha taʼlim muassasalari

1000 oʻringacha

II

1000 oʻrindan ortiq

III

15.2

Umumtaʼlim maktablari, maktab-internatlar, shu jumladan, qoʻshimcha oʻquv bloklari

1000 oʻringacha

II

1000 oʻrindan ortiq

III

15.3

Litseylar, kasb-hunar taʼlimi muassasalari

1000 oʻquvchi oʻringacha

II

1000 oʻquvchi oʻrindan ortiq

III

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Izoh. Obyektlar qaytadan qurilganda yoki rekonstruksiya qilinganda, yangi rejalashtirilgan obyektlar toifasi qoʻllaniladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-pozitsiyaning uchinchi ustunidagi “10 kun” soʻzlari “7 ish kuni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-pozitsiyaning uchinchi ustunida:

quyidagi mazmundagi birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Litsenziyaning talab va shartlariga rioya etilmasligi oqibatida litsenziyasi sud orqali bekor qilingan litsenziya talabgoriga sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir yil ichida mazkur Pasportda nazarda tutilgan litsenziyalanadigan faoliyat turlari boʻyicha litsenziya olish taqiqlanadi”;

birinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;

8-pozitsiyaning uchinchi ustunidagi “20 kun” soʻzlari “10 ish kuni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-pozitsiyaning uchinchi ustunida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Litsenziyaning talab va shartlariga rioya etilmasligi oqibatida litsenziyasi sud orqali bekor qilingan litsenziya talabgoriga sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir yil ichida mazkur Pasportda nazarda tutilgan litsenziyalanadigan faoliyat turlari boʻyicha litsenziya olish taqiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-pozitsiyaning uchinchi ustunida:

“b” kichik banddagi “loyihalashtirishda” soʻzi “loyihalashtirish yoki qurishda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v” va “g” kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v) xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish uchun zarur boʻlgan himoya va texnika vositalariga egalik yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) litsenziya talabgori (litsenziat) shtatidagi asosiy ish joyi boʻyicha ishlovchi kamida 1 nafar mutaxassisning soha boʻyicha tegishli sertifikatini taqdim etishi lozim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“d) litsenziya talabgori (litsenziat) va sugʻurtalovchi oʻrtasida tuzilgan xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya sodir boʻlganda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-pozitsiyaning uchinchi ustunidagi “20 kun” soʻzlari “14 ish kuni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-pozitsiyaning uchinchi ustunida:

“b” kichik banddagi “5 nafar” soʻzlari “4 nafar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v” kichik band “yer osti boyliklari” soʻzlaridan keyin “sanoat xavfsizligi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“g” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“g) kamida 10 nafar mutaxassis, shu jumladan, soha boʻyicha oliy maʼlumotga va 3 yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan kamida 5 nafar (obyektning turiga qarab) bosh muhandis, bosh energetik, texnik-ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻi, qurilishda ish yurituvchi (prorab), montajchi, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi mutaxassisi, ichki nazoratchi kabi mutaxassislar ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi boʻyicha, qolgan 5 nafar mutaxassislar oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga ega boʻlgan asosiy ish joyi yoki oʻrindoshlik asosida elektr montyor, ekolog kabi mutaxassislar mavjud boʻlishi*”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“d” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“d) asosiy ish joyi boʻyicha kamida 1 nafar mutaxassisning soha boʻyicha tegishli sertifikati hamda yuridik shaxsning muhandislik asbob-uskunalari va zarur texnika vositalarining mavjud boʻlishi.*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energetika obyektlari boʻyicha (sertifikat talab etilmaydi) elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari boʻyicha bilimlar sinovidan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnomaga ega boʻlishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organ litsenziat xodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi maʼlumotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan oʻzi mustaqil oladi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi “e” kichik band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“e) litsenziya talabgorida (litsenziat) sugʻurtalovchi bilan tuzilgan xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya sodir boʻlganda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi mavjudligi*”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-pozitsiya uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Litsenziyaning talab va shartlariga rioya etilmasligi oqibatida litsenziyasi sud orqali bekor qilingan litsenziya talabgoriga sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir yil ichida mazkur Pasportda nazarda tutilgan litsenziyalanadigan faoliyat turlari boʻyicha litsenziya olish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot tarkibida loyihalar bosh arxitektor va loyiha bosh muhandislarining mavjud boʻlishi bajariladigan ishlarning xususiyati bilan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-pozitsiyaning uchinchi ustunida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b” kichik band “soha boʻyicha” soʻzlaridan keyin “oliy” soʻzi bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v” kichik band “foydalanishga qabul qilingan obyektlarning” soʻzlaridan keyin “dalolatnoma nusxalari hamda” soʻzlari bilan toʻldirilsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“g” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“g) litsenziya talabgori IV toifadagi obyektlarning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatiga litsenziya olish uchun qoʻshimcha ravishda oʻntadan kam boʻlmagan III toifadagi obyektlar qurilishi yuzasidan loyihalashtirish boʻyicha tegishli vakolatga ega boʻlgan ekspertiza organlari bergan xulosalar nusxalari, ushbu qurilishi tugallangan va foydalanishga qabul qilingan obyektlarning dalolatnoma nusxalari hamda mualliflik nazorati daftarlarini taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya talabgori (litsenziat) shtatidagi xodimlarning tegishli sertifikatlarini taqdim etishi lozim.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-pozitsiyaning uchinchi ustunida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b) yuridik shaxsning shtatida quyidagi mutaxassislarning mavjud boʻlishi:*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy ish joyida ishlashi lozim boʻlgan mutaxassislar soha boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi;*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarning murakkablik toifalari klassifikatori boʻyicha I toifadagi obyektlar uchun — kamida 4 nafar mutaxassis, shu jumladan, direktor va 1 nafar loyiha bosh muhandisi va 1 nafar arxitektor ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi boʻyicha, qolgan 1 nafar mutaxassis asosiy ish joyi yoki oʻrindoshlik asosida ishlashi;*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarning murakkablik toifalari klassifikatori boʻyicha II toifadagi obyektlar uchun — kamida 10 nafar mutaxassis, shu jumladan, direktor, loyihalash sohasida 3 yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan kamida 2 nafar loyiha bosh muhandisi, 1 nafar loyiha bosh arxitektori va 1 nafar arxitektor ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi boʻyicha, qolgan 5 nafar mutaxassis asosiy ish joyi yoki oʻrindoshlik asosida ishlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarning murakkablik toifalari klassifikatori boʻyicha III toifadagi obyektlar uchun — kamida 10 nafar mutaxassis, shu jumladan, direktor, loyihalash sohasida 4 yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan kamida 3 nafar loyiha bosh muhandisi, 1 nafar loyiha bosh arxitektori va 2 nafar arxitektor ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi boʻyicha, qolgan 3 nafar mutaxassis asosiy ish joyi yoki oʻrindoshlik asosida ishlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarning murakkablik toifalari klassifikatori boʻyicha IV toifadagi obyektlar uchun — kamida 12 nafar mutaxassis, shu jumladan, direktor, loyihalash sohasida 5 yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan kamida 3 nafar loyiha bosh muhandisi, 1 nafar loyiha bosh arxitektori va 3 nafar arxitektor ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi boʻyicha, qolgan 4 nafar mutaxassis asosiy ish joyi yoki oʻrindoshlik asosida ishlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamida 1 nafar loyiha bosh muhandisining tegishli sertifikatga ega boʻlishi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v) III toifadagi obyektlarning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatiga litsenziyani olish uchun oʻntadan kam boʻlmagan obyektlar qurilishi yuzasidan loyihalashtirish boʻyicha jami bajarilgan ishlarning roʻyxati, ular yuzasidan mazkur sohada tegishli vakolatga ega boʻlgan ekspertiza organlari bergan xulosalar nusxalari, ushbu qurilishi tugallangan va foydalanishga qabul qilingan obyektlarning dalolatnoma nusxalari hamda mualliflik nazorati daftarlari mavjud boʻlishi*”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“g” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“g) IV toifadagi obyektlarning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatiga litsenziyani olish uchun qoʻshimcha ravishda oʻntadan kam boʻlmagan III toifadagi obyektlar qurilishi yuzasidan shaharsozlik hujjatlarini loyihalashtirish boʻyicha tegishli vakolatga ega boʻlgan ekspertiza organlari bergan xulosalar nusxalarini hamda ushbu qurilishi tugallangan va foydalanishga qabul qilingan obyektlarning dalolatnoma nusxalari hamda mualliflik nazorati daftarlari mavjud boʻlishi*”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“d” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“d) mazkur pasportning 2-bandi “a”, “b”, “v”, “g” va “s” kichik bandlarida belgilangan litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari bilan faqatgina III va IV toifadagi obyektlarning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatiga litsenziyasi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar shugʻullanishlari mumkin*”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“z” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“z) binolar va inshootlarning texnik holatini tekshirish kichik faoliyat turi uchun yuridik shaxs shtatida ushbu faoliyat yuzasidan uch yil ish stajiga ega va sohaviy oliy maʼlumotga ega boʻlgan kamida 2 nafar muhandis-konstruktor ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi boʻyicha ishlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talabgorlarining egalik qilish huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq (ijara shartnomasi va boshqalar) asosda tegishli boʻlgan belgilangan tartibda akkreditatsiyalangan laboratoriyalar mavjud boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talabgorlarining egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan quyidagi maxsus oʻlchov vositalari, asbob-uskunalari mavjud boʻlishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
betonning mustahkamligini oʻlchaydigan qoʻporib va qoʻpormay bajariladigan uslublar bilan aniqlash uchun asbob-uskunalar (sklerometr, ultratovushli, impulsli uslubi bilan, keyinchalik press ostida sinab koʻrish uchun kern ajratib oladigan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
payvandlama birikmalarning sifatini aniqlash anjomi (defektoskop);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
betonning himoya qatlamini va armaturaning diametrini aniqlovchi asbob;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻisht termasining mustahkamligini aniqlovchi asbob;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metall qidirgich;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parmalovchi yoki teshik ochuvchi asbob (perforator);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron masofa oʻlchagich (dalnomer);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taxeometr, shtangensirkul va ruletka”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“i” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“i) qurilish obyekti uchun muhandislik-texnik qidiruvlarni (muhandislik-geodeziya qidiruvlaridan tashqari) bajarish kichik faoliyat turi uchun yuridik shaxs shtatida ushbu faoliyat yuzasidan uch yil ish stajiga ega va geologiya sohasida oliy maʼlumotga ega boʻlgan kamida 2 nafar muhandis-geolog ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi boʻyicha ishlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talabgorlarining egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan burgʻilash texnikasi, asbob-uskuna;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
egalik qilish huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq (ijara shartnomasi va boshqalar) asosda tegishli boʻlgan belgilangan tartibda akkreditatsiyalangan tuproq kimyoviy laboratoriyasi mavjud boʻlishi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“k” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“k) mualliflik nazorati daftarini majburiy yuritishi, unda aniqlangan qurilish paytidagi loyiha-smeta hujjatlaridan chetga chiqish hamda meʼyoriy hujjatlarning qurilish-montaj ishlarini bajarishga doir talablarining buzilishi, ularni bartaraf etishni nazorat qilishi shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mukammal qurilishda tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish uchun tanlov (tender) hujjatlarini tayyorlash kichik faoliyat turi uchun litsenziya toifalari talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning talab va shartlariga rioya etilmasligi oqibatida litsenziyasi sud orqali bekor qilingan litsenziya talabgoriga sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir yil ichida mazkur Pasportda nazarda tutilgan litsenziyalanadigan faoliyat turlari boʻyicha litsenziya olish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Pasportning ikkinchi pozitsiyasi uchinchi ustunidagi “k” va “m” kichik bandlarda belgilangan faoliyat turlari boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan litsenziatlar mazkur turdagi litsenziyasi asosida koʻprik va tunnellarni loyihalashtirish faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/424/0509-son)