12.07.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3530
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asosni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 12-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3530]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir D. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 14-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 131-son buyrugʻiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KONSEPTUAL ASOS
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Konseptual asoslarning maqsadi va maqomi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Konseptual asos Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish asosini tashkil etuvchi tushunchalarni belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Konseptual asosning maqsadi quyidagilarga yordam berishdan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini tartibga soluvchi davlat organi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga — buxgalteriya hisobining milliy standartlarini (bundan buyon matnda BHMS deb yuritiladi) rivojlantirish va ularni qayta koʻrib chiqishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy hisobotni tayyorlovchi shaxslarga — BHMSdan foydalanishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlarga — moliyaviy hisobotlarni BHMSga muvofiqligi boʻyicha xulosalarni tayyorlashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga — moliyaviy hisobotdagi maʼlumotlarni tahlil qilishda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Konseptual asos BHMS hisoblanmaydi va uning taʼriflari biron-bir nizoli masalani baholash yoki tushuntirish uchun ishlatilmaydi. Mazkur Konseptual asosdagi qoidalar buxgalteriya hisobining alohida bir standartini rad etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Konseptual asos va BHMS oʻrtasida ziddiyatlar yuzaga kelganda, BHMS talablari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi BHMSni ishlab chiqishda mazkur Konseptual asosdan foydalanadi va kelgusida ziddiyatlar yuzaga kelishining oldini olish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi BHMSlarni qoʻllash amaliyotidan kelib chiqib, mazkur Konseptual asosni qayta koʻrib chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Konseptual asoslarning amal qilish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar mazkur Konseptual asoslarning asosiy jihatlaridir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy hisobotning maqsadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot prinsiplari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy hisobotlarning elementlarini taʼriflash, tan olish va baholash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Konseptual asos moliyaviy hisobotga, shu jumladan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga aloqadordir. Moliyaviy hisobot keng doiradagi foydalanuvchilarning maʼlumotga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun tuziladi va davriy ravishda taqdim etiladi. Koʻpchilik foydalanuvchilar uchun moliyaviy maʼlumot asosiy manbasi boʻlib moliyaviy hisobot hisoblanadi. Ayrim foydalanuvchilar tegishli vakolatlar boʻlganda, moliyaviy hisobotdagi maʼlumotga qoʻshimcha maʼlumotni talab qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Moliyaviy hisobotlar BHMS bilan belgilanadi. Moliyaviy hisobot ushbu hisobotlarga asoslangan yoki ularga tegishli izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarni ham oʻz ichiga oladi. Mazkur izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar moliyaviy hisobotni tayyorlovchi faoliyati turlari hamda hududi toʻgʻrisidagi moliyaviy maʼlumotni aks ettirishi va narxlar oʻzgarishining moliyaviy natijalarga taʼsirini tushuntirib berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishda mazkur Konseptual asosga amal qilishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar va ularning maʼlumotga boʻlgan ehtiyoji
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qatoriga mavjud va potensial investorlar, kreditorlar, yetkazib beruvchilar, xaridorlar, xodimlar, shuningdek hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar kiradi. Moliyaviy hisobotga ehtiyoj quyidagilarda vujudga keladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalar bilan bogʻliq xatarlar munosabati bilan investorlarda. Aksiyadorlar ham tashkilotning dividendlarni toʻlash qobiliyatini baholashga imkon beradigan va aksiyalarni sotib olish, saqlash yoki sotish kerakligini aniqlashga yordam beradigan maʼlumotdan manfaatdordirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlari va foizlari oʻz vaqtida toʻlanishini aniqlashga imkon beradigan maʼlumotdan manfaatdor kreditorlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
summalari oʻz vaqtida toʻlanishini aniqlashga imkon beradigan maʼlumotdan manfaatdor boʻlgan yetkazib beruvchilar va boshqa kreditorlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning uzluksiz faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotdan manfaatdor boʻlgan xaridorlarda, ayniqsa ular uzoq muddatli bitimga ega boʻlsalar yoki mazkur tashkilotga bogʻliq boʻlsalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarning faoliyati barqarorligi va rentabelligi toʻgʻrisidagi maʼlumotdan manfaatdor boʻlgan xodimlarda. Ular ham tashkilotning oʻz ish haqlarini, pensiyalarini va keyinchalik ham ishlash imkoniyatlarini taʼminlash qobiliyatiga baho berish imkonini yaratadigan maʼlumotdan manfaatdordirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
resurslarning taqsimlanishi va tashkilotlarning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotdan manfaatdor boʻlgan davlat organlarida. Ularga ham tashkilotning faoliyatini tartibga solib turish, soliqqa tortish siyosatini belgilash uchun va milliy daromadni hamda boshqa statistik maʼlumotlarni aniqlash uchun asos sifatida maʼlumot kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilikda, chunki tashkilotlar mahalliy iqtisodiyotga koʻpgina usullar bilan, shu jumladan aholini ish bilan taʼminlash va mahalliy yetkazib beruvchilarni qoʻllab-quvvatlash bilan katta hissa qoʻshishi mumkin. Moliyaviy hisobot jamoatchilikni taraqqiyot yoʻnalishlari va tashkilotlarning farovonligini yaxshilashda erishilgan soʻnggi yutuqlar toʻgʻrisidagi maʼlumot bilan taʼminlab, ularga yordam beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tashkilot rahbari moliyaviy hisobotning tuzilishi va taqdim etilishi uchun javobgardir. Tashkilot rahbari oʻz ehtiyojlarini qondirish maqsadida qoʻshimcha maʼlumotning shakli va mazmunini belgilash huquqiga egadir. Qoʻshimcha maʼlumot shakllari mazkur Konseptual asosni qoʻllash doirasiga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Moliyaviy hisobotning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Moliyaviy hisobotning maqsadi tashkilotning hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi uning faoliyatini moliyaviy natijasi va pul mablagʻlarining harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etish hisoblanadi. Moliyaviy hisobot iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun foydalanuvchilarga zarur boʻlgan barcha maʼlumotni oʻz ichiga olmaydi, chunki hisobot asosan avvalgi voqealarning natijalarini aks ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Moliyaviy hisobot quyidagi holatlar uchun ham maʼlumotni oʻzida aks ettiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya va kreditlar berish boʻyicha qarorlarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning kelgusi pul oqimini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotga ishonib topshirilgan resurslar munosabati bilan uning resurslarini va majburiyatlarini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv organlarining ishini baholash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tashkilotning faoliyati, moliyaviy holati va moliyaviy holatidagi oʻzgarishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qabul qiladigan qarorlar tashkilotning pul mablagʻlarini koʻpaytirish, ularning koʻpayish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishini baholash qobiliyatini talab qiladi. Mazkur qobiliyat pirovard natijada tashkilot oʻz xodimlari va yetkazib beruvchilarga haq toʻlay olishi, foizlarni toʻlab turishi, kreditlarni qoplashi va daromadni (foydani) taqsimlay olishi mumkinligini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar foydalanuvchilar tashkilotning faoliyatini, moliyaviy holatini va moliyaviy holatdagi oʻzgarishlarni aks ettiradigan maʼlumot bilan taʼminlansa, ular tashkilotning pul mablagʻlarini koʻpaytirish qobiliyatini yaxshiroq baholashlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tashkilot nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, toʻlovga qobiliyati, ishlayotgan muhit oʻzgarishlariga munosabat bildira olishi uning moliyaviy holatiga taʼsir oʻtkazadi. Tashkilot nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar haqidagi va uning shu resurslarni qayta ishlash qobiliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tashkilotning kelgusida pul mablagʻlarini va ularning ekvivalentini koʻpaytirish imkoniyatini prognoz qilish uchun zarurdir. Moliyaviy holat haqidagi maʼlumot kelgusida kreditlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash, shuningdek kelgusidagi daromadlar va pul oqimlarini tashkilotning aksiyalariga (payiga) ega boʻlganlar oʻrtasida taqsimlash va tashkilot keyinchalik oʻzining moliyaviy holatini qanchalik muvaffaqiyat bilan yaxshilay olishini aniqlash uchun zarurdir. Likvidlik va toʻlovga qobiliyat haqidagi maʼlumot tashkilotning moliyaviy majburiyatlarini oʻz vaqtida toʻlay olishini aniqlash uchun zarur. Likvidlik yaqin kelajakda shu davr ichidagi moliyaviy majburiyatlarni toʻlash uchun pul mablagʻlari mavjudligini anglatadi. Toʻlov qobiliyati moliyaviy majburiyatlarni oʻz vaqtida toʻlash uchun pul mablagʻlari mavjudligini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tashkilotning faoliyat koʻrsatkichlari, shu jumladan uning rentabelligi toʻgʻrisidagi maʼlumot iqtisodiy resurslardagi potensial oʻzgarishlarni baholash uchun talab etiladi. Mazkur maʼlumot kelgusida nazoratni amalga oshirishga imkon beradi va tashkilotning faoliyatidagi oʻzgarishlar haqidagi muhim maʼlumot hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyat haqidagi maʼlumot tashkilotning mavjud resurslar bazasidan pul mablagʻlari toʻplay olishini prognozlash uchun zarurdir, bu esa tashkilot qoʻshimcha resurslarni jalb qilishi mumkin boʻlgan samaradorlikka baho berishni shakllantirishda muhimdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Pul oqimlari haqidagi maʼlumot tashkilotning pul mablagʻlarini jalb qilish qobiliyatiga baho berish uchun zarurdir. Bu esa foydalanuvchilarga har xil tashkilotlarning pul oqimlarini baholash va taqqoslash uchun yangi usullar ishlab chiqishga imkon beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Moliyaviy hisobotlar oʻzaro bir-biri bilan bogʻlangandir, chunki ular xoʻjalik faoliyatiga doir bir xil holatlarning har xil jihatlarini aks ettiradi. Har bir hisobot turli xil maʼlumotlarni taqdim etadi, bitta maqsadga xizmat qilmaydi va foydalanuvchilarning muayyan ehtiyojlarini aniqlash uchun zarur boʻlgan butun maʼlumotni bermaydi. Masalan, moliyaviy-xoʻjalik faoliyatning natijalari toʻgʻrisidagi hisobot, agar undan buxgalteriya balansi va pul oqimlari haqidagi hisobot bilan birgalikda foydalanilmasa, faoliyat haqida toʻliq maʼlumotni aks ettirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Moliyaviy hisobot unga qoʻshimcha maʼlumotlarni, jumladan izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarni (tushuntirish xati koʻrinishida) ham oʻz ichiga oladi. Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar jadvallar koʻrinishida ham, boshqacha shaklda ham taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Buxgalteriya hisobining prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Hisoblash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Daromadlar va xarajatlar buxgalteriya hisobida tan olinadi va moliyaviy hisobotlarda ularni kelib tushishi yoki yuzaga kelishiga qarab (balki pul mablagʻlarini olish yoki toʻlash asosida emas) aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Ikki yoqlama yozuv usuli bilan hisob yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ikkiyoqlama yozuv usulida hisobni yuritish deganda tashkilotlar tomonidan ikkiyoqlama yozuv asosida buxgalteriya operatsiyalarini yuritish tushuniladi. Ikkiyoqlama yozuvda bitta operatsiya boʻyicha bitta summaning oʻzi buxgalteriya hisobining kamida ikkita hisobvaragʻida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Uzluksizlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tashkilot uzluksiz ishlaydigan, yaʼni kelajakda ishlashni davom ettiradigan deb hisoblanadi. Uning oʻz faoliyatini tugatish yoki faoliyatini ancha qisqartirish niyati ham, zarurati ham yoʻq deb taxmin qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Xoʻjalik operatsiyalarini, aktivlarni va passivlarni pulda baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Moliyaviy hisobotlarda maʼlumotlarni umumlashtirish maqsadida barcha operatsiyalar va hodisalar pulda baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Ishonchlilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Maʼlumotda muhim xato yoki gʻarazlilik boʻlmasa va foydalanuvchilar unga tayanishlari mumkin boʻlsa, ishonchli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operatsiyalar yoki hodisalarning ishonchliligi odatda boshlangʻich hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Oldindan koʻra bilish (ehtiyotkorlik)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qarorlar qabul qilishda oldindan koʻra bilish (ehtiyotkorlik) prinsipiga rioya qilish noaniqlik sharoitida aktivlar va daromad oshirib baholanmasligi, majburiyatlar yoki xarajatlar esa kamaytirib baholanmasligi uchun zarurdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Mazmunning shakldan ustunligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Agar hisob hujjatlaridagi va moliyaviy hisobotdagi maʼlumot operatsiyalar va hodisalarning mazmunini toʻgʻri aks ettirsa, bu maʼlumot faqat uning huquqiy shakli bilangina emas, balki mohiyati va iqtisodiy realligiga muvofiq hisobga olinishi va taqdim etilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Koʻrsatkichlarning qiyosiyligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Moliyaviy maʼlumot foydali va mazmunli boʻlishi uchun bir hisobot davridagi maʼlumot boshqa hisobot davridagisi bilan qiyoslanadigan boʻlishi kerak. Foydalanuvchilar tashkilot tomonidan moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalangan hisob siyosatidan, mazkur siyosatdagi barcha oʻzgarishlardan va shunday oʻzgarishlarning natijalaridan xabardor boʻlishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-§. Moliyaviy hisobotning betarafligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Moliyaviy hisobotda keltiriladigan maʼlumotlar ishonchli boʻlishi uchun gʻarazlilikdan holi boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-§. Hisobot davrida daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning muvofiqligi ushbu davrda mazkur hisobot davrida olingan daromadlarga asos boʻlgan xarajatlarni aks ettirishini bildiradi. Agar daromadlar va xarajatlarning ayrim turlari oʻrtasidagi bevosita bogʻliqlikni aniqlash qiyin boʻlsa, xarajatlar taqsimlashning biror-bir tizimiga muvofiq tarzda bir nechta hisobot davriga taqsimlab chiqiladi. Bu bir nechta yilga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlariga ham taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-§. Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baholash prinsipi ularning tannarxi yoki xarid qilish qiymati baholashga asos boʻlishini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BHMSlarda nazarda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baholash xarid qilish qiymatidan farq qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-§. Tushunarlilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Moliyaviy hisobotlarda keltiriladigan maʼlumotlar foydalanuvchilar uchun ochiq va tushunarli boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-§. Ahamiyatlilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Moliyaviy maʼlumot foydalanuvchilar tomonidan qaror qabul qilish jarayonida ularning ehtiyojlarini qondirishi va ularga operatsion, moliyaviy va xoʻjalik faoliyati hodisalariga baho berishda yordamlashishi uchun ahamiyatli boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-§. Muhimlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Agar maʼlumotning moliyaviy hisobotga kiritmasligi yoki notoʻgʻri koʻrsatilishi maʼlumotdan foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul qiladigan iqtisodiy qarorlariga taʼsir qilsa, bunday maʼlumot muhim hisoblanadi. Maʼlumotning ahamiyatiga uning mohiyati ham, uning qimmati (muhimligi) ham taʼsir oʻtkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-§. Haqqoniy va begʻaraz tasavvur etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarda tashkilotning moliyaviy holati, operatsiyalarning natijalari va pul mablagʻlarining harakati toʻgʻrisida haqqoniy va begʻaraz tasavvur hosil qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-§. Tugallanganlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini taʼminlash maqsadida maʼlumot yetarlicha toʻla hajmda taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-§. Izchillik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Hisob siyosati bir davrdan ikkinchisiga izchillik bilan oʻtkazilishi nazarda tutiladi. Foydalanuvchilar tashkilotning moliyaviy holatidagi oʻzgarishlar tendensiyalarini aniqlash uchun uning turli hisobot davrlaridagi moliyaviy hisobotlarini qiyoslash imkoniyatiga ega boʻlishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-§. Oʻz vaqtidalik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Moliyaviy hisobot maʼlumoti asossiz kechiktirilganda, u oʻzining iqtisodiy ahamiyatini yoʻqotadi. Maʼlumotni oʻz vaqtida taqdim etish uchun bitimning yoki boshqa hodisaning barcha jihatlari maʼlum boʻlgunga qadar hisobotga zarurat paydo boʻlishi mumkin, bu esa uning ishonchliligini buzadi. Boshqa tomondan, agar hisobot barcha jihatlar maʼlum boʻlgunicha kechiktirilsa, eng ishonchli maʼlumot ham kam foyda berishi mumkin, chunki foydalanuvchilar oldinroq qaror qabul qilishga majbur boʻladi. Ahamiyatlilik va ishonchlilik oʻrtasida muvozanatga erishish maqsadida iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qanday qilib yaxshiroq qondirishni hal etish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Moliyaviy hisobot elementlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Moliyaviy hisobotlar moliyaviy natijalarni va boshqa xoʻjalik operatsiyalarini moliyaviy hisobotlarning elementlari deb ataluvchi iqtisodiy tavsiflariga muvofiq alohida moddalarga guruhlab aks ettiradi. Aktivlar, xususiy kapital va majburiyatlar buxgalteriya balansida tashkilotning moliyaviy natijalarini aniqlash bilan bevosita bogʻliq boʻlgan elementlar hisoblanadi. Daromadlar va xarajatlar faoliyat natijalari toʻgʻrisidagi hisobotda tashkilotning koʻrsatkichlarini aniqlash bilan bevosita bogʻliq boʻlgan elementlar hisoblanadi. Pul mablagʻlarining harakati toʻgʻrisidagi hisobot faoliyat natijalari elementlarini va buxgalteriya balansi elementlaridagi oʻzgarishlarni aks ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, rezervlar, daromadlar va xarajatlar moliyaviy holatni aniqlash bilan bevosita bogʻliq elementlar hisoblanadi. Mazkur elementlar quyidagi tarzda aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aktivlar — tashkilot nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiyatlar — shaxsning (qarzdorning) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirish, masalan mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, pul toʻlash va boshqalar yoxud muayyan harakatdan tiyilib turish majburiyatidir, kreditor esa qarzdordan oʻz majburiyatlarini bajarishini talab qilishga haqlidir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy kapital — tashkilotning majburiyatlarni chegirib tashlagandan keyingi aktivlaridir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezervlar — kelgusida muayyan xarajatlarga yoʻnaltirilishi mumkin boʻlgan xususiy kapitalning bir qismidir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromadlar — hisobot davrida aktivlarning koʻpayishi yoxud majburiyatlarning kamayishidir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarajatlar — hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud majburiyatlarning koʻpayishidir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy natijalar — tashkilotning foyda yoki zarar shaklida ifodalangan faoliyatining iqtisodiy yakunidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Aktivlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Aktivlar — tashkilotning qiymat bahosiga ega boʻlgan moddiy, jumladan pul mablagʻlari va debitorlik qarzlari va nomoddiy mulkidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aktivlarda aks ettirilgan kelgusidagi iqtisodiy foyda, tashkilotning pul mablagʻlari oqimiga potensial, bevosita va bilvosita qoʻshiladigan ulushdir. Bu ulush tashkilot asosiy faoliyatining bir qismi sifatida yuzaga kelishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tashkilotning aktivlari avvalgi bitimlar va boshqa hodisalarning natijasidir. Tashkilotlar odatda aktivlarni xarid qilib yoki ishlab chiqarib ularga ega boʻladilar, biroq boshqa bitimlar yoki hodisalar aktivlarni koʻpaytirishga imkon beradi (masalan, tashkilot hukumatdan olgan koʻchmas mulk). Kelgusida kutiladigan bitimlar va boshqa voqealar oʻzidan oʻzi aktivlarning paydo boʻlishiga olib kelmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Tashkilot aktivlaridan mulkni boshqarish, tovar-moddiy zaxiralar ishlab chiqarish yoki xizmatlar koʻrsatish uchun foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Aktivlardan keladigan iqtisodiy naf tashkilot tomonidan har xil yoʻllar bilan olinishi mumkin. Masalan, aktivdan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-moddiy zaxiralar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishda alohida yoki boshqa aktivlar bilan birgalikda foydalanilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa aktivlarga almashtirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiyatlarni bajarish uchun foydalanilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning egalari oʻrtasida taqsimlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Aktivlar binolar, inshootlar va uskunalar singari fizik shaklga ega boʻladi. Biroq, fizik shakl aktivning mavjud boʻlishi uchun zarur emas. Masalan, patentlar va mualliflik huquqlari, agar tashkilot kelgusida ulardan foydalanishdan iqtisodiy naf olishni kutayotgan boʻlsa, aktiv hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Aktivlar (masalan, debitorlik qarzlari va mulk) yuridik huquqlar, shu jumladan egalik huquqi bilan bogʻliq boʻladi. Aktiv mavjudligini aniqlashda egalik huquqi asosiy hisoblanmaydi. Masalan, ijaraga olinadigan mulk, agar tashkilot shu mulkdan olinishi kerak boʻlgan foydani nazorat qilsa, aktiv hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Xarajatlarni amalga oshirish bilan aktivlarni hosil qilish oʻrtasida uzviy aloqa mavjud, ammo bu jarayonlar har doim ham vaqt boʻyicha toʻgʻri kelmaydi. Tashkilot tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar kelgusi iqtisodiy foyda izlanganidan dalolat beradi, lekin aktivlar olinganini uzil-kesil tasdiqlamaydi. Binobarin, xarajatlarning mavjud emasligi obyektni aktiv deb hisoblash uchun asos boʻlmaydi. Masalan, tashkilotga tekinga berilgan obyektlar aktivlarni taʼriflashga mos keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Majburiyatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Majburiyatning asosiy xususiyati tashkilot boshqa yuridik va jismoniy shaxslar oldida joriy javobgarlikka ega ekanligi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiyatlar ustavning yoki shartnomaning talablari natijasi sifatida kuchga kirishi mumkin (masalan, olingan tovar-moddiy zaxiralar va xizmatlar uchun toʻlanadigan summalar). Majburiyatlar odatiy tadbirkorlik jarayonida yaxshi munosabatlarni saqlab turish yoki xolisona tarzda ish koʻrishda ham yuzaga keladi. Masalan, agar tashkilot kafolat muddati tugaganidan soʻng oʻz mahsulotidagi kamchiliklarni tuzatish toʻgʻrisida qaror qabul qilsa, shu boʻyicha qilingan xarajatlar ham majburiyatlar deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Joriy majburiyat bilan kelgusida yuzaga keladigan majburiyat oʻrtasida chegara boʻlishi kerak. Tashkilot rahbarining kelgusida aktivlarni sotib olish haqida qabul qilgan qarori majburiyat paydo boʻlishiga sabab boʻlmaydi. Majburiyat odatda aktiv olinganda yoki tashkilot aktivni sotib olish toʻgʻrisida bitimga kirishganda paydo boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Tegishli majburiyatni bajarish odatda boshqa tarafning talablarini qondirish uchun tashkilotning resurslarini sarflashni nazarda tutadi. Majburiyatlarning bajarilishi har xil usullarda (qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan hollardan tashqari) amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa aktivlarni berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatlarni koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu majburiyatni boshqasi bilan almashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiyatlarni aksiyalarga almashtirish orqali.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiyat, kreditor oʻz huquqlaridan bosh tortganda yoki kreditor huquqlaridan mahrum boʻlganda, bajarilgan deb hisoblanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Majburiyatlar avvalgi bitimlar yoki oʻtgan hodisalarning natijasi hisoblanadi (masalan, tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish va xizmatlarni olish uchun amalga oshirilishi kerak boʻlgan toʻlovlar (agar ular ilgari yoki yetkazib berilganda toʻlanmagan boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Xususiy kapital
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Xususiy kapital ustav, qoʻshilgan, rezerv kapitalidan va taqsimlanmagan foydadan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda ustav, qoʻshilgan, rezerv kapitali analitik kesimda hisobga olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Buxgalteriya balansidagi xususiy kapitalning miqdori aktivlar va majburiyatlar qiymatini baholashga bogʻliqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Rezervlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Tashkilotni va kreditorlarni zararlarning oqibatlaridan qoʻshimcha himoya qilishni taʼminlash uchun rezevlarni tashkil etish zarur. Rezervlarni shakllanishi va miqdori haqidagi maʼlumot qarorlar qabul qilishda foydalanuvchilar uchun ahamiyatli hisoblanadi. Rezervlarni tashkil etish qonunchilik hujjatlarida yoki tashkilotning ustavida (soliq sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzmagan holda) nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Yalpi daromad tashkilotning asosiy va asosiy boʻlmagan faoliyatidan olingan daromadlarini oʻz ichiga oladi. Asosiy faoliyatdan daromad mahsulot, ishlar, xizmatlar, tovar-moddiy zaxiralar, boshqa aktivlarni realizatsiya qilish, shuningdek mukofotlar, foizlar va dividendlar, gonorarlar va tashkilotning asosiy faoliyatidan kelib chiqib renta koʻrinishida olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Tashkilot asosiy boʻlmagan faoliyat natijasida oladigan daromadlar daromadni aniqlashga mos keladigan moddalarni oʻz ichiga oladi va Konseptual asosning alohida tarkibiy elementi deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Asosiy boʻlmagan faoliyat natijasida yuzaga keladigan daromadlarga birjada aylanadigan qimmatli qogʻozlarni qayta baholash misol boʻlishi mumkin. Bunday daromadlar, agar moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda tan olinsa, alohida koʻrsatiladi, chunki iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda ular haqidagi maʼlumot foydali boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Soliqqa tortiladigan daromad (zarar) soliq sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan hisobot davridagi daromad (zarar) summasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Xarajatlar mulkni boshqarish, ishlab chiqarish, mahsulotlarni sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish va zararlar bilan bogʻliq xarajatlarni oʻz ichiga oladi. Ular odatda pul mablagʻlari, moddiy zaxiralar, inshootlar, uskunalar va boshqalar singari aktivlarning chiqib ketishi yoki ulardan foydalanilishi shaklida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Zararlar iqtisodiy foydaning kamayganligini bildiradi va oʻz tabiatiga koʻra boshqa xarajatlardan farq qilmaydi hamda konseptual asosning alohida elementi sifatida qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Zararlar boshqa aktivlarni sotishda yoki tabiiy ofatlar natijasida yuzaga kelishi mumkin. Bunday zararlar moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatiladigan boʻlsa, ular haqidagi maʼlumot iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda foydali boʻlishi mumkin va shuning uchun ham ular alohida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Moliyaviy natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotni taqdim etish maqsadida faoliyat turlarini chegaralash yoʻli bilan koʻrsatilishi mumkin. Masalan, tashkilotning odatdagi faoliyati davomida va faoliyat jarayonidagi favqulodda holatlarda yuzaga keladigan daromadlar va xarajatlarning moddalari oʻrtasidagi chegara umumiy qabul qilingan amaliyot hisoblanadi. Bunday chegaralash tashkilotning kelgusida pul mablagʻlarini koʻpaytirish qobiliyatiga baho berishda ahamiyatli boʻlgan moddalarning manbalari asosida amalga oshiriladi. Moddalarni chegaralashda tashkilotning xususiyati va uning faoliyati bilan hisoblashish kerak. Bitta tashkilotning odatdagi faoliyati natijasida paydo boʻladigan moddalar boshqa tashkilotga nisbatan favqulodda boʻladigan moddalar boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Daromadlar va xarajatlarning moddalari oʻrtasidagi chegara hamda ularning har xil kombinatsiyalari ham tashkilotning ishlari natijalarini koʻrsatish imkoniyatini beradi. Bunday boʻlimlar har xil moddalarni oʻz ichiga oladi. Masalan, moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot soliqqa tortilguncha va undan keyingi moliyaviy-xoʻjalik faoliyatidan daromadni koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Tashkilot egalarining xususiy kapitalga kiritgan ulushlari daromad hisoblanmaydi, xususiy kapitalning tashkilot egalari oʻrtasida taqsimlanishi xarajat hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daromadlar va xarajatlarning taʼrifi ularning asosiy farq qiluvchi jihatlarini yoritib beradi, lekin ularni moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda tan olishdan oldin javob berishi lozim boʻlgan mezonlarni aniqlashtirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Moliyaviy hisobotlarning elementlarini aks ettirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Moliyaviy hisobotlarning elementlarini aks ettirish (bundan buyon matnda aks ettirish deb yuritiladi) — buxgalteriya balansi yoki moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotga elementlar taʼrifiga javob beruvchi va ularda aks ettirilishi lozim boʻlgan moddalarni (bundan buyon matnda modda deb yuritiladi) kiritish jarayonidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aks ettirish jarayoni moddaning bayonini, uning puldagi ifodasini, shuningdek ushbu moddaning buxgalteriya balansiga yoki moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotga kiritilishini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Moddaning mezonga muvofiqligini aniqlash va aks ettirish uchun uni tasniflashda ahamiyatlilik va qiyosiylik prinsiplariga eʼtibor qaratish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elementlar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik alohida element uchun taʼrif va aks ettirish mezonlariga javob beradigan moddani ifodalaydi. Masalan, aktivning aks ettirilishi oʻz-oʻzidan daromad yoki majburiyatning boshqa elementini aks ettirishni talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Aktivni aks ettirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Aktivdan foydalanish natijasida tashkilotning kelgusida iqtisodiy naf olish ehtimoli mavjud boʻlganda, ushbu aktiv buxgalteriya balansida aks ettiriladi va u aniq ifodalanadigan chiqimlar yoki qiymatni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Majburiyatlarni aks ettirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Majburiyatlar oʻzida iqtisodiy nafni ifodalovchi resurslar chiqimi ehtimoli mavjud boʻlganda buxgalteriya balansida tan olinadi, shuningdek ular majburiyatlarni qabul qilish natijasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Daromadni aks ettirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Aktivlarning koʻpayishi va majburiyatlarning kamayishi bilan bogʻliq kelgusi iqtisodiy nafning koʻpayishi yuzaga kelganda, daromad moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiriladi. Bu esa daromadni aks ettirish aktivlarning koʻpayishi va majburiyatlarning kamayishini aks ettirish bilan bir vaqtda yuzaga kelishini anglatadi (masalan, tovarlar va xizmatlarni sotishda yuzaga keladigan aktivlardagi sof koʻpayishi yoki kreditor qarzdan voz kechishi natijasida majburiyatlarning kamayishi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Xarajatlarni aks ettirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Xarajat aktivlarning kamayishi va majburiyatlarning koʻpayishi bilan bogʻliq kelgusi iqtisodiy nafning kamayishi yuzaga kelganda, moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiriladi va bu ishonchli tarzda aniqlanishi mumkin. Bu esa xarajatlarni aks ettirish majburiyatlardagi koʻpayish yoki aktivlarning kamayishini aks ettirish bilan bir vaqtda yuzaga kelishini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Moliyaviy hisobotlardagi elementlarni baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Moliyaviy hisobotlardagi elementlarni baholash (bundan buyon matnda baholash deb yuritiladi) — aktivlar va majburiyatlar tan olinadigan va moliyaviy hisobotlarda qayd etiladigan pul qiymatini aniqlash usulidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Moliyaviy hisobotlarda baholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Boshlangʻich qiymat. Aktivlar xarid qilish vaqtida erishilgan tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra belgilangan joriy qiymati boʻyicha aks ettiriladi. Majburiyatlar majburiyatni bajargunga qadar toʻlanadigan pul mablagʻlari summasi boʻyicha majburiyatlarga almashib olingan mablagʻlar summasida aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Joriy qiymat. Aktivlar shu yoki shunga oʻxshash aktiv endigina xarid qilinganda toʻlanishi kerak boʻlgan pul mablagʻlari summasi boʻyicha hisobotda aks ettiriladi. Majburiyatlar majburiyatni toʻlash uchun talab etiladigan pul mablagʻlarining diskontlanmagan summasida aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Sotish qiymati. Aktivlar sotishdan olinishi mumkin boʻlgan pul mablagʻlari summasi boʻyicha aks ettiriladi. Majburiyatlar ularni toʻlash qiymati boʻyicha aks ettiriladi. Bunday qiymat esa majburiyatlarni toʻlash uchun talab etiladigan pul mablagʻlarining diskontlanmagan summasidir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Diskontlangan qiymat. Aktivlar tashkilotning normal faoliyati davomida aktivlarni koʻpaytirishi lozim boʻlgan kelgusi pul mablagʻlari tushumining diskontlangan joriy qiymati boʻyicha aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiyatlar kelgusida oʻtkaziladigan pul mablagʻlarining diskontlangan qiymatidan iborat boʻlgan, tashkilotning odatdagi faoliyati davomida majburiyatlarni toʻlash uchun foydalanilishi mumkin boʻlgan joriy qiymat boʻyicha aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Balans qiymati. Hisobot sanasida buxgalteriya balansida aktivlar va majburiyatlarni aks ettirish qiymatidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Tashkilotlar moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda boshlangʻich qiymatni baholash uchun asos qilib oladilar. Boshlangʻich qiymat baholashning boshqa asosiy tushunchalari bilan birgalikda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 131-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 26-iyulda 17-07/86-son bilan tasdiqlangan Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos (roʻyxat raqami 475, 1998-yil 14-avgust).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 5-sentabrdagi 65-son “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asosga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 475-1, 2016-yil 9-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 36-son, 421-b.).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 10/24/3530/0506-son)