Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2026 10.07.2024 yildagi 410-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2026
Hujjat 23.04.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona xoʻjaliklariga xorijdan malakali agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli “Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada issiqxona xoʻjaliklarini zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida rivojlantirish va ularning faoliyatini samarali tashkil etish uchun qulay sharoit yaratish, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirish maqsadida, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Issiqxona xoʻjaliklari va meva-sabzavotlarni eksport qiluvchi korxonalarning faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 27-oktabrdagi 567-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Issiqxona xoʻjaliklariga xorijdan malakali agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona xoʻjaliklariga xorijdan jalb qilinadigan malakali agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislari roʻyxatini shakllantirish hamda malakali agronomlar “yashil reyestri”ni yuritish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona xoʻjaliklariga xorijdan malakali agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiya ajratish boʻyicha talab etiladigan hujjatlar, ularni koʻrib chiqish hamda subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona xoʻjaliklariga xorijdan malakali agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislarini jalb qilinishi yuzasidan monitoring yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev) (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) bir oy muddatda 2024-yilda xorijdan malakali agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladigan issiqxonalarning manzilli roʻyxatini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq “Agrosubsidiya” axborot tizimiga kiritilgan issiqxona xoʻjaliklariga oʻz vaqtida subsidiya ajratilishini nazorat qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 10-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
410-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 410-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona xoʻjaliklariga xorijdan malakali agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizini qoplash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom issiqxona xoʻjaliklariga xorijdan malakali agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizini qoplash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Issiqxona xoʻjaliklariga xorijdan malakali agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizini, biroq bir oyga bir nafar mutaxassis uchun 1 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan qismini Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan qoplash uchun subsidiya ajratiladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda subsidiya uchun talab etiladigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomasiga asosan Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida Agentlik uchun ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona xoʻjaliklari — sanoat usulida issiqxona xoʻjaliklarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari, dehqon xoʻjaliklari, agroklasterlar va boshqa yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan qishloq xoʻjaligi subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malakali agronomlar “yashil reyestri” — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladigan xorijdan jalb qilinadigan malakali agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislari roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassis — agronom, entomolog yoki laboratoriya mutaxassisligi yoʻnalishida oliy taʼlim tashkilotini tugatgan, issiqxona xoʻjaligi faoliyati boʻyicha kamida 5 yillik ish tajribasiga ega boʻlgan hamda malakali agronomlar “yashil reyestri”ga kiritilgan xorijiy mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya — issiqxona xoʻjaliklariga xorijdan malakali agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining qoplab beriladigan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — issiqxona xoʻjaliklariga xorijdan malakali agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislarini jalb qilgan qishloq xoʻjaligi subyekti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agrosubsidiya” AT — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsiya platformasi tarkibiga kiruvchi hamda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar va subsidiyalarni ajratish, mahsulot yetishtiruvchilarga shaffoflik tamoyili asosida xizmatlar koʻrsatish imkoniyatlarini taʼminlab beradigan axborot tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Issiqxona xoʻjaliklariga xorijdan malakali mutaxassislarni jalb qilish xarajatlarining 50 foizi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Subsidiya “V” va undan yuqori toifalardagi tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi darajasiga ega issiqxona xoʻjaliklariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi darajasidan kelib chiqqan holda toifalarga subsidiya miqdori quyidagi nisbatlarda taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“AAA” toifa — subsidiya miqdorining 100 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“AA” toifa — subsidiya miqdorining 90 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“A” toifa — subsidiya miqdorining 80 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“VVV” toifa — subsidiya miqdorining 70 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“VV” toifa — subsidiya miqdorining 60 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“V” toifa — subsidiya miqdorining 50 foizi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xorijdan jalb qilinadigan malakali mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Talabgor Agentlikning tuman (Quvasoy shahar) loyiha ofisiga xorijdan jalb qilinadigan malakali mutaxassisning davlati va uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi, oliy taʼlim tashkilotini tugatganligi toʻgʻrisidagi hujjat va unga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarning nusxalari, xorijdan jalb qilinadigan malakali mutaxassis bilan tuzilgan mehnat shartnomasining nusxasi, mehnat faoliyati davri, telefon raqami haqidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning tuman (Quvasoy shahar) loyiha ofisi uch ish kuni ichida xorijdan jalb qilinadigan malakali mutaxassislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirgan holda Agentlikka yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik uch ish kuni ichida xorijdan jalb qilinadigan malakali mutaxassislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrib chiqadi va umumlashtirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi besh ish kuni ichida Agentlik tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni oʻrganib chiqadi hamda oʻrganish natijalariga koʻra oʻzining rasmiy veb-saytidagi malakali agronomlar “yashil reyestri”da xorijdan jalb qilinadigan malakali mutaxassislar roʻyxatini eʼlon qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda malakali agronomlar “yashil reyestri”dagi xorijdan jalb qilinadigan malakali mutaxassislar roʻyxati har oyda yangilab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yer maydoni 1 gektardan 10 gektargacha boʻlgan va sanoat usulida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi issiqxona xoʻjaligi tomonidan mavsum davrida xorijdan 1 nafar malakali mutaxassis (agronom yoki entomolog yoxud laborant) jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tutash hududlarda joylashgan va umumiy maydoni 10 gektardan oshmaydigan bir necha issiqxona xoʻjaliklari oʻzaro kelishuv asosida xorijdan jalb qilingan malakali mutaxassis xizmatidan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Subsidiya ajratish boʻyicha ariza bilan murojaat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Issiqxona xoʻjaliklariga xorijdan malakali mutaxassislarni jalb qilish xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhi) har bir tumanda mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Talabgor xorijdan malakali mutaxassisni jalb qilgandan soʻng bir oy ichida tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhiga “Agrosubsidiya” AT orqali issiqxona xoʻjaligiga xorijdan malakali mutaxassisni jalb qilish xarajatining 50 foizini qoplash uchun subsidiya ajratish boʻyicha oʻzining shaxsiy identifikatsiya raqami, joylashgan joyi (pochta manzili, elektron manzili), xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki va hisobvaragʻi koʻrsatilgan ariza bilan murojaat qiladi hamda arizaga quyidagilarni ilova qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijdan jalb qilinadigan malakali mutaxassisni ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqni ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarida hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan berilgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomaning nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijdan jalb qilinadigan malakali mutaxassis bilan tuzilgan mehnat shartnomasining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijdan jalb qilinadigan malakali mutaxassisga ish haqi toʻlash uchun tijorat bankidagi hisobvaragʻidan mablagʻ koʻchirilganligi toʻgʻrisidagi hujjatning nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor arizadagi maʼlumotlar va ilova qilingan hujjatlarning toʻgʻriligi uchun javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgordan ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Talabgorning murojaatini koʻrib chiqish va subsidiya ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhi har yili 1-fevralga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan talablarga muvofiq talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish natijalariga koʻra talabgorlarning manzilli roʻyxatini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlarning manzilli roʻyxatidan kelib chiqqan holda ularga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosalarni rasmiylashtirgandan soʻng “Agrosubsidiya” AT orqali talabgorlarning manzilli roʻyxatini va xulosalarni koʻrib chiqish uchun Agentlikka yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlarning manzilli roʻyxatini shakllantirishda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona obyektlari soz holatda ekanligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona xoʻjaliklari amalda faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyib, yil davomida kamida bitta mahsulot turini yetishtirayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“V” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reyting darajasiga ega issiqxona xoʻjaligi ekanligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer maydoni 1 gektardan 10 gektargacha boʻlgan va sanoat usulida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi issiqxona xoʻjaligi tomonidan xorijdan malakali mutaxassisning jalb qilinganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhi aʼzolari talabgorlarning manzilli roʻyxatini shakllantirishda quyidagilarga shaxsan masʼul hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (Quvasoy shahar) hokimi — ishchi guruh faoliyatini tashkil qilishga va ishchi guruh tomonidan talabgorning subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi arizasini muddatida va toʻliq oʻrganilishiga hamda rasmiylashtirilgan hujjatlarning toʻgʻriligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (Quvasoy shahar) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi hujjatlar oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi va muvofiqlashtirilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi — xorijdan jalb qilinadigan malakali mutaxassis malakali agronomlar “yashil reyestri”dagi roʻyxatga kiritilganligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (Quvasoy shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi — talabgorga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki va hisobvaraqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (Quvasoy shahar) soliq inspeksiyasi rahbari — talabgorning soliq hisobotlarini topshirib borishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki rahbari — talabgorning bank hisobvaragʻidan pul aylanmasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (Quvasoy shahar) statistika boʻlimi boshligʻi — talabgorning statistika hisobotlarini topshirib borishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (Quvasoy shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi — talabgor bilan xorijdan jalb qilinadigan mutaxassis oʻrtasida mehnat shartnomasining tuzilganligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (Quvasoy shahar) fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi — talabgorning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilmasligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning tuman (Quvasoy shahar) loyiha ofisi rahbari — xorijdan jalb qilinadigan malakali mutaxassisga oid hujjatlarning toʻgʻriligiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlik har yili 20-fevralga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijdan malakali mutaxassisni jalb qilgan talabgorlarga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosalarni va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlarning manzilli roʻyxatga kiritilganligini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra talabgorlarga subsidiya ajratish yoki subsidiya ajratishni rad etish haqida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlarning manzilli roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Talabgorga xorijdan malakali mutaxassisni jalb qilish xarajatlarining 50 foizini qoplashni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning oʻz arizasiga asosan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiq kelmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor tomonidan malakali agronomlar “yashil reyestri”ga kiritilmagan mutaxassis jalb qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor tomonidan soxta hujjatlar, notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar taqdim etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi subyekti tugatilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa asoslar bilan talabgorga subsidiya ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik subsidiya ajratishni rad etgan taqdirda, bir kun muddatda talabgorni rad etishning aniq sabablarini koʻrsatgan holda “Agrosubsidiya” AT orqali xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor Agentlikning xabarnomasida koʻrsatilgan subsidiya ajratishni rad etish sabablarini bartaraf etgan holda, xabarnoma yuborilgan kundan eʼtiboran bir oy muddat ichida subsidiya ajratish boʻyicha qayta murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor Agentlikning subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi har yili 1-martga qadar Agentlik tomonidan taqdim etilgan talabgorlarning manzilli roʻyxatini oʻrganib chiqib, Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) tasdiqlash uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Hukumat komissiyasi har yili 15-martga qadar talabgorlarning manzilli roʻyxatini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Agentlik Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan talabgorlarning manzilli roʻyxatiga muvofiq oʻn ish kuni ichida talabgorning tijorat bankidagi hisobvaragʻiga subsidiyani oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Xorijdan malakali mutaxassislarning jalb qilinishi natijadorligi yuzasidan monitoring yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhi tomonidan hosil yili yakuni bilan issiqxona xoʻjaliklariga xorijdan malakali mutaxassislarning jalb qilinishi natijadorligi boʻyicha monitoring oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhi xorijdan malakali mutaxassislarning jalb qilinishi natijadorligi boʻyicha oʻtkazilgan monitoring natijalari boʻyicha Agentlikka hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻtkazilgan monitoring natijalariga koʻra, xorijdan jalb qilingan mutaxassis issiqxona xoʻjaligida faoliyat yuritgan davrda hosildorlik oʻtgan yilgi hosildorlikka nisbatan kamida 20 foizga oshmagan yoki kamayib ketgan hollarda (noqulay iqlim sharoitlari va fors-major holatlari bundan mustasno), ajratilgan subsidiya talabgor tomonidan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik issiqxona xoʻjaligiga xorijdan malakali mutaxassisni jalb qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratilgan subsidiyani qaytarish haqida talabgorga ogohlantirish xatini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Talabgor ogohlantirish xatini olgan kundan eʼtiboran bir oy muddat ichida ajratilgan subsidiyani Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida Agentlik uchun ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar talabgor subsidiyani ixtiyoriy ravishda ogohlantirish xatida koʻrsatilgan muddatda va miqdorda qaytarmasa yoki qaytarishni rad etsa, Agentlik subsidiyani sud tartibida undirish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Issiqxona xoʻjaliklariga xorijdan malakali mutaxassislarni jalb qilish xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun berilgan subsidiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har oyda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Subsidiya ajratishda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar tomonlar oʻrtasida muzokaralar oʻtkazish orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda taraflar oʻrtasida kelishmovchiliklar muzokaralar oʻtkazish orqali hal etilmagan taqdirda, nizolar sud tartibida hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Issiqxona xoʻjaliklariga xorijdan malakali mutaxassislarni jalb qilish xarajatlarining 50 foizini qoplash maqsadida ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Issiqxona xoʻjaliklariga xorijdan malakali agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona xoʻjaliklariga xorijdan malakali mutaxassislarni jalb qilish xarajatlarining 50 foizini qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Qishloq xoʻjaligi subyekti (keyingi oʻrinlarda — talabgor)

Xorijdan jalb qiladigan malakali mutaxassisni malakali agronomlar “yashil reyestri”dagi roʻyxatga kiritish uchun Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tuman (Quvasoy shahar) loyiha ofisiga ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq xorijdan jalb qilinadigan malakali mutaxassis toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.

Ixtiyoriy ravishda

2-bosqich

Agentlikning tuman (Quvasoy shahar) loyiha ofisi

Xorijdan jalb qilinadigan malakali mutaxassislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirgan holda Agentlikka yuboradi.

3 ish kuni ichida

3-bosqich

Agentlik

Xorijdan jalb qilinadigan malakali mutaxassislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrib chiqadi va umumlashtirgan holda Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.

3 ish kuni ichida

4-bosqich

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Agentlik tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni oʻrganib chiqadi hamda oʻrganish natijalariga koʻra oʻzining rasmiy veb-saytidagi malakali agronomlar “yashil reyestri”da xorijdan jalb qilinadigan malakali mutaxassislar roʻyxatini eʼlon qilib boradi.

5 ish kuni ichida

5-bosqich

Talabgor

Tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhiga “Agrosubsidiya” AT orqali issiqxona xoʻjaligiga xorijdan malakali mutaxassisni jalb qilish xarajatining 50 foizini qoplash uchun subsidiya ajratish boʻyicha oʻzining shaxsiy identifikatsiya raqami, joylashgan joyi, xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki va shaxsiy hisobvaragʻi koʻrsatilgan arizaga tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat etadi.

Ixtiyoriy ravishda, xorijdan malakali mutaxassisni jalb qilgandan soʻng 1 oy ichida

6-bosqich

Tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhi

Talabgorning arizasini ushbu Nizomning 9 va 10-bandlariga mosligini koʻrib chiqib, manzilli roʻyxatga kiritadi va talabgorga subsidiya ajratish boʻyicha xulosasini Agentlikka taqdim etadi.

Har yili 1-fevralga qadar

7-bosqich

Agentlik

Talabgorga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosani va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra talabgorga subsidiya ajratish yoki subsidiya ajratishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.

Talabgorlarning manzilli roʻyxatini Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.

Har yili 20-fevralga qadar

8-bosqich

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Agentlik tomonidan kiritilgan manzilli roʻyxatni umumlashtirib Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) tasdiqlash uchun kiritadi.

Har yili 1-martga qadar

9-bosqich

Hukumat komissiyasi

Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan kiritilgan talabgorlarning manzilli roʻyxatini koʻrib chiqib tasdiqlaydi.

Har yili 15-martga qadar

10-bosqich

Agentlik

Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan manzilli roʻyxatga muvofiq talabgorning tijorat bankidagi hisobvaragʻiga subsidiyani oʻtkazib beradi.

10 ish kuni ichida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Issiqxona xoʻjaliklariga xorijdan malakali agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona xoʻjaliklariga xorijdan malakali mutaxassislarni jalb qilish xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman (Quvasoy shahar) hokimi, ishchi guruh rahbari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman (Quvasoy shahar) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman (Quvasoy shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman (Quvasoy shahar) soliq inspeksiyasi rahbari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari rahbarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman (Quvasoy shahar) statistika boʻlimi rahbari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman (Quvasoy shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman (Quvasoy shahar) fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agrosanoatni rivojlantirish agentligining tuman (Quvasoy shahar) loyiha ofisi rahbari
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/410/0504-son; 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)