27.10.2023 yildagi 567-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona xo‘jaliklari va meva-sabzavotlarni eksport qiluvchi korxonalarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini va ichki bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlash, issiqxona xo‘jaliklari tomonidan mahsulot yetishtirish hajmini oshirish, issiqxonalarning muqobil energiya manbalaridan foydalanishga o‘tishini rag‘batlantirish, shuningdek, mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning eksport salohiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 16-fevraldagi PQ-57-son qaroriga muvofiq ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish belgilangan issiqxona xo‘jaliklariga 2023/2024-yillar kuz-qish mavsumida tabiiy gaz quyidagi talablarga qat’iy rioya etgan holda yetkazib beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona xo‘jaligining tabiiy gaz hisoblagichlari Tabiiy gaz nazorati va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga (keyingi o‘rinlarda — GNHOAT) ulangan hamda tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha ma’lumotlari GNHOATga onlayn ravishda uzatiladigan bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona xo‘jaligining tabiiy gazdan yuzaga kelgan debitor qarzdorligini so‘ndirishi hamda tabiiy gaz uchun belgilangan to‘lovni oldindan to‘lashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining gaz ta’minoti tizimida favqulodda holatlar yuzaga kelganda, issiqxona xo‘jaligida yetarli miqdorda muqobil yoqilg‘i zaxirasining mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi “Hududgazta’minot” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda bir oy muddatda issiqxona xo‘jaliklarining GNHOATga ulanganligini monitoring qilsin hamda monitoring natijalariga ko‘ra GNHOATga ulanmagan issiqxona xo‘jaliklarini “Insofsiz iste’molchilar ro‘yxati”ga kiritgan holda, ularga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarning bekor qilinishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2023/2024-yillar kuz-qish mavsumidan boshlab har yili “Hududgazta’minot” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda issiqxona xo‘jaliklari o‘rtasida uch tomonlama kelishuvlar tuzish amaliyoti joriy etiladi. Bunda ushbu kelishuvlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hududgazta’minot” AJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda issiqxona xo‘jaliklariga yoqilg‘i mahsulotlarini (ko‘mir va tabiiy gaz) uzluksiz yetkazib berish kafolati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona xo‘jaligining tabiiy gaz hisoblagichlari GNHOATga ulangan va gaz iste’moli bo‘yicha ma’lumotlari GNHOATga onlayn ravishda uzatilgan taqdirda, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar yuridik shaxslar uchun Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-sentabrdagi 475-son qarorida belgilangan tariflarda tabiiy gazni yetkazib berishning yo‘lga qo‘yilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona xo‘jaliklarining tabiiy gaz hisoblagichlari GNHOATga ulanganligini monitoring qilish natijalariga ko‘ra GNHOATga ulanmagan issiqxona xo‘jaligini “Insofsiz iste’molchilar ro‘yxatiga” kiritgan holda, unga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomaning bekor qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona xo‘jaligining tabiiy gazdan yuzaga kelgan debitor qarzdorligini so‘ndirilishi va tabiiy gaz uchun belgilangan to‘lovni oldindan to‘lanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining gaz ta’minoti tizimida favqulodda holatlar yuzaga kelganda, issiqxona xo‘jaligida yetarli miqdorda muqobil yoqilg‘i zaxirasining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir issiqxona xo‘jaligining 2023/2024-yillar kuz-qish mavsumidagi ehtiyojidan kelib chiqqan holda, unga yetkazib beriladigan tabiiy gaz hajmlari aniq ko‘rsatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona xo‘jaligining yetkazib berilgan yoqilgi uchun to‘liq hisob-kitob qilishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda ichki va tashqi bozorga chiqarish bo‘yicha majburiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi tashkil etiladigan issiqxona xo‘jaliklariga tabiiy gaz yoki issiqlik energiya markazlariga ulanish va texnik shartlar berish taqiqlanishi nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi “Hududgazta’minot” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda 2023/2024-yillar kuz-qish mavsumi uchun issiqxona xo‘jaliklari bilan uch tomonlama kelishuvlar tuzish ishlarini yakunlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tabiiy gazdan ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkaziladigan issiqxona xo‘jaliklarini davlat tomonidan rag‘batlantirishning quyidagi mexanizmlari joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2023-yil 1-noyabrdan boshlab issiqxona xo‘jaliklariga ko‘mir qozonini xarid qilish xarajatlarining 20 foizi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligining Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘i hisobidan qoplab beriladi.
(3-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeta mablag‘lari hisobidan Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga 25 mlrd so‘m ajratilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkaziladigan issiqxona xo‘jaliklariga ko‘mir qozonini xarid qilish xarajatlarining 20 foizini qoplab berish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tijorat banklari tomonidan issiqxona xo‘jaliklariga quyidagi maqsadlar uchun kreditlar ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘mir saqlash omborlarini qurish xarajatlari uchun 3 yil muddatga 1 yillik imtiyozli davr bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilg‘i sotib olishga aylanma mablag‘ uchun 1 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilayotgan rag‘batlantirish chorasi tabiiy gazda faoliyat yuritayotgan issiqxona xo‘jaliklariga ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, tashqi bozorlarda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va sotishga mo‘ljallangan yirik savdo omborlarini (keyingi o‘rinlarda — yirik savdo omborlari) ijaraga olishni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishning quyidagi yangi tartibi joriy etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari bilan birgalikda yirik savdo omborlarini ijaraga olish va treyder kompaniyalarga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin foydalanish uchun berish bo‘yicha takliflarni Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Hukumat komissiyasi) kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga asosan yirik savdo omborlarining ijaraga olinishini ta’minlaydi hamda treyder kompaniyalarga tekin foydalanish huquqi bilan topshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik yirik savdo omborlarining ro‘yxati, ulardagi bo‘sh joylar hamda treyder kompaniyalarning kontaktlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zining rasmiy veb-saytiga doimiy joylashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik savdo omborlarida eksport qiluvchi korxonalarning tekin saqlanadigan meva-sabzavot mahsulotlari ro‘yxati Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik savdo omborlarini ijaraga olish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 10-yanvardagi PF-2-son Farmonining 3-bandiga muvofiq Agentlikka O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat komissiyasi bir oy muddatda tashqi bozorlarda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va sotishga mo‘ljallangan yirik savdo omborlarini ijaraga olish hamda treyder kompaniyalarga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin foydalanish uchun berish tartibini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Xodjayev Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari takliflariga asosan ikki oy muddatda, birinchi navbatda, meva-sabzavot mahsulotlariga talab yuqori bo‘lgan Rossiya Federatsiyasining Moskva, Orenburg, Ufa va Novosibirsk shaharlarida yirik savdo omborlarini ijaraga olish va treyder kompaniyalarga topshirish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, serdaromad yangi ekin turlarini yetishtirish hamda hosildorlik va daromadni oshirish maqsadida issiqxona xo‘jaliklariga xorijdan malakali agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq bir oyga 1 nafar mutaxassis uchun 1 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligiga har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yuqori malakali agronomlar “yashil reyestr”ini yuritish hamda rasmiy veb-saytlarda e’lon qilib borish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda issiqxona xo‘jaliklariga xorijdan malakali agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizini qoplash tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona xo‘jaliklariga malakali xorijiy agronomlarni tanlash, baholash va jalb qilish bo‘yicha “Malakali agronom — yuqori daromad garovi” dasturini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-avgustga qadar Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi bilan birgalikda salohiyatli tashabbuskorni jalb qilgan holda Buxoro viloyatida tajriba tariqasida Italiya texnologiyasi asosida qadoqlashga mo‘ljallangan va namlikka chidamli qog‘oz qutilarni ishlab chiqarish, meva-sabzavot mahsulotlarini saralash va qadoqlash bo‘yicha logistika markazini tashkil etish loyihasini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil yakuniga qadar Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzurida Koreya texnologiyasi asosida “aqlli qishloq xo‘jaligi” sanoat texnologiyalari innovatsion markazini hamda uning Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari o‘quv-tajriba aqlli issiqxonalarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda koreyalik mutaxassislar tomonidan dasturiy ta’minotlar bilan ishlash bo‘yicha IT-mutaxassislar va yuqori malakali mahalliy trenerlar tayyorlashni yo‘lga qo‘ysin, shuningdek, issiqxona qurishda foydalaniladigan asosiy jihozlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda Koreya Respublikasida mutaxassislarning malakasini oshirish choralarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi hamda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti issiqxona xo‘jaliklarida serdaromad yangi ekin turlari (gul, brokkoli, ko‘katlar, rezavorlar va boshqalar) navlarini tanlash hamda yetishtirishni tashkil etishga mas’ul etib belgilansin.
(7-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkaziladigan issikxona xo‘jaliklariga ko‘mirni uzluksiz yetkazib berish maqsadida har bir viloyatda kamida bitta markazlashgan ko‘mir saqlash omborlarini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023/2024-yillar kuz-qish mavsumida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida issiqxona xo‘jaliklariga tutash hududlarda issiqlik yoki elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar joylashtirilishini hamda issiqxona xo‘jaliklarini uzluksiz issiqlik yoki elektr energiyasi bilan ta’minlash tajribasini joriy qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-iyunga qadar mazkur bandning uchinchi xatboshisidagi tajriba natijalarini tahlil qilgan holda, uni respublikaning boshqa hududlarida joriy etish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorga ilovaga muvofiq tijorat banklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit mablag‘lari hisobidan issiqxona xo‘jaligini tashkil qilgan har bir mijozning moliyaviy ahvolini inobatga olgan holda, ularning kreditlarini qaytarish muddatlarini uzaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning 3-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan shartlarda issiqxona xo‘jaliklariga ko‘mir saqlash omborlarini qurish xarajatlari hamda yoqilg‘i sotib olishga aylanma mablag‘ uchun kreditlar ajratish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda kredit mablag‘larining qaytmaslik xatarini sug‘urta qilish va hosilni xavf-xatardan sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi xarajatlarining 50 foizini qoplash tartibini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasining “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish ishlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida” 2023-yil 15-iyuldagi 294-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘grisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Xodjayev hamda O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri J.T. Mirzamaxmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 27-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
567-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-oktabrdagi 567-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona xo‘jaliklarining kreditlarini qaytarish muddatlari uzaytiriladigan tijorat banklari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

“Aziya Alyans bank” ATB

2.

“Hamkor bank” ATB

3.

“Mikrokreditbank” ATB

4.

“Aloqabank” ATB

5.

“Turon bank” ATB

6.

AT “Xalq banki”

7.

“Ipak yo‘li bank” ATB

8.

“Ipoteka bank” ATB

9.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB

10.

“Asaka bank” ATB

11.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB

12.

“Agrobank” ATB

13.

“Milliy bank” AJ

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.10.2023-y., 09/23/567/0802-son; 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)