ILOVA
Issiqxona xoʻjaliklariga xorijdan malakali agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Chora-tadbirlar |
Muddatlar |
|||
|
1-bosqich |
Qishloq xoʻjaligi subyekti (keyingi oʻrinlarda — talabgor) |
Xorijdan jalb qiladigan malakali mutaxassisni malakali agronomlar “yashil reyestri”dagi roʻyxatga kiritish uchun Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tuman (Quvasoy shahar) loyiha ofisiga ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq xorijdan jalb qilinadigan malakali mutaxassis toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi. |
Ixtiyoriy ravishda |
|||
|
2-bosqich |
Agentlikning tuman (Quvasoy shahar) loyiha ofisi |
Xorijdan jalb qilinadigan malakali mutaxassislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirgan holda Agentlikka yuboradi. |
3 ish kuni ichida |
|||
|
3-bosqich |
Agentlik |
Xorijdan jalb qilinadigan malakali mutaxassislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrib chiqadi va umumlashtirgan holda Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi. |
3 ish kuni ichida |
|||
|
4-bosqich |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
Agentlik tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni oʻrganib chiqadi hamda oʻrganish natijalariga koʻra oʻzining rasmiy veb-saytidagi malakali agronomlar “yashil reyestri”da xorijdan jalb qilinadigan malakali mutaxassislar roʻyxatini eʼlon qilib boradi. |
5 ish kuni ichida |
|||
|
5-bosqich |
Talabgor |
Tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhiga “Agrosubsidiya” AT orqali issiqxona xoʻjaligiga xorijdan malakali mutaxassisni jalb qilish xarajatining 50 foizini qoplash uchun subsidiya ajratish boʻyicha oʻzining shaxsiy identifikatsiya raqami, joylashgan joyi, xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki va shaxsiy hisobvaragʻi koʻrsatilgan arizaga tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat etadi. |
Ixtiyoriy ravishda, xorijdan malakali mutaxassisni jalb qilgandan soʻng 1 oy ichida |
|||
|
6-bosqich |
Tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhi |
Talabgorning arizasini ushbu Nizomning 9 va 10-bandlariga mosligini koʻrib chiqib, manzilli roʻyxatga kiritadi va talabgorga subsidiya ajratish boʻyicha xulosasini Agentlikka taqdim etadi. |
Har yili 1-fevralga qadar |
|||
|
7-bosqich |
Agentlik |
Talabgorga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosani va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra talabgorga subsidiya ajratish yoki subsidiya ajratishni rad etish haqida qaror qabul qiladi. Talabgorlarning manzilli roʻyxatini Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi. |
Har yili 20-fevralga qadar |
|||
|
8-bosqich |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
Agentlik tomonidan kiritilgan manzilli roʻyxatni umumlashtirib Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) tasdiqlash uchun kiritadi. |
Har yili 1-martga qadar |
|||
|
9-bosqich |
Hukumat komissiyasi |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan kiritilgan talabgorlarning manzilli roʻyxatini koʻrib chiqib tasdiqlaydi. |
Har yili 15-martga qadar |
|||
|
10-bosqich |
Agentlik |
Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan manzilli roʻyxatga muvofiq talabgorning tijorat bankidagi hisobvaragʻiga subsidiyani oʻtkazib beradi. |
10 ish kuni ichida |
|||
Issiqxona xoʻjaliklariga xorijdan malakali agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA