Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.01.2006 14.01.1998 yildagi 21-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.01.2006
Hujjat 14.01.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

QIShLOQ XOʻJALIGI KORXONALARINI SANATSIYA QILISh BOʻYIChA MEʼYORIY HUJJATLARNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-yanvardagi 2-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika komissiyalari va kengashlari faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida” 2005-yil 6-noyabrdagi PF–3675-son farmoni)” gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining faoliyatini samarali tashkil etishni taʼminlash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 29-oktabrdagi F-776-son farmoyishini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish tartibi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanatsiya qilinayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalarining tashqi boshqaruvchisi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanatsiya qilinadigan zarar koʻrib ishlayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalari roʻyxati 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish masalalari boʻyicha mintaqaviy komissiya toʻgʻrisidagi Nizomni uch kun muddatda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 15-yanvargacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda manfaatdor vazirliklar va idoralarning masʼul xodimlaridan ishchi guruhlari tuzsin hamda ularni tashkiliy-tushuntirish ishlarini amalga oshirish uchun sanatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligi korxonalariga yuborsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 1-fevralgacha boʻlgan muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda sanatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligi korxonalarining moliya-xoʻjalik faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari, Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi raisi B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 14-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-son

Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
14-yanvardagi 21-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish masalalari boʻyicha hukumat komissiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

I. UMUMIY QOIDALAR

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 29-oktabrdagi F-776-son farmoyishiga muvofiq faoliyat koʻrsatuvchi Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) oʻz faoliyatini zarar koʻrib ishlayotgan toʻlovga qodir boʻlmagan va iqtisodiy nochor qishloq xoʻjaligi korxonalari boʻyicha takliflar tayyorlash va masalalarni hal etish maqsadida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Komissiya oʻz faoliyatida mazkur Nizomga va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Komissiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bajarishi uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. KOMISSIYANING VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi korxonalarining moliyaviy ahvolini mustahkamlash va ular bankrotlikka uchrashining oldini olish boʻyicha yagona davlat siyosatini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarar koʻrib ishlayotgan, toʻlovga qodir boʻlmagan va iqtisodiy nochor qishloq xoʻjaligi korxonalarini xatlash ishlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan suddan oldin sanatsiya qilish (keyingi oʻrinlarda sanatsiya deb ataladi) chora-tadbirlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish rejalarini, uni oʻtkazishda vakolatli organlar va tashkilotlarning ishtirok etishi shartlarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarar koʻrib ishlayotgan, toʻlovga qodir boʻlmagan va iqtisodiy nochor qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilishga oid meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi korxonalarining sanatsiya qilinishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻayriqonuniy xatti-harakatlari qishloq xoʻjaligi korxonalarini iqtisodiy nochorlikka olib kelgan mansabdor shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisida Hukumatga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilishga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlardan belgilangan maqsadda va samarali foydalanilishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. KOMISSIYANING HUQUQLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish bilan bogʻliq meʼyoriy hujjatlarni, shuningdek vakolatli organlar va tashkilotlarning sanatsiya qilishda ishtirok etishi shartlarini oʻz vakolatlari doirasida tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy nochorlik belgilari boʻlgan korxonalar faoliyatini oʻrganish. Shu munosabat bilan qishloq xoʻjaligi korxonalarining holati toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi bilan bogʻliq boʻlgan tarmoqlar, tashkilotlar va korxonalar rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish, sanatsiya qilish muddatini uzaytirish va sanatsiya qilishni toʻxtatish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzlar boʻyicha toʻlovlarni toʻxtatib qoʻyish va ularning muddati toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanatsiya qilinayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasiga tashqi boshqarishni joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim tomonidan tayinlanadigan sanatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligi korxonasi tashqi boshqaruvchisi nomzodini kelishib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi korxonasining barqaror moliyaviy holatini taʼminlashga qaratilgan Komissiya qarorlari va sanatsiya qilishning tasdiqlangan rejalari bajarilishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish rejalarini qayta koʻrib chiqish va qaytadan tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻayriqonuniy xatti-harakatlarga yoʻl qoʻygan va qishloq xoʻjaligi korxonalarini iqtisodiy nochorlikka olib kelgan shaxslarga nisbatan chora koʻrish uchun materiallarni tegishli organlarga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish masalalari boʻyicha mintaqaviy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish masalalarini huquqiy tartibga solish yuzasidan Hukumatga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilishga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlardan foydalanilishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. KOMISSIYA FAOLIYATINI TAShKIL QILISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Komissiya majlislari ish rejasiga muvofiq biroq har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Komissiya har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qilingan ishlar toʻgʻrisida axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiya raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ishini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya nomidan majlislar bayonnomalarini, bayonnomalardan koʻchirmalarni va Komissiyaning boshqa hujjatlarini imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Komissiya majlisini Komissiya kotibi tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
14-yanvardagi 21-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI

1. Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish tartibi (keyingi oʻrinlarda Tartib deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 29-oktabrdagi F—776-son farmoyishiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Tartib zarar koʻrib ishlayotgan, toʻlovga qodir boʻlmagan va iqtisodiy nochor qishloq xoʻjaligi korxonalariga nisbatan qoʻllaniladigan suddan oldin sanatsiya qilish tartiboti xususiyatlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Suddan oldin sanatsiya qilish (keyingi oʻrinlarda sanatsiya deb ataladi) korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻashdan oldin amalga oshiriladi hamda kreditor (kreditorlar) talabini qondirish uchun qishloq xoʻjaligi korxonasining toʻlovga qodirligini va iqtisodiy qudratini tiklash hamda korxonaning kelgusida samarali faoliyat koʻrsatishi uchun shart-sharoitlar yaratishni maqsad qilib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Zarar koʻrib ishlayotgan, toʻlovga qodir boʻlmagan va iqtisodiy nochor korxonalar sanatsiya obyektlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarar koʻrib ishlayotgan, toʻlovga qodir boʻlmagan va iqtisodiy nochor qishloq xoʻjaligi korxonalari mol-mulki egalari, kreditorlar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar sanatsiya subyektlari hisoblanadi. Davlat oʻzi vakil qilgan organlar orqali sanatsiya subyekti sifatida ish koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanatsiya qilishda moliyaviy yordam koʻrsatayotgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek tashqi boshqaruvchi sanatsiya qatnashchilari hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. QIShLOQ XOʻJALIGI KORXONALARINI SANATSIYA QILISh MASALALARINI KOʻRIB ChIQISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiyasi qilish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Hukumat komissiyasi deb ataladi) tomonidan belgilangan tartibga muvofiq qishloq xoʻjaligi yili yakunlari (kutilayotgan yakunlar) boʻyicha har bir qishloq xoʻjaligi korxonasining moliyaviy-iqtisodiy ahvolini tahlil qilib chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tahlil natijalariga koʻra toʻlovga qodirligini va iqtisodiy qudratini amalda tiklash imkoniyatiga ega boʻlgan zarar koʻrib ishlayotgan, toʻlovga qodir boʻlmagan va iqtisodiy nochor korxonalar boʻyicha tegishli xulosa tayyorlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tahlil natijalari toʻgʻrisidagi xulosa asosida qishloq xoʻjaligi korxonasi yoki korxona egasi yoxud kreditor (kreditorlar) yoxud hududiy boshqarmalar Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish masalalari boʻyicha mintaqaviy komissiya (keyingi oʻrinlarda mintaqaviy komissiya deb ataladi)ga sanatsiya qilish toʻgʻrisida iltimosnoma beradilar. Iltimosnomaga, xulosadan tashqari, qishloq xoʻjaligi korxonasining toʻlovga qodirligini amalda tiklash imkoniyatini, sanatsiya muddati tugagandan soʻng uning moliyaviy barqarorlikka erishishini asoslovchi barcha zarur hujjatlar, shuningdek sanatsiya qilishning taklif etilayotgan shakllari, turlari va choralari ilova qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mintaqaviy komissiya iltimosnoma va unga ilova qilingan xulosa va hisob-kitoblar asosida toʻgʻri tuzilgan hujjatlar olingandan soʻng ikki hafta muddatda sanatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi. Takliflarda sanatsiya qilish (davlat moliyaviy mablagʻlarini jalb etgan yoki etmagan holda) shakli, sanatsiya qilish turlari va muddatlari asoslanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takliflarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv tuzilmasini maqbullashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debitorlik qarzlarni undirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat resurslaridan (normativlarga muvofiq) oqilona foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaviy-huquqiy ishlarni takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrotexnika qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzlarni boʻlib-boʻlib toʻlash (toʻlashni kechiktirish) toʻgʻrisida kreditorlar bilan ahdlashuvga erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa tadbirlarni amalga oshirish yoʻli bilan tashqi moliyaviy mablagʻlarni jalb etmasdan toʻlovga qodirlikni tiklash variantlari ham ishlab chiqilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) mintaqaviy komissiya xulosasi, sanatsiya qilish taklifi, sanatsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma va boshqa asoslovchi hujjatlardan iborat boʻlgan hujjatlar paketi Hukumat komissiyasiga taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Hukumat komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida ikki hafta muddatda oʻz yigʻilishlarida sanatsiya qilish, shuningdek tashqi boshqarishni joriy etish yoxud sanatsiya qilish yuzasidan tanlov eʼlon qilish haqida qaror qabul qiladi. Mutlaq koʻpchilik ovoz berganda qaror qabul qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanatsiya qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda hujjatlar mintaqaviy komissiyaga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. SANATSIYA QILISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hukumat komissiyasi tomonidan sanatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng sanatsiya qilishda qatnashishga qoʻyilgan shaxslar (sanatsiya qilishda moliyaviy yordam koʻrsatayotgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek tashqi boshqaruvchi) sanatsiya qilish rejasini bir oy muddatda ishlab chiqishlari va taqdim etishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1 Rejada quyidagilar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha kreditorlarning talablarini ular bilan kelishilgan muddatlarda qondirish majburiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanatsiya qilishning moʻljallanayotgan muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlarning qaytarilish shartlari va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorlar oldidagi javobgarlikning sanatsiya qatnashchilari oʻrtasida taqsimlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanatsiya boshlangandan keyin sanatsiya qatnashchilarining unda qatnashishni rad etgan taqdirdagi javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanatsiya qatnashchilari zarur deb hisoblaydigan boshqa qoidalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.2. Sanatsiya qilish rejasida qishloq xoʻjaligi korxonasi tomonidan asosiy vositalarning sanatsiya qatnashchilariga berilishi nazarda tutilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.3. Sanatsiya qatnashchilari kreditorlar oldida qabul qilingan majburiyatlarni toʻliq hajmda bajarishga majburdir va ularning bajarilishi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.4. Ishlab chiqilgan sanatsiya qilish rejasi korxona egasi va kreditor (kreditorlar) bilan kelishib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sanatsiya davlat mablagʻlarini jalb qilgan holda va jalb qilmasdan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qishloq xoʻjaligi korxonalarini davlat mablagʻlarini jalb etgan holda moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mablagʻlarni qaytarish asosida amalga oshiriladi. Mablagʻlar korxona tomonidan budjetga foizlar (penya) qoʻshmasdan sanatsiya rejasida nazarda tutilgan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar sanatsiya qilishning asosiy turlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzlarning oʻzaro qaytarilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlarni toʻliq yoki qisman sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy toʻlovlarni toʻlash va davlat kreditlarini qaytarishni sanatsiya qilish muddatiga kechiktirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishni raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishga qayta ixtisoslashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chetdan menejment, ishlab chiqarishni tashkil etish, marketing va qishloq xoʻjaligi boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi korxonasining toʻlovga qodirligi tiklanishidan va faoliyati davom ettirilishidan manfaatdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona va kreditor (kreditorlar) oʻrtasida korxona faoliyatini davom ettirishi uchun kreditorlarga toʻlanishi kerak boʻlgan toʻlovlarni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash yoki qarzlarning bir qismini chegirib tashlashga oʻzaro kelishib olishga qaratilgan bitim tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi boshqarishni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonani qayta tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar qishloq xoʻjaligi korxonasini sanatsiya qilish mablagʻlarining manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona mol-mulki egalarining, kreditorlar, korxonalar birlashmalari (xoʻjalik uyushmalari), boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy yordami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi korxonasining oʻz mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlarning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat mablagʻlarini jalb etgan holda sanatsiya qilinganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.1. Sanatsiya qilish rejasi tashqi boshqaruvchi tomonidan hududiy boshqarmaga taqdim etiladi, u oʻn kun mobaynida sanatsiya qilish rejasini ekspertiza qiladi. Bir nechta sanatsiya qilish rejasi taqdim etilgan taqdirda hududiy boshqarma korxona uchun maqbul boʻlgan sanatsiya qilish rejasini aniqlaydi va tasdiqlaydi. Ekspertiza xulosasi koʻrib chiqish uchun mintaqaviy komissiyaga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.2 Mintaqaviy komissiya oʻn kun mobaynida materiallarni koʻrib chiqadi va sanatsiya qilish rejasini tasdiqlash uchun Hukumat komissiyasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.3. Qishloq xoʻjaligi korxonasini sanatsiya qilish yigirma toʻrt oygacha muddatga joriy etiladi. Sanatsiya qilishning aniq muddatlari (lekin bir qishloq xoʻjalik yilidan kam emas) Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat mablagʻlari jalb etilmasdan sanatsiya qilinganda sanatsiya qilish rejasi tanlov gʻolibi tomonidan taqdim etiladi va mintaqaviy komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat mablagʻlari jalb etilgan holda sanatsiya qilingan taqdirda mablagʻlarni qaytarish shartlari va muddatlari sanatsiya qilish rejasida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sanatsiya qilish uni oʻtkazishning belgilangan muddati tugashi munosabati bilan yoki sanatsiya qilishning samarasiz ekanligi aniqlangan taqdirda belgilangan muddat tugagunga qadar va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa sabablarga koʻra toʻxtatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanatsiya qilishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorni Hukumat komissiyasi chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanatsiya qilish natijalariga (tashqi boshqarish va tashqi boshqaruvchi arizasi xususiyatiga) koʻra quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadga erishilishi munosabati bilan sanatsiya qilishni tugallash toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan muddat doirasida (agar sanatsiya qilish muddati kamida 24 oy belgilangan boʻlsa) sanatsiya qilishni davom ettirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadga erishilmaganligi tufayli sanatsiya qilishni toʻxtatish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Hukumat komissiyasi qarorining bajarilishi ustidan nazoratni Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi amalga oshiradi, u har chorakda Hukumat komissiyasini qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilishning tasdiqlangan rejalarining bajarilishi haqida xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
14-yanvardagi 21-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanatsiya qilinayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalarining tashqi boshqaruvchisi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tashqi boshqarish bu sanatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligi korxonasi faoliyatini boshqarishni tashkil etish usuli, korxonani boshqarish va uning mol-mulkini tasarruf etish boʻyicha huquq va majburiyatlarning tayinlangan shaxsga tashqi boshqaruvchiga oʻtishini bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashqi boshqarishni joriy etish masalasi davlat mablagʻlari jalb etilgan holda sanatsiya qilinganda mintaqaviy komissiya xulosasi asosida Qishloq xoʻjaligi masalalarini sanatsiya qilish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Hukumat komissiyasi deb ataladi) tomonidan, davlat mablagʻlari jalb etilmasdan sanatsiya qilinganda Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish masalalari boʻyicha mintaqaviy komissiya (keyingi oʻrinlarda mintaqaviy komissiya deb ataladi) tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi boshqaruvchi lavozimga, tashqi boshqaruvni joriy etish bilan bir paytda, korxona mol-mulki egasi, kreditor (kreditorlar) va Hukumat komissiyasi bilan kelishgan holda tuman hokimi tomonidan tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashqi boshqaruvchi korxonani boshqarish funksiyasini 24 oygacha boʻlgan muddatda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashqi boshqarish joriy etilgan paytdan boshlab qishloq xoʻjaligi korxonasi rahbari va boshqaruv ijro etuvchi organlarining vakolatlari toʻxtatiladi hamda ular tashqi boshqaruvchiga oʻtadi. Korxona boshqaruvining ijro etuvchi organlari tashqi boshqaruvchi tayinlangan paytdan boshlab yetti kun ichida korxonaning buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlari, muhrlar va shtamplar, moddiy va boshqa boyliklarning tashqi boshqaruvchiga topshirilishi qabul qilib olinishini taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tashqi boshqaruvchi hududiy qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi bilan kelishgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanatsiya qilinayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasining shtat jadvalini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh buxgalterni, bosh iqtisodchini, bosh agronomni va boshqa mutaxassislarni tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tashqi boshqaruvchi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq korxonaning mol-mulkini tasarruf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona nomidan kreditorlar bilan qarzlarni toʻlash muddatini uzaytirish va (yoki) ularni boʻlib-boʻlib toʻlash toʻgʻrisida bitimlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaga qoʻyilgan talablar boʻyicha belgilangan tartibda eʼtirozlar bildirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk egasi, kreditor (kreditorlar) va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi hududiy boshqarmasi roziligi bilan yirik bitishuvlarni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik bitishuvlarga qiymati bitishuv tuzilayotgan paytdagi korxona aktivlarining balans qiymatidan oʻn foiz ortiq boʻlgan koʻchmas mulkka yoki boshqa mulkka egalik qilish bilan bogʻliq bitishuvlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonaning tashqi boshqaruv joriy etilgandan soʻng paydo boʻlgan pul majburiyatlari miqdori kreditorlar talablari reyestriga muvofiq summaning 20 foizidan ortiq boʻlsa, korxonaning yangi pul majburiyatlari bilan bogʻliq bitishuvlar, tashqi boshqarish rejasida nazarda tutilgandan tashqari, tashqi boshqaruvchi tomonidan faqat mulk egasi, kreditorlar va Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tashqi boshqaruvchi quyidagilarga majburdir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanatsiya rejasini ishlab chiqish va mintaqaviy komissiyaga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona rahbari vakolatlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona boʻyicha buxgalteriya, moliya, statistika hisobini va hisobotini yuritishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar mol-mulkini xatlashni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi boshqarishni amalga oshirish va kreditorlar bilan hisob-kitob qilish uchun maxsus schyot ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorlar talablarini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy boshqarmaga har chorakda sanatsiya qilish rejasining bajarilishi haqida, shuningdek, yakuniy hisobotlar taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi boshqaruvchi kreditorlar oldida qabul qilingan majburiyatlarni toʻliq bajarishi shart va ularning bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tashqi boshqaruvchi oʻzi tayinlangan kundan boshlab bir oydan kechiktirmasdan sanatsiya qilish rejasini ishlab chiqishi lozim. Sanatsiya qilish rejasi tashqi boshqarish muddatida korxonaning toʻlov qobiliyatini tiklash va uni sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini nazarda tutishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rejaga moliyaviy-iqtisodiy ahvolni sogʻlomlashtirish boʻyicha batafsil chora-tadbirlar kiritilgan boʻlishi kerak, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi boshqarish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha kreditorlar talablarining ular bilan kelishilgan muddatlarda qondirilishini taʼminlash majburiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorlar oldidagi javobgarlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi boshqaruvchining tashqi boshqarishda u boshlanganidan keyin qatnashishdan bosh tortgan taqdirdagi javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi boshqaruvchi nazarda tutishni zarur deb hisoblaydigan boshqa qoidalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sanatsiya qilish rejasi korxona egasi hamda kreditorlar bilan kelishiladi va hududiy boshqarmaga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tashqi boshqaruvchi tashqi boshqarishning belgilangan muddati tugaguncha oʻn besh kundan kechiktirmay, shuningdek, uning muddatidan oldin tugallanishi uchun asoslar mavjud boʻlganda, yakuniy hisobot taqdim etadi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobotda quyidagilar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilgan ishlar haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil auditor tomonidan tasdiqlangan toʻliq hajmdagi moliyaviy hisobot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning pul majburiyatlari va majburiy toʻlovlar boʻyicha kreditorlar talablarini qondirish uchun yoʻnaltirilishi mumkin boʻlgan boʻsh pul mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisidagi bank maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning qolgan debitorlik qarzlari yoyilmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan kreditorlik qarzlarini uzish imkoniyatlari toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tashqi boshqaruvchi oʻz vakolatlarini amalga oshirish muddati tugagunga qadar mintaqaviy komissiya orqali Hukumat komissiyasiga quyidagi takliflardan birini kiritish huquqiga egadir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov qobiliyati tiklanishi munosabati bilan tashqi boshqarishni toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi boshqarish muddatini uzaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi boshqarishni toʻxtatish va korxonani bankrot deb eʼtirof etish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma bilan murojaat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tashqi boshqaruvchi Hukumat komissiyasi bilan kelishgan holda tuman hokimi tomonidan vakolatlaridan quyidagi hollarda ozod etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi boshqaruvchining uni vakolatlardan ozod qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomasiga koʻra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi boshqaruvchi oʻz vazifalarini muntazam ravishda buzgan taqdirda kreditorlar yoki korxona mulkining egasi iltimosnomasiga koʻra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsni tashqi boshqaruvchi etib tayinlashga toʻsqinlik qiluvchi holatlar aniqlangan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tashqi boshqarishni toʻxtatish tashqi boshqaruvchi vakolatlarini toʻxtatishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tashqi boshqarish kelishiluv bitimi qabul qilinishi yoki kreditorlar talablari toʻlanishi bilan tugallansa, tashqi boshqaruvchi yangi rahbar va boshqaruvning boshqa ijro etuvchi organlari tayinlangan (saylan)gunga qadar korxona rahbari vazifalarini bajarib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Hukumat komissiyasi tomonidan korxonani bankrot deb eʼlon qilish haqida ish qoʻzgʻash uchun materiallarni xoʻjalik sudiga berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, tashqi boshqaruvchi ishlar tugatish komissiyasiga berilgunga qadar oʻz vazifasini bajarishni davom ettiraveradi.