LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-yanvardagi 2-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika komissiyalari va kengashlari faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida” 2005-yil 6-noyabrdagi PF–3675-son farmoni)” gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 29-oktabrdagi F-776-son farmoyishini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-apreldagi 169-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 58-modda)
Sanatsiya qilinayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalarining tashqi boshqaruvchisi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
sanatsiya qilinadigan zarar ko‘rib ishlayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari ro‘yxati 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-iyundagi 294-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2003-y., 12-son, 99-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari, Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi raisi R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-apreldagi 169-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 58-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-apreldagi 169-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 58-modda)
1. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish tartibi (keyingi o‘rinlarda Tartib deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 29-oktabrdagi F—776-son farmoyishiga muvofiq ishlab chiqilgan.
2. Mazkur Tartib zarar ko‘rib ishlayotgan, to‘lovga qodir bo‘lmagan va iqtisodiy nochor qishloq xo‘jaligi korxonalariga nisbatan qo‘llaniladigan suddan oldin sanatsiya qilish tartiboti xususiyatlarini belgilaydi.
3. Suddan oldin sanatsiya qilish (keyingi o‘rinlarda sanatsiya deb ataladi) korxonalarning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘ashdan oldin amalga oshiriladi hamda kreditor (kreditorlar) talabini qondirish uchun qishloq xo‘jaligi korxonasining to‘lovga qodirligini va iqtisodiy qudratini tiklash hamda korxonaning kelgusida samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratishni maqsad qilib qo‘yadi.
4. Zarar ko‘rib ishlayotgan, to‘lovga qodir bo‘lmagan va iqtisodiy nochor korxonalar sanatsiya obyektlari hisoblanadi.
Zarar ko‘rib ishlayotgan, to‘lovga qodir bo‘lmagan va iqtisodiy nochor qishloq xo‘jaligi korxonalari mol-mulki egalari, kreditorlar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar sanatsiya subyektlari hisoblanadi. Davlat o‘zi vakil qilgan organlar orqali sanatsiya subyekti sifatida ish ko‘radi.
Sanatsiya qilishda moliyaviy yordam ko‘rsatayotgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek tashqi boshqaruvchi sanatsiya qatnashchilari hisoblanadilar.
5. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Korxonalarning bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Hukumat komissiyasi deb ataladi) tomonidan belgilangan tartibga muvofiq qishloq xo‘jaligi yili yakunlari (kutilayotgan yakunlar) bo‘yicha har bir qishloq xo‘jaligi korxonasining moliyaviy-iqtisodiy ahvolini tahlil qilib chiqadi;
(5-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-apreldagi 169-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 58-modda)
b) tahlil natijalariga ko‘ra to‘lovga qodirligini va iqtisodiy qudratini amalda tiklash imkoniyatiga ega bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, to‘lovga qodir bo‘lmagan va iqtisodiy nochor korxonalar bo‘yicha tegishli xulosa tayyorlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) tahlil natijalari to‘g‘risidagi xulosa asosida qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki korxona egasi yoxud kreditor (kreditorlar) yoxud hududiy boshqarmalar Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha mintaqaviy komissiya (keyingi o‘rinlarda mintaqaviy komissiya deb ataladi)ga sanatsiya qilish to‘g‘risida iltimosnoma beradilar. Iltimosnomaga, xulosadan tashqari, qishloq xo‘jaligi korxonasining to‘lovga qodirligini amalda tiklash imkoniyatini, sanatsiya muddati tugagandan so‘ng uning moliyaviy barqarorlikka erishishini asoslovchi barcha zarur hujjatlar, shuningdek sanatsiya qilishning taklif etilayotgan shakllari, turlari va choralari ilova qilinadi;
(5-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-apreldagi 169-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 58-modda)
g) mintaqaviy komissiya iltimosnoma va unga ilova qilingan xulosa va hisob-kitoblar asosida to‘g‘ri tuzilgan hujjatlar olingandan so‘ng ikki hafta muddatda sanatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi. Takliflarda sanatsiya qilish (davlat moliyaviy mablag‘larini jalb etgan yoki etmagan holda) shakli, sanatsiya qilish turlari va muddatlari asoslanishi kerak.
qarzlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash (to‘lashni kechiktirish) to‘g‘risida kreditorlar bilan ahdlashuvga erishish;
boshqa tadbirlarni amalga oshirish yo‘li bilan tashqi moliyaviy mablag‘larni jalb etmasdan to‘lovga qodirlikni tiklash variantlari ham ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak.
d) mintaqaviy komissiya xulosasi, sanatsiya qilish taklifi, sanatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma va boshqa asoslovchi hujjatlardan iborat bo‘lgan hujjatlar paketi Hukumat komissiyasiga taqdim etiladi;
e) Hukumat komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida ikki hafta muddatda o‘z yig‘ilishlarida sanatsiya qilish, shuningdek tashqi boshqarishni joriy etish yoxud sanatsiya qilish yuzasidan tanlov e’lon qilish haqida qaror qabul qiladi. Mutlaq ko‘pchilik ovoz berganda qaror qabul qilingan hisoblanadi.
Sanatsiya qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda hujjatlar mintaqaviy komissiyaga qaytariladi.
6. Hukumat komissiyasi tomonidan sanatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng sanatsiya qilishda qatnashishga qo‘yilgan shaxslar (sanatsiya qilishda moliyaviy yordam ko‘rsatayotgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek tashqi boshqaruvchi) sanatsiya qilish rejasini bir oy muddatda ishlab chiqishlari va taqdim etishlari kerak.
sanatsiya boshlangandan keyin sanatsiya qatnashchilarining unda qatnashishni rad etgan taqdirdagi javobgarligi;
6.2. Sanatsiya qilish rejasida qishloq xo‘jaligi korxonasi tomonidan asosiy vositalarning sanatsiya qatnashchilariga berilishi nazarda tutilishi mumkin emas.
6.3. Sanatsiya qatnashchilari kreditorlar oldida qabul qilingan majburiyatlarni to‘liq hajmda bajarishga majburdir va ularning bajarilishi uchun javob beradilar.
6.4. Ishlab chiqilgan sanatsiya qilish rejasi korxona egasi va kreditor (kreditorlar) bilan kelishib olinadi.
8. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini davlat mablag‘larini jalb etgan holda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mablag‘larni qaytarish asosida amalga oshiriladi. Mablag‘lar korxona tomonidan budjetga foizlar (penya) qo‘shmasdan sanatsiya rejasida nazarda tutilgan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
majburiy to‘lovlarni to‘lash va davlat kreditlarini qaytarishni sanatsiya qilish muddatiga kechiktirish;
chetdan menejment, ishlab chiqarishni tashkil etish, marketing va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish;
qishloq xo‘jaligi korxonasining to‘lovga qodirligi tiklanishidan va faoliyati davom ettirilishidan manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatish;
korxona va kreditor (kreditorlar) o‘rtasida korxona faoliyatini davom ettirishi uchun kreditorlarga to‘lanishi kerak bo‘lgan to‘lovlarni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoki qarzlarning bir qismini chegirib tashlashga o‘zaro kelishib olishga qaratilgan bitim tuzish;
10. Quyidagilar qishloq xo‘jaligi korxonasini sanatsiya qilish mablag‘larining manbalari hisoblanadi:
korxona mol-mulki egalarining, kreditorlar, korxonalar birlashmalari (xo‘jalik uyushmalari), boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy yordami;
11.1. Sanatsiya qilish rejasi tashqi boshqaruvchi tomonidan hududiy boshqarmaga taqdim etiladi, u o‘n kun mobaynida sanatsiya qilish rejasini ekspertiza qiladi. Bir nechta sanatsiya qilish rejasi taqdim etilgan taqdirda hududiy boshqarma korxona uchun maqbul bo‘lgan sanatsiya qilish rejasini aniqlaydi va tasdiqlaydi. Ekspertiza xulosasi ko‘rib chiqish uchun mintaqaviy komissiyaga beriladi.
11.2 Mintaqaviy komissiya o‘n kun mobaynida materiallarni ko‘rib chiqadi va sanatsiya qilish rejasini tasdiqlash uchun Hukumat komissiyasiga taqdim etadi.
11.3. Qishloq xo‘jaligi korxonasini sanatsiya qilish yigirma to‘rt oygacha muddatga joriy etiladi. Sanatsiya qilishning aniq muddatlari (lekin bir qishloq xo‘jalik yilidan kam emas) Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
12. Davlat mablag‘lari jalb etilmasdan sanatsiya qilinganda sanatsiya qilish rejasi tanlov g‘olibi tomonidan taqdim etiladi va mintaqaviy komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
13. Davlat mablag‘lari jalb etilgan holda sanatsiya qilingan taqdirda mablag‘larni qaytarish shartlari va muddatlari sanatsiya qilish rejasida ko‘rsatiladi.
14. Sanatsiya qilish uni o‘tkazishning belgilangan muddati tugashi munosabati bilan yoki sanatsiya qilishning samarasiz ekanligi aniqlangan taqdirda belgilangan muddat tugagunga qadar va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa sabablarga ko‘ra to‘xtatilishi mumkin.
Sanatsiya qilish natijalariga (tashqi boshqarish va tashqi boshqaruvchi arizasi xususiyatiga) ko‘ra quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
belgilangan muddat doirasida (agar sanatsiya qilish muddati kamida 24 oy belgilangan bo‘lsa) sanatsiya qilishni davom ettirish to‘g‘risida;
Oldingi tahrirga qarang.
15. Hukumat komissiyasi qarorining bajarilishi ustidan nazoratni Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi amalga oshiradi, u har chorakda Hukumat komissiyasini qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilishning tasdiqlangan rejalarining bajarilishi haqida xabardor qiladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-apreldagi 169-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y.,7-8-son, 58-modda)
1. Tashqi boshqarish bu sanatsiya qilinadigan qishloq xo‘jaligi korxonasi faoliyatini boshqarishni tashkil etish usuli, korxonani boshqarish va uning mol-mulkini tasarruf etish bo‘yicha huquq va majburiyatlarning tayinlangan shaxsga tashqi boshqaruvchiga o‘tishini bildiradi.
2. Tashqi boshqarishni joriy etish masalasi davlat mablag‘lari jalb etilgan holda sanatsiya qilinganda mintaqaviy komissiya xulosasi asosida Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Hukumat komissiyasi deb ataladi) tomonidan, davlat mablag‘lari jalb etilmasdan sanatsiya qilinganda Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish masalalari bo‘yicha mintaqaviy komissiya (keyingi o‘rinlarda mintaqaviy komissiya deb ataladi) tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Tashqi boshqaruvchi lavozimga, tashqi boshqaruvni joriy etish bilan bir paytda, korxona mol-mulki egasi, kreditor (kreditorlar) va Hukumat komissiyasi bilan kelishgan holda tuman hokimi tomonidan tayinlanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-apreldagi 169-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 58-modda)
3. Tashqi boshqaruvchi korxonani boshqarish funksiyasini 24 oygacha bo‘lgan muddatda amalga oshiradi.
4. Tashqi boshqarish joriy etilgan paytdan boshlab qishloq xo‘jaligi korxonasi rahbari va boshqaruv ijro etuvchi organlarining vakolatlari to‘xtatiladi hamda ular tashqi boshqaruvchiga o‘tadi. Korxona boshqaruvining ijro etuvchi organlari tashqi boshqaruvchi tayinlangan paytdan boshlab yetti kun ichida korxonaning buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlari, muhrlar va shtamplar, moddiy va boshqa boyliklarning tashqi boshqaruvchiga topshirilishi qabul qilib olinishini ta’minlashlari shart.
korxona nomidan kreditorlar bilan qarzlarni to‘lash muddatini uzaytirish va (yoki) ularni bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risida bitimlar tuzish;
Oldingi tahrirga qarang.
mulk egasi, kreditor (kreditorlar) va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi hududiy boshqarmasi roziligi bilan yirik bitishuvlarni amalga oshirish.
(6-bandning 5-xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 169-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 58-modda)
Yirik bitishuvlarga qiymati bitishuv tuzilayotgan paytdagi korxona aktivlarining balans qiymatidan o‘n foiz ortiq bo‘lgan ko‘chmas mulkka yoki boshqa mulkka egalik qilish bilan bog‘liq bitishuvlar kiradi.
Korxonaning tashqi boshqaruv joriy etilgandan so‘ng paydo bo‘lgan pul majburiyatlari miqdori kreditorlar talablari reyestriga muvofiq summaning 20 foizidan ortiq bo‘lsa, korxonaning yangi pul majburiyatlari bilan bog‘liq bitishuvlar, tashqi boshqarish rejasida nazarda tutilgandan tashqari, tashqi boshqaruvchi tomonidan faqat mulk egasi, kreditorlar va Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi) roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
tashqi boshqarishni amalga oshirish va kreditorlar bilan hisob-kitob qilish uchun maxsus schyot ochish;
hududiy boshqarmaga har chorakda sanatsiya qilish rejasining bajarilishi haqida, shuningdek, yakuniy hisobotlar taqdim etish.
Tashqi boshqaruvchi kreditorlar oldida qabul qilingan majburiyatlarni to‘liq bajarishi shart va ularning bajarilishi uchun javob beradi.
8. Tashqi boshqaruvchi o‘zi tayinlangan kundan boshlab bir oydan kechiktirmasdan sanatsiya qilish rejasini ishlab chiqishi lozim. Sanatsiya qilish rejasi tashqi boshqarish muddatida korxonaning to‘lov qobiliyatini tiklash va uni sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini nazarda tutishi kerak.
Rejaga moliyaviy-iqtisodiy ahvolni sog‘lomlashtirish bo‘yicha batafsil chora-tadbirlar kiritilgan bo‘lishi kerak, shu jumladan:
barcha kreditorlar talablarining ular bilan kelishilgan muddatlarda qondirilishini ta’minlash majburiyati;
tashqi boshqaruvchining tashqi boshqarishda u boshlanganidan keyin qatnashishdan bosh tortgan taqdirdagi javobgarligi;
9. Sanatsiya qilish rejasi korxona egasi hamda kreditorlar bilan kelishiladi va hududiy boshqarmaga taqdim etiladi.
10. Tashqi boshqaruvchi tashqi boshqarishning belgilangan muddati tugaguncha o‘n besh kundan kechiktirmay, shuningdek, uning muddatidan oldin tugallanishi uchun asoslar mavjud bo‘lganda, yakuniy hisobot taqdim etadi,
korxonaning pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlar bo‘yicha kreditorlar talablarini qondirish uchun yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan bo‘sh pul mablag‘lari mavjudligi to‘g‘risidagi bank ma’lumotlari;
11. Tashqi boshqaruvchi o‘z vakolatlarini amalga oshirish muddati tugagunga qadar mintaqaviy komissiya orqali Hukumat komissiyasiga quyidagi takliflardan birini kiritish huquqiga egadir:
tashqi boshqarishni to‘xtatish va korxonani bankrot deb e’tirof etish to‘g‘risida sudga iltimosnoma bilan murojaat qilish.
12. Tashqi boshqaruvchi Hukumat komissiyasi bilan kelishgan holda tuman hokimi tomonidan vakolatlaridan quyidagi hollarda ozod etiladi:
tashqi boshqaruvchi o‘z vazifalarini muntazam ravishda buzgan taqdirda kreditorlar yoki korxona mulkining egasi iltimosnomasiga ko‘ra;