OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT AKTIVLARINI BOSHQARISH AGENTLIGI DIREKTORINING
buyrugʻi
Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 9 iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3403-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2024-yil 19-apreldagi PF-67-son Farmoni hamda “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son va “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 24-martdagi PQ-102-son qarorlariga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2022-yil 29-noyabrdagi 326-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3403, 2022-yil 19-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2022-y., 10/22/3403/1098-son) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor A. ORTIKOV
Toshkent sh.,
2024-yil 27-iyun,
221-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
2024-yil 21-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2024-yil 27-iyundagi 221-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning beshinchi xatboshisidagi “Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining” degan soʻzlar “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 11-banddagi “2009-yil 8-apreldagi 102-son” degan soʻzlar “2023-yil 14-dekabrdagi 660-son” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 13-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasi” degan soʻzlar “Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2024-y., 10/24/3403-1/0485-son)