19.12.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3403
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT AKTIVLARINI BOSHQARISH AGENTLIGI DIREKTORINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrug‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 19-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3403]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-168-son “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor A. ORTIKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 29-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
326-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri D. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 31-oktabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori F. PULATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri T. ISHMETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 29-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2022-yil 29-noyabrdagi 326-son buyrug‘iga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli bo‘lgan, uch oydan ortiq muddat davomida foydalanilmasdan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025-yil 7-iyuldagi 01/7-11/41-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3403-3, 17.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 10/25/3403-3/0637-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balansda saqlovchi — bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektini balansida saqlovchi vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari (bundan buyon matnda obyekt deb yuritiladi) — vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli bo‘lgan, tugallanmagan qurilish obyektlari, bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, shu jumladan umumiy maydonining 50 foizidan ko‘prog‘idan (bir noturar joy doirasida) tovarlar ishlab chiqarishda (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) foydalanilmayotgan obyektlar (bundan mavsumiy ishlar amalga oshiriladigan obyektlar mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025-yil 7-iyuldagi 01/7-11/41-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3403-3, 17.07.2025-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 10/25/3403-3/0637-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga beruvchi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining hududiy boshqarmalari;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2024-yil 27-iyundagi 221-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3403-1, 09.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2024-y., 10/24/3403-1/0485-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy boshqarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining axborot tizimi (bundan buyon matnda axborot tizimi deb yuritiladi) — O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Davlat mulki” axborot tizimi bo‘sh turgan obyektlar moduli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-auksion” elektron savdo platformasi (bundan buyon matnda elektron onlayn-auksion deb yuritiladi) — elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek istagi bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning bunday auksion va tanlovlar jarayoniga kirishi hamda ularda qatnashish imkonini ta’minlaydigan axborot tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Obyektlarni vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish mazkur Nizomning ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Obyektni ijaraga berish yoki savdoga chiqarish uchun tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ijaraga beruvchi tomonidan obyektlarni aniqlash maqsadida doimiy ravishda joylarga chiqqan holda xatlov o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatlov davomida aniqlangan obyektning nomi, maydoni, manzili, balansda saqlovchisi, geolokatsiyasi, holati va fotosuratlari obyekt aniqlangan kundan boshlab bir ish kuni ichida axborot tizimiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ijaraga beruvchi obyekt haqidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritgan kundan boshlab uch ish kuni ichida obyektning balansda saqlovchisiga ogohlantirish xati yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ogohlantirish xatida balansda saqlovchi tomonidan obyektdan uch oy muddat ichida samarali foydalanilishi hamda bu haqda ijaraga beruvchiga ma’lumot taqdim etilishi, shuningdek ushbu talabga rioya qilinmagan taqdirda, obyekt belgilangan muddat o‘tganidan so‘ng ijaraga berish yoki sotish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Obyekt axborot tizimiga kiritilgan kundan boshlab uch oy muddat ichida balansda saqlovchi tomonidan undan samarali foydalanilayotganligi haqida ma’lumot taqdim etilmagan bo‘lsa, mazkur muddat o‘tgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida ijaraga beruvchi va sotuvchining mas’ul xodimlari tomonidan obyekt joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechiriladi hamda quyidagilar o‘rganiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning joylashgan joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisosligi (agar mavjud bo‘lsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
holati (foydalanishga yaroqliligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balansda saqlovchisi (mulkdori);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning kadastr hujjatlariga muvofiq umumiy yer maydoni hamda bino-inshootlar egallagan maydoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning bo‘sh turgan muddati (obyektning bo‘sh turganligi birinchi marta aniqlangan kundan boshlab hisoblanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektdan kelgusida samarali foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori mavjudligi, shuningdek obyektni qonunchilik hujjatlari bilan tasdiqlangan xususiylashtirish dasturlariga, shu jumladan tarmoq jadvaliga kiritilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektga nisbatan taqiqning (cheklovning) mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyekt bo‘yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan elektron ko‘chirma idoralararo elektron hamkorlik qilish vositasida axborot tizimi orqali olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Obyektni o‘rganish jarayonida balansda saqlovchi obyektdan kelgusida foydalanishga ehtiyoji mavjudligi, shu jumladan kamida 5 yillik demografik o‘sish darajasini inobatga olgan holda aniq hisob-kitoblarga asoslangan takliflarini ijaraga beruvchi va sotuvchining mas’ul xodimlariga taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Obyektni o‘rganish natijasiga ko‘ra, ijaraga beruvchi va sotuvchining mas’ul xodimlari tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomada obyekt haqidagi barcha ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda uning ixtisosligidan kelib chiqib obyektni ijaraga berish yoki sotish zarurligi to‘g‘risida xulosa nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Obyektni ijaraga berish zarurligi to‘g‘risida xulosa chiqarish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektdan kelgusida samarali foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori mavjudligi, shuningdek obyektni qonunchilik hujjatlari bilan tasdiqlangan xususiylashtirish dasturlariga, shu jumladan tarmoq jadvaliga kiritilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balansda saqlovchi tomonidan obyektdan kelgusida foydalanishga ehtiyoji mavjudligi, shu jumladan kamida 5 yillik demografik o‘sish darajasini inobatga olgan holda aniq hisob-kitoblarga asoslangan takliflar taqdim etilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida belgilangan obyektni ijaraga berish to‘g‘risida xulosa chiqarish uchun asos bo‘ladigan holatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, obyektni sotish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish to‘g‘risida xulosa qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ijaraga beruvchi dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida o‘rganish natijalarini, shu jumladan obyektni sotish yoki ijaraga berish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi haqidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritadi hamda bu haqda shu kunning o‘zida balansda saqlovchiga xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Obyektni ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ijaraga beruvchi obyektni ijaraga berish uchun axborot tizimiga kiritilgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida obyektning foydalanish sohasi, boshlang‘ich narxi hamda ijaraga berish muddatini belgilagan holda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ijaraga beruvchi tomonidan obyektni ijaraga berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2024-yil 27-iyundagi 221-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3403-1, 09.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2024-y., 10/24/3403-1/0485-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Obyekt sotish uchun axborot tizimiga kiritilganda, sotuvchi tomonidan uni sotishdan oldin tayyorlash va savdoga chiqarish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ko‘chmas mulk obyektlarini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Obyektni sotish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish to‘g‘risidagi qaror quyidagilar tomonidan qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
munitsipal mulk bo‘lgan obyektlar bo‘yicha — tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika mulki bo‘lgan obyektlar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025-yil 7-iyuldagi 01/7-11/41-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3403-3, 17.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 10/25/3403-3/0637-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Obyektni elektron onlayn-auksion savdolarida ijaraga berish va sotish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Mas’ullar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Ijaraga beruvchi

Obyektlarni aniqlash maqsadida joylarga chiqqan holda xatlov o‘tkazadi.

Doimiy

2-bosqich

Ijaraga beruvchi

Xatlov davomida aniqlangan obyektning nomi, maydoni, manzili, balansda saqlovchisi, geolokatsiyasi, holati va fotosuratlarini axborot tizimiga kiritadi.

1 ish kuni

3-bosqich

Ijaraga beruvchi

Obyektning balansda saqlovchisiga ogohlantirish xati yuboradi.

3 ish kuni

4-bosqich

Ijaraga beruvchi va sotuvchi

Obyekt axborot tizimiga kiritilgan kundan boshlab uch oy muddat ichida balansda saqlovchi tomonidan undan samarali foydalanilayotganligi haqida ma’lumot taqdim etilmagan bo‘lsa, obyektni joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechiradi, u haqidagi ma’lumotlar o‘rganadi hamda natijasiga ko‘ra dalolatnoma rasmiylashtiradi.

2 ish kuni

5-bosqich

Balansda saqlovchi

Obyektdan kelgusida foydalanishga ehtiyoji mavjudligi, shu jumladan kamida 5 yillik demografik o‘sish darajasini inobatga olgan holda aniq hisob-kitoblarga asoslangan takliflarini ijaraga beruvchi va sotuvchining mas’ul xodimlariga taqdim etadi.

zaruratga ko‘ra

6-bosqich

Ijaraga beruvchi

O‘rganish natijalarini, shu jumladan obyektni sotish yoki ijaraga berish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi haqidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritadi hamda bu haqda balansda saqlovchiga xabarnoma yuboradi.

1 ish kuni

7-bosqich

Ijaraga beruvchi

Obyektning foydalanish sohasi, boshlang‘ich narxi hamda ijaraga berish muddatini belgilagan holda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqaradi.

2 ish kuni

8-bosqich

Sotuvchi

Obyekt sotish uchun axborot tizimiga kiritilganda, uni sotishdan oldin tayyorlash va savdoga chiqarishni Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ko‘chmas mulk obyektlarini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiradi.

belgilangan muddatda

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2022-y., 10/22/3403/1098-son; 09.07.2024-y., 10/24/3403-1/0485-son; 24.03.2025-y., 10/25/3403-2/0265-son; 21.07.2025-y., 10/25/3403-3/0637-son)