05.06.2024 yildagi 1337-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Uchastka saylov komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 26-moddalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Uchastka saylov komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais Z. NIZAMXODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 5-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1337-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 5-iyundagi 1337-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga (bundan buyon matnda Saylov kodeksi deb yuritiladi) muvofiq uchastka saylov komissiyalarini tuzish va ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Uchastka saylov komissiyasini tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Uchastka saylov komissiyasi tegishli viloyat va Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda hududiy saylov komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan saylovga kamida qirq kun qolganida besh — oʻn toʻqqiz nafar aʼzodan, shu jumladan rais, rais oʻrinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar komissiya yetti nafargacha aʼzodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Zarur boʻlgan hollarda, uchastka saylov komissiyasining son tarkibi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda Markaziy saylov komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Uchastka saylov komissiyasining tarkibi hududiy saylov komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Uchastka saylov komissiyalarining tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi hududiy saylov komissiyasining qarori komissiyaning rasmiy veb-saytida va matbuot nashrlarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida ushbu Nizomda nazarda tutilgan saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq hududiy saylov komissiyasining vakolatlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Uchastka saylov komissiyasi aʼzosiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yigirma bir yoshga toʻlgan, oʻrta yoki oliy maʼlumotga, qoida tariqasida, saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish borasida ish tajribasiga ega boʻlgan, aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtibor qozongan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchastka saylov komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar uchastka saylov komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) deputati, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari (bundan buyon matnda mahalliy Kengashlar deb yuritiladi) deputati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) aʼzosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa saylov komissiyasining aʼzolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy partiyalarning aʼzolari va vakolatli vakillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat, tuman va shahar hokimlari hamda ularning oʻrinbosarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga, deputatlikka nomzodlar (bundan buyon matnda nomzod deb yuritiladi), nomzodlarning yaqin qarindoshlari (yaʼni ota-ona, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillari) va ishonchli vakillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlarga bevosita boʻysunuvchi shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Nomzodlarning yaqin qarindoshlari yoki bevosita nomzodlarga boʻysunuvchi shaxslar nomzod koʻrsatilgan saylov okrugidan boshqa saylov okrugi hududida uchastka saylov komissiyalari aʼzoligiga saylangan boʻlsa, ushbu shaxslar tegishli uchastka saylov komissiyasi tarkibida oʻz faoliyatlarini davom ettirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov kampaniyasi davomida nomzod roʻyxatga olingandan soʻng uning yaqin qarindoshlari yoki unga bevosita boʻysunuvchi shaxslar uchastka saylov komissiyasi tarkibiga kiritilganligi aniqlansa, ushbu shaxslar uchastka saylov komissiyasi tarkibidan belgilangan tartibda chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining tarkibini shakllantirishda mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan talablarni inobatga olgan holda quyidagilar orasidan boʻlishi tavsiya etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy bilim va malakaga ega, shuningdek xorijiy tillarni biladigan mutaxassislar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi (bundan buyon matnda SJBAT deb yuritiladi) va Saylovchilarning yagona elektron roʻyxati (bundan buyon matnda SYAER deb yuritiladi) bilan ishlash koʻnikmasiga ega boʻlgan, raqamli texnologiyalar sohasida bilim va amaliy koʻnikmaga ega fuqarolar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasi tarkibini shakllantirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni, shuningdek yoshlar hamda nogironligi boʻlgan ijtimoiy faol fuqarolarning ishtirokini taʼminlashga alohida eʼtibor beriladi. Bunda uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlardagi xotin-qizlarning ulushi kamida oʻttiz foiz boʻlishi tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taklif etilib, bu nomzodlar tegishli xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining majlisida muhokama qilinadi hamda hududiy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilinganidan keyin fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻz tashabbusiga koʻra yoki tegishli xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining yoxud hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasining takliflariga asosan uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar zaxirasini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Saylov uchastkalari tuzilganidan keyin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan — fuqarolar yigʻini majlisida yoki fuqarolar vakillarining yigʻilishida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan — mehnat jamoalari yigʻilishida uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar zaxirasi muhokama qilinadi hamda yigʻilish (majlis) natijasi bayon bilan rasmiylashtirilib, saylovga kamida ellik kun qolganida tegishli xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi oʻz reglamentida belgilangan tartibda besh kunlik muddatda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bildirilgan takliflarni muhokama etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhokama natijalari boʻyicha tegishli xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining uchastka saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya etish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinadi va saylovga kamida qirq besh kun qolguniga qadar tegishli hududiy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlarni tasdiqlash uchun hududiy saylov komissiyasiga tavsiya etish “E-saylov” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining yarmidan koʻpi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emas, bundan Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari, konsullik muassasalari (bundan buyon matnda diplomatik vakolatxona deb yuritiladi) huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda hamda boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum qilish joylarida tashkil etilgan uchastka saylov komissiyalari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi diplomatik vakolatxonalar huzuridagi uchastka saylov komissiyasi (bundan buyon matnda xorijdagi uchastka saylov komissiyasi deb yuritiladi) aʼzoligiga nomzodlarni saylov uchastkasi biriktirilgan tegishli hududiy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun saylovdan kamida qirq besh kun oldin tavsiya etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xorijdagi uchastka saylov komissiyasi raisining vazifalarini ushbu diplomatik vakolatxonaning rahbari, rahbar tayinlanmagan boʻlsa, diplomatik xodimi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Harbiy qismlar, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarining rahbari tomonidan uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar mazkur muassasa xodimlari orasidan hududiy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun saylovdan kamida qirq besh kun oldin tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat tugʻilganida, harbiy qismlar, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarining rahbari tomonidan Saylov kodeksining 25-moddasiga muvofiq boshqa shaxslar va jamoatchilik vakillari ham uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzod sifatida tavsiya etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Harbiy qismlarda, diplomatik vakolatxonalar huzurida, shuningdek olis va borish qiyin boʻlgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkalari saylovga kamida yetti kun qolganida tuzilsa, hududiy saylov komissiyasiga saylov uchastkasini tuzish toʻgʻrisida taqdimnoma bilan birga uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya etish toʻgʻrisidagi qaror ham taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Uchastka saylov komissiyasiga aʼzolik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Uchastka saylov komissiyasi raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va aʼzolariga tegishincha mazkur Nizomning 1, 2, 3 yoki 4-ilovasiga muvofiq shakldagi guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasi raisining guvohnomasi hududiy saylov komissiyasi raisi tomonidan imzolanadi va hududiy saylov komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari, komissiya kotibi va aʼzolarining guvohnomalari uchastka saylov komissiyasi raisi tomonidan imzolanadi va uchastka saylov komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasining aʼzolariga guvohnomalar elektron shaklda “E-saylov” axborot tizimi orqali berilishi mumkin. Bunda “E-saylov” axborot tizimi orqali guvohnoma tegishincha hududiy saylov komissiyasi raisi yoki uchastka saylov komissiyasi raisi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Uchastka saylov komissiyasining aʼzolari oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Uchastka saylov komissiyasining aʼzosi saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan hududiy saylov komissiyasi bilan kelishilgan holda uchastka saylov komissiyasining qaroriga binoan oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda ozod qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Uchastka saylov komissiyasining aʼzolari saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan boʻshatilishi yoki ularning roziligisiz boshqa ishga oʻtkazilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengash deputatligiga nomzod yoki ishonchli vakil etib roʻyxatga olingan uchastka saylov komissiyasining aʼzosi komissiya tarkibidan chiqib ketgan deb hisoblanadi. Bu haqda uchastka saylov komissiyasi hududiy saylov komissiyasini darhol xabardor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Uchastka saylov komissiyasi aʼzosining vakolatlari hududiy saylov komissiyasi tomonidan bevosita yoxud uni aʼzolikka tavsiya etgan organning taqdimnomasiga binoan quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilish toʻgʻrisida yozma ariza berganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u oʻz vazifalarini muntazam ravishda bajarmay kelganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunga koʻra u saylov komissiyasi aʼzosining vakolatlarini amalga oshirish bilan bir vaqtda shugʻullanib boʻlmaydigan lavozimga saylanganda yoki tayinlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan bedarak yoʻqolgan deb topilganda yoxud vafot etgan deb eʼlon qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqanda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u vafot etganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzosining oʻz vazifalarini muntazam ravishda bajarmay kelganligiga oid holat u aʼzo boʻlgan uchastka saylov komissiyasining dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Uchastka saylov komissiyasining aʼzosi komissiya tarkibidan chiqarilgan yoki komissiya aʼzolarining soni koʻpaytirilgan hollarda komissiyaning yangi aʼzosi Saylov kodeksida va mazkur Nizomda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Uchastka saylov komissiyasi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Uchastka saylov komissiyasi oʻz faoliyatini mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Uchastka saylov komissiyasi ishining tashkiliy shakli uning zaruratga qarab oʻtkaziladigan majlisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Uchastka saylov komissiyasining majlisi raisning tashabbusiga koʻra yoki komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi talabiga binoan chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasining majlisi, agar unda majlis oʻtkazilayotgan kundagi komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Uchastka saylov komissiyasining qarori ochiq ovoz berish yoʻli orqali komissiya aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Uchastka saylov komissiyasi oʻz faoliyatini ochiq va oshkora amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasi majlisida bayonnoma yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomada majlisning kun tartibi, unda qatnashgan uchastka saylov komissiyasi aʼzolari va boshqa taklif etilgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar, muhokamaga kiritilgan masalaning qisqacha mazmuni, soʻzga chiqqan va fikr bildirganlar toʻgʻrisida maʼlumotlar, koʻrib chiqilgan har bir masala yuzasidan ovoz berish natijalari, qabul qilingan qarorlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnoma raislik qiluvchi va kotib tomonidan imzolanadi hamda unga qabul qilingan qaror, xulosalar va boshqa taalluqli hujjatlar, shuningdek, uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining muayyan masala yuzasidan yozma shakldagi alohida fikrlari (agar boʻlsa) ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Uchastka saylov komissiyasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori saylov uchastkasi joylashgan tuman, shahardagi barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari va harbiy qismlar, korxonalarning, muassasalarning va tashkilotlarning rahbarlari ijro etishi uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Uchastka saylov komissiyasining majlislarida, shuningdek, saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir boshqa tadbirlarida yuqori turuvchi komissiya aʼzolari, roʻyxatga olingan nomzodlar, ularning ishonchli vakillari, siyosiy partiyalarning kuzatuvchilari, vakolatli vakillari, ommaviy axborot vositalarining vakillari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlislarga mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari vakillari va boshqalar taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Uchastka saylov komissiyasining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Uchastka saylov komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylov uchastkasi boʻyicha saylovchilarning roʻyxatini aniqlaydi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovchilarni saylovchilarning roʻyxati bilan tanishtiradi, roʻyxatda yoʻl qoʻyilgan xatolar va noaniqliklar toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qiladi hamda koʻrib chiqadi va roʻyxatga tegishli oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi masalani hal etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish va ovoz berishda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlmagan muddatidan oldin ovoz bergan saylovchilardan toʻldirilgan saylov byulletenlarini yopiq konvertlarda qabul qilib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini saylov kuni va ovoz berish joyi toʻgʻrisida xabardor etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binoning yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari, saylov qutilari, shuningdek, boshqa jihozlar bilan tayyorlab qoʻyilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylov kuni uchastkada ovoz berishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovozlarni sanab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov kodeksiga va saylov toʻgʻrisidagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Uchastka saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan tegishli hududdagi davlat organlariga hamda jamoat birlashmalarining organlariga, korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga murojaat qilish huquqiga ega. Ular qoʻyilgan masalani koʻpi bilan uch kunlik muddatda koʻrib chiqishi va uchastka saylov komissiyasiga javob qaytarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Davlat organlari va jamoat birlashmalarining organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar uchastka saylov komissiyasiga oʻz vakolatlarini amalga oshirishida koʻmaklashishi, uning ishi uchun zarur maʼlumotlarni taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Uchastka saylov komissiyasining aʼzolari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Uchastka saylov komissiyasi raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka saylov komissiyasi faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka saylov komissiyasi majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi va uni oʻtkazish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va jamoat birlashmalari bilan munosabatlarda uchastka saylov komissiyasi nomidan ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka saylov komissiyasi joylashgan bino va ovoz berish xonasining jihozlanishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka saylov komissiyasining qarorlarini, uchastka saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari, komissiya kotibi va aʼzolarining guvohnomalarini hamda boshqa hujjatlarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni komissiya aʼzolari oʻrtasida koʻrib chiqish uchun taqsimlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan saylovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirish uchun uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining uyma-uy aylanib chiqishini tashkillashtiradi va muvofiqlashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining ovoz berish kunidagi vazifalarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy partiyalarning kuzatuvchilari, vakolatli vakillari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari bilan komissiya nomidan ish olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonida huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, bu haqida yuqori turuvchi saylov komissiyasini yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka saylov komissiyasining vakolat muddati tugaganidan soʻng komissiya faoliyatiga oid hujjatlarni tegishliligi boʻyicha shahar, tuman davlat arxiviga hamda shahar, tuman hokimliklariga topshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlarida, shuningdek uchastka saylov komissiyasi aʼzolari oʻrtasidagi vazifalar taqsimotida nazarda tutilgan oʻz zimmasidagi boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.

Uchastka saylov komissiyasi raisining oʻz vakolatlarini bajarishi imkoni boʻlmaganda, shuningdek rais boʻlmagan taqdirda, raisning vazifalari rais oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Uchastka saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka saylov komissiyasi raisining oʻz vakolatlarini bajarishi imkoni boʻlmaganda, shuningdek rais boʻlmagan taqdirda uning vazifalarini bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya aʼzolarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining malakasini oshirish va ularning faoliyatini uslubiy jihatdan taʼminlashni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari vakillari bilan aloqalar oʻrnatadi, ommaviy axborot vositalari, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda komissiya faoliyatining har tomonlama yoritilishini tashkillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy partiyalarning kuzatuvchilarini, vakolatli vakillarini, ommaviy axborot vositalari vakillarini, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarni tegishli saylov komissiyasi tomonidan berilgan hujjatlar asosida roʻyxatga olishni tashkillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi va ularning murojaatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka saylov komissiyasi aʼzolarini jalb etgan holda komissiya qarorlari ijrosini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka saylov komissiyasi raisining topshiriqlarini bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida uchastka saylov komissiyasining boshqa aʼzolariga topshiriqlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlarida, shuningdek uchastka saylov komissiyasi aʼzolari oʻrtasidagi vazifalar taqsimotida nazarda tutilgan oʻz zimmasidagi boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Uchastka saylov komissiyasining kotibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka saylov komissiyasi majlislarini tashkillashtiradi, muhokama etiladigan masalalar boʻyicha qaror va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka saylov komissiyasi aʼzolarini komissiya majlisi oʻtkaziladigan vaqt va joy haqida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka saylov komissiyasi majlislarining, boshqa tadbirlarning bayonnomalari yuritilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka saylov komissiyasi raisi va rais oʻrinbosari topshiriqlarini bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka saylov komissiyasining faoliyatiga taalluqli ish hujjatlarini nomenklatura asosida yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman, shahar saylov komissiyasi kotibidan SJBATga kirish uchun tegishli maʼlumotlarni oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SYAERga tegishli oʻzgartirishlar kiritishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka boʻyicha saylovchilarning roʻyxatini SYAERdan yuklab oladi va komissiya raisiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlarida, shuningdek uchastka saylov komissiyasi aʼzolari oʻrtasidagi vazifalar taqsimotida nazarda tutilgan oʻz zimmasidagi boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Uchastka saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari, kotibi oʻz vakolatlarini bajarishi imkoni boʻlmaganda, shuningdek rais oʻrinbosari, kotib boʻlmagan taqdirda, ularning vazifalari uchastka saylov komissiyasi raisi tomonidan komissiya aʼzolari zimmasiga vaqtinchalik yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Uchastka saylov komissiyasi aʼzosining majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazifalar taqsimotiga asosan oʻziga yuklatilgan vazifalarni hamda rais va uning oʻrinbosari topshiriqlarini oʻz vaqtida, sifatli bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka saylov komissiyasi majlislarida qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrib chiqish oʻziga yuklatilgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka saylov komissiyasi raisi tomonidan ovoz berish kunidagi belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonida huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ular toʻgʻrisida darhol rais yoki rais oʻrinbosarini xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida uning saylovchilar roʻyxatidagi maʼlumotlarini tekshiradi, unga ovoz berish uchun saylov byulletenini imzo qoʻydirib topshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuvchilarga va ommaviy axborot vositalari vakillariga saylov jarayonini kuzatish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlarida, shuningdek uchastka saylov komissiyasi aʼzolari oʻrtasidagi vazifalar taqsimotida nazarda tutilgan oʻz zimmasidagi boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Uchastka saylov komissiyasining aʼzosi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka saylov komissiyasi majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni koʻrib chiqish tartibi hamda bu masalalarning mohiyati yuzasidan takliflar kiritish va mulohazalar bildirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka saylov komissiyasi majlisida muhokamada qatnashish, majlisda soʻzga chiqish, takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majlis ishtirokchilariga uchastka saylov komissiyasining majlisida qabul qilingan qarori yuzasidan alohida fikr bildirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka saylov komissiyasi faoliyatiga doir materiallar va hujjatlar bilan tanishib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Uchastka saylov komissiyasining barcha aʼzolari odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya etadi, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda boʻladi va korrupsiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarning (harakatsizlikning) oldini oladi, manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelganda, shuningdek yaqin qarindoshlari tegishli saylov okrugida nomzod etib roʻyxatga olingan taqdirda, hududiy saylov komissiyasini darhol xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Uchastka saylov komissiyasi ishini rejalashtirish va tashkil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Uchastka saylov komissiyasi tuzilgandan soʻng ikki kun ichida oʻzining birinchi tashkiliy majlisini oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasi birinchi tashkiliy majlisida quyidagi masalalarni koʻrib chiqadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka saylov komissiyasining saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir ish rejasini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka saylov komissiyasi aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka saylov komissiyasi aʼzolari tomonidan saylovchilarning qabulini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining navbatchiligini tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Uchastka saylov komissiyasi joylashgan binoni hamda ovoz berish xonasini belgilangan tartibda jihozlashga doir tashkiliy ishlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning dastlabki roʻyxatini olganidan keyin uni mazkur uchastka hududida yashovchi aholini uyma-uy aylanib chiqish yoʻli bilan aniqlashtirish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Saylovchilarni uchastka saylov komissiyasining joylashgan manzili, telefon raqami, ish vaqti, shuningdek ovoz berish kuni, vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Saylov uchastkasi hududida yashovchi birinchi marta ovoz beruvchi, bemor, keksa yoshdagi hamda imkoniyati cheklangan, nogironligi boʻlgan saylovchilar roʻyxatini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Tuman, shahar saylov komissiyasidan dalolatnoma asosida saylov byulletenlarini, saylov konvertlarini hamda Brayl alifbosi asosida tayyorlangan trafaretlarni qabul qilib oladi va ularning saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Tuman, shahar saylov komissiyasidan olingan saylov byulletenlari oʻng tomonining yuqori burchagiga uchastka saylov komissiyasining ikki nafar aʼzosining imzolari qoʻyilib, ular komissiyaning muhri bilan tasdiqlangan holda ovoz berish kunigacha tayyorlab qoʻyilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Uchastka saylov komissiyasi mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi muhrga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Uchastka saylov komissiyasida yuritiladigan ish hujjatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka saylov komissiyasining qarorlari, bayonnomalari va dalolatnomalar yigʻmajildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish, chiqish hujjatlarini, shu jumladan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini roʻyxatga olish daftari va yigʻmajildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuvchilarni roʻyxatga olish daftari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Jismoniy va yuridik shaxslarning uchastka saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlari Saylov kodeksi hamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Murojaatlar qaydlov daftarida roʻyxatga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Murojaatda bayon etilgan masalalarni hal qilish uchastka saylov komissiyasi vakolatiga kirmasa, qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli organlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Uchastka saylov komissiyasi saylov kampaniyasini oʻtkazish davrida jismoniy va yuridik shaxslarning Saylov kodeksi talablari buzilganligi yoki saylovni tashkil etishning boshqa masalalari xususida oʻziga kelib tushgan murojaatlarini oʻz vakolatlari doirasida koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu murojaatlar boʻyicha tekshiruvlar oʻtkazilishi va uch kunlik muddatda ularga yozma javoblar berilishi, saylovga olti kundan kam vaqt qolganida yoki ovoz berish kuni kelib tushgan murojaatlar esa darhol koʻrib chiqilib, javob qaytarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda uchastka saylov komissiyasi murojaatlarni koʻrib chiqish uchun tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda ishchi guruh tuzishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Murojaatni koʻrib chiqqan uchastka saylov komissiyasi aʼzolari uni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida murojaat yuborgan shaxsni xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Murojaatga javob xati uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Quyidagilar koʻrib chiqilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anonim murojaatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar vakillari orqali yuborilgan murojaatlar, agar ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunda belgilangan boshqa talablarga mos kelmaydigan murojaatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlar koʻrmay qoldirilganda tegishli xulosa tuziladi, u uchastka saylov komissiyasi raisi yoki rais oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat etuvchi vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi sababli murojaatlar koʻrmay qoldirilganligi toʻgʻrisida murojaat qiluvchi tegishli tartibda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Saylovga oid hujjatlarni, jihozlarni va muhrni saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli hujjatga muvofiq saqlash uchun tayyorlanadi hamda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Uchastka saylov komissiyasi saylov qutilari, yashirin ovoz berish kabinalari, Davlat gerbi va bayrogʻi kabi moddiy qiymatliklarni tegishli tuman, shahar hokimliklarining masʼul shaxslaridan tegishli dalolatnomalar asosida qabul qilib oladi va topshiradi hamda ularning javobgarligida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Uchastka saylov komissiyasining muhri komissiya raisi tomonidan hududiy saylov komissiyasiga dalolatnoma asosida topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Uchastka saylov komissiyalari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari chiqarilganidan, tegishli saylov okruglaridan saylangan deputatlar Markaziy saylov komissiyasi, hududiy, tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan roʻyxatga olingach, oʻz foydalanishida boʻlgan jihozlarni, uchastka saylov komissiyasi faoliyatiga oid hujjatlarni belgilangan tartibda masʼul shaxslarga yoki arxivga topshirganidan soʻng oʻz faoliyatini tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

2-ILOVA

3-ILOVA

4-ILOVA

Izoh: Uchastka saylov komissiyasining aʼzolariga guvohnomalar elektron shaklda “E-saylov” axborot tizimi orqali berilishi mumkin. Bunda “E-saylov” axborot tizimi orqali guvohnoma tegishincha hududiy saylov komissiyasi raisi yoki uchastka saylov komissiyasi raisi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasining rezina muhri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNASI

Uchastka saylov komissiyasining rezina muhri diametri 35 mm aylana shaklda boʻlib, markazdan 17,5 mm uzoqlikda asosiy aylana va undan 1 mm masofada yana bir aylana oʻtkazilgan. Ikkinchi aylana tagida aylana boʻyicha “Uchastka saylov komissiyasi *” yozuvi bor, ushbu yozuv tagida aylana boʻyicha “Toshkent shahar *”* soʻzlari yozilgan. Ushbu matnning tagidan yana bir ichki aylana, markazdan 0,8 mm uzoqlikda oʻtkazilgan boʻlib, aylananing ichida uchastka saylov komissiyasi tartib raqami** tasvirlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Tegishli hudud nomi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Uchastka saylov komissiyasi tartib raqami tegishli hududiy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.