Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
qarori
“Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 1-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3119-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi hamda 2023-yil 17-avgustdagi 396-son “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini litsenziyalashga oid qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligining 2018-yil 29-dekabrdagi 78-q/q, 13/qq, 32-q/q, 162-son “Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga (roʻyxat raqami 3119, 2019-yil 11-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2019-y., 10/19/3119/2469-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mazkur qarorga ilovaning 2-bandi “v” kichik bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilari hamda “g” kichik bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilari 2024-yilning 1-sentabridan amalga kiritiladi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 30-may,
7-q/q-son
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 20-may,
7-2024/QQ-son
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 20-may,
124-son
Kelishildi:
Yoshlar ishlari agentligi direktori A. SAʼDULLAYEV
2024-yil 17-may
Soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
2024-yil 20-may
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
2024-yil 16-may
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 30-maydagi 7-q/q-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 20-maydagi 7-2024/QQ-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 20-maydagi 124-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qarorda:
a) muqaddimadan “qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-maydagi 391-son “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
b) 2-bandning beshinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar Bilan almashtirilsin.
a) I-bobning 5, 13, 15, 16 va 42 pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
b) II-bobning 5, 12, 14, 18 va 47 pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
v) III-bobda:
2-pozitsiyadagi “Direktorning oʻquv va tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari” degan soʻzlar “Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari****” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 21-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
|
“ |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
21. |
Direktor oʻrinbosari (yoshlar bilan ishlash boʻyicha)**** |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
”; |
4, 10, 16, va 49 pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
g) IV-bobda:
2-pozitsiyadagi “Direktorning oʻquv va tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari” degan soʻzlar “Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari****” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 21-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
|
“ |
|||||||||
|
21. |
Direktor oʻrinbosari (yoshlar bilan ishlash boʻyicha)**** |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
|
”; |
4, 10, 16, va 49 pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
d) Izoh qismida:
ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“* oʻquvchilar sonidan kelib chiqib ushbu lavozim joriy qilinganda, uning lavozim vazifalari tarkibiga yillik 530 soatgacha (0,5 shtat birligida 265 soatgacha) ushbu fan boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish kiritiladi.
** oʻquvchilar sonidan kelib chiqib ushbu lavozim joriy qilinganda, uning lavozim vazifalari tarkibiga yillik 400 soatgacha (0,5 shtat birligida 200 soatgacha) ushbu fan boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish kiritiladi.”;
e) Ilovada:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Shtat jadvalini tuzishda taʼlim muassasalari xodimlarining soni moliya yilining birinchi sanasi holatidagi kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy va dual taʼlim shakllarida taʼlim olayotgan oʻquvchilar kontingentidan kelib chiqib, sirtqi taʼlim oʻquvchilari uchun — 0,4 koeffitsiyentni qoʻllagan holda, akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga muvofiq aniqlanadi va shtatlar jadvali oʻquvchilar soni oʻzgarishi bilan yilning 1-sentabr holatiga qayta koʻrib chiqilishi mumkin.”
ikkinchi xatboshidagi “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi taʼlim muassasalari uchun), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi taʼlim muassasalari uchun), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Liftchi lavozimi bir binoda joylashgan va foydalanilayotgan liftlar uchun 1,0 birlik kiritiladi.”.
21 va 24-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
25-banddagi “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi” degan soʻzlar “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2024-y., 10/24/3119-3/0462-son)