ILOVA
34-ILOVA
|
1. |
Litsenziya nomi: |
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya |
|
2. |
Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: |
fuqaroviy va xizmat qurolini ishlab chiqarish; fuqaroviy va xizmat qurolining oʻq-dorilarini ishlab chiqarish; fuqaroviy va xizmat qurolini taʼmirlash; fuqaroviy va xizmat qurolini realizatsiya qilish; fuqaroviy va xizmat qurolining oʻq-dorilarini realizatsiya qilish. |
|
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
Yuridik shaxslar |
|
4. |
Litsenziyalovchi organ: |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi |
|
5. |
Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
1. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank hisobvaragʻi, telefon raqamlari, elektron pochta va mavjud boʻlsa veb-sayt manzili, ishlab chiqarilishi, taʼmirlanishi va (yoki) realizatsiya qilinishi rejalashtirilayotgan fuqaroviy va xizmat qurolining hamda uning oʻq-dorilarining turlari koʻrsatilgan holda amalga oshirilishi moʻljallanayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning qismi), litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning qismi) amalga oshiriladigan joy (manzil) koʻrsatilgan litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza; b) litsenziya talablari va shartlariga muvofiq litsenziyalanadigan faoliyat turlari boʻyicha zarur boʻlgan barcha ishlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan moddiy-texnik baza toʻgʻrisida maʼlumotlar (maxsus jihozlangan binolarni, inshootlarni, xonalarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi yoki ularni ijara olish shartnomasi, qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalarini oʻrnatish, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalarini montaj qilish dalolatnomalari, ularni Milliy gvardiya organlarining texnik qoʻriqlash markazi qoʻriqloviga olish shartnomasi); v) litsenziyalanadigan faoliyat turini (uning qismini) amalga oshirishda yuzaga kelgan yongʻinni, avariyani yoki oʻzga favqulodda vaziyatni bartaraf etish, uning oqibatlarini cheklash yoki kamaytirish boʻyicha litsenziya talabgori maʼmuriyati va xodimlarining harakatlarini belgilovchi avariyaga oid ichki reja; g) yuridik shaxsning rahbarlari va litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan bevosita bogʻliq ishlarga jalb etilayotgan xodimlari, ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, egallab turgan lavozimi, litsenziyalanadigan faoliyat turi boʻyicha ish staji koʻrsatilgan roʻyxati; d) yuridik shaxs shtatida ruhiy holati buzilganligi, narkomaniya, toksikomaniya, alkogolizm boʻyicha dispanser hisobida turgan xodimlarning yoʻqligi toʻgʻrisidagi tegishli tibbiyot muassasalari maʼlumotnomalari. 2. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda qoʻshimcha ravishda quyidagilar taqdim etiladi: a) loyiha hujjatlarining, binolar va inshootlarning, qoʻllaniladigan texnika qurilmalarining, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va foydalanishga doir boshqa hujjatlarning sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi sanoat xavfsizligi ekspertizasining xulosasi (fuqaroviy va xizmat oʻqotar, pnevmatik va signal beruvchi qurolni hamda ularning oʻq-dorilarini, shuningdek, oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun); b) fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarishga taalluqli boʻlgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar; v) ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat nazoratini taʼminlash imkonini beradigan sinov laboratoriyasining mavjudligini tasdiqlovchi hujjat yoki bunday laboratoriya bilan sinovlarni oʻtkazishga doir ishlarni amalga oshirish boʻyicha shartnoma; g) Milliy gvardiya organlarining yoki idoraviy (idoradan tashqari) harbiylashtirilgan qoʻriqlash yoxud idoraviy qorovullik xizmatining qoʻriqlovini taʼminlash shartnomasi; d) mutaxassislarning malakasi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlar (texnika, kon-texnika, fizika, kimyoviy, oʻzga tegishli (asosiy) oliy va (yoki) oʻrta maxsus maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomlarning, malaka toifasi berilganligi, malakani oshirish kurslarini yoki maxsus tayyorgarlikdan oʻtganligi haqidagi sertifikatlar va oʻzga hujjatlarning nusxalari) ilova qilingan maʼlumotlar (fuqaroviy va xizmat oʻqotar, pnevmatik va signal beruvchi qurolni hamda ularning oʻq-dorilarini, shuningdek, oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun). |
|
6. |
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari |
|
7. |
Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari |
|
8. |
Arizani koʻrib chiqish muddatlari: |
30 ish kun |
|
9. |
Litsenziya talablari va shartlari: |
1. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatga qoʻyiladigan umumiy litsenziya talablari va shartlari: a) litsenziat tomonidan tegishli litsenziyalanadigan faoliyat turi boʻyicha qonun hujjatlariga, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, yongʻin xavfsizligi, atrof-muhitni muhofaza qilish va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish; b) arizada koʻrsatilgan litsenziyalanadigan faoliyat turlarini qonunchilik hujjatlariga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq toʻliq hajmda amalga oshirish uchun litsenziya talabgorida mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli boʻlgan moddiy-texnik bazaning (maxsus jihozlangan binolar, inshootlar, xonalar, qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari, texnologiya asbob-uskunalar, seyf va metall javonlar) mavjudligi; v) litsenziyalanadigan faoliyat turini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan belgilab berilgan joylardagi doimiy ravishda joylashgan statsionar turdagi bino va inshootlarda, shuningdek, litsenziyada koʻrsatilgan doirada hamda joy (manzil) boʻyicha amalga oshirish; g) fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari but saqlanishini taʼminlash va ular mavjud boʻlgan joylarga begona shaxslarning ruxsatsiz kirishini istisno etishga qaratilgan rejim choralarini koʻrish, ularni ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish obyektlarida jismoniy himoya qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, ularni qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari hamda Milliy gvardiya organlarining texnik qoʻriqlash markaziga ulangan qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari bilan jihozlash; d) “Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalasi taqiqlangan fuqaroviy va xizmat qurolining hamda uning oʻq-dorilarining chiqarilishiga, taʼmirlanishiga va realizatsiya qilinishiga yoʻl qoʻymaslik; e) ishlab chiqarilgan, taʼmirlangan, olingan va realizatsiya qilingan fuqaroviy va xizmat qurolining hamda uning oʻq-dorilarining hisobini yuritish, shuningdek, hisobga olish hujjatlarini oʻn yil mobaynida seyfda saqlash, oʻz faoliyatini toʻxtatgan yuridik shaxslar tomonidan ichki ishlar organlari arxiviga topshirish; j) avariyaga oid ichki rejani ishlab chiqish; z) favqulodda vaziyatni bartaraf etish, uning oqibatlarini cheklash yoki kamaytirish, xavfli moddalar tarqalishining (oqib ketishining) oldini olish va lokallashtirish uchun zarur boʻlgan yakka tartibdagi va jamoaviy himoyalanish vositalarining, shuningdek, maxsus vositalarning hisob-kitob zaxirasi va turlari mavjudligi, ularni ishchi holatida saqlash; i) litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan bevosita bogʻliq ishlarga quyidagi xodimlar jalb etilmasligi lozim: yigirma besh yoshga toʻlmagan; doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan; ruhiy holati buzilganligi, narkomaniya, toksikomaniya, alkogolizm boʻyicha dispanser hisobida turgan; “Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasi oʻninchi qismining uchinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi, oʻninchi, oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilarida belgilangan asoslar mavjud boʻlgan; k) litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan bevosita bogʻliq ishlarga jalb etilayotgan xodimlarni muntazam ravishda (har yili) psixiatriya va narkologiya koʻriklaridan oʻtkazish; l) litsenziyalovchi organga ishlab chiqarilgan, taʼmirlangan va realizatsiya qilingan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan bevosita bogʻliq ishlarga jalb etilayotgan xodimlarning roʻyxatini taqdim etish; m) qurol toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining talablariga rioya etilishini tekshirish uchun Ichki ishlar vazirligi organlari xodimlarining fuqaroviy va xizmat quroli ishlab chiqariladigan, taʼmirlanadigan, realizatsiya qilinadigan va saqlanadigan obyektlar hududiga hamda joylarga soat 6-00 dan 22-00 gacha moneliksiz kirishini taʼminlash, tanishib chiqish uchun ularga zarur hujjatlarni taqdim etish; n) litsenziyalanadigan faoliyat turlarini amalga oshirish chogʻida fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari but saqlanishini, berilishi-qabul qilib olinishini, hisobga olinishini hamda ulardan foydalanilishini taʼminlash majburiyati zimmasiga yuklangan xodimlarni belgilash. 2. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish faoliyatiga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar va shartlari: litsenziya talabgori tomonidan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda qoʻllaniladigan inshootlar va texnika qurilmalarining diagnostikasi, sinovlari, tekshiruvi oʻtkazilishini, shuningdek, sanoat xavfsizligi ekspertizasini oʻtkazish tizimini joriy etish (fuqaroviy va xizmat oʻqotar, pnevmatik va signal beruvchi qurolni, ularning oʻq-dorilarini hamda oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun); texnik reglamentlar yoki standartlarning talablariga muvofiq ishlab chiqilgan ishlab chiqariladigan mahsulotning har bir turi boʻyicha texnologik va foydalanishga doir hujjat (chizmalar, texnik shartlar, texnologik reglamentlar, qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma)larni yuritish; ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat nazoratini taʼminlash imkonini beradigan sinov laboratoriyasining yoki bunday laboratoriya bilan sinovlarni oʻtkazishga doir ishlarni amalga oshirish boʻyicha shartnoma mavjudligi; fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan xomashyo va komponentlar kirimi va chiqimi hisobini yuritish; ishlab chiqarilgan fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini sertifikatlashtirish tartibiga amal qilish, ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi markirovkani, keyinchalik tamgʻalash yoki unga muvofiqlik belgisini qoʻyish; ishlab chiqarish obyekti hududida, ishlab chiqarish, laboratoriya va ombor inshootlari hamda xonalarida ruxsat berish va obyekt ichki rejimini taʼminlash; fuqaroviy va xizmat oʻqotar qurolini hamda uning oʻq-dorilarini, ogʻiz qismidagi quvvat oltmish besh jouldan yuqori va kalibri toʻqqiz millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik ov qurolini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda Milliy gvardiya organlarining tunu kun qurolli qoʻriqlovini taʼminlash; pnevmatik (ogʻiz qismidagi quvvat oltmish besh jouldan yuqori va kalibri toʻqqiz millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik ov qurolidan tashqari) va signal beruvchi ov qurolini, pnevmatik va signal beruvchi sport qurolini, signal beruvchi qurolning oʻq-dorilarini, shuningdek, oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda Milliy gvardiya organlarining yoki xizmat quroli bilan qurollangan idoraviy (idoradan tashqari) harbiylashtirilgan qoʻriqlash yoxud idoraviy qorovullik xizmatining tunu kun qurolli qoʻriqlovini taʼminlash; shtatda litsenziyalanadigan faoliyat turiga (uning qismiga) muvofiq keladigan texnika, kon-texnika, fizika, kimyoviy, oʻziga tegishli (asosiy) oliy va (yoki) oʻrta maxsus maʼlumotga hamda malakaga ega boʻlgan boʻlgan mutaxassislarning, shuningdek, rahbarning rejim boʻyicha oʻrinbosari lavozimi mavjudligi (fuqaroviy va xizmat oʻqotar, pnevmatik va signal beruvchi qurolni hamda uning oʻq-dorilarini, oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda); 3. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish faoliyatiga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar va shartlari: bitta savdo zalida qurol va boshqa turdagi tovarlar realizatsiya qilinishiga yoʻl qoʻymaslik, bundan sport, ov va baliq ovlash ashyolari, qurolning ehtiyot qismlari va pirotexnika buyumlari mustasno; savdo obyektining tashqi perimetri va ichki hududini, qurolxonani, kuzatilmaydigan joylarni istisno etgan holda, zamonaviy videokuzatuv tizimlari bilan taʼminlash, shuningdek, tashqi perimetr boʻylab doʻkonga va qurolxonaga kirish eshiklarining hamda savdo zaliga oʻrnatilgan videokuzatuv tizimlarining tasvirini Milliy gvardiyaning texnik qoʻriqlash markaziga ulash; bir vaqtning oʻzida sotuvda mavjud boʻlgan oʻqotar ov qurolining har bir rusumidan ikki donadan koʻp miqdordagi oʻqotar ov quroli hamda besh ming donadan ortiq miqdordagi uning patronlari saqlanishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek, koʻrsatilgan miqdorlardan koʻp miqdorlardagi oʻqotar ov quroli va uning patronlari shartnomaviy tartibda ichki ishlar organlarining qurolxonalarida saqlanishini tashkil etish; savdo obyektlari va qurolxonalarning kirish eshiklarini qoʻriqlash signalizatsiyasi vositalari bilan taʼminlash va ularni Milliy gvardiyaning texnik qoʻriqlash markaziga ulash; savdo obyektida, shu jumladan, ularning tashqi qismidagi qoʻriqlash va yongʻin xavfsizligi tizimining bogʻlovchi elektr oʻtkazgichlari yopiq tarzda oʻtkazilishini taʼminlash; sotuvga qoʻyilgan va sotilgan qurolning elektron hisobini yuritish (qurolning rusumi, seriya raqami, ishlab chiqarilgan yili, ichki ishlar organlarining qurolni realizatsiya qilishga doir ruxsatnomasi raqami va sanasi, sotib olgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili); fuqaroviy va xizmat quroli, uning oʻq-dorilari, initsiatsiyalanadigan va olovlanadigan modda va material (porox va piston)lar shuningdek, soyli stvolli ov qurolining zatvor mexanizmlarini qurolxonada bir-biridan ajratilgan xolda (alohida seyf va metall javonlarda) saqlanishini taʼminlash; realizatsiya qilinayotgan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarining har bir turi boʻyicha ularning xavfsizligi va isteʼmol xossalarini taʼminlash uchun axborotning toʻliq berilishini taʼminlaydigan guvohnomalar, sertifikatlar va qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalarning mavjudligi; fuqaroviy va xizmat qurolini ichki ishlar organlarining unda koʻrsatilgan qurolni olishga doir ruxsatnomasi asosida realizatsiya qilish, “Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq ichki ishlar organlarining ruxsatnomalarisiz olinadigan fuqaroviy va xizmat quroli bundan mustasno; fuqaroviy va xizmat qurolining oʻq-dorilarini yuridik shaxslarga ichki ishlar organlarining qurolni olishga doir unda koʻrsatilgan oʻq-dorilarni olish huquqini beruvchi ruxsatnomasi asosida jismoniy shaxslarga esa — ichki ishlar organlarining olinayotgan oʻq-dorilarga muvofiq boʻlgan qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomasi taqdim etilganda, “Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq ichki ishlar organlarining ruxsatnomalarisiz olinadigan fuqaroviy va xizmat qurolining oʻq-dorilari bundan mustasno; raqami va ishlab chiqaruvchining tamgʻasi mavjud boʻlmagan qurolni, ishlab chiqaruvchining axborot markirovkasi mavjud boʻlmagan oʻq-dorilarni, shuningdek, zavodda ishlab chiqarilmagan (qoʻlbola) yoki qayta ishlangan qurol realizatsiya qilinishiga yoʻl qoʻymaslik; jismoniy shaxslarga realizatsiya qilinayotgan tigʻli sovuq va signal beruvchi ov qurolining, oʻqotar ov qurolining oʻq-dorilarini ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasida, oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini esa — fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qiluvchi yuridik shaxsning hisobga olish hujjatlarida roʻyxatdan oʻtkazish; isteʼmolchilarning manfaatlari va huquqlarini taʼminlash, ularga fuqaroviy va xizmat quroliga hamda uning oʻq-dorilariga xizmat koʻrsatish, ularni tashish, saqlash, olib yurish va ulardan foydalanish shartlarini mijozlarga yetkazish. |
|
10. |
Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (yuridik shaxsning rahbarlari va xodimlarini litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan bevosita bogʻliq ishlarga jalb etish yuzasidan). |
|
11. |
Litsenziyaning amal qilish muddati: |
Cheklanmagan. |
|
12. |
Izoh. |
Asosiy tushunchalar: fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish — fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini, shuningdek, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini tadqiq etish, sinovdan oʻtkazish, ishlab chiqarish, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda oʻqotar qurolning asosiy qismlarini rekonstruksiya qilish va badiiy bezash; fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini rekonstruksiya qilish — fuqaroviy va xizmat qurolining hamda uning oʻq-dorilarining, shuningdek, oʻqotar qurolning asosiy qismlarining ballistik va boshqa texnik xususiyatlarini oʻzgartirish maqsadida ularga konstruktiv oʻzgartirishlar kiritish; fuqaroviy va xizmat qurolini taʼmirlash — fuqaroviy va xizmat qurolining hamda oʻqotar qurolning asosiy qismlarining ballistik va boshqa texnik xususiyatlarini tiklash; fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish — sotib olingan yoki komissiya shartnomalari boʻyicha sotuvga qoʻyilgan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari, shuningdek, oʻqotar qurolning asosiy qismlari bilan savdo qilish. Quyidagi faoliyat litsenziyalanmaydi: a) pichoqlarning milliy turlarini (pichoqlar) ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyat — tigʻining fiksatori boʻlmagan, uzunligi 220 mm gacha va qalinligi 2,5 mm gacha boʻlgan anʼanaviy shaklda bajarilgan, sopi suyak, yogʻoch, ebonit yoki plastik material qadab naqsh solingan xalq hunarmandchiligi buyumlari; b) qurol egalari shaxsiy foydalanishi uchun aslahalash boʻyicha faoliyat — jismoniy shaxslar tomonidan silliq stvolli ov qurolini saqlash va olib yurishga doir ruxsatnoma asosida oʻzlariga tegishli boʻlgan silliq stvolli ov qurolining patronlari; v) qurol egalari tomonidan qurolni taʼmirlash hamda uning butlovchi qismlarini almashtirish faoliyati — jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qurolni saqlash va olib yurishga, saqlashga, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomalar asosida oʻzlariga tegishli boʻlgan fuqaroviy va xizmat qurolini taʼmirlash hamda uning butlovchi qismlarini almashtirish; g) qurol egalari tomonidan qurolni hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish faoliyati — jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qurol va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishga doir ruxsatnomalar asosida oʻzlariga qonuniy asoslarda tegishli boʻlgan fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi. Litsenziya talabgorining arizasiga binoan litsenziya litsenziyalanayotgan faoliyat turining butun faoliyat turiga yoki uning bir qismiga (qismlariga) berilishi mumkin. |
|
|
|
”. |
46-ILOVA
|
1. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: |
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir ruxsatnoma |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
2. |
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): |
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
Maxsus xizmat vazifalariga ega boʻlgan, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish, qurolni va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish, ovchilik va otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda — yuridik shaxslar) |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
4. |
Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: |
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati quyidagi ruxsatnomalarni berish boʻyicha: a) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga doir; b) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga doir; v) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir ruxsatnomalar boʻyicha. 2. Qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash joyi joylashgan hudud boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti (“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining va “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati “Uzbekistan airways technics” masʼuliyati cheklangan jamiyatining Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududida joylashgan idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati boʻlinmalariga, “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyatining “I. Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti” masʼuliyati cheklangan jamiyatning oʻz tarkibida ornitologiya xizmatiga ega boʻlgan ruxsat berish va obyekt ichki rejimini nazorat qilish otryadlariga nisbatan), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalarining hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmalari quyidagi ruxsatnomalarni berish boʻyicha: a) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini olishga doir; b) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishga doir; v) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini saqlashga doir; g) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini tashishga doir; d) qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalashga doir; e) qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishga doir |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
5. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
Ariza. Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), pochta manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi; ariza beruvchining bajarmoqchi va (yoki) amalga oshirmoqchi boʻlgan aniq harakatlari va (yoki) muayyan faoliyati uchun ruxsatnoma olishdan maqsadi, ushbu harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga daxldor qurol (turi, xili, modeli, kalibri va miqdori) va uning oʻq-dorilari (turi, kalibri va miqdori) toʻgʻrisida jamlanma maʼlumotlar; harakatlar bajariladigan va (yoki) faoliyat amalga oshiriladigan joy, shuningdek, qurol va uning oʻq-dorilari joylashtiriladigan (saqlanadigan) joy (obyekt) (qurolxona, oʻq otish obyekti, muzeybop tarzda kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyish obyekti); harakatlar bajariladigan va (yoki) faoliyat amalga oshiriladigan taxminiy muddat (zarur boʻlganda). Soʻralayotgan ruxsatnoma turiga qarab, arizada qoʻshimcha ravishda quyidagilar koʻrsatiladi: a) fuqaroviy, xizmat va kolleksiyalash quroli hamda uning oʻq-dorilarini olishda — qurol va uning oʻq-dorilarini olish chogʻida ularning but saqlanishini taʼminlash vazifalari yuklangan yuridik shaxs masʼul xodimining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organ nomi toʻgʻrisida maʼlumotlar; b) fuqaroviy, xizmat va kolleksiyalash quroli hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishda — qurol va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish chogʻida ularning but saqlanishini taʼminlash vazifalari yuklangan yuridik shaxs masʼul xodimining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organ nomi, shuningdek, realizatsiya qilinishi rejalashtirilayotgan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilinishi rejalashtirilayotgan bunday faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxsning nomi va uning manzili toʻgʻrisida maʼlumotlar; v) qurol va uning oʻq-dorilarini qurolxonalarda saqlash, shuningdek, ularni kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyishda quyidagi maʼlumotlar: qurol va uning oʻq-dorilarining but saqlanishini, belgilangan tartibda berilishi-qabul qilib olinishini va hisobi yuritilishini taʼminlash vazifalari yuklangan masʼul shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va bergan organ nomi toʻgʻrisida maʼlumotlar; qurol toʻgʻrisida individual (turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi va raqami) hamda uning oʻq-dorilari toʻgʻrisida jamlanma (turi, kalibri, partiyasi va miqdori) maʼlumotlar; qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish uchun mavjud moddiy-texnika bazasi (maxsus jihozlangan binolar, inshootlar, xonalar, qoʻriqlashning muhandislik-texnik, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari, seyflar va metall shkaflar), qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish obyekti hududini ish va ishdan tashqari vaqtda qoʻriqlash tartibi toʻgʻrisida maʼlumotlar; har kuni koʻrgazma ishi tugagach, qurol va uning oʻq-dorilarini topshirish uchun qurolxona toʻgʻrisida maʼlumotlar (qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishda — qurol va uning oʻq-dorilarini ochiq vitrinalar va stendlarda koʻrgazmaga qoʻyishda); koʻrgazmaning chet ellik ishtirokchilariga tegishli qurol va uning oʻq-dorilarining koʻrgazma obyekti hududiga tashilishini, qabul qilib olinishini va joylashtirilishini taʼminlash vazifalari yuklangan yuridik shaxsning masʼul xodimining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organ nomi toʻgʻrisida maʼlumotlar (chet ellik ishtirokchilarning olib kirilgan quroli va uning oʻq-dorilarini koʻrgazma qoʻyishda); g) fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini oʻq otish obyektlari hududida saqlashda quyidagi maʼlumotlar: qurol va uning oʻq-dorilarining but saqlanishini, belgilangan tartibda berilishi-qabul qilib olinishini va hisobi yuritilishini taʼminlash vazifalari yuklangan masʼul shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va bergan organ nomi toʻgʻrisida maʼlumotlar; qurol toʻgʻrisida individual (turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi va raqami) hamda uning oʻq-dorilari toʻgʻrisida jamlanma (turi, kalibri, partiyasi va miqdori) maʼlumotlar; qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash uchun mavjud moddiy-texnika bazasi (maxsus jihozlangan binolar, inshootlar, xonalar, qoʻriqlashning muhandislik-texnik, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari, seyflar va metall shkaflar), qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash obyekti hududini ish va ishdan tashqari vaqtda qoʻriqlash tartibi toʻgʻrisida maʼlumotlar; nishonni joylash va uzatish uskunalari, oʻq otish uchun toʻsiqlar va boshqa oʻq otish anjomlari turi toʻgʻrisida; oʻq otish boʻyicha mutaxassislar (trenerlar, instruktorlar)ning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, mutaxassislik boʻyicha ish staji, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organ nomi toʻgʻrisida maʼlumotlar; d) qurol va uning oʻq-dorilarini tashishda quyidagi maʼlumotlar: yukni joʻnatuvchi, qabul qiluvchi va uni tashishga taqdim etuvchi tashkilot, Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish yoʻnalishi, foydalaniladigan avtotransport turi toʻgʻrisida (avtomobil transportida tashishda — transport vositalarining rusumi va davlat roʻyxat belgilari); qurol va uning oʻq-dorilarining but saqlanishini, kuzatib borilishini va qoʻriqlanishini taʼminlash vazifalari yuklangan yuridik shaxs masʼul xodimlarining lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organ nomi toʻgʻrisida (oʻn donadan koʻp oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq oʻq-dorilari Milliy gvardiya organlari, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati qurolli qoʻriqlovining kuzatuvi ostida tashish holatlari bundan mustasno); oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tashilayotgan yoʻlda qurolli qoʻriqlovning kuzatuvi bilan taʼminlash toʻgʻrisida (Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati tomonidan avtomobil transportida tashishda, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati tomonidan temir yoʻl transportida tashishda); e) fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishda quyidagi maʼlumotlar: yukning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (TIF TN), BMT nomenklaturasi boʻyicha kodi, yukni joʻnatuvchi, qabul qiluvchi va uni tashishga taqdim etuvchi tashkilot, yukni joʻnatish va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish joylari (yukni yetkazish va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqish joylari), Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish yoʻnalishi, foydalaniladigan transport turi (avtomobil transportida tashishda — transport vositalarining rusumi va davlat roʻyxati belgilari), olib kirish (olib chiqish, tranzit qilish)ning taxminiy vaqti, shuningdek tranzit qatnashchilari boʻlgan davlatlar hududi boʻylab harakatlanishning moʻljallanayotgan yoʻnalishi toʻgʻrisida maʼlumotlar; qurol va uning oʻq-dorilarini avtomobil transportida olib kirish va olib chiqishda ularning but saqlanishini, kuzatib borilishini va qoʻriqlanishini taʼminlash vazifalari yuklangan yuridik shaxs masʼul xodimlarining lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organi toʻgʻrisida (olib kirilgan, olib chiqilgan va tranzit qilingan qurol hamda uning oʻq-dorilarini Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati qurolli qoʻriqlovining yoxud Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalarining kuzatuvi ostida tashish hollari bundan mustasno); qurol va uning oʻq-dorilarini Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati, jumladan, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati qurolli qoʻriqlovining yoxud Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalarining kuzatuvi bilan taʼminlash toʻgʻrisida. Ruxsatnoma turiga qarab, arizaga vakolatli organ boshqa vakolatli organlardan mustaqil ravishda oladigan hujjatlardan tashqari qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar ilova etiladi: 1. Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini olish uchun: a) fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini olishga doir kontrakt (shartnoma); b) qurol va uning oʻq-dorilarini olishda ularni but saqlanishni taʼminlash vazifalari yuklangan masʼul xodimni tayinlash toʻgʻrisida yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat nusxasi; v) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan, qurol va uning oʻq-dorilari bilan taʼminlash normalariga muvofiq yuridik shaxsning yuqori turuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlari tomonidan (mavjud boʻlsa) tasdiqlangan qurol (xili, modeli va kalibri boʻyicha) va uning oʻq-dorilariga (turi va kalibri boʻyicha) boʻlgan talab miqdorining hisobi (fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini olishda). Fuqaroviy va xizmat qurolining sarflangan, yoʻqotilgan yoki yoʻq qilish uchun topshirilgan oʻq-dorilari oʻrniga oʻq-dorilar olish uchun oʻq-dorilar hisobdan chiqarilganligining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar (oʻq-dorilarni hisobdan chiqarish dalolatnomalari, oʻquv-mashq otishlari va boshqa otishlarni oʻtkazish chogʻida sarflangan oʻq-dorilarga doir tarqatish-topshirish qaydnomalari, oʻq-dorilarni yoʻq qilish uchun qabul qilib olish (topshirish) dalolatnomalari) qoʻshimcha ravishda taqdim etiladi. 2. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlmagan yuridik shaxslar tomonidan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish uchun: a) fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxs bilan qurol va uning oʻq-dorilarini komission tarzda realizatsiya qilish boʻyicha kontrakt (shartnoma) nusxasi; b) qurol va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishda, ularni but saqlanishini taʼminlash vazifalari yuklangan masʼul xodimni tayinlash toʻgʻrisida yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat nusxasi. 3. Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini saqlash uchun: a) qurol va uning oʻq-dorilarini saqlashga moʻljallangan bino, inshoot, xonalar ariza beruvchiga egalik yoki boshqa ashyoviy huquq asosida yuridik shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari; b) qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari, jismoniy himoyaning boshqa texnik vositalari hamda videokuzatuv tizimlari montaj qilinganligi yuzasidan tuzilgan dalolatnomalar nusxalari; v) qurolxona Milliy gvardiya organlarining texnik qoʻriqlash markazi orqali qoʻriqlovga olinganligi toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxasi; g) oʻrganishlar, tadqiqotlar, koʻriklar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlar yakuni asosida xulosa (mavjud boʻlsa); d) qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini, berilishi-qabul qilib olinishini, hisobga olinishini va ulardan foydalanilishini taʼminlash vazifalari yuklangan masʼul xodimni tayinlash toʻgʻrisida yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat nusxasi; e) qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida bevosita harakatni amalga oshiruvchi va (yoki) faoliyatni bajaruvchi yuridik shaxsning rahbarlari va xodimlarining (xizmat vazifalariga muvofiq qurol va uning oʻq-dorilari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydiganlar), qoʻriqlash xizmati (mavjud boʻlganda) xodimlarining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan joyi va sanasi, doimiy yashash joyi, egallab turgan lavozimi, mutaxassisligi boʻyicha ish staji koʻrsatilgan roʻyxati; z) qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan yongʻinni, avariyani yoki boshqa favqulodda vaziyatni bartaraf etish, uning oqibatlarini cheklash yoki kamaytirish boʻyicha yuridik shaxs maʼmuriyati va xodimlarining harakatlarini belgilovchi avariyaga oid tasdiqlangan ichki reja; i) qurol hamda uning oʻq-dorilarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun — fuqaroviy va xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishga doir litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxsning olingan qurol (turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi va raqamini koʻrsatgan holda) va uning oʻq-dorilari (turi, kalibri, miqdorini koʻrsatgan holda) toʻgʻrisida belgisi qoʻyilgan qurol va uning oʻq-dorilari olishga doir ruxsatnoma (saqlashga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish yoki unga oʻzgartirish kiritish uchun); 4. Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini oʻq otish obyekti hududida saqlash uchun: a) qurol va uning oʻq-dorilarini saqlashga moʻljallangan bino, inshoot, xonalar ariza beruvchiga egalik yoki boshqa ashyoviy huquq asosida yuridik shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari; b) qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari, jismoniy himoyaning boshqa texnik vositalari hamda videokuzatuv tizimlari montaj qilinganligi yuzasidan tuzilgan dalolatnomalar nusxalari; v) qurolxona Milliy gvardiya organlarining texnik qoʻriqlash markazi orqali qoʻriqlovga olinganligi toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxasi; g) oʻrganishlar, tadqiqotlar, koʻriklar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlar yakuni asosida xulosa (mavjud boʻlsa); d) qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini, berilishi-qabul qilib olinishini, hisobga olinishini va ulardan foydalanilishini taʼminlash vazifalari yuklangan masʼul xodimni tayinlash toʻgʻrisida yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat nusxasi; e) qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida bevosita harakatni amalga oshiruvchi va (yoki) faoliyatni bajaruvchi yuridik shaxsning rahbarlari va xodimlarining (xizmat vazifalariga muvofiq qurol va uning oʻq-dorilari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydiganlar), qoʻriqlash xizmati (mavjud boʻlganda) xodimlarining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan joyi va sanasi, doimiy yashash joyi, egallab turgan lavozimi, mutaxassisligi boʻyicha ish staji koʻrsatilgan roʻyxati; z) qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan yongʻinni, avariyani yoki boshqa favqulodda vaziyatni bartaraf etish, uning oqibatlarini cheklash yoki kamaytirish boʻyicha yuridik shaxs maʼmuriyati va xodimlarining harakatlarini belgilovchi avariyaga oid tasdiqlangan ichki reja; i) qurol hamda uning oʻq-dorilarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun — fuqaroviy va xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishga doir litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxsning olingan qurol (turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi va raqamini koʻrsatgan holda) va uning oʻq-dorilari (turi, kalibri, miqdorini koʻrsatgan holda) toʻgʻrisida belgisi qoʻyilgan qurol va uning oʻq-dorilari olishga doir ruxsatnoma (saqlashga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish yoki unga oʻzgartirish kiritish uchun); k) oʻq otish obyekti hududidan tashqaridagi obyektlarga ziyon yetkazishini istisno etuvchi xavfsiz hudud radiusi doirasida tutashgan hududning quyidagilar belgisi qoʻyilgan va tir, oʻq otish stendi, oʻq otish maydoni hududining quyidagilar belgisi qoʻyilgan holdagi sxematik rejasi (masofalarni metrda koʻrsatgan holda): xavfsiz hudud perimetri boʻylab joylashgan tashqi toʻsiqning turi va balandligi, toʻsiqda mavjud boʻlgan darvoza, eshik va darchalar; qoʻriqlash postlari soni va joylashuvi, ular orasidagi aloqa vositalari; qurolxona, oʻq otish galereyasi, oʻq otish maydonchalari va oʻq otish joyidagi toʻsiqlarning joylashuvi; oʻq otish yoʻnalishini koʻrsatgan holda, nishonni joylash va uzatish uskunalari uchun minoralar va budkalarning, yopiq turdagi xandaqlarning, boshqa oʻq otish anjomlarining joylashuvi, turi va nomi; oʻq oʻtkazmaydigan devorlar va ship qismida koʻndalang tarzda jihozlangan oʻqni ushlab qolish moslamalarining joylashuvi (yarim ochiq turdagi oʻqotar tirlari uchun); oʻq ochishning yoʻnalishi (nishon hududi)da va yon tomonida oʻqni qabul qilish (himoya qilish) tuproq doʻngliklari joylashuvi (ochiq turdagi oʻqotar tirlari va tarkibida ochiq turdagi oʻqotar tirlari boʻlgan oʻq otish maydonlari uchun). Ariza beruvchining xohishiga qarab, sxematik rejaga tushuntirish xati ilova qilinishi mumkin. l) foydalaniladigan oʻq otish jihozlari va anjomlarning qisqacha roʻyxati va taʼrifi; m) oʻq otish obyekti hududida ruxsat berish va obyekt ichki rejimini amalga oshirish, qurol va uning oʻq-dorilarini but saqlash, berish-qabul qilib olish, hisobga olish, olib yurish va ulardan xavfsiz foydalanishni taʼminlash boʻyicha tasdiqlangan ichki yoʻriqnoma; n) malaka darajasiga taalluqli hujjatlarni (malaka oshirish kurslari yoki maxsus tayyorgarlikdan oʻtganligi, malaka darajasini berish toʻgʻrisida diplom, sertifikat va boshqa hujjatlar nusxalari) ilova qilgan holda, oʻq otish jarayonini toʻgʻridan-toʻgʻri nazorat qilish, qurol va uning oʻq-dorilaridan xavfsiz foydalanish qoidalari boʻyicha fuqarolar bilan majburiy dastlabki yoʻriqnoma oʻtkazish vazifalari yuklangan oʻq otish boʻyicha mutaxassislarni (trener, instruktorlar) tayinlash toʻgʻrisida buyruq yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat nusxasi (buyruqda ularning malaka darajasi koʻrsatilgan boʻlishi lozim). 5. Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini avtomobil transportida tashish uchun: a) tashilayotgan qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishi, shuningdek, ularni kuzatib borish va qoʻriqlovni taʼminlash majburiyati yuklangan masʼul xodimlarni tayinlash toʻgʻrisida yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjatining nusxasi (Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoxud idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari kuzatuvi ostida tashilayotgan hollar bundan mustasno); b) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilarini tashish Milliy gvardiya organlari, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi; v) avtomobil transportida qurol va uning oʻq-dorilarini tashish boʻyicha xizmat koʻrsatishni taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxasi (tashishni ariza beruvchiga tegishli boʻlmagan transport vositasida amalga oshirishda). 6. Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini temir yoʻl transportida tashish uchun — tashilayotgan qurol va uning oʻq-dorilari turkumini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan kuzatib borishni taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi. 7. Qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash uchun: a) qurol va uning oʻq-dorilarini saqlashga moʻljallangan bino, inshoot, xonalar ariza beruvchiga egalik yoki boshqa ashyoviy huquq asosida yuridik shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari; b) qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari, jismoniy himoyaning boshqa texnik vositalari hamda videokuzatuv tizimlari montaj qilinganligi yuzasidan tuzilgan dalolatnomalar nusxalari; v) oʻrganishlar, tadqiqotlar, koʻriklar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlar yakuni asosida xulosa (mavjud boʻlsa); g) qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini, berilishi-qabul qilib olinishini, hisobga olinishini va ulardan foydalanilishini taʼminlash vazifalari zimmasiga yuklangan masʼul xodimni tayinlash toʻgʻrisida yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat nusxasi; d) qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida bevosita harakatni amalga oshiruvchi va (yoki) faoliyatni bajaruvchi yuridik shaxsning rahbarlari va xodimlarining (xizmat vazifalariga muvofiq qurol va uning oʻq-dorilari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydiganlar), qoʻriqlash xizmati (mavjud boʻlganda) xodimlarining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan joyi va sanasi, doimiy yashash joyi, egallab turgan lavozimi, mutaxassisligi boʻyicha ish staji koʻrsatilgan roʻyxati; e) qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan yongʻinni, avariyani yoki boshqa favqulodda vaziyatni bartaraf etish, uning oqibatlarini cheklash yoki kamaytirish boʻyicha yuridik shaxs maʼmuriyati va xodimlarining harakatlarini belgilovchi avariyaga oid tasdiqlangan ichki reja; j) qurol hamda uning oʻq-dorilarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun — fuqaroviy va xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishga doir litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxsning olingan qurol (turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi va raqamini koʻrsatgan holda) va uning oʻq-dorilari (turi, kalibri, miqdorini koʻrsatgan holda) toʻgʻrisida belgisi qoʻyilgan qurol va uning oʻq-dorilari olishga doir ruxsatnoma (saqlashga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish yoki unga oʻzgartirish kiritish uchun). 8. Qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish uchun: a) qurol va uning oʻq-dorilarini saqlashga moʻljallangan bino, inshoot, xonalar ariza beruvchiga egalik yoki boshqa ashyoviy huquq asosida yuridik shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari; b) qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari, jismoniy himoyaning boshqa texnik vositalari hamda videokuzatuv tizimlari montaj qilinganligi yuzasidan tuzilgan dalolatnomalar nusxalari; v) qurolxona Milliy gvardiya organlarining texnik qoʻriqlash markazi orqali qoʻriqlovga olinganligi toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxasi; g) oʻrganishlar, tadqiqotlar, koʻriklar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlar yakuni asosida xulosa (mavjud boʻlsa); d) qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini, berilishi-qabul qilib olinishini, hisobga olinishini va ulardan foydalanilishini taʼminlash vazifalari yuklangan masʼul xodimni tayinlash toʻgʻrisida yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat nusxasi; e) qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida bevosita harakatni amalga oshiruvchi va (yoki) faoliyatni bajaruvchi yuridik shaxsning rahbarlari va xodimlarining (xizmat vazifalariga muvofiq qurol va uning oʻq-dorilari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydiganlar), qoʻriqlash xizmati (mavjud boʻlganda) xodimlarining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan joyi va sanasi, doimiy yashash joyi, egallab turgan lavozimi, mutaxassisligi boʻyicha ish staji koʻrsatilgan roʻyxati; z) qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan yongʻinni, avariyani yoki boshqa favqulodda vaziyatni bartaraf etish, uning oqibatlarini cheklash yoki kamaytirish boʻyicha yuridik shaxs maʼmuriyati va xodimlarining harakatlarini belgilovchi avariyaga oid tasdiqlangan ichki reja; i) qurol hamda uning oʻq-dorilarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun — fuqaroviy va xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishga doir litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxsning olingan qurol (turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi va raqamini koʻrsatgan holda) va uning oʻq-dorilari (turi, kalibri, miqdorini koʻrsatgan holda) toʻgʻrisida belgisi qoʻyilgan qurol va uning oʻq-dorilari olishga doir ruxsatnoma (saqlashga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish yoki unga oʻzgartirish kiritish uchun); k) qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish uchun xonalarni ijara olish (oʻz egaligida bunday xonalar boʻlmaganda), qurolni va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish tartibi, ularning but saqlanishini taʼminlash boʻyicha ushbu xonalar qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari oʻrnatilganligi hamda qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi va videokuzatuv tizimlari montaj qilinganligi toʻgʻrisida tuzilgan dalolatnomalar nusxalarini ilova qilgan holda shartnoma, shuningdek, Milliy gvardiya organlarining texnik qoʻriqlash markazi orqali qoʻriqlovga olinganligi toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxalari; l) koʻrgazmaga qoʻyish rejasi va ekspozitsiyalarning (koʻrgazma obyektlarining) joylashuv sxemalari (kelishish uchun); m) koʻrgazmaning chet ellik ishtirokchilari uchun ularga tegishli qurol va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashishga doir ruxsatnomalarni olish uchun hujjatlar (chet ellik ishtirokchilari olib kirayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishda). 9. Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga avtomobil transportida olib kirish uchun (Oʻzbekiston Respublikasi hududiga sport tadbirlarida (koʻrgazmada) ishtirok etish uchun qaytib olib chiqib ketish sharti bilan olib kiriladigan sport va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilari bundan mustasno): a) qurol va uning oʻq-dorilarini yetkazib berishga doir kontrakt (shartnoma) nusxasi, bir nechta turkumlarda olib kirilganida, ularni olib kirish jadvali; b) olib kirilayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarining oʻrnatilgan tartibda davlat tiliga tarjima qilingan va tasdiqlangan nusxalari; v) avtomobil transportining xalqaro tashishlarni amalga oshirishga ruxsat etilganligi toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi; g) tashilayotgan qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishi, shuningdek, ularni kuzatib borish va qoʻriqlovni taʼminlash majburiyati yuklangan masʼul xodimlarni tayinlash toʻgʻrisida yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjatining nusxasi (Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoxud idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari kuzatuvi ostida tashilayotgan hollar bundan mustasno); d) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilarini tashish Milliy gvardiya organlari, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi; e) avtomobil transportida qurol va uning oʻq-dorilarini tashish boʻyicha xizmat koʻrsatishni taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxasi (tashishni ariza beruvchiga tegishli boʻlmagan transport vositasida amalga oshirishda). 10. Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga temir yoʻl transportida olib kirish uchun (Oʻzbekiston Respublikasi hududiga sport tadbirlarida (koʻrgazmada) ishtirok etish uchun qaytib olib chiqib ketish sharti bilan olib kiriladigan sport va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilari bundan mustasno): a) qurol va uning oʻq-dorilarini yetkazib berishga doir kontrakt (shartnoma) nusxasi, bir nechta turkumlarda olib kirilganida, ularni olib kirish jadvali; b) olib kirilayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarining oʻrnatilgan tartibda davlat tiliga tarjima qilingan va tasdiqlangan nusxalari; v) tashilayotgan qurol va uning oʻq-dorilari turkumini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan kuzatib borishni taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi. 11. Koʻrgazmaga qoʻyish va sport quroli hamda uning oʻq-dorilari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga sport tadbirlari (koʻrgazma)da ishtirok etish uchun qaytib olib chiqib ketish (sport musobaqalarida ishtirok etishda — sport quroli va uning foydalanilmagan oʻq-dorilarini) sharti bilan vaqtincha olib kirish uchun: a) sport tadbiri (koʻrgazma) tashkilotchisining Oʻzbekiston Respublikasi hududida sport tadbirlari (koʻrgazma)da chet ellik ishtirokchilar ishtirok etishlari uchun taklifnoma nusxasi; b) chet ellik ishtirokchilarga tegishli qurol va uning oʻq-dorilarini tashish, qabul qilib olish hamda obyekt hududiga joylashtirishni taʼminlash vazifalari yuklangan masʼul xodim (xodimlar)ni tayinlash toʻgʻrisida, lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan joyi va yili, doimiy yashash joyi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi va raqami hamda uni bergan organ koʻrsatilgan holdagi yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat nusxasi (chet ellik ishtirokchilarga tegishli qurol va uning oʻq-dorilarini olib kirishda); v) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumini tashishda Milliy gvardiya organi, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati (avtomobil transportida tashilayotganda), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari (temir yoʻl transportida tashilayotganda) tomonidan kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi. 12. Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan avtomobil transportida olib chiqish uchun (xorijiy davlat hududida sport tadbirlarida (koʻrgazmada) ishtirok etish uchun qaytib olib kirish sharti bilan olib chiqiladigan sport va koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilari bundan mustasno): a) qurol va uning oʻq-dorilarini yetkazib berishga doir kontrakt (shartnoma) nusxasi, bir nechta turkumlarda olib chiqilganda, ularni olib chiqish jadvali; b) olib chiqilayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarining nusxalari; v) avtomobil transportining xalqaro tashishlarni amalga oshirishga ruxsat etilganligi toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi; g) tashilayotgan qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishi, shuningdek, ularni kuzatib borish va qoʻriqlovni taʼminlash majburiyati yuklangan masʼul xodimlarni tayinlash toʻgʻrisida yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjatining nusxasi (Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoxud idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari kuzatuvi ostida tashilayotgan hollar bundan mustasno); d) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilarini tashish Milliy gvardiya organlari, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi; e) avtomobil transportida qurol va uning oʻq-dorilarini tashish boʻyicha xizmat koʻrsatishni taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxasi (tashishni ariza beruvchiga tegishli boʻlmagan transport vositasida amalga oshirishda). 13. Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan temir yoʻl transportida olib chiqish uchun (xorijiy davlat hududida sport tadbirlarida (koʻrgazmada) ishtirok etish uchun qaytib olib kirish sharti bilan olib chiqiladigan sport va koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilari bundan mustasno): a) qurol va uning oʻq-dorilarini yetkazib berishga doir kontrakt (shartnoma) nusxasi, bir nechta turkumlarda olib chiqilganda, ularni olib chiqish jadvali; b) olib chiqilayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarining nusxalari; v) tashilayotgan qurol va uning oʻq-dorilari turkumini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan kuzatib borishni taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi. 14. Sport qurol va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini xorijiy davlat hududida sport tadbirlarida (koʻrgazmada) ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududidan avtomobil transportida vaqtincha olib chiqish uchun: a) xorijiy davlat hududida tadbir tashkilotchisi taklifnomasining oʻrnatilgan tartibda davlat tiliga tarjima qilingan va tasdiqlangan nusxasi; b) sport tadbirlari (koʻrgazma)da ishtirok etish uchun delegatsiyaning yuborilishi toʻgʻrisida, delegatsiya rahbarini hamda sport tadbirlari (koʻrgazma) davomida qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini, berilishi-qabul qilib olinishini, hisobi yuritilishini va ulardan foydalanishini taʼminlash vazifalari zimmasiga yuklangan masʼul xodimni tayinlash toʻgʻrisida yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjatning nusxasi; v) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilarini tashish Milliy gvardiya organlari, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi; g) avtomobil transportida qurol va uning oʻq-dorilarini tashish boʻyicha xizmat koʻrsatishni taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxasi (tashishni ariza beruvchiga tegishli boʻlmagan transport vositasida amalga oshirishda). 15. Sport qurol va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini xorijiy davlat hududida sport tadbir (koʻrgazma)larda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududidan temir yoʻl transportida vaqtincha olib chiqish uchun: a) xorijiy davlat hududida tadbir tashkilotchisi taklifnomasining oʻrnatilgan tartibda davlat tiliga tarjima qilingan va tasdiqlangan nusxasi; b) sport tadbir (koʻrgazma)larda ishtirok etish uchun delegatsiyaning yuborilishi toʻgʻrisida, delegatsiya rahbarini hamda sport tadbir (koʻrgazma)lari davomida qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini, berilishi-qabul qilib olinishini, hisobi yuritilishini va ulardan foydalanishini taʼminlash vazifalari zimmasiga yuklangan masʼul xodimni tayinlash toʻgʻrisida yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjatning nusxasi; v) tashilayotgan qurol va uning oʻq-dorilari turkumini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan kuzatib borishni taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi. 16. Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish uchun: a) tranzit qilinayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini joʻnatuvchi davlat hududidan olib chiqish va qabul qiluvchi davlat hududiga olib kirishga doir ruxsatnomalar nusxalarining oʻrnatilgan tartibda davlat tiliga tarjima qilingan va tasdiqlangan nusxasi; b) avtomobil transportining xalqaro tashishlarni amalga oshirishga ruxsat etilganligi toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi (avtomobil transportida tranzit qilishda); v) qurol va uning oʻq-dorilari turkumi tranzitini Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalari (avtomobil transportida tranzit qilishda) yoki “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati (temir yoʻl transportida tranzit qilishda) kuzatuvida amalga oshirish boʻyicha tuzilgan shartnoma nusxasi (oʻn dona yoki undan kam miqdordagi oʻqotar sport quroli yoki uning besh yuz dona va undan kam miqdordagi oʻq-dorilari, pnevmatik sport quroli va uning oʻq dorilari, tigʻli sovuq sport va sport uloqtirish qurollarini sport tadbirlarida ishtirok etish uchun tranzit qilish holatlari bundan mustasno). |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
6. |
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: |
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
7. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim: |
Yigʻim undirilmaydi |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
8. |
Arizani koʻrib chiqish muddati: |
1. 30 ish kuni: a) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini olish uchun; b) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini saqlash uchun; v) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini oʻq otish obyekti hududida saqlash uchun; v) qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash uchun; g) qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish uchun. 2. 10 ish kuni: a) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish uchun; b) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini tashish uchun; v) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish uchun |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
9. |
Ruxsat berishga oid talab va shartlar: |
1. Qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsat berishga doir umumiy talablar va shartlar: a) fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish, jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi qonun va normativ hujjatlarga, yongʻinga qarshi, ekologiya, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishini taʼminlash; b) qurol va uning oʻq-dorilarining but saqlanishini, saqlashda ularning xavfsizligini va maqsadli foydalanilishini taʼminlash, belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgandan soʻng ularni qurolxonaga joylashtirish, shuningdek, qurol va uning oʻq-dorilaridan begona shaxslar foydalanishini istisno etishga qaratilgan rejim va boshqa choralarni koʻrish; v) quyidagilar muomalasi sohasida harakatlarni bajarishga va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga yoʻl qoʻymaslik: “Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7 va 9-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalasi taqiqlangan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari; shikastlovchi taʼsiri radioaktiv nurlanish, kimyoviy va biologik (bakteriologik) omillardan foydalanishga yoki elektromagnit, nur, issiqlik, infratovush, ultratovush nurlanishdan foydalanishga asoslangan kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilari; g) ruxsatnomada koʻrsatilgan qurol va uning oʻq-dorilari doirasida, shuningdek, ruxsatnomada koʻrsatilgan qurol va uning oʻq-dorilariga nisbatan harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish; d) qurolning individual (turi, xili, modeli, zavod seriyasi va raqami, chiqarilgan yili), uning oʻq-dorilarining esa jamlanma (turi, kalibri, partiyasi va miqdori boʻyicha) hisobini yuritish, ularning mavjudligini, kirim-chiqimi hamda foydalanish uchun berish-qabul qilib olishni nazorat qilib borish, shuningdek, hisobga olish hujjatlarini oʻn yil mobaynida saqlash; e) qurol va uning oʻq-dorilari sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga bevosita bogʻliq ishlarga jalb etilayotgan xodimlar orasida quyidagi shaxslar boʻlmasligini taʼminlash: oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganlar; doimiy yashash joyiga ega boʻlmaganlar; “Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasi oʻninchi qismining uchinchi, beshinchi — sakkizinchi, oʻninchi — oʻn uchinchi xatboshilarida belgilangan asoslar mavjud boʻlganlar; j) yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjatlari bilan zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklangan xodimlarni belgilash: ruxsatnomada koʻrsatilgan tegishli (saqlash, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyish) faoliyat turini amalga oshirishda qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishi, belgilangan tartibda berilishi-qabul qilib olinishini va hisobga olinishini taʼminlash boʻyicha; ruxsatnomada koʻrsatilgan tegishli (olish, realizatsiya qilish, avtomobil transportida tashish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish) harakatni bajarishda qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini taʼminlash boʻyicha; z) qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini, berilishi-qabul qilib olinishini hamda hisobga olinishini taʼminlash majburiyati zimmasiga yuklatilgan yoxud xizmat qurolini olib yurish va undan foydalanish huquqiga ega boʻlgan xodimlarni qurolni saqlashga va (yoki) olib yurishga doir ruxsatnomalarni olishda hamda ularning amal qilish muddatini uzaytirishda doimiy yashash joyi boʻyicha yoxud yuridik shaxs va tibbiyot muassasasi oʻrtasidagi shartnomaga muvofiq belgilangan davlat sogʻliqni saqlash organlarining tibbiyot muassasalarida qurolga egalik qilishga qarshi koʻrsatmalar mavjud emasligi yuzasidan tibbiy tekshiruvdan oʻtkazishni tashkil etish; i) hisobot yilidan keyingi yilning birinchi oyi oʻninchi sanasidan kechiktirmay qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga bevosita bogʻliq ishlarga jalb etilgan, shuningdek qoʻriqlash (xavfsizlik) xizmati (mavjud boʻlsa) xodimlarining roʻyxatini vakolatli organga taqdim etish; k) qurol va uning oʻq-dorilarini olish, saqlash, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida oʻttiz ish kunidan oldin, qurol va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish, tashish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir ruxsatnomalar muddatini uzaytirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni esa ularning muddati tugashidan kamida oʻn ish kunidan oldin vakolatli organga taqdim etish; l) vakolatli organ yoki sudning ruxsatnomaning amal qilishini tugatish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasidagi ruxsatnomalarni vakolatli organga qaytarish; m) qurol toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etilishini tekshirish uchun vakolatli organlar xodimlarining qurol va uning oʻq-dorilari saqlanadigan obyektlar hududiga hamda joylarga soat 6-00 dan 22-00 gacha moneliksiz kirishini taʼminlash, tanishib chiqish uchun ularga zarur hujjatlarni taqdim etish. 2. Fuqaroviy, xizmat va kolleksiyalash quroli hamda uning oʻq-dorilarini olish uchun ruxsat berishga doir qoʻshimcha talablar va shartlar: Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy, xizmat va kolleksiyalash quroli hamda uning oʻq-dorilarini faqat fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar orqali olish; qurol va uning oʻq-dorilari olingandan soʻng oʻn kun muddatda ularni saqlash, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomalarni rasmiylashtirish (qurol va uning oʻq-dorilarini roʻyxatdan oʻtkazish) uchun zarur boʻlgan hujjatlarni vakolatli organga taqdim etish. 3. Fuqaroviy, xizmat va kolleksiyalash quroli hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish uchun ruxsat berishga doir qoʻshimcha talablar va shartlar: Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy, xizmat va kolleksiyalash quroli hamda uning oʻq-dorilarini fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar orqali realizatsiya qilish; qurol va uning oʻq-dorilari realizatsiya qilingandan soʻng oʻn kun muddatda ularni saqlash, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomaga oʻzgartirishlar kiritish uchun tegishli hujjatlarni (qisman realizatsiya qilinganda), shuningdek, qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomaning aslini (toʻliq realizatsiya qilinganda) vakolatli organga taqdim etish. 4. Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini qurolxonada saqlash uchun ruxsat berishga doir qoʻshimcha talablar va shartlar: fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish, jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini, portlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash talablariga muvofiq egalik yoki boshqa huquq asosida yuridik shaxsga tegishli moddiy-texnik bazaning (maxsus jihozlangan bino, inshoot, xona, qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi hamda videokuzatuv tizimlari, seyflar va metall shkaflar) mavjudligi; qurolxonalarni jismoniy himoya qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, ularni qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari bilan jihozlash va oʻrnatilgan qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalarining Milliy gvardiya organlarining texnik qoʻriqlash markaziga ulanishini taʼminlash; qurol va uning oʻq-dorilarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan belgilab berilgan joylardagi doimiy ravishda joylashgan statsionar turdagi bino va inshootlarda hamda ruxsatnomada koʻrsatilgan joyda (manzilda) saqlash; qurol va uning oʻq-dorilarini qulflanadigan seyflarda yoki metall shkaflarda oʻqsizlantirilgan holda saqlash; qurolni, uning oʻq-dorilaridan alohida (alohida seyf yoki metall shkaflarda) saqlash, maxsus xizmat vazifalariga ega boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno; qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan yongʻinni, avariyani yoki boshqa favqulodda vaziyatni bartaraf etish, uning oqibatlarini cheklash yoki kamaytirish boʻyicha yuridik shaxs maʼmuriyati va xodimlarining harakatlarini belgilovchi avariyaga oid ichki rejani ishlab chiqish. 5. Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini oʻq otish obyekti hududida saqlash uchun ruxsat berishga doir qoʻshimcha talablar va shartlar: fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish, jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini, portlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash talablariga muvofiq egalik yoki boshqa huquq asosida yuridik shaxsga tegishli moddiy-texnik bazaning (maxsus jihozlangan bino, inshoot, xona, qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi hamda videokuzatuv tizimlari, seyflar va metall shkaflar) mavjudligi; qurolxonalarni jismoniy himoya qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, ularni qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari bilan jihozlash va oʻrnatilgan qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalarining Milliy gvardiya organlarining texnik qoʻriqlash markaziga ulanishini taʼminlash; qurol va uning oʻq-dorilarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan belgilab berilgan joylardagi doimiy ravishda joylashgan statsionar turdagi bino va inshootlarda hamda ruxsatnomada koʻrsatilgan joyda (manzilda) saqlash; qurol va uning oʻq-dorilarini qulflanadigan seyflarda yoki metall shkaflarda oʻqsizlantirilgan holda saqlash; qurolni, uning oʻq-dorilaridan alohida (alohida seyf yoki metall shkaflarda) saqlash, maxsus xizmat vazifalariga ega boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno; qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan yongʻinni, avariyani yoki boshqa favqulodda vaziyatni bartaraf etish, uning oqibatlarini cheklash yoki kamaytirish boʻyicha yuridik shaxs maʼmuriyati va xodimlarining harakatlarini belgilovchi avariyaga oid ichki rejani ishlab chiqish; oʻq otish obyektini unda foydalaniladigan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarining turi, xili va kalibrining oʻq otish uzoqligini inobatga olgan holda, fuqarolar xavfsizligini va ular mol-mulkining himoyasini taʼminlovchi hamda obyekt hududidan tashqaridagi obyektlarga ziyon yetkazishini istisno etuvchi (xavfsiz hududda) aholi yashash joylaridan, yashash, maʼmuriy, ishlab chiqarish binolari, inshootlari va imoratlaridan tegishli masofasida joylashtirish; foydalaniladigan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari turi, xili va kalibrining taktik-texnik tavsiflarini inobatga olgan holda oʻq otish obyektini quyidagilar bilan jihozlash: oʻq oʻtkazmaydigan devorlar va shiftlar (yopiq turdagi tirlar uchun); oʻq oʻtkazmaydigan devorlar va shift qismida koʻndalang tarzda jihozlangan oʻqni ushlab qolish moslamalari (yarim ochiq turdagi tirlar uchun); oʻq otish yoʻnalishida (nishon hududida) va yon tomonida ularning ortidagi shaxslarga oʻq tegishining oldini oluvchi oʻqni qabul qilish (himoya qilish) tuproq doʻngiligi (ochiq turdagi tirlar va oʻq otish stendlari uchun); xavfsiz hudud boʻylab tashqi toʻsiqlar (ochiq turdagi tirlar va oʻq otish stendlari uchun); xalqaro va milliy sport federatsiyalari (tashkilotlari) standartlariga muvofiq texnik tavsiflarga ega nishonni joylash va uzatish uskunalari, oʻq otish joyidagi toʻsiqlar va boshqa oʻq otish anjomlaridan foydalanish; foydalaniladigan fuqaroviy va xizmat qurolining turi, xili va kalibrini hamda oʻq-dorilarning turi va kalibrini vakolatli organ bilan kelishish; oʻq otish obyekti hududida ruxsat berish va obyekt ichki rejimining amalga oshirilishini, qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini, berish-qabul qilib olinishini, hisobi yuritilishini, olib yurilishini va xavfsiz foydalanishini taʼminlash tartibiga oid ichki yoʻriqnoma ishlab chiqish; oʻq otish obyekti hududida ruxsat berish va obyekt ichki rejimini amalga oshirish; soyli stvolli sport oʻqotar qurolidan yoki ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik sport qurolidan, pnevmatik kalta stvolli quroldan, tashqi tomondan avtomatik qurol nusxa (replika)lariga oʻxshash pnevmatik quroldan, shuningdek, tigʻli sovuq sport qurolidan hamda sport uloqtirish qurolidan oʻq otish obyektlaridan tashqarida foydalanishni istisno etish, hayvonot dunyosi obyektlarini harakatsizlantirish va emlash bilan bogʻliq ilmiy-tadqiqot hamda profilaktika ishlarini amalga oshirish uchun kamonlar va arbaletlardan foydalanish bundan mustasno; sport oʻqotar qurolini, shu jumladan soyli stvolli sport oʻqotar qurolini va uning oʻq-dorilarini, ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik sport qurolini, pnevmatik kalta stvolli qurolni, tashqi tomondan avtomatik qurol nusxa (replika)lariga oʻxshash pnevmatik qurolni, shuningdek, tigʻli sovuq sport va sport uloqtirish qurolini oʻq otish obyektlari hududida jihozlangan qurolxonalardagi qulflanadigan seyflarda yoki metall shkaflarda saqlash; shtatda xalqaro va milliy sport federatsiya (tashkilot)lari malaka talablariga javob beradigan, foydalaniladigan qurol turlaridan otish boʻyicha shu yoʻnalishdagi maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislarning (trenerlar, instruktorlarning) mavjudligi; qurol va uning oʻq-dorilaridan xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya qilish boʻyicha fuqarolar bilan majburiy dastlabki yoʻriqnoma oʻtkazish (sport tashkilotlarida otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi shaxslar bundan mustasno); sport tashkilotlarida otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi shaxslarni qurol va uning oʻq-dorilaridan xavfsiz foydalanish qoidalari boʻyicha oʻqitish hamda ushbu qoidalarni bilishi yuzasidan tegishli tekshiruvdan oʻtganligi toʻgʻrisida hujjat berish (sport quroli uchun). 6. Fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilarini avtomobil transportida tashish uchun ruxsat berishga doir qoʻshimcha talablar va shartlar: qurol va uning oʻq-dorilarini shahar jamoat transportida, shuningdek, shahar atrofidagi, shaharlararo va xalqaro avtomobil transportida tashishga yoʻl qoʻymaslik; tashish uchun tuzilishi yukni begona shaxslarning koʻrishi va unga kirishi imkoniyatini istisno etadigan texnik jihatdan soz transport vositalarini ajratish; qurolni va uning oʻq-dorilarini zavod oʻrovida yoxud soʻrgʻichlangan yoki plombalangan maxsus (moslashtirilgan) idishda tashish; qurolni oʻq-dorilaridan alohida, oʻqsizlantirilgan holatda tashish; tashilayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini yoʻnalishda but saqlanishini taʼminlash vazifalari yuklangan yuridik shaxsning masʼul xodimlari tomonidan kuzatib borish (Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati qurolli qoʻriqlovining kuzatuvi ostida tashish bundan mustasno); oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tashilayotganda, ularning Milliy gvardiya, ichki ishlar organlarining yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalarining qurolli qoʻriqlovi ostida kuzatib borilishini taʼminlash. 7. Fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini temir yoʻl transportida tashish uchun ruxsat berishga doir qoʻshimcha talablar va shartlar: qurol va uning oʻq-dorilarini yoʻlovchi poyezd (vagon)larda tashishga yoʻl qoʻymaslik; tashilayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati qurolli qoʻriqlovining kuzatuvi bilan taʼminlash. 8. Qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash uchun ruxsat berishga doir qoʻshimcha talablar va shartlar: fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish, jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini, portlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash talablariga muvofiq egalik yoki boshqa huquq asosida yuridik shaxsga tegishli moddiy-texnik bazaning (maxsus jihozlangan bino, inshoot, xona, qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi hamda videokuzatuv tizimlari, seyflar va metall shkaflar) mavjudligi; qurol va uning oʻq-dorilarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan belgilab berilgan joylardagi doimiy ravishda joylashgan statsionar turdagi bino va inshootlarda hamda ruxsatnomada koʻrsatilgan joy (manzil)da saqlash; qurolni, uning oʻq-dorilaridan alohida (alohida seyf yoki metall shkaflarda) saqlash; qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan yongʻinni, avariyani yoki boshqa favqulodda vaziyatni bartaraf etish, uning oqibatlarini cheklash yoki kamaytirish boʻyicha yuridik shaxs maʼmuriyati va xodimlarining harakatlarini belgilovchi avariyaga oid ichki rejani ishlab chiqish; qurol va uning oʻq-dorilarini qurolxonadagi qulflanadigan seyflarda yoki metall shkaflarda saqlash (muzeybop tarzda kolleksiyalash bundan mustasno), bunda qurolning oʻqsizlantirilgan holatda saqlanishini taʼminlash; muzeybop tarzda kolleksiyalashda qurol va uning oʻq-dorilarini ana shu maqsadlar uchun moʻljallangan alohida, maxsus xonalarda saqlash, bunda oʻqotar qurol maxsus taʼmirlash ishlarisiz otishni istisno qiladigan yaroqsiz holatga keltirilishini taʼminlash; qurolxonalar va muzeybop tarzda kolleksiyalash uchun ajratilgan xonalarni jismoniy himoya qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, ularni qoʻriqlashning muhandislik-texnik va videokuzatuv vositalari bilan jihozlash hamda oʻrnatilgan qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining texnik qoʻriqlash markaziga ulanishini taʼminlash. 9. Qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish uchun ruxsat berishga doir qoʻshimcha talablar va shartlar: qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish uchun bino (xona)larni ijaraga olish (oʻz egaligida bunday xonalar boʻlmaganda), qurolni va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish tartibi, ularning but saqlanishini taʼminlash boʻyicha shartnomalar tuzish; koʻrgazmani qoʻriqlashning muhandislik-texnik hamda videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan hamda oʻrnatilgan qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari Milliy gvardiya organlarining texnik qoʻriqlash markaziga ulangan statsionar turdagi binolar (xonalar)da oʻtkazish; koʻrgazmaga qoʻyilgan (shu jumladan, chet ellik ishtirokchilar tomonidan) qurol va uning oʻq-dorilarining but saqlanishi va saqlash xavfsizligini taʼminlash, qurol va uning oʻq-dorilari joylashtirilgan va saqlanadigan joylarga kirayotgan shaxslarni bevosita kuzatish, nazorat qilish hamda begona shaxslarning ruxsatsiz kirishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan choralarni koʻrish; koʻrgazmaga qoʻyish rejalarini va ekspozitsiya (koʻrgazma obyekt)larini joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish hamda koʻrgazma oʻtkaziladigan joydagi vakolatli organlarga kelishib olish uchun taqdim etish; qurol va uning oʻq-dorilarining boshqa predmetlar bilan birga koʻrgazmaga qoʻyilishini istisno etish, qurolni ishlab chiqarish, unga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun moʻljallangan qurilmalar va asboblar, sport, ov va baliq ovlash ashyolari hamda qurolning ehtiyot qismlari, shuningdek, tarixiy-madaniy koʻrgazmalar eksponatlari bundan mustasno; qurolni muzey binolaridan tashqarida koʻrgazmaga qoʻyishni faqat oʻrnatilgan qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining texnik qoʻriqlash markaziga yoki ichki qoʻriqlash postiga ulangan yopiq (qulflanadigan) vitrinalar va stendlarda amalga oshirish; qurol va uning oʻq-dorilari ekspozitsiyalari ochiq vitrinalar va stendlarda joylashtirilgan taqdirda, qurol va uning oʻq-dorilarini har kuni koʻrgazma ishi tugagach, jismoniy himoya qilish boʻyicha tadbirlar amalga oshirilgan, qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari bilan jihozlangan va oʻrnatilgan qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining texnik qoʻriqlash markaziga ulangan qurolxonalarda saqlash uchun topshirish; qurolni oʻqsizlantirilgan holatda koʻrgazmaga qoʻyish; koʻrgazmaning chet ellik ishtirokchilari uchun ularga tegishli qurol va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashishga doir vakolatli organning ruxsatnomasini olish, ularni tashish, koʻrgazma oʻtkazilayotgan obyekt hududida qabul qilish va joylashtirish boʻyicha choralarni koʻrish (chet ellik ishtirokchilarning olib kirilayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishda). 10. Fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish uchun ruxsat berishga doir qoʻshimcha talablar va shartlar: a) avtomobil transportida olib kirishda: qurol va uning oʻq-dorilarini shahar jamoat transportida, shuningdek shahar atrofidagi, shaharlararo va xalqaro avtomobil transportida tashishga yoʻl qoʻymaslik; tashish uchun tuzilishi yukni begona shaxslarning koʻrishi va unga kirishi imkoniyatini istisno etadigan texnik jihatdan soz transport vositalarini ajratish; qurolni va uning oʻq-dorilarini zavod oʻrovida yoxud soʻrgʻichlangan yoki plombalangan maxsus (moslashtirilgan) idishda tashish; qurolni oʻq-dorilaridan alohida, oʻqsizlantirilgan holatda tashish; tashilayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini yoʻnalishda but saqlanishini taʼminlash vazifalari yuklangan yuridik shaxsning masʼul xodimlari tomonidan kuzatib borish (Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati qurolli qoʻriqlovining kuzatuvi ostida tashish bundan mustasno); oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tashilayotganda, ularning Milliy gvardiya, ichki ishlar organlarining yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalarining qurolli qoʻriqlovi ostida kuzatib borilishini taʼminlash; avtomobil transportida xalqaro tashuvlarni amalga oshirishga ruxsat etilganligi toʻgʻrisida guvohnomaga ega boʻlgan transport vositalarini ajratish (avtomobil transportida olib kirish uchun); Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan sport quroli hamda uning foydalanilmagan oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini sport musobaqalarida qatnashish yoki koʻrgazmaga qoʻyish uchun taklifnomalarda belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish (sport musobaqalari va koʻrgazmalarning chet ellik ishtirokchilari uchun); Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan sport quroli hamda uning foydalanilmagan oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini sport musobaqalarida qatnashish yoki koʻrgazmaga qoʻyish uchun taklifnomalarda belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish (xorijiy davlatlarda oʻtkaziladigan sport musobaqalari va koʻrgazmalarda ishtirok etuvchi yuridik shaxslarning delegatsiyalari uchun); b) temir yoʻl transportida olib kirishda: qurolni va uning oʻq-dorilarini zavod oʻrovida yoxud soʻrgʻichlangan yoki plombalangan maxsus (moslashtirilgan) idishda tashish; qurolni oʻq-dorilaridan alohida, oʻqsizlantirilgan holatda tashish; qurol va uning oʻq-dorilarini yoʻlovchi poyezd (vagon)larda tashishga yoʻl qoʻymaslik; tashilayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati qurolli qoʻriqlovining kuzatuvi bilan taʼminlash; Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan sport quroli hamda uning foydalanilmagan oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini sport musobaqalarida qatnashish yoki koʻrgazmaga qoʻyish uchun taklifnomalarda belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish (sport musobaqalari va koʻrgazmalarning chet ellik ishtirokchilari uchun); Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan sport quroli hamda uning foydalanilmagan oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini sport musobaqalarida qatnashish yoki koʻrgazmaga qoʻyish uchun taklifnomalarda belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish (xorijiy davlatlarda oʻtkaziladigan sport musobaqalari va koʻrgazmalarda ishtirok etuvchi yuridik shaxslarning delegatsiyalari uchun). 11. Fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali avtomobil transportida tranzit qilish uchun ruxsat berishga doir qoʻshimcha talablar va shartlar: tranzit qilinayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini joʻnatuvchi davlat hududidan olib chiqishga va qabul qiluvchi davlat hududiga olib kirishga doir ruxsatnomalarni taqdim etish; qurol va uning oʻq-dorilarini shahar jamoat transportida, shuningdek shahar atrofidagi, shaharlararo va xalqaro avtomobil transportida tashishga yoʻl qoʻymaslik; tashish uchun tuzilishi yukni begona shaxslarning koʻrishi va unga kirishi imkoniyatini istisno etadigan texnik jihatdan soz transport vositalarini ajratish; qurolni va uning oʻq-dorilarini zavod oʻrovida yoxud soʻrgʻichlangan yoki plombalangan maxsus (moslashtirilgan) idishda tashish; qurolni oʻq-dorilaridan alohida, oʻqsizlantirilgan holatda tashish; avtomobil transportida xalqaro tashuvlarni amalga oshirishga ruxsat etilganligi toʻgʻrisida guvohnomaga ega boʻlgan transport vositalarini ajratish; tashilayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini yoʻnalishda but saqlanishini taʼminlash vazifalari yuklangan yuridik shaxsning masʼul xodimlari tomonidan kuzatib borish; oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tranzitini Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalarining kuzatuvida amalga oshirilishini taʼminlash. 12. Fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali temir yoʻl transportida tranzit qilish uchun ruxsat berishga doir qoʻshimcha talablar va shartlar: qurol va uning oʻq-dorilarini yoʻlovchi poyezd (vagon)larda tashishga yoʻl qoʻymaslik; tranzit qilinayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini joʻnatuvchi davlat hududidan olib chiqishga va qabul qiluvchi davlat hududiga olib kirishga doir ruxsatnomalarni taqdim etish; oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tranzitini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari qurolli qoʻriqlovining kuzatuvi ostida amalga oshirish. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
10. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: |
Mavjud emas |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
11. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: |
1. 3 yil: a) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini saqlash uchun; b) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini oʻq otish obyekti hududida saqlash uchun; v) qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash uchun. 2. 90 kun: a) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini olish uchun; b) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini avtomobil, temir yoʻl va havo transportida tashish uchun; v) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish uchun. 3. Qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish uchun — koʻrgazma davomida, biroq 90 kundan ortiq boʻlmagan muddatga — qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish uchun. 4. Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish uchun (koʻrgazmaga qoʻyish va sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga sport tadbirlarida (koʻrgazmada) ishtirok etish uchun — tadbir davomida, biroq 90 kundan ortiq boʻlmagan muddatga); 5. Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish uchun (xorijiy davlat hududida sport tadbirlarida (koʻrgazmada) ishtirok etish uchun — tadbir davomida, biroq 90 kundan ortiq boʻlmagan muddatga); 6. 30 kun — fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish uchun |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
12. |
Izoh: |
1. Kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilari — kolleksiyalash obyektlari hisoblangan oʻqotar, pnevmatik, gazli, signal beruvchi, sovuq va boshqa qurol hamda uning oʻq-dorilari. 2. Koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilari — koʻrgazma obyektlari hisoblangan oʻqotar, pnevmatik, gazli, signal beruvchi, sovuq va boshqa qurol hamda uning oʻq-dorilari. 3. Qurolxona — qurol va uning oʻq-dorilarini saqlashga moʻljallangan, texnik jihatdan mustahkamlangan, qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyasi hamda qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari va jismoniy himoyaning boshqa vositalari bilan maxsus jihozlangan alohida inshoot (ombor, xona). 4. Tir — sport musobaqalarini, oʻquv-mashq yigʻinlari va oʻquv-oʻq otish mashqlarini oʻtkazishga, qurolni tekshirishga, shuningdek, koʻngilochar maqsadlarda fuqaroviy va xizmat oʻqotar qurolidan, pnevmatik ov qurolidan, pnevmatik sport qurolidan, sport uloqtirish qurolidan harakatlanmaydigan hamda harakatlanuvchi nishonlarga qarata oʻq otish uchun maxsus moʻljallangan (jihozlangan) muhandislik-qurilish inshooti; 5. Oʻq otish stendi — sport musobaqalari va oʻquv-mashq yigʻinlarini oʻtkazishga, shuningdek koʻngilochar maqsadlarda silliq stvolli oʻqotar ov va silliq stvolli oʻqotar sport qurolidan uchar nishonlarga qarata oʻq otish uchun maxsus moʻljallangan (jihozlangan) muhandislik-qurilish inshooti. 6. Oʻq otish maydoni — bir necha tir va (yoki) oʻq otish stendlaridan tashkil topgan majmua. 7. Quyidagilar ichki ishlar organlarining ruxsatnomalarisiz amalga oshiriladi: a) pnevmatik ov qurolining hamda pnevmatik sport qurolining oʻq-dorilari muomalasi sohasida harakatlarni va (yoki) faoliyatni amalga oshirish; b) quyidagilarni olish va saqlash: signal beruvchi qurolni va tigʻli sovuq ov qurolini — maxsus xizmat vazifalariga ega boʻlgan yuridik shaxslar va ovchilik sohasida faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar tomonidan; signal beruvchi qurolni, tigʻli sovuq ov qurolini hamda tigʻli sovuq va uloqtirish sport qurolini — fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan; tigʻli sovuq va uloqtirish sport qurolini — otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan; v) fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish — fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan; g) quyidagilarni tashish: vakolatli organlarda roʻyxatga olingan qurol va uning oʻq-dorilarini — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududi doirasida, mazkur qurol va uning oʻq-dorilarini vakolatli organlar roʻyxatga olgan joyda; vakolatli organda roʻyxatga olinmaydigan qurol va uning oʻq-dorilarini — signal beruvchi qurolni, tigʻli sovuq ov qurolini, tigʻli sovuq va uloqtirish sport qurolini, pnevmatik ov qurolining hamda pnevmatik sport qurolining oʻq-dorilarini; d) fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarish hududlarida joylashgan xonalar, savdo zallarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq oʻtkaziladigan koʻrgazmalarda qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish. Joʻnatuvchilari yoki oluvchilari chet el davlatlarining Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining, chegara xizmatlari, xavfsizlik organlari va boshqa harbiylashtirilgan davlat tuzilmalari boʻlgan fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilarini tranzit qilish maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. pnevmatik ov qurolining hamda pnevmatik sport qurolining oʻq-dorilari muomalasi sohasida harakatlarni va (yoki) faoliyatni amalga oshirish; 8. Fuqaroviy (xizmat, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish) qurol va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga, ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga doir ruxsatnomalar berilganda, ushbu qurol va uning oʻq-dorilarini tashishga doir alohida ruxsatnomalar berilmaydi hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish qurol va oʻq-dorilarni olib kirishga yoki olib chiqishga doir berilgan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. 9. Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan ruxsat berishga doir talab va shartlarga quyidagilar kiradi: a) ruxsat berishga doir talablar va shartlarga rioya etilishi yuzasidan vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tekshiruvlardan bosh tortish; b) ruxsatnoma belgilangan harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish natijasida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga ziyon hamda atrof-muhitga zarar yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa; v) qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini taʼminlash choralarining koʻrilmasligi ularning yoʻqolishi yoki talon-toroj qilinishi xavfini tugʻdirsa; g) quyidagi harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish: turi, xili, modeli, kalibri va soni ruxsatnomada koʻrsatilmagan qurol va uning oʻq-dorilari bilan; qurol va uning oʻq-dorilarini but saqlash, belgilangan tartibda berish-qabul qilib olish va hisobini yuritish (qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyish faoliyatini amalga oshirishda) yoxud qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini taʼminlash (qurol va uning oʻq-dorilarini olish, realizatsiya qilish, avtomobil transportida tashish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish boʻyicha harakatlarni bajarishda) vazifalari ruxsatnomada koʻrsatilmagan shaxslar tomonidan bajarilishi; d) ushbu pasportda belgilangan holatlarda qurol va uning oʻq-dorilarini Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari, idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati, jumladan, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati qurolli qoʻriqlovining yoxud Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalarining kuzatuvi ostida tashilishini taʼminlamaslik (tashish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish boʻyicha harakatlarni bajarishda); e) ruxsatnomada belgilangan tashish yoʻnalishiga amal qilmaslik, shuningdek, qurol va uning oʻq-dorilarini tashishga ruxsatnomada koʻrsatilmagan avtotransport vositalarini jalb qilish (avtomobil transportida tashish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish boʻyicha harakatlarni bajarishda); j) qurol va uning oʻq-dorilarini ruxsatnomada koʻrsatilmagan joy (manzil)da saqlash va ulardan foydalanish (saqlash, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyish faoliyatini amalga oshirishda). |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
47-ILOVA
|
1. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: |
Fuqaroviy qurolni va uning oʻq-dorilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir ruxsatnoma |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
2. |
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): |
Fuqaroviy qurolni va uning oʻq-dorilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — jismoniy shaxslar) |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
4. |
Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: |
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti jamoat tartibini saqlash xizmati — quyidagi ruxsatnomalarni berish boʻyicha: a) soyli stvolli oʻqotar ov qurolini, shu jumladan aralash oʻqotar qurolni, yarim avtomat silliq stvolli oʻqotar ov qurolini, oʻqdon (baraban) sigʻimi toʻrt dona patrondan ortiq boʻlgan silliq stvolli oʻqotar ov qurolini, ogʻiz qismidagi quvvat 65 jouldan yuqori va kalibri 9 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik ov qurolini olishga doir; b) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga doir; v) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga doir; g) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir. 2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalarining hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmalari — quyidagi ruxsatnomalarni berish boʻyicha: a) qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalashga doir; b) qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishga doir; 3. Jismoniy shaxsning doimiy yashash joyi boʻyicha tuman va shaharlar ichki ishlar boshqarma (boʻlim)lari — quyidagi ruxsatnomalarni berish boʻyicha: a) fuqaroviy qurolni, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini olishga doir (soyli stvolli oʻqotar ov qurolini, shu jumladan aralash oʻqotar qurolni, yarim avtomat silliq stvolli oʻqotar ov qurolini, oʻqdon (baraban) sigʻimi toʻrt dona patrondan ortiq boʻlgan silliq stvolli oʻqotar ov qurolini, ogʻiz qismidagi quvvat 65 jouldan yuqori va kalibri 9 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik ov qurolini olishga doir ruxsatnomalardan tashqari); b) fuqaroviy qurolni, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishga doir; v) fuqaroviy qurolni, mukofot qilingan qurolni saqlash va olib yurishga doir; g) sport oʻqotar qurolini, ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik sport qurolini, pnevmatik kalta stvolli qurolni, tashqi tomondan avtomatik qurol nusxa (replika)lariga oʻxshash pnevmatik qurolni, tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini saqlashga doir; d) soyli stvolli sport oʻqotar qurolini va uning oʻq-dorilarini, tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga quyish quroli va uning oʻq-dorilarini tashishga doir. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
5. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
Ariza. Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organ yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joy manzili, murojaat uchun telefon raqamlari, mavjud boʻlsa — elektron pochta manzili; bajarmoqchi va (yoki) amalga oshirmoqchi boʻlgan aniq harakatlari va (yoki) muayyan faoliyati uchun ruxsatnoma olishdan maqsadi, ushbu harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga daxldor qurol (turi, xili, modeli va kalibri) va uning oʻq-dorilari (turi, kalibri); harakatlar bajariladigan va (yoki) faoliyat amalga oshiriladigan joy, shuningdek, qurol va uning oʻq-dorilari joylashtiriladigan (saqlanadigan) joy; harakatlar bajariladigan va (yoki) faoliyat amalga oshiriladigan taxminiy muddat (zarur boʻlganda). Ruxsatnoma turiga qarab, arizada qoʻshimcha ravishda quyidagilar koʻrsatiladi: a) fuqaroviy qurolni, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishda — realizatsiya qilinishi rejalashtirilayotgan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilinishi rejalashtirilayotgan bunday faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxsning nomi va manzili toʻgʻrisida maʼlumotlar; b) sport oʻqotar qurolini, ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq pnevmatik sport qurolini, pnevmatik kalta stvolli qurolni, tashqi tomondan avtomatik qurol nusxalariga (replikalariga) oʻxshash pnevmatik qurolni, tigʻli sovuq sport qurolini, sport uloqtirish qurolini saqlashda — sport oʻq otish obyektining nomi va joylashgan joyi toʻgʻrisida maʼlumotlar; v) soyli stvolli sport oʻqotar quroli va uning oʻq-dorilarini, tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini tashishda: sport musobaqalari va oʻquv-mashq yigʻinlari tashkilotchisi va oʻtkazish joyi, Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish yoʻnalishi, foydalaniladigan transport turi (avtomobil transportida tashishda — tashish uchun jalb qilingan transport vositasining rusumi va davlat roʻyxat belgilari) toʻgʻrisida maʼlumotlar; oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumini qurolli qoʻriqlovining kuzatuvi bilan taʼminlash toʻgʻrisida (Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati tomonidan avtomobil transportida tashishda, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati tomonidan temir yoʻl transportida tashishda); g) qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishda — koʻrgazma joyi, shuningdek, har kuni koʻrgazma ish vaqti tugagach, qurol va uning oʻq-dorilarini topshirish uchun ular but saqlanishini taʼminlaydigan qurolxona toʻgʻrisida maʼlumotlar (koʻrgazmaga qoʻyish uchun moʻljallangan qurol va uning oʻq-dorilari ochiq vitrina va stendlarga joylashtirilgan hollarda); d) fuqaroviy, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishda, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishda — yukni joʻnatish va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish joylari (yukni yetkazish va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqish joylari), Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish yoʻnalishi, foydalaniladigan transport turi (avtomobil transportida tashishda — transport vositalarining rusumi va davlat roʻyxat belgilari), olib kirishning (olib chiqishning, tranzit qilishning) taxminiy sanasi, shuningdek, tranzit qatnashchilari boʻlgan davlatlar hududi boʻylab harakatlanishning moʻljallanayotgan yoʻnalishi toʻgʻrisida maʼlumotlar (tranzit qilishda); oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tranzitini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati qurolli qoʻriqlovining (temir yoʻl transportida tashishda) yoki Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalarining (avtomobil transportida tashishda) kuzatuvi bilan taʼminlash toʻgʻrisida. Ruxsatnoma turiga qarab, arizaga vakolatli organ boshqa vakolatli organlardan mustaqil ravishda oladigan hujjatlardan tashqari qoʻshimcha ravishda quyidagilar ilova etiladi: I. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun: 1. Fuqaroviy qurolni olish uchun: a) birinchi marta qurolni (bundan oʻzini oʻzi himoya qilish quroli mustasno) olayotgan fuqarolar uchun — ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan (ov qurolini olish uchun) hamda otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan (sport qurolini olish uchun) quroldan xavfsiz foydalanish qoidalarini bilish yuzasidan tekshiruvdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar; b) ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasi (ov qurolini olish uchun); v) ovchilar jamoat birlashmasining tavsiyanomasi (soyli stvolli oʻqotar ov qurolini, yarim avtomat silliq stvolli oʻqotar ov qurolini, oʻqdon (baraban) sigʻimi toʻrt dona patrondan ortiq boʻlgan silliq stvolli oʻqotar ov qurolini, shuningdek, ogʻiz qismidagi quvvat 65 jouldan yuqori va kalibri 9 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik ov qurolini olish uchun); g) otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs tomonidan berilgan, sport qurolidan foydalanish bilan bogʻliq sport turi koʻrsatilgan sportchi guvohnomasi (sport qurolini olish uchun). Maxsus organlar va harbiy tuzilmalarning harbiy xizmatchilari hamda xodimlari qurolni olishda mazkur bandning “b”, “v”, “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarni, shuningdek, maxsus organ yoki harbiy tuzilmalarda xizmatni oʻtayotganliklari, harbiy yoki maxsus unvonini hamda adliya malaka darajasini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi. 2. Fuqaroviy qurolni saqlash va olib yurish uchun: a) fuqaroviy qurolni roʻyxatdan oʻtkazishda yoki qoʻshimcha tarzda fuqaroviy qurol olinganligi munosabati bilan qayta roʻyxatdan oʻtkazishda — fuqaroviy va xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxsning olingan qurolning turi, xili, modeli, kalibri, zavod seriyasi va raqami toʻgʻrisidagi belgisi qoʻyilgan qurolni olishga doir ruxsatnoma (saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish yoki unga oʻzgartirish kiritish uchun); b) oʻrnatilgan tartibda davlat tiliga tarjimasi tasdiqlangan fuqaroviy qurolning muvofiqlik sertifikati (qurol Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida olingan taqdirda). 3. Mukofot qilingan qurolni saqlash va olib yurish uchun: a) mukofotlashga oid hujjatlar yoki ularni bergan organ tomonidan oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan koʻchirma (maxsus organ yoki harbiy tuzilma rahbarining buyrugʻi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, xorijiy davlatlar rahbarlarining hamda xorijiy davlatlar hukumatlari rahbarlarining mukofotlashga oid hujjatlari); b) mukofot qilingan qurol belgilangan talablarga mos kelishini aniqlash yuzasidan koʻzdan kechirish uchun qurol va uning oʻq-dorilari (xorijiy davlatlar rahbarlarining hamda xorijiy davlatlar hukumatlari rahbarlarining mukofotlashga oid hujjatlari asosida olingan qurol va uning oʻq-dorilari uchun). 4. Sport oʻqotar qurolini, ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik sport qurolini, pnevmatik kalta stvolli qurolni, tashqi tomondan avtomatik qurol nusxa (replika)lariga oʻxshash pnevmatik qurolni, tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini saqlash uchun: a) sport qurolini roʻyxatdan oʻtkazishda yoki qoʻshimcha tarzda sport qurol olinganligi munosabati bilan qayta roʻyxatdan oʻtkazishda — fuqaroviy va xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxsning olingan qurolning turi, xili, modeli, kalibri, zavod seriyasi va raqami toʻgʻrisidagi belgisi qoʻyilgan qurolni olishga doir ruxsatnomasi (saqlashga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish yoki unga oʻzgartirish kiritish uchun). b) oʻrnatilgan tartibda davlat tiliga tarjimasi tasdiqlangan sport qurolining muvofiqlik sertifikati (qurol Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida olingan taqdirda); v) otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs tomonidan berilgan oʻq otish obyekti hududidagi qurolxonada sport quroli va uning oʻq-dorilari saqlanishini taʼminlash toʻgʻrisidagi hujjat (tasdiqlov). 5. Soyli stvolli sport oʻqotar quroli va uning oʻq-dorilarini, tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini tashish uchun — otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxsning sport tadbirlari yoki oʻquv-mashq otishlari va boshqa otishlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjati (buyruq, taqvimiy reja-jadval yoki ulardan koʻchirma, sport tadbirida ishtirok etish uchun tashkilotchining taklifnomasi). 6. Kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini tashish uchun — oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tashilayotgan yoʻlda Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylash tirilgan qoʻriqlash xizmatining (temir yoʻl transportida tashishda) qurolli qoʻriqlovida kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi. 7. Koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini tashish uchun: a) koʻrgazmada ishtirok etish uchun tashkilotchining taklifnomasi; b) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tashilayotgan yoʻlda Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatining (temir yoʻl transportida tashishda) qurolli qoʻriqlovida kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi. 8. Qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash uchun: a) qurolni saqlashga moʻljallangan xonada qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari montaj qilinganligi yuzasidan tuzilgan dalolatnoma nusxasi; b) qurolni saqlashga moʻljallangan xona Milliy gvardiya organlarining texnik qoʻriqlash markazi orqali qoʻriqlovga olinganligi yuzasidan tuzilgan shartnoma nusxasi. 9. Qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish uchun: a) qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish uchun xonalarni ijaraga olish (oʻz egaligida bunday xonalar boʻlmaganda), qurolni va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish tartibi, ularning but saqlanishini taʼminlash, but saqlanishini taʼminlash boʻyicha ushbu xonalarga qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari oʻrnatilganligi hamda qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi va video-kuzatuv tizimlari montaj qilinganligi toʻgʻrisida tuzilgan dalolatnomalar nusxalarini ilova qilgan holda shartnoma, shuningdek, Milliy gvardiya organlarining texnik qoʻriqlash markazi orqali qoʻriqlovga olinganligi toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxalari; b) koʻrgazmaga qoʻyish rejalarini va ekspozitsiyalarni joylashtirish sxemalari (kelishish uchun); v) koʻrgazmaning chet ellik ishtirokchilari uchun ularga tegishli qurol va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashishga doir ruxsatnomalarni olish uchun hujjatlar (chet ellik ishtirokchilar olib kirayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishda). 10. Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini olib kirish uchun (Oʻzbekiston Respublikasi hududiga ov qilish, sport tadbirlarida ishtirok etish yoki koʻrgazmaga qoʻyish uchun qaytib olib chiqib ketish sharti bilan ov, sport va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilari bundan mustasno) — olib kirilayotgan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarining oʻrnatilgan tartibda davlat tiliga tarjimasi tasdiqlangan nusxalari. 11. Mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini olib kirish uchun — oʻrnatilgan tartibda davlat tiliga tarjimasi tasdiqlangan xorijiy davlatlar rahbarlari va xorijiy davlatlar hukumatlari rahbarlarining mukofotlashga oid hujjatlari yoki ularni bergan organ tomonidan tasdiqlangan koʻchirmalari. 12. Koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini olib kirish uchun — oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tashilayotgan yoʻlda Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatining (temir yoʻl transportida tashishda) qurolli qoʻriqlovida kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi. 13. Doimiy yashashga chiqib ketayotgan shaxslar tomonidan fuqaroviy va mukofot qilingan qurol hamda uning oʻq-dorilarini olib chiqish uchun — qurol hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan vakolatli organining qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomasi. 14. Doimiy yashashga chiqib ketayotgan shaxslar tomonidan kolleksiyalash uchun qurol va uning oʻq-dorilarini olib chiqish uchun: a) qurol hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan vakolatli organning qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomasi; b) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tashilayotgan yoʻlda Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatining (temir yoʻl transportida tashishda) qurolli qoʻriqlovida kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi. 15. Xorijiy davlat hududida ov qilish, sport tadbirlarida ishtirok etish yoki koʻrgazmaga qoʻyish maqsadlarida ov, sport va koʻrgazmaga qoʻyish uchun qurolni hamda uning oʻq-dorilarini (ov qilish, sport tadbirlarida — ov va sport quroli hamda uning foydalanilmagan oʻq-dorilari) qaytib olib kirish sharti bilan olib chiqish: a) chet ellik yuridik shaxs bilan ov qilish uchun tuzilgan shartnoma nusxasi (sport tadbirlari, koʻrgazmada ishtirok etish uchun tashkilotchining taklifnomasi); b) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tashilayotgan yoʻlda Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatining (temir yoʻl transportida tashishda) qurolli qoʻriqlovida kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi. II. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari tomonidan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini olish uchun: a) ariza beruvchi oʻzi fuqarosi boʻlgan xorijiy davlatning Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonasi, konsullik muassasasi va ularga tenglashtirilgan tashkilotning iltimosnomasi; b) ariza beruvchi oʻzi fuqarosi boʻlgan xorijiy davlatning vakolatli organining qurolni olishga va ushbu xorijiy davlat hududiga olib kirishga doir ruxsatnomasi. III. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini olib chiqish uchun — fuqaroviy va xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxsning olingan qurolning turi, xili, modeli, kalibri, zavod seriyasi va raqami, oʻq-dorilarning turi, kalibri va miqdori toʻgʻrisidagi belgisi qoʻyilgan qurol olishga doir ruxsatnomasi. IV. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan ov qilish, sport tadbirlarida ishtirok etish yoki koʻrgazmaga qoʻyish maqsadida ov quroli va uning oʻq-dorilarini, sport quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish qurolini va uning oʻq-dorilarini (ov qilish, sport tadbirlarida — qurol va uning foydalanilmagan oʻq-dorilarini) qaytib olib chiqish sharti bilan olib kirish uchun: a) ov qilish faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxs bilan ov qilish uchun tuzilgan shartnoma nusxasi (sport tadbirlari, koʻrgazmada ishtirok etish uchun tashkilotchining taklifnomasi); b) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tashilayotgan yoʻlda Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatining (temir yoʻl transportida tashishda) qurolli qoʻriqlovida kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi. V. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish uchun: a) tranzit qilinayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini joʻnatuvchi davlat hududidan olib chiqish va qabul qiluvchi davlat hududiga olib kirish huquqini beruvchi ruxsatnomalar nusxalari; b) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tashilayotgan yoʻlda Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatining (temir yoʻl transportida tashishda) qurolli qoʻriqlovida kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
6. |
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: |
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
7. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim: |
Yigʻim undirilmaydi |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
8. |
Arizani koʻrib chiqish muddati: |
1. 30 ish kuni: a) fuqaroviy qurolni olish uchun; b) kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini olish uchun; v) qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash uchun; g) qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish uchun. 2. 10 ish kuni: a) Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari tomonidan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini olish uchun; b) fuqaroviy qurolni, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish uchun; v) fuqaroviy va mukofot qilingan qurolni saqlash va olib yurish uchun; g) sport oʻqotar qurolini va uning oʻq-dorilarini, ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik sport qurolini, pnevmatik kalta stvolli qurolni, tashqi tomondan avtomatik qurol nusxalariga (replikalariga) oʻxshash pnevmatik qurolni, tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini saqlash uchun; d) soyli stvolli sport oʻqotar quroli va uning oʻq-dorilarini, tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini tashish uchun; e) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish uchun; j) Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan ov quroli va uning oʻq-dorilarini, sport quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini qaytib olib chiqish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish uchun: z) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib chiqish uchun; i) xorijiy davlat hududida ov qilish, sport tadbirlarida ishtirok etish yoki koʻrgazmaga qoʻyish maqsadlarida ov, sport va koʻrgazmaga qoʻyish uchun qurolni hamda uning oʻq-dorilarini (ov qilish, sport tadbirlarida — ov va sport quroli hamda uning foydalanilmagan oʻq-dorilar) qaytib olib kirish sharti bilan olib chiqish uchun; i) Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini olib chiqish uchun; k) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish uchun |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
9. |
Ruxsat berishga oid talab va shartlar: |
1. Qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsat berishga doir umumiy talablar va shartlar: a) qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilish; b) qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini, saqlash xavfsizligi va maqsadli foydalanilishini taʼminlash hamda ularga begona shaxslar egalik qilishni istisno etishga qaratilgan choralarni koʻrish; v) quyidagilar muomalasi sohasida harakatlarni bajarishga va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga yoʻl qoʻymaslik: “Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9 va 19-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalasi taqiqlangan fuqaroviy va mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilari; shikastlovchi taʼsiri radioaktiv nurlanish, kimyoviy va biologik (bakteriologik) omillardan foydalanishga yoki elektromagnit, nur, issiqlik, infratovush, ultratovush nurlanishdan foydalanishga asoslangan kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilari; g) ruxsatnomada koʻrsatilgan qurol va uning oʻq-dorilari doirasida hamda ularga oid harakatlarni shaxsan bajarish va (yoki) faoliyatni shaxsan amalga oshirish, shuningdek, qurol va uning oʻq-dorilarini faqat shaxsiy ehtiyojlar uchun olish; d) ariza beruvchining yigirma besh yoshga (fuqaroviy ov, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilariga egalik qilish uchun) va oʻn sakkiz yoshga (fuqaroviy sport quroli va uning oʻq-dorilari, oʻzini oʻzi himoya qilish quroliga egalik qilish uchun) yetgan boʻlishi; e) “Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasi oʻninchi qismining uchinchi, beshinchi — oʻn uchinchi hamda oʻn beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarning mavjud emasligi (Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida ov qilish, sport tadbirlarida ishtirok etish yoki koʻrgazmaga qoʻyish maqsadida ov, sport va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilarini olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini olib chiqish, fuqaroviy, mukofot qilingan, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish hollaridan tashqari); j) fuqaroviy qurolni birinchi marta olayotgan jismoniy shaxslarning ovchilar jamoat birlashmasida (ov quroli uchun) va otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarda (sport quroli uchun) quroldan xavfsiz foydalanish qoidalarini bilishi yuzasidan tekshiruvdan, shuningdek, qurolni birinchi marta olayotgan hamda uni saqlashga va olib yurishga, kolleksiyalashga yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomalarning amal qilish muddatlarini uzaytirayotgan fuqarolarning davlat sogʻliqni saqlash organlarining tibbiyot muassasalarida qurolga egalik qilishga qarshi koʻrsatmalar mavjud emasligi yuzasidan davriy tibbiy tekshiruvdan oʻtishi, ularning doimiy yashash joyi boʻyicha birgalikda yashovchi yaqin qarindoshlari hamda boshqa shaxslar doimiy yashash joyi boʻyicha ruhiy kasalliklar va narkologiya dispanserlarida hisobda turishi boʻyicha tekshirilishi (qurol bilan mukofotlash hollari hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari bundan mustasno); z) doimiy yashash joyi oʻzgargan taqdirda, yangi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyilgan kundan eʼtiboran oʻn kun muddat ichida tegishli vakolatli organga oʻziga tegishli qurolni qayta roʻyxatdan oʻtkazish choralarini koʻrish; i) fuqaroviy qurolni saqlash va olib yurishga, sport oʻqotar qurolini, ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik sport qurolini, pnevmatik kalta stvolli qurolni, tashqi tomondan avtomatik qurol nusxalariga (replikalariga) oʻxshash pnevmatik qurolni, tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini saqlashga, qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomalarning amal qilish muddatlarini uzaytirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida oʻttiz ish kunidan oldin, boshqa turdagi ruxsatnomalarning amal qilish muddatini uzaytirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni esa ularning amal qilish muddatlari tugashidan kamida oʻn ish kunidan oldin vakolatli organga taqdim etish; k) vakolatli organ yoki sudning ruxsatnoma amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasidagi ruxsatnomalarni vakolatli organga qaytarish; l) qurol toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etilishini tekshirish uchun vakolatli organlar xodimlarining qurol va uning oʻq-dorilari saqlanadigan joylarga soat 6-00 dan 22-00 gacha moneliksiz kirishini taʼminlash, tanishib chiqish uchun ularga zarur hujjatlarni taqdim etish. 2. Fuqaroviy qurol, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini olish uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar: a) Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurol va uning oʻq-dorilarini fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini, realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar orqali sotib olish; b) qurol va uning oʻq-dorilari olingan kundan eʼtiboran oʻn kun muddatda ularni saqlash va olib yurish, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomalarni rasmiylashtirish (qurol va uning oʻq-dorilarini roʻyxatdan oʻtkazish) uchun zarur boʻlgan hujjatlarni vakolatli organga taqdim etish; v) bittadan ortiq olingan har bir soyli stvolli oʻqotar ov quroliga, pnevmatik ov quroliga va silliq stvolli oʻqotar ov quroli uchun har yili ushbu Nizom 141-bandining ikkinchi xatboshisida belgilangan tartibda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim toʻlab borish, mazkur qurol turlari kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyish obyektlari boʻlgan hollar bundan mustasno. 3. Fuqaroviy qurolni, kolleksiyalash va mukofot qilingan qurol hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar: a) Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurol va uning oʻq-dorilarini, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar orqali realizatsiya qilish; b) qurol va uning oʻq-dorilari realizatsiya qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun muddatda ularni saqlash va olib yurish, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomaga oʻzgartirishlar kiritish uchun tegishli hujjatlarni (qisman realizatsiya qilinganda), shuningdek, qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash va olib yurish, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomaning aslini (toʻliq realizatsiya qilinganda) vakolatli organga taqdim etish. 4. Qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash va kolleksiyalash uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar: a) oʻqotar ov qurolini va uning oʻq-dorilarini, pnevmatik ov qurolini, signal beruvchi ov quroli va uning oʻq-dorilarini, tigʻli sovuq ov qurolini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini doimiy yashash joyida qulflanadigan seyflarda yoki metall shkaflarda saqlash; b) kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilari saqlanadigan xonalarga oʻrnatilgan qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining texnik qoʻriqlash markaziga ulanishini taʼminlash; v) sport oʻqotar qurolini va uning oʻq-dorilarini, shu jumladan soyli stvolli sport qurolini, ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik sport qurolini, pnevmatik kalta stvolli qurolni, tashqi tomondan avtomatik qurol nusxa (replika)lariga oʻxshash pnevmatik qurolni, tigʻli sovuq sport va uloqtirish sport qurolini sport oʻq otish obyektlari hududida jihozlangan qurolxonalardagi qulflanadigan seyflarda yoki metall shkaflarda saqlash; g) qurolni seyflarda yoki metall shkaflarda, uning oʻq-dorilarini esa ushbu seyflar yoki shkaflar ichidagi qulflanadigan alohida qismida (boʻlinmasida) yoki alohida qulflanadigan seyflarda yoxud metall shkaflarda saqlash. 5. Soyli stvolli sport oʻqotar quroli va uning oʻq-dorilarini, tigʻli sovuq sport, uloqtirish sport qurolini, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilarini tashish uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar: a) qurolni tashish jildlarda, qinlarda yoki maxsus gʻiloflarda, oʻqsizlantirilgan holatda oʻq-dorilaridan alohida tashish; b) begona shaxslarning koʻrishi va ularni erkin olishi imkoniyatini istisno etadigan sharoitlarda tashish; v) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari tashilayotganda ularni Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari (avtomobil transportida tashishda), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari (temir yoʻl transportida tashishda) qurolli qoʻriqlovi ostida kuzatib borilishini taʼminlash. 6. Qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar: a) qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish uchun binolar (xonalar)ni ijaraga olish (oʻz egaligida bunday xonalar boʻlmaganda), qurolni va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish tartibi, ularning but saqlanishini taʼminlash boʻyicha shartnomalar tuzish; b) koʻrgazmani qoʻriqlashning muhandislik-texnik hamda videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan va oʻrnatilgan qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari Milliy gvardiya organlarining texnik qoʻriqlash markaziga ulangan statsionar turdagi binolar (xonalar)da oʻtkazish; v) koʻrgazmaga qoʻyilgan (shu jumladan, chet ellik ishtirokchilar tomonidan) qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishi va saqlash xavfsizligini taʼminlash, qurol va uning oʻq-dorilari joylashtirilgan va saqlanadigan joylarga kirayotgan shaxslarni bevosita kuzatish, nazorat qilish hamda begona shaxslarning ruxsatsiz kirishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan choralarni koʻrish; g) koʻrgazmaga qoʻyish rejalarini va ekspozitsiya (koʻrgazma obyekt)larini joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish hamda koʻrgazma oʻtkaziladigan joydagi vakolatli organlarga kelishib olish uchun taqdim etish; d) qurol va uning oʻq-dorilarini boshqa predmetlar bilan birga koʻrgazmaga qoʻyilishini istisno etish (qurolni ishlab chiqarish, unga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun moʻljallangan qurilmalar va asboblar, sport, ov va baliq ovlash ashyolari hamda qurolning ehtiyot qismlari, shuningdek tarixiy-madaniy koʻrgazmalar eksponatlari bundan mustasno); e) qurolni muzey binolari tashqarisida koʻrgazmaga qoʻyishni faqat Milliy gvardiya organlarining texnik qoʻriqlash markaziga yoki ichki qoʻriqlash postiga ulangan qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari bilan jihozlangan yopiq (qulflanadigan) vitrinalar va stendlarda amalga oshirish; j) qurol va uning oʻq-dorilari ekspozitsiyalari ochiq vitrinalar va stendlarda joylashtirilgan taqdirda, qurol va uning oʻq-dorilarini har kuni koʻrgazma ishi tugagach, Milliy gvardiya organlarining texnik qoʻriqlash markaziga ulangan yuridik shaxslarning qurolxonalarida saqlash uchun topshirish; z) qurolning oʻq-dorilarini oʻqsizlantirilgan holatda koʻrgazmaga qoʻyish; i) koʻrgazmaning chet ellik ishtirokchilari uchun ularga tegishli qurol va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashishga doir vakolatli organning ruxsatnomalarini olish, ularni tashish, koʻrgazma oʻtkazilayotgan obyekt hududida qabul qilish va joylashtirish boʻyicha choralarni koʻrish (chet ellik ishtirokchilarning olib kirilayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishda). 7. Fuqaroviy, mukofot qilingan, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar: a) qurolni tashish jildlarda, qinlarda yoki maxsus gʻiloflarda, oʻqsizlantirilgan holatda oʻq-dorilaridan alohida tashish; b) begona shaxslarning koʻrishi va ularni erkin olishi imkoniyatini istisno etadigan sharoitlarda tashish; v) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari tashilayotganda ularni Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari (avtomobil transportida tashishda), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari (temir yoʻl transportida tashishda) qurolli qoʻriqlovi ostida kuzatib borilishini taʼminlash; g) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan ov va sport quroli hamda uning foydalanilmagan oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini ov qilish toʻgʻrisidagi shartnomada, sport musobaqalarida qatnashish yoki koʻrgazmaga qoʻyish uchun taklifnomalarda belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish (Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun); d) Oʻzbekiston Respublikasida olingan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini ular olingan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish (Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari uchun). 8. Qurol va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar: a) tranzit qilinayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini joʻnatuvchi davlat hududidan olib chiqishga va qabul qiluvchi davlat hududiga olib kirishga doir ruxsatnomalarni taqdim etish; b) qurolni tashish jildlarda, qinlarda yoki maxsus gʻiloflarda, oʻqsizlantirilgan holatda oʻq-dorilaridan alohida tashish; v) begona shaxslarning koʻrishi va ularni erkin olishi imkoniyatini istisno etadigan sharoitlarda tashish; g) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari tranzitini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati qurolli qoʻriqlovining (temir yoʻl transportida tashishda) yoki Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalarining (avtomobil transportida tashishda) kuzatuvida amalga oshirilishini taʼminlash. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
10. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: |
Mavjud emas |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
11. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: |
1. Amal qilish muddatisiz — mukofot qilingan qurolni saqlash va olib yurish uchun. 2. 3 yil: a) fuqaroviy qurolni saqlash va olib yurish uchun; b) sport oʻqotar qurolini va uning oʻq-dorilarini, ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik sport qurolini, pnevmatik kalta stvolli qurolni, tashqi tomondan avtomatik qurol nusxa (replika)lariga oʻxshash pnevmatik qurolni, tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini saqlash uchun; v) qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash uchun. 3. 90 kun: a) fuqaroviy qurolni, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini olish uchun; b) fuqaroviy qurolni, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish uchun; v) kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini tashish uchun; g) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish uchun (Oʻzbekiston Respublikasi hududiga ov qilish, sport tadbirlarida ishtirok etish yoki koʻrgazmaga qoʻyish uchun qaytib olib chiqib ketish sharti bilan ov, sport va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilari bundan mustasno); d) doimiy yashashga chiqib ketayotgan shaxslar tomonidan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini olib chiqish uchun; e) Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish uchun; j) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish uchun. 4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yashash davrida, biroq 30 kundan oshmagan muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari tomonidan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini olish uchun. 5. Sport tadbiri davomida, biroq 90 kundan ortiq boʻlmagan muddatga — soyli stvolli sport oʻqotar quroli va uning oʻq-dorilarini, tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini tashish uchun. 6. Koʻrgazma davomida, biroq 90 kundan ortiq boʻlmagan muddatga: a) koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini tashish uchun; b) qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish uchun. 7. Ov qilish, sport tadbiri yoki koʻrgazma davomida, biroq 30 kundan ortiq boʻlmagan muddatga: a) Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan ov quroli va uning oʻq-dorilarini, sport quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirish uchun; b) xorijiy davlat hududida ov qilish, sport tadbirlarida ishtirok etish yoki koʻrgazmaga qoʻyish maqsadlarida ov, sport va koʻrgazmaga qoʻyish uchun qurolni hamda uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan vaqtincha olib chiqish uchun. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
12. |
Izoh: |
1. Kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilari — kolleksiyalash obyektlari hisoblangan oʻqotar, pnevmatik, gazli, signal beruvchi, sovuq va boshqa qurol hamda uning oʻq-dorilari. 2. Koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilari — koʻrgazma obyektlari hisoblangan oʻqotar, pnevmatik, gazli, signal beruvchi, sovuq va boshqa qurol hamda uning oʻq-dorilari. 3. Tigʻli sovuq ov qurolini, oʻqotar ov qurolining va pnevmatik qurolning oʻq-dorilarini olish Oʻzbekiston Respublikasining ov qilish huquqi berilgan fuqarolari tomonidan olish vakolatli organlarning ruxsatnomalarisiz amalga oshiriladi. 4. Tigʻli sovuq ov va signal beruvchi ov qurolini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish va tashish vakolatli organlarning ruxsatnomalarisiz, ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasi asosida amalga oshiriladi. 5. Oʻqotar ov qurolining oʻq-dorilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish va tashish vakolatli organlar tomonidan oʻq-dorilarning turi va kalibriga mos ov qurolini saqlash va olib yurishga doir berilgan ruxsatnoma va ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasi asosida amalga oshiriladi. 6. Shaxsiy foydalanish maqsadida silliq stvolli oʻqotar ov quroliga patronlarni aslahalash uchun foydalaniladigan initsiyalanadigan va olovlanadigan modda va materiallarni (ov poroxi va pistonlar) olish, realizatsiya qilish, saqlash, tashish vakolatli organlar tomonidan silliq stvolli oʻqotar ov qurolini saqlash va olib yurishga doir berilgan ruxsatnoma va ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasi asosida amalga oshiriladi. 7. Oʻqotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini, silliq stvolli sport qurolini va uning oʻq-dorilarini, pnevmatik sport qurolini, shuningdek, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini tashish vakolatli organlarning qurolni saqlash va olib yurishga yoki saqlashga doir ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi. 8. Hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining birinchi marta qurol va uning oʻq-dorilarini olayotgan, shuningdek, qurolni saqlashga va olib yurishga, kolleksiyalashga yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomalarning amal qilish muddatlarini uzaytirish uchun berilgan taqdirda, vakolatli ichki ishlar organi tomonidan qabul qilingan hujjatlar roʻyxati bilan birga qurolga egalik qilishga qarshi koʻrsatmalar mavjud emasligi yuzasidan davriy tibbiy tekshiruvlardan oʻtishga doir yoʻllanma yuboriladi (topshiriladi). Yoʻllanmada tibbiy tekshiruv oʻtkazuvchi davlat sogʻliqni saqlash organlarining tibbiyot muassasasi nomi va manzili, murojaat uchun telefon raqamlari, mavjud boʻlsa — elektron pochta manzili, ish rejimi, tibbiy tekshiruvga yuborilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organ yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joy manzili, shuningdek, tibbiy xulosa yuboriladigan vakolatli ichki ishlar organi nomi, pochta yoki elektron manzili, ichki ishlar organi masʼul xodimining lavozimi, unvoni, familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatiladi. 9. Vakolatli organ tomonidan bittadan ortiq har bir soyli stvolli oʻqotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini va silliq stvolli oʻqotar ov quroliga egalik qilganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi, mazkur qurol turlari kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyish obyektlari boʻlgan hollar bundan mustasno. Yigʻim qurol egasi tomonidan har yili quyidagi tartibda toʻlanadi: qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnoma amal qilishining birinchi va ikkinchi yillarida — ruxsatnoma berilgan kundan bir va ikki yil oʻtgan sanadan kechiktirmasdan; soyli stvolli oʻqotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini va silliq stvolli oʻqotar ov qurolini saqlash va olib yurishga doir ruxsatnoma amal qilishining uchinchi yilida — ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida oʻttiz ish kunidan oldin. 10. Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan ruxsat berishga doir talab va shartlarga quyidagilar kiradi: a) ruxsat berishga doir talablar va shartlarga rioya etilishi yuzasidan vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tekshiruvlardan bosh tortish; b) ruxsatnomada koʻrsatilgan harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga ziyon hamda atrof-muhitga zarar yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa; v) qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini taʼminlash choralari koʻrilmasligi ularning yoʻqolishi yoki talon-toroj qilinishi xavfini tugʻdirsa; g) ruxsatnomada koʻrsatilgan harakatlarni shaxsan bajarmaslik va (yoki) faoliyatni shaxsan amalga oshirmaslik; d) turi, xili, modeli, kalibri va soni ruxsatnomada koʻrsatilmagan qurol va uning oʻq-dorilari bilan harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish; e) qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomada belgilanmagan joyda (manzilda) qurol va uning oʻq-dorilarini saqlashni, kolleksiyalashni va koʻrgazmaga qoʻyishni amalga oshirish; j) Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning qurol va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish muddatlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish tartibini buzishi. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
”. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||