Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AYRIM BINOLARDAGI MAYDONLARNING BIR QISMINI TOShKENT ShAHAR HOKIMLIGI IXTIYORIGA BERISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qabul qilingan hukumat qarorlarini bajarish uchun turar joy boʻlmagan bino fondlariga boʻlgan ehtiyojlarning keskin darajada ortganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlar:
bir oy muddatda ayrim binolardagi maydonlarning bir qismini ilovaga muvofiq Toshkent shahar hokimligi ixtiyoriga bersinlar.
Beriladigan maydonlarda ijarachilar boʻlgan taqdirda ularga, ijara muddati tugagunga qadar, oʻzlariga qarashli tuzilmalarni zichlashtirish hisobiga boshqa maydonlarni bersinlar.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mutasaddi majmuilariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 4-aprel,
181-son
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 4-apreldagi 181-son qaroriga
ILOVA
1994-yil 4-apreldagi 181-son qaroriga
ILOVA
Maydonlarning bir qismi Toshkent shahar hokimligi ixtiyoriga beriladigan maʼmuriy binolarning
ROʻYXATI
|
T/r |
Tashkilotlar va muassasalarning nomi |
Manzili |
Beriladigan qavat va maydon (kv.m.) |
|
1 |
2 |
3 |
4 |
| 1. | Davlat matbuot qoʻmitasining “Oʻzpoligraf ITI” | M — 14, 33-uy | 4-qavat; 720,0 |
| 2. | “Oʻzmaishiyxizmat” uyushmasining “Oʻzmaishiytexnika” IIB | A. Tuqay koʻchasi, 1 | 5-qavat; 925,0 |
| 3. | Aloqa vazirligining “Oʻzbektelekom” konserni | A. Temur koʻchasi 24 | 8 va 9-qavatlar; 2400,0 |
| 4. | Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasining qishloq xoʻjaligi ITI | Xalqlar doʻstligi koʻchasi, 28 | 4 va 5-qavatlar; 2400,0 |
| 5. | Davlat qimmatbaho metallar qoʻmitasining “Oʻrtaosiyo rangli metallar ITI” | Pushkin koʻchasi, 59 | 1500,0 |
| | | | |