31.05.2024 yildagi 314-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.06.2024 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim turdagi nafaqalarni tayinlash va toʻlashni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tugʻish davrida, yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan hamda bolani parvarishlash taʼtilidagi xodimlarga nafaqalarni tayinlash va toʻlashni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 281-moddasida ish beruvchi qonunchilikda belgilangan tartibda oʻrtacha ish haqi yoki uning bir qismi miqdorida vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik boʻyicha nafaqa toʻlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 404 — 406-moddalarida homiladorlik va tugʻish nafaqasini, bolasi ikki yoshga toʻlguniga qadar bolani parvarishlash taʼtili davri uchun hamda yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga bola ikki yoshga toʻlguniga qadar bolani parvarishlash taʼtili davri uchun nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalarni hamda yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtinchalik mehnat layoqatini yoʻqotish bilan bogʻliq kasallik vaqtida (shikastlanishda), sanatoriy va sogʻlomlashtirish muassasalarida davolanganda, kasallangan oila aʼzosini parvarishlash zarur boʻlganda, xodimlarga vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasini berish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiladorlik va tugʻish davrida, yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan hamda bolani parvarishlash taʼtilidagi xodimlarga nafaqalarni hisoblash, tayinlash va toʻlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Budjet tashkilotlari hisoblanmaydigan yuridik va jismoniy shaxslarda ishlaydigan onalarga bola ikki yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha oylik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola parvarishi boʻyicha nafaqa parvarish qilinayotgan bolalar sonidan va nafaqa oluvchi shaxsning mehnat stajidan qatʼi nazar, har oyda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 60 foizi miqdorida toʻlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlaydigan onalarga bola ikki yoshga toʻlgunga qadar parvarishlash taʼtili davrida nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ijtimoiy sugʻurta tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 20-sentabrdagi 515-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 31-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
314-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalarni hamda yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalarni hamda yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani (keyingi oʻrinlarda — nafaqa) tayinlash hamda toʻlash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi — vaqtinchalik mehnat layoqatini yoʻqotish bilan bogʻliq kasallik vaqtida (shikastlanishda), sanatoriy va sogʻlomlashtirish muassasalarida davolanganda, kasallangan oila aʼzosini parvarishlash zarur boʻlganda, karantinda, sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilganda, mehnat layoqatini tiklash yoki yasama aʼzo (protez) qoʻydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda xodim mehnat majburiyatlarini bajara olmaganligi uchun ish beruvchilar tomonidan toʻlanadigan kafolatli qoʻshimcha toʻlov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga layoqatsizlik varaqasi — xodimni ishdan ozod qilish, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi yoki homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlash uchun asos boʻladigan hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bilan kechadigan kasallanishning hisobi yuritiladigan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiladorlik va tugʻish nafaqasi — ayolga tugʻruqqacha yetmish kalendar kun hamda tugʻruqdan keyin ellik olti kalendar kun (tugʻish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tugʻilgan taqdirda, yetmish kalendar kun) davomida taʼtil davrida mehnat majburiyatlarini bajara olmaganligi uchun ish beruvchilar tomonidan toʻlanadigan kafolatli qoʻshimcha toʻlov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan nafaqa — xodimga yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki vasiylik belgilangan kundan (farzandlikka olish boʻyicha sud hal qiluv qarori kuchga kirgan va bolaga vasiy tayinlash boʻyicha tuman, shahar hokimining qarori qabul qilingan kundan) boshlab va bola tugʻilgan kundan eʼtiboran ellik olti kalendar kun (bir vaqtning oʻzida ikki yoki undan ortiq bola farzandlikka olingan taqdirda esa, yetmish kalendar kun) oʻtguniga qadar taʼtil davrida mehnat majburiyatlarini bajara olmaganligi uchun ish beruvchilar tomonidan toʻlanadigan kafolatli qoʻshimcha toʻlov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy ish staji — nafaqa miqdorini belgilash uchun aniqlanadigan xodimning tashkilotlarda mehnat faoliyati amalga oshirilgan umumiy davr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Budjet tashkilotlari tomonidan nafaqa budjet mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchilar tomonidan nafaqa oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda va yakka tartibdagi tadbirkorlarda ishlovchi ayollarga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha homiladorlik va tugʻish nafaqasini hamda yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan nafaqani tayinlash va toʻlash tartibi Vazirlar Mahkamasining “Davlat ijtimoiy sugʻurta tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 20-sentabrdagi 515-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Ish beruvchilarning nafaqa toʻlash boʻyicha majburiyatlari Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlangan nafaqa miqdorida kamaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xodimga nafaqa, agar uni olish huquqi ish beruvchi bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarda boʻlgan davrda (sinov davri hamda ishdan boʻshatilgan kunni ham qoʻshib) paydo boʻlsa, beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, shuningdek, homiladorlik va tugʻish taʼtili, yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan taʼtil kunlari xodimning ishdan noqonuniy boʻshatilgani toʻgʻrisida nizo koʻrib chiqilayotgan davrga toʻgʻri kelgan hollarda, u ishga tiklangan yoki sud tomonidan mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilinganligi boʻyicha qaror qabul qilingan taqdirdagina (barcha mehnatga layoqatsiz davr uchun), nafaqa olish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Nafaqa toʻlash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud boʻlmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan muddatlarda belgilanadi, lekin mehnatga layoqatsizlik varaqasi taqdim etilgandan kundan boshlab oʻn olti kalendar kundan koʻp boʻlmasligi lozim (qonunchilikda belgilangan ish haqi bir oyda bir marta toʻlanadigan xodimlar toifasi bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtinchalik mehnat layoqatini yoʻqotish bilan bogʻliq kasallik vaqtida (shikastlanishda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanatoriy va sogʻlomlashtirish muassasalarida davolanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasallangan oila aʼzosini parvarishlash zarur boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantinda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat layoqatini tiklash yoki yasama aʼzo (protez) qoʻydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tayinlash uchun faqat qonunchilikda belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoʻqolgan hollarda, nafaqa, uning oʻrniga takroriy berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (dublikat) asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi mehnat layoqati yoʻqolgan birinchi kundan boshlab u tiklangunga qadar yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan nogironlik belgilangunga qadar, hatto bu davrda xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim tashkilotlarini, magistratura, klinik ordinatura, tayanch doktorantura va doktoranturani tamomlagan hamda belgilangan tartibda ishga yuborilgan shaxslarga nafaqa mehnat shartnomasiga koʻra ular ishga chiqishi lozim boʻlgan kundan boshlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ish haqi, sutkalik va koʻchish boʻyicha xarajatlarni olish huquqiga ega boʻlgan xodimga ish joyiga borayotgan davrda boshlangan mehnatga layoqatsizlik kunlari uchun nafaqa toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xodimning mehnatga layoqatsizlik kunlari yillik (asosiy va qoʻshimcha) taʼtil davriga toʻgʻri kelgan hollarda, mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan davr uchun nafaqa toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sanatoriy va sogʻlomlashtirish muassasalarida davolanishda, agar asosiy va qoʻshimcha taʼtil xodimning sanatoriy va sogʻlomlashtirish muassasalarida davolanishi uchun yetarli boʻlmasa, nafaqa beriladi. Bunday holda sanatoriy va sogʻlomlashtirish muassasalarida davolanishning barcha davri uchun (yoʻllanma, davolanish muddati) sanatoriy va sogʻlomlashtirish muassasalariga borish-kelish vaqtini qoʻshib, ammo xodimning yillik taʼtilini chiqarib tashlagan holda nafaqa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baynalminal jangchilarga, Chernobil AES falokati oqibatlarini tugatishda qatnashgan, shuningdek, sanatoriy va sogʻlomlashtirish muassasalariga davolanishni davom ettirish uchun davolash muassasalaridan oʻtkir miokard infarkti bilan kasallangan, jarrohlik uslubi bilan yurakni aortakoronar shuntirlash va anevrizmlari, oshqozonning yaralik kasalligi, oʻn ikki barmoq ichak kasalligidan davolangan va oʻt pufagini olib tashlashdan keyin bevosita yuborilgan, shuningdek, sil kasalligi bilan ogʻrigan xodimlarga nafaqa sanatoriy va sogʻlomlashtirish muassasalarida boʻlgan barcha vaqt uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn olti yoshgacha nogironligi boʻlgan bolani tarbiyalayotgan ota-onalardan biriga (homiyga yoki vasiyga), nogironligi boʻlgan bolaning sanatoriy va sogʻlomlashtirish muassasalarida davolangan barcha davri uchun (sanatoriy va sogʻlomlashtirish muassasalariga borib-kelish vaqtini hisobga olib) unga yakka tartibda parvarish zarurligi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa mavjud boʻlganda nafaqa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Uch yoshgacha bolani yoki 16 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolani parvarishlash bilan band boʻlgan ona yoki ota kasal boʻlib, bolani parvarishlashga qurbi yetmay qolgan hollarda, parvarish bilan band boʻlgan ishlayotgan boshqa oila aʼzolari yoki qarindoshlariga (mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan) nafaqa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agarda xodim karantin choralari amalga oshirilayotgan vaqtda sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tomonidan atrofidagi shaxslar orqali yuqumli kasallikka chalinish xavfining oldini olish maqsadida ishdan chetlatilgan boʻlsa, nafaqa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sil kasalligi yoki kasb kasalligiga chalingan xodim davolanish qoidasini buzmagan holda boshqa ishni bajarish imkoniga ega boʻlib, u tibbiy-maslahat komissiyasi xulosasi (bunday komissiyalar boʻlmagan joylarda esa davolovchi shifokorning, davolash muassasasining bosh shifokori tomonidan tasdiqlangan xulosasi) asosida vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb kasalligi oqibatida boshqa ishga oʻtkazilgan shaxslarga nafaqa, agar u amaldagi qonunchilik hujjatlariga binoan avvalgi ish haqi bilan yangi ish haqi oʻrtasidagi farqni ish beruvchilardan olish huquqiga ega boʻlmasa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan muddatda ish beruvchi xodimga boshqa ish topib bera olmagan boʻlsa, u holda shuning oqibatida bekor oʻtgan ish kunlari uchun nafaqa umumiy asoslarda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Reabilitatsiya muassasalarida boʻlgan barcha vaqt va unga kelib-ketish vaqti uchun nafaqa toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda band boʻlgan xodimlarga mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa umumiy asoslarda, boshqa sabablar oqibatidagi vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi mavsumiy yoki vaqtinchalik ish toʻgʻrisida tuzilgan mehnat shartnomasida koʻrsatilgan ish kunlari doirasida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik quyidagi davrlarga toʻgʻri kelganda nafaqa toʻlanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish haqi saqlanmagan taʼtil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish haqi qisman saqlanadigan taʼtil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolani parvarishlash boʻyicha taʼtil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish vaqtincha toʻxtatilgan (ish haqi saqlanmagan vaqtda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim ishdan (lavozimdan) chetlashtirilib, ish haqi toʻlash toʻxtatib qoʻyilganligi sababli ishlamagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy oʻquv yoki tekshiruv yigʻini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻquv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan oʻquv taʼtili vaqtida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu davrlardan boshlanib davom etayotgan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi xodim ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi) lozim boʻlgan kundan boshlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda berilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishdan yoki boshqa vazifalardan boʻyin tovlash maqsadida oʻz salomatligiga ataylab ziyon yetkazgan yoxud oʻzini kasallikka solganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik yoki mastlik bilan bogʻliq harakatlar oqibatida, shuningdek, spirtli va giyohvandlik moddalarini isteʼmol qilish natijasida kasallikka chalinganda (jarohatlanganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qarori asosida majburiy davolanishga yuborilganda (ruhiy kasallardan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hibsda boʻlgan davrda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-tibbiyot ekspertizasidan oʻtish davrida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik boshlanishidan oldin uzrsiz sabablarga koʻra ishga kelmagan, ular uchun shifokor belgilagan tartibni buzgan yoki uzrsiz sabablarga koʻra belgilangan muddatda shifokor koʻrigiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda uning hududiy boʻlinmalariga kelmagan xodimlar qoidani buzgan kundan boshlab ish beruvchilar tomonidan toʻlanadigan nafaqadan mahrum qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qatʼi nazar, oʻrtacha ish haqining 100 foizi miqdorida quyidagilarga toʻlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baynalminal jangchilarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaramogʻida 16 yoshga (oʻquvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari boʻlgan xodimlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va koʻchirilgan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (oʻtkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli oʻsmalar bilan bogʻliq kasalliklarga chalingan xodimlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz boʻlgan xodimlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pandemiya, texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda, ushbu favqulodda vaziyatlarga sababchi boʻlgan infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan va 14 yoshgacha boʻlgan bolasini parvarish qilayotgan ota-onalarga (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan kasalliklar (sil kasalligi, onkologiya kasalliklari, yangidan paydo boʻladigan xatarli oʻsimtalar, jinsiy yoʻl bilan oʻtadigan kasalliklar, OITS, moxov (lepra) kasalligi, ruhiy kasalliklar) boʻyicha hisobda turgan xodimlarga umumiy ish stajining davomiyligiga bogʻliq ravishda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq boʻlgan xodimlarga oʻrtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha boʻlgan xodimlarga oʻrtacha oylik ish haqining 80 foizi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) umumiy ish staji 5 yilgacha boʻlgan xodimlarga oʻrtacha oylik ish haqining 60 foizi miqdorida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Nizomning 22 va 23-bandlarida nazarda tutilgan xodimlardan tashqari qolgan xodimlarga vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq boʻlgan xodimlarga hamda 21 yoshga yetmagan chin (sagʻir) yetimlarga oʻrtacha oylik ish haqining 80 foizi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) umumiy ish staji 8 yilgacha boʻlgan xodimlarga oʻrtacha oylik ish haqining 60 foizi miqdorida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli xizmatdan boʻshatilgandan soʻng bir oy ichida kasal boʻlib qolgan sobiq harbiy xizmatchilarga vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi — respublikada belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Nafaqa miqdori vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boshlangan kungacha mehnat daftarchasi yoxud elektron mehnat daftarchasi, uning oʻrniga berilgan boshqa hujjat asosida hisoblangan umumiy ish stajiga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tayinlash uchun umumiy ish stajini aniqlash va hisoblashda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan pensiyalarni tayinlash uchun ish stajini hisoblab chiqish tartibi tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Homiladorlik va tugʻish boʻyicha hamda yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan nafaqalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Homiladorlik va tugʻish boʻyicha hamda yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan (sudning hal qiluv qarori va hokimning vasiy yoki homiy tayinlash boʻyicha qarori boʻyicha) xodimga beriladigan nafaqalarni tayinlash va toʻlash uchun belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoʻqolgan hollarda, nafaqa uning oʻrniga takroriy berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (dublikat) asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa (shu jumladan, homila tushgan hollarda) hamda yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan nafaqa mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan barcha davr uchun toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Xodim ishdan boʻshatilishining notoʻgʻriligi haqida nizo yuzaga kelgan davrda homiladorlik va tugʻish boʻyicha taʼtil hamda yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga taʼtil berilganda, nafaqa u ishga qayta tiklangan yoki mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilinganligi boʻyicha qaror qabul qilingan taqdirda beriladi. Bunda homiladorlik va tugʻish boʻyicha hamda yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan nafaqalar qaror qabul qilingandan soʻng toʻlanmagan barcha mehnatga layoqatsiz davr uchun toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim tashkilotlarini, magistratura, tayanch doktorantura, klinik ordinatura, doktoranturani tamomlagan va belgilangan tartibda ishga yuborilgan xodimlarga ishni boshlagunga qadar nafaqalar berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida mehnat shartnomasiga koʻra xodim ishga kelishi lozim boʻlgan kundan boshlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ish haqi saqlanmagan holda ishi vaqtinchalik toʻxtatilgan yoki ishdan (lavozimdan) chetlashtirish oqibatida xodim ishlamagan davrda homiladorlik va tugʻish boʻyicha taʼtil hamda yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga taʼtil berilganda, nafaqa koʻrsatilgan davr tugagandan keyin xodim ishga chiqishi lozim boʻlgan kundan boshlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Xodim yillik (asosiy va qoʻshimcha) taʼtilda va bolani parvarishlash uchun taʼtilda boʻlgan vaqtda homiladorlik va tugʻish boʻyicha taʼtil hamda yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga taʼtil berilganda, nafaqa taʼtilning mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan barcha kunlari uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Homiladorlik va tugʻish boʻyicha hamda yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan nafaqalar xodim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga qabul qilingan kundan 12 oygacha ish stajiga ega boʻlganda — oʻrtacha oylik ish haqining 75 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga qabul qilingan kundan 12 oy ortiq ish stajiga ega boʻlganda — oʻrtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Nafaqalarni hisoblash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Nafaqalar barcha hollarda xodimning haqiqiy ish haqidan hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Nafaqalar boʻyicha oʻrtacha ish haqi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 257-moddasi, mazkur Nizom va mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Nafaqaning umumiy summasi kunlik oʻrtacha ish haqini ushbu oyda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tugʻish taʼtili hamda yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan taʼtil tufayli ishga kelmagan ish kunlari soniga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Agar vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik yoki homiladorlik va tugʻish taʼtili hamda yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan taʼtil davrida ish haqi oʻzgargan boʻlsa, shu davrdan boshlab nafaqa miqdori ham tegishli ravishda qayta hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Nafaqalar oʻrindoshlik asosidagi (shu jumladan, ichki oʻrindoshlik asosidagi) ish joyi boʻyicha ham alohida toʻlanadi, sogʻliqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi oʻrindoshlik asosidagi ish joyidan nafaqa olish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tugʻish taʼtili hamda yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan taʼtil ish vaqtida boshlanib, tashkilot (sex, boʻlim) ishni vaqtincha toʻxtatishi davrida davom etsa, nafaqa oʻsha kasb va malakaga ega boʻlgan xodimlarga mana shu toʻxtatilgan davr uchun toʻlanadigan ish haqi miqdorida beriladi. Bunda nafaqa miqdori umumiy qoidalar boʻyicha hisoblangan va olishi lozim boʻlgan nafaqa miqdoridan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Agar vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik yoki homiladorlik va tugʻish taʼtili hamda yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan taʼtil ishning vaqtincha toʻxtatilgan davrida boshlangan boʻlsa, ish toʻxtatib qoʻyilgan davr uchun (bekor turib qolingan vaqt uchun) nafaqa quyidagi miqdorida beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchining aybi bilan bekor turib qolingan vaqt uchun (iqtisodiy, texnologik, texnik yoki tashkiliy sabablarga koʻra ishni vaqtincha toʻxtatib turish) xodimning toʻliq miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchiga va xodimga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra bekor turib qolingan vaqt uchun bekor turib qolingan vaqtga mutanosib ravishda nafaqaning uchdan ikki qismi miqdorida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Agar xodim mehnatga layoqatsizlik varaqasini ish haqiga tuman koeffitsiyenti va ustamalar belgilangan joylarda ishlash davrida olgan boʻlsa, bu joylardan tashqarida boʻlgan vaqt uchun vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (shu jumladan, mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi munosabati bilan) ustamalar hisobga olinmagan holda hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qoida homiladorlik va tugʻish nafaqasi va yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan nafaqani hisoblab chiqarishda qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ish haqiga ustama yoki muayyan muddatga yoxud muayyan joyda vaqtinchalik boʻlganligi uchun ish haqiga oshirilgan koeffitsiyent belgilangan xodimga nafaqa bu ustama yoki koeffitsiyent hisobga olingan holda, ustama yoxud oshirilgan koeffitsiyent belgilangan kungacha yoki vaqtinchalik boʻlganligi munosabati bilan ular toʻlangan joydan chiqib ketgan kungacha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ish sharoitlariga koʻra yilning turli davrlari boʻyicha turlicha ish haqlari belgilangan taqdirda (daryo floti ekipajlari aʼzolaridan tashqari), nafaqa xodim oʻz ish joyida qolganda oladigan ish haqi miqdoriga qarab belgilanadi. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik maʼlum bir davrda boshlanib, ikkinchi davrda davom etgan taqdirda ikkinchi davrning ish haqi boʻyicha nafaqa ishlovchilar uchun ish haqi oʻzgargan muddatdan boshlab toʻlanadi. Mehnatga ishbay asosida haq toʻlanganda yuqorida qayd etilgan hollarning ikkinchi davri uchun nafaqa xodimning tarif stavkasidan kelib chiqqan holda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Daryo floti ekipajlari aʼzolariga nafaqa vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik yoki homiladorlik va tugʻish taʼtili hamda yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan taʼtil boshlangan yildan oldingi kalendar yildagi haqiqiy ish haqidan hisoblab chiqariladi. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik sodir boʻlgan yilda ishga kirgan shaxslarga, shuningdek, toʻliq kalendar yil ishlamaganlar uchun nafaqani hisoblab chiqarishda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik sodir boʻlgan davrdan oldingi vaqtdagi ish haqi inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dam olish kunlari (otgul) uchun nafaqa lavozim maoshidan (tarif stavkasidan) kelib chiqqan holda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daryo floti ekipajlarining vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik (homiladorlik va tugʻish taʼtili hamda yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan taʼtili) kunlari haq toʻlanmaydigan zaxirada (rezervda) boʻlgan davrga toʻgʻri kelgan hollarda nafaqa toʻlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Ish soatlarini hisoblab chiqish imkoni boʻlmagan xodimlarga (uy ishchilarga, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, ikkilamchi va boshqa xil ashyolarning shtatli tayyorlovchilariga, oziq-ovqat chiqindilarini yigʻuvchilarga, tarqatish va tashish savdosi sotuvchilariga, suratga olish tashkilotlari agentlariga va boshqa shunday toifadagi xodimlarga) nafaqa vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik yoki homiladorlik va tugʻish munosabati bilan beriladigan hamda yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan taʼtilning barcha kalendar kunlariga toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Xodimlar qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ish beruvchilar tomonidan yuborilganda va oʻqish davrida nafaqalar ularning ish haqlari toʻliq yoki qisman saqlangan taqdirda, umumiy asoslarda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ishlab chiqarish amaliyoti davrida ish haqi toʻlanadigan ish oʻrinlariga yoki lavozimlarga tayinlangan oliy oʻquv yurtlari talabalariga, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari oʻquvchilariga ishlab chiqarish amaliyotini oʻtash kunlariga toʻgʻri kelganda nafaqa ishlab chiqarish amaliyoti oʻtayotgan joylaridan umumiy asoslarda, lekin ishlab chiqarish amaliyoti yakunlanishi lozim boʻlgan kunga qadar toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu tartib qurilish obyektlarida va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida talabalar guruhlarida ishlayotgan oʻquvchilarga ham joriy etilib, nafaqa miqdori guruhda olgan ish haqidan hisoblab chiqariladi va ish joyidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim tashkilotlarini, magistratura, tayanch doktorantura, klinik ordinatura, doktoranturani tugatgan va belgilangan tartibda ishga yuborilgan shaxslarga nafaqaning miqdori umumiy qoidalar boʻyicha hisoblab chiqarish va ularning egallashlari lozim boʻlgan lavozim maoshlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nafaqa umumiy asoslarda beriladi. Bunda avvalgi ish joylarida jazoni oʻtayotgan shaxslarga nafaqa miqdori jazoni oʻtash boshlanishiga qadar boʻlgan umumiy ish stajiga qarab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur nafaqalar sud hukmi bilan ularning ish haqlaridan undirishlar ushlab qolingan holda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Nafaqalarni tayinlash va toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Nafaqalar xodimning asosiy ish joyidan tashkilotning Nafaqa tayinlash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) yoki ish beruvchi tomonidan buyruq bilan vakil qilingan shaxs (keyingi oʻrinlarda — vakil qilingan shaxs) tomonidan tayinlanadi. Komissiya tarkibi, aʼzolari soni va raisi ish beruvchining buyrugʻi yoki boshqaruvining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Komissiya yoki vakil qilingan shaxs nafaqa toʻlashga asos boʻluvchi hujjatlarni koʻrib chiqish jarayonida oʻziga maʼlum boʻlgan, sir saqlanishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Xodimlar vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik muddati tugaganidan soʻng ishga chiqishining birinchi kunidayoq tashkilotning kadrlar boʻlimi yoki ish beruvchi tomonidan tayinlangan kadrlar boʻyicha masʼulga (keyingi oʻrinlarda — kadrlar boʻlimi) mehnatga layoqatsizlik varaqasini taqdim etadilar. Mehnatga layoqatsizlik davom etayotgan hollarda, navbatdagi ish haqi berilishi vaqti kelganda topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Nafaqani olish uchun masofadan turib ishlovchi xodim mehnatga layoqatsizlik varaqasining aslini, agar xodim oʻrindosh boʻlsa, hujjatlarning koʻchirma nusxalarini ish beruvchiga maʼlum qilinadigan buyurtma xat bilan pochta orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Ish beruvchilarda mehnatga layoqatsizlik varaqasining tegishli bandlari kadrlar boʻlimi tomonidan shu kunning oʻzida zarur maʼlumotlar yozilishini taʼminlaydi va mehnatga layoqatsizlik varaqasini (bemor haqidagi maʼlumotlar yozilib, imzo qoʻyilgan holda) Komissiyaga yoki vakil qilingan shaxsga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Mehnatda mayiblanish tufayli vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik boshlanganda nafaqa ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa sodir boʻlganlik haqidagi (N-1-shaklda) dalolatnoma asosida tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar baxtsiz hodisa boshqa sharoitlarda roʻy bersa (uyda, ishga borish yoki ishdan qaytishda, davlat yoki jamoatchilik burchini bajarayotgan paytda), nafaqa roʻy bergan baxtsizlik sabablari ish beruvchi tomonidan oʻrganib chiqilgandan keyingina tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Quyidagi sharoitlarda yuz bergan (jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanish hollaridan tashqari) jarohatlanish mehnatda mayiblanish deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat burchini bajarayotgan paytda (shu jumladan, xizmat safari vaqtida), shuningdek, maxsus topshiriq boʻlmagan hollarda ham ish beruvchilar manfaatini koʻzlab amalga oshirilgan xatti-harakatlar paytida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchining transportida ishga borayotgan yoki ishdan qaytayotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish vaqti davomida (shu jumladan belgilangan tanaffus vaqtida) tashkilot hududida yoki biron-bir boshqa ish joyida, ish boshlashdan oldin yoki ishdan keyin ish qurollarini, kiyim-kechaklarini va hokazolarni tartibga keltirish paytlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki mehnat tartib-qoidalariga zid boʻlmagan taqdirda, ish vaqti davomida tashkilotga yaqin boʻlgan joyda yoki boshqa ish joyida (belgilangan tanaffuslarda) hozir boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy ish bilan bogʻliq boʻlmasa ham, davlat va jamoatchilik oldidagi burchlarini bajarayotgan chogʻida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson hayotini qutqarish, huquq-tartibotni, davlat va jamoat mulkini, shuningdek, fuqarolar mulklarini muhofaza qilish boʻyicha fuqarolik burchini bajarayotgan paytida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
donorlik vazifalarini bajarish natijasida mehnatga layoqatining yoʻqotilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Kasb kasalliklari boʻyicha vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi tayinlashda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Kasb kasalliklari roʻyxatida koʻrsatilgan kasalliklar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Mazkur Nizomga binoan nafaqa olish huquqi Komissiya yoki vakil qilingan shaxs har bir mehnatga layoqatsizlik varaqasi boʻyicha toʻlov amalga oshirilishi lozim boʻlgan kunlar sonini va oʻrtacha oylik ish haqiga nisbatan belgilanadigan nafaqa foizi miqdorini belgilaydi. Nafaqa foizi miqdori nafaqa belgilash bayonnomasida va Komissiya raisi yoki vakil qilingan shaxs imzosi qoʻyilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasida qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Mehnatda mayiblanish tufayli vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi Komissiya yoki vakil qilingan shaxs tomonidan (jarohatlangan xodimning ahvoli Komissiya majlisiga kelishga imkon bergan taqdirda, uning ishtirokida) tayinlanadi. Nafaqadan mahrum etish, nafaqadan toʻliq yoki qisman rad etish masalasi nafaqa oluvchining ishtirokida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Xodim mehnatga layoqatsizlik varaqasi boʻyicha nafaqa olish huquqiga ega boʻlmagan taqdirda, Komissiya yoki vakil qilingan shaxs nafaqa bermaslik toʻgʻrisida qaror chiqaradi va rad etish sabablarini mehnatga layoqatsizlik varaqasiga qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Nafaqa tayinlangandan soʻng Komissiya yoki vakil qilingan shaxs tashkilotning hisob-kitob boʻlimiga (buxgalteriya) nafaqa chiqarish va toʻlash uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasini topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Toʻlanadigan va toʻlanmaydigan mehnatga layoqatsizlik varaqalari, shuningdek, nafaqa olish uchun taqdim etilgan barcha boshqa hujjatlar tashkilot buxgalteriyasida pulli hujjatlarga teng holda, barcha xarajat hujjatlaridan alohida holda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Ish vaqtini, umumiy ish stajini hisobga olib borish, nafaqalar toʻlash uchun hisob-kitoblarni bajarishda axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari qoʻllaniladigan tashkilotlarda mehnatga layoqatsizlik varaqalari tashkilotning kadrlar boʻlimi tomonidan hisoblash markaziga topshiriladi. U yerda nafaqa tayinlash va hisoblab chiqarish toʻgʻrisida ish beruvchi tomonidan belgilangan shaklda ikki nusxada roʻyxat tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Mehnatga layoqatsizlik varaqalari axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarida hisob-kitoblarni chiqarish uchun masʼul shaxsning imzosi qoʻyilgan ikki nusxadagi toʻlov roʻyxati bilan birga aniq muddatlarda (maoshlar boʻyicha hisob-kitob qilishga 5-6 kun qolganda) Komissiyaga yoki vakil qilingan shaxsga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Komissiya yoki vakil qilingan shaxs hisob-kitobning, mehnatga layoqatsizlik varaqasining davolash muassasasi tomonidan (shuningdek, axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari orqali) toʻldirilishining toʻgʻriligini, zarur hollarda boshqa hujjatlarni ham (baxtsiz hodisalar toʻgʻrisidagi dalolatnomalar va boshqalar) tekshiradi va nafaqa tayinlash, belgilangan hollarda esa nafaqadan mahrum qilish boʻyicha qaror chiqaradi. Ikki nusxadagi toʻlov roʻyxatlar Komissiya raisi yoki vakil qilingan shaxs tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov roʻyxatining bir nusxasi mehnatga layoqatsizlik varaqasi bilan buxgalteriyaga yuboriladi. Ular tekshiruvdan oʻtkazilgandan soʻng bosh (katta) buxgalter tomonidan imzolanib, hisoblash markaziga uzil-kesil hisob-kitob qilish va nafaqa summasini ish haqi toʻlash roʻyxatiga kiritish uchun qaytarib yuboriladi. Shundan soʻng toʻlov roʻyxati mehnatga layoqatsizlik varaqalari bilan saqlash uchun buxgalteriyaga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov roʻyxatining ikkinchi nusxasi esa nafaqa tayinlash bayonnomasi sifatida Komissiyada yoki vakil qilingan shaxsda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqani hisoblashda mazkur bandda koʻrsatilgan qoidaga muvofiq mehnatga layoqatsizlik varaqasining orqa tomoni toʻldirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari yordamida faqat nafaqa miqdori hisoblab chiqiladigan tashkilotlarda nafaqa belgilash va mehnatga layoqatsizlik varaqalarini toʻldirish (“Buxgalteriya tomonidan toʻldiriladi” degan boʻlimdan tashqari) mazkur Nizomning 60, 61, 65, 66 va 67-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Buxgalteriya tomonidan toʻldiriladi” degan boʻlimdagi maosh va uning asosida chiqarilgan nafaqa miqdori haqidagi maʼlumot axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarida tayyorlanganda, hisob-kitob ishlari uchun masʼul shaxsning va bosh (katta) buxgalterning imzolari boʻlgan toʻlov roʻyxatida keltiriladi. Toʻlov roʻyxatlariga mehnatga layoqatsizlik varaqalari ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqalar axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarida hisoblab chiqariladigan tashkilotlarda nafaqalarni tayinlash va mehnatga layoqatsizlik varaqalarini rasmiylashtirish xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqalar, shu jumladan, sil kasalligi sanatoriy va sogʻlomlashtirish muassasalarida davolanish uchun beriladigan nafaqalar, ish haqi toʻlash uchun belgilangan muddatlarda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa turdagi sanatoriy va sogʻlomlashtirish muassasalarida davolanish uchun beriladigan nafaqalar xodim sanatoriy va sogʻlomlashtirish muassasalaridan qaytgandan soʻng toʻlanadi. Bunda nafaqa, agar bir tomonga borish vaqti bir sutkadan ortiq boʻlsa, sanatoriy va sogʻlomlashtirish muassasalarida boʻlgan vaqt koʻrsatilgan “yoʻllanmaning qaytish tomoni”, shuningdek, yoʻl chiptalari Komissiyaga yoki vakil qilingan shaxsga topshirilgandagina beriladi. Yoʻllanma boʻyicha foydalanilmagan hamda sanatoriy va sogʻlomlashtirish muassasalarida, shuningdek, yetib borish yoki qaytish yoʻli belgilangan muddatdan ortiq boʻlgan kunlar uchun nafaqa berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Homiladorlik va tugʻish nafaqasi tugʻishdan oldin amalda foydalanilgan kunlarning sonidan, yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan nafaqa amalda foydalanilgan kunlarning sonidan qatʼi nazar, taʼtilning toʻliq davri uchun bir yoʻla toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Tashkilot tugatilganda, mazkur Nizomga muvofiq nafaqa olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tugʻish nafaqasi, yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan nafaqa tugatilgan tashkilotning huquqiy vorisi yoki tugatish komissiyasi tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Ortiqcha toʻlab yuborilgan nafaqa summasi, agar ortiqcha toʻlash sanashda (arifmetik) adashish yoki nafaqa oluvchining qalbaki maʼlumotnoma taqdim qilishi (hujjatlarga oʻzgartirish kiritish va boshqalar) tufayli sodir boʻlgan boʻlsa, nafaqa oluvchidan ushlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Ushlab qolish keyingi safar toʻlanadigan nafaqa yoki ish haqidan amalga oshiriladi. Har safar xodim olishi kerak boʻlgan summaning 20 foizidan ortiq boʻlmagan summa ushlab qolinadi. Ushlab qolish tashkilotning hisob-kitob boʻlimi orqali Komissiyaning yoki ish beruvchining qarori asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu qaror sanash jarayonida yoʻl qoʻyilgan xato tufayli ortiqcha toʻlash sodir boʻlganda, nafaqa tayinlangan kundan boshlab 3 oydan kechiktirmay, oʻz huquqini suiisteʼmol qilish boʻyicha sodir boʻlganda esa, cheklanmagan muddatda qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Agar xodim mazkur tashkilotda ishlamayotgan boʻlsa, unga ortiqcha toʻlab yuborilgan nafaqa summasi sud orqali undirilib olinadi. Nafaqa olishda suiisteʼmollikka yoʻl qoʻyilsa (qalbaki hujjat taqdim etish, firibgarlik va boshqalar), hujjatlar qonunda belgilangan choralarni qoʻllash uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Sudlarning qaroriga asosan nafaqalardan aliment, mayib boʻlganlik va salomatlikka yetkazilgan va boshqa zararlarni qoplash boʻyicha chegirilishi mumkin. Nafaqalardan boshqa hech qanday chegirma amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Xodimning vafoti kunigacha olinmay qolgan nafaqa u bilan birga yashagan oila aʼzolariga, shuningdek, uning qaramogʻida boʻlganlarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimning vafot etgan kuniga qadar olinmagan nafaqa vafot etgan xodim bilan qarindosh va birga istiqomat qilganlik yoki vafot etganning qaramogʻida boʻlganlikni tasdiqlovchi dalil boʻlgan hujjat topshirilganidagina berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Tashkilotning bosh buxgalteri Komissiya yoki vakil qilingan shaxs bilan bir qatorda nafaqa toʻlash boʻyicha mablagʻlarning toʻgʻri sarflanishi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Agar nafaqa tayinlash yoki xodimning umumiy ish stajini aniqlash paytida qonunchilikda koʻzda tutilgan qoidalar buzilishiga yoʻl qoʻyilgan yoki toʻlov uchun taqdim qilingan hujjatlar notoʻgʻri rasmiylashtirilgan boʻlsa, bosh buxgalter toʻlovni amalga oshirmay, ularni yoʻl qoʻyilgan xatolar toʻgʻrisidagi yozma bayonnoma bilan Komissiyaga yoki vakil qilingan shaxs qaytarib berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Ish beruvchilar tomonidan mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalari buzilishi oqibatida xodimning mehnatda mayib boʻlganligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi aniqlansa, ish beruvchilar ushbu shikastlanish va kasallik sababli berilgan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasini toʻlashga sarflangan barcha xarajatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Komissiya yoki vakil qilingan shaxs tomonidan qabul qilingan qaror ustidan ish beruvchiga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Nafaqalarni notoʻgʻri hisoblash, belgilash va toʻlash yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tashkilotlari hisoblanmaydigan yuridik va jismoniy shaxslarda ishlaydigan onalarga bola ikki yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha oylik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom budjet tashkilotlari hisoblanmaydigan yuridik va jismoniy shaxslarda ishlaydigan onalarga va bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani haqiqatda parvarishlayotgan boshqa qarindoshlariga, shuningdek, vasiysiga (keyingi oʻrinlarda — onaning oʻrnini bosuvchi shaxslar) bola ikki yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha oylik nafaqani (keyingi oʻrinlarda — bola parvarishi boʻyicha nafaqa) tayinlash hamda toʻlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Budjet tashkilotlarida ishlaydigan ayollarga va onaning oʻrnini bosuvchi shaxslarga bolalar nafaqasini tayinlash hamda toʻlash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son qarori bilan tasdiqlangan Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Budjet tashkiloti hisoblanmaydigan tashkilotlarda (keyingi oʻrinlarda — tashkilot) ishlaydigan onalarga (onaning oʻrnini bosuvchi shaxslarga) bola parvarishi boʻyicha nafaqa toʻlovi mazkur tashkilotning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Tashkilot mablagʻlari hisobidan bola parvarishi boʻyicha nafaqa uchun sarflangan mablagʻlar davr xarajatlariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jismoniy shaxs hisoblanuvchi ish beruvchilarning xodimlari boʻlgan onalarga (onaning oʻrnini bosuvchi shaxslarga) bola parvarishi boʻyicha nafaqa mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa, ish beruvchilar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Nafaqani tayinlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bola parvarishi boʻyicha nafaqa tugʻilgan, farzandlikka, vasiylikka olingan bolani ikki yoshga toʻlgunga qadar parvarish qilish uchun qoida tariqasida bolaning onasi, otasi, buvisi, buvasi yoki bolani haqiqatda parvarishlayotgan boshqa qarindoshlariga, shuningdek, vasiyiga bolani parvarishlash taʼtili davri uchun ish beruvchining buyrugʻiga asosan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bola parvarishi boʻyicha nafaqa tayinlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bola parvarishi boʻyicha nafaqa tayinlash uchun ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bola tugʻilganligi toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolaning onasi oʻrniga nafaqa oluvchi shaxslar, qoʻshimcha ravishda bolaning onasi yoʻqligini tasdiqlovchi hujjat — bolaning (bolalarning) onasi vafot etganligi toʻgʻrisida guvohnoma, sud organlari tomonidan onalik huquqidan mahrum qilinganlik toʻgʻrisida berilgan maʼlumotnoma yoki bola parvarishi boʻyicha nafaqani bolaning (bolalarning) onasi olish imkoni mavjud emasligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bola parvarishi boʻyicha nafaqa onalarga (onaning oʻrnini bosuvchi shaxslarga) nafaqa olish uchun murojaat qilingan kundan boshlab, ammo homiladorlik va tugʻish taʼtili tugagan kundan soʻng tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agar ikki va undan ortiq tugʻilgan, farzandlikka yoki vasiylikka olingan bolalar parvarishda boʻlsa, kichik farzand ikki yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa tayinlanadi va toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ona bola ikki yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi davrida ikkinchi farzandga homiladorlik va tugʻish boʻyicha taʼtil olish huquqiga ega boʻlsa, onaning tanlovi asosida nafaqaning faqat bir turi tayinlanadi va toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ishlaydigan onalar (onaning oʻrnini bosuvchi shaxslar) xohishiga koʻra bolani parvarishlash taʼtili vaqtida toʻliqsiz ish vaqti shartlari asosida yoki ish beruvchi bilan kelishuv boʻyicha uyda ishlashi mumkin. Bunda bola parvarishi boʻyicha nafaqa va ish haqini bir vaqtda oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Nafaqani toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bola parvarishi boʻyicha nafaqa parvarish qilinayotgan bolalar sonidan va nafaqa oluvchi shaxsning mehnat stajidan qatʼi nazar har oyda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 60 foizi miqdorida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Toʻliq boʻlmagan oy uchun nafaqa onaning (ona oʻrnini bosuvchi shaxsning) ushbu oydagi taʼtilda boʻlgan kalendar kunlarga mos ulushda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishlaydigan (ishlab chiqarishdan ajralgan holda taʼlim olayotgan, xizmat oʻtayotgan) onalarga (onaning oʻrnini bosuvchi shaxslarga) bola parvarishi boʻyicha nafaqa ish joyidan (taʼlim olish, xizmat oʻtash joyidan) toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bola parvarishi boʻyicha nafaqa toʻlovi joriy oy uchun ish haqini toʻlash muddatlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Nafaqa oluvchi vafot etgan yoki ota-onalik huquqidan mahrum etilgan yoki bola vasiylikdan qaytarib olingan taqdirda, nafaqa bolani haqiqatda parvarish qilayotgan shaxsga tayinlanadi va oxirgi nafaqa toʻlangan oydan keyingi oydan boshlab toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tayinlangan, ammo oʻz vaqtida talab qilib olinmagan (toʻlanmagan) bola parvarishi boʻyicha nafaqa oʻtgan vaqt uchun nafaqa toʻlanishi kerak boʻlgan davrda koʻzda tutilgan miqdorda toʻlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa toʻlovchi tashkilotning aybi bilan oʻz vaqtida toʻlanmagan nafaqa hech qanday muddatlar bilan chegaralanmagan holda, oʻtgan davr uchun bir vaqtning oʻzida toʻlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Nafaqani toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bola parvarishi boʻyicha nafaqa quyidagi holatlarda toʻxtatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) parvarishdagi bola ikki yoshga toʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bola toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan maxsus muassasalar (mehribonlik uyi)ga joylashtirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bola vafot etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oila bola bilan birga doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) bolani parvarishlash boshqa qarindosh yoki vasiyga oʻtganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bola parvarishi boʻyicha nafaqa oluvchi shaxs nafaqa toʻlovini toʻxtatishga sabab boʻluvchi holatlar yuzaga kelganda, nafaqa toʻlovini amalga oshirayotgan tashkilotga xabar berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oldindan maʼlum boʻlgan notoʻgʻri yoki qalbaki hujjatlar asosida bola parvarishi boʻyicha nafaqa olish holatlari aniqlanganda, mazkur hujjatlarni taqdim etgan shaxs javobgarlikka tortiladi va ortiqcha toʻlangan mablagʻlar belgilangan tartibda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola parvarishi boʻyicha nafaqa oluvchi shaxs tomonidan nafaqa toʻlovini toʻxtatishga sabab boʻluvchi holatlar yuzaga kelganligi toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabar berilmaganda, nafaqa toʻlovini amalga oshirayotgan tashkilotning qaroriga asosan ortiqcha toʻlangan mablagʻlar nafaqa oluvchidan belgilangan tartibda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Nafaqalarni notoʻgʻri hisoblash, belgilash va toʻlash yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20.Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Davlat ijtimoiy sugʻurta tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 20-sentabrdagi 515-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandning “b” kichik bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “Moliya vazirligining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi va beshinchi xatboshilardagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jamgʻarma mablagʻlarining budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda va yakka tartibdagi tadbirkorlarda mehnat shartnomasi boʻyicha oxirgi olti oy davomida uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlash uchun yoʻnaltirilishi;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda (keyingi oʻrinlarda — yuridik shaxslar) va yakka tartibdagi tadbirkorlarda mehnat shartnomasiga asosan oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan ayollarga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha homiladorlik va tugʻish nafaqasini (keyingi oʻrinlarda — nafaqa) tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “Moliya vazirligida (keyingi oʻrinlarda — Moliya vazirligi)” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligida (keyingi oʻrinlarda — Iqtisodiyot va moliya vazirligi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“nafaqa oluvchi — Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarda oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan ayol (shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkor ayol)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-band “Yuridik shaxslarning” soʻzlaridan keyin “va yakka tartibdagi tadbirkorlarning” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“uzluksiz ish stajiga ega ekanligi — yuridik shaxslarda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (keyingi oʻrinlarda — “YAMMT” IDAK), yakka tartibdagi tadbirkorlarda Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasi (keyingi oʻrinlarda — SQ bazasi) orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari mavjudligi — SQ bazasi orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlarida ishlashi yoki ishlamasligi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “UzASBO” dasturiy majmuasi (keyingi oʻrinlarda — “UzASBO” DM) orqali avtomatik ravishda tekshiriladi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“14. Nafaqa oluvchining oxirgi 6 oy davomidagi uzluksiz ish stajini hisoblashda, yuridik shaxslarda “YAMMT” IDAKdagi va yakka tartibdagi tadbirkorlarda SQ bazasidagi mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan kunga qadar 6 oy uzluksiz ish staji inobatga olinadi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “DSQ bazasi” soʻzlari “SQ bazasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-bandning birinchi xatboshidagi “DSQ bazasi” soʻzlari “SQ bazasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-banddagi “yuridik shaxslarda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-bandning uchinchi xatboshidagi “DSQ bazasi” soʻzlari “SQ bazasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-banddagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-banddagi “moliya” soʻzi “iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“30. Shakllantirilgan roʻyxat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari masʼul xodimlari va (yoki) tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlari xodimlari tomonidan har oy yakuniga qadar FHDY organlari va (yoki) tibbiyot muassasasiga borgan holda tanlov asosida oʻrganiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-bandning birinchi xatboshidagi “moliya” soʻzi “iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-banddan “Moliya vazirligining” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomga ilovaning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bosqichi “Subyektlar” ustunidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomlanishidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-banddagi “Moliya vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Moliya vazirligi)” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Iqtisodiyot va moliya vazirligi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-banddagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-banddagi “Moliya vazirligining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-banddagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9. Jamgʻarma mablagʻlaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududida budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda va yakka tartibdagi tadbirkorlarda mehnat shartnomasi boʻyicha oxirgi olti oy davomida uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan ayollarga (shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkor ayol) davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlashni moliyalashtirish uchun foydalaniladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bandagi “Moliya vazirligiga” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“13. Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalariga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar oʻtkazilgan monitoring natijalari boʻyicha maʼlumot berib boradi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari Iqtisodiyot va moliya vazirligining masʼul departamentiga:”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-banddan “Moliya vazirligining” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son; 19.12.2025-y., 09/25/796/1180-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)