1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
[TSZ:
1.Moliya / Investitsiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini ochish va undagi mablagʻlarning hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini ochish va undagi mablagʻlarning hisobini yuritish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 378-moddasiga muvofiq soliq toʻlovchilar ish haqining va boshqa daromadlarining mahalliy fond bozorida emissiya qilingan qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun shaxsiy investitsiya hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladigan qismi tegishli shartlar asosida soliq solinmaydigan daromad turlariga kiritilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-son qarori bilan tasdiqlangan 2023 — 2025-yillarda kapital bozorini rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning 17-bandida shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini ochish va pul mablagʻlarining hisobini yuritish tartibini ishlab chiqish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini ochish va undagi mablagʻlarning hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini ochish va undan foydalanish maqsadlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy investitsiya hisobvaragʻidagi mablagʻlarning hisobini yuritish va ularning holati toʻgʻrisida maʼlumotlarni taqdim etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy investitsiya hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladigan ish haqi va boshqa daromadlar boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini yopish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini ochish va uning ahamiyati yuzasidan keng tushuntirish ishlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori D.R. Li zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 13-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
331-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyundagi 331-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini ochish va undagi mablagʻlarning hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini ochish va undagi mablagʻlarning hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom qoidalari aksiyalar, korporativ obligatsiyalar, uzoq muddatli davlat qimmatli qogʻozlari, munitsipial obligatsiyalar, investitsiya paylari va pay fondlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
badal — shaxsiy investitsiya hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladigan mijozning ish haqi va boshqa daromadlarining bir qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz — Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshga toʻlgan fuqarosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya vositachisi — mijozning topshirigʻiga binoan mijoz nomidan va uning hisobidan qimmatli qogʻozlar boʻyicha bitimlar va operatsiyalarni amalga oshiradigan, fond birjasining aʼzosi hisoblangan qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma — shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini ochish va yuritish boʻyicha brokerlik-depozitar xizmatlar koʻrsatishni nazarda tutuvchi bir yil muddatga tuziladigan kelishuv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy investitsiya hisobvaragʻi — mijozning qimmatli qogʻozlari va mablagʻlari hisobini yuritish uchun investitsiya vositachisi tomonidan ochiladigan hisobvaraq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini ochish va undagi mablagʻlarning hisobini yuritish mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini ochish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻi mahalliy fond bozorida muomalaga chiqarilgan va uyushgan qimmatli qogʻozlar bozorida savdo qilinadigan qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻi bir yil muddatga tuziladigan shartnomaga asosan investitsiya vositachisi tomonidan ochiladi va yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mijoz faqat bitta shaxsiy investitsiya hisobvaragʻiga ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻiga badal va undagi barcha operatsiyalar milliy valyutada amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mijoz shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini ochish uchun investitsiya vositachisiga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JSHSHIR) koʻrsatgan holda ariza va shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Investitsiya vositachisi mijozga bir kun ichida shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini ochadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda investitsiya vositachisi masofadan turib raqamli identifikatsiya qilish orqali elektron shaklda shaxsiy investitsiya hisobvaragʻi ochishi, mijozning qimmatli qogʻozlarini sotib olishi va sotishi, shuningdek, unga shartnomaga muvofiq boshqa xizmatlarni koʻrsatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mijoz boshqa investitsiya vositachisi xizmatidan foydalangan holda shaxsiy investitsiya hisobvaragʻi ochish huquqiga ega. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avvalgi investitsiya vositachisi tomonidan ochilgan hisobvaragʻi oʻn kun ichida yopiladi va oldin tuzilgan shartnoma bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu muddat ichida barcha qimmatli qogʻozlar va mablagʻlar yangi ochilgan shaxsiy investitsiya hisobvaragʻiga oʻtkazilganda, ushbu Nizomning 25-bandida keltirilgan talablarning buzilishiga olib kelmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻi vakolatli organ tomonidan belgilanadigan yagona depozitar hisobi va hisoboti qoidalariga (standartlarga) muvofiq ochiladi va yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻidagi mablagʻlarning hisobini yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mijoz shaxsiy investitsiya hisobvaragʻidan mustaqil ravishda yoki investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi orqali foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻidagi qimmatli qogʻozlar va mablagʻlardan faqat shartnomada nazarda tutilgan maqsadlar uchun foydalanish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻida aksiyalar boʻyicha dividendlar va obligatsiyalar boʻyicha foiz daromadlari hisobi yuritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu mablagʻlar investitsiya vositachisi tomonidan mijozning bank yoki depo-hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mijoz investitsiya vositachisidan istalgan vaqtda oʻzining shaxsiy investitsiya hisobvaragʻidagi qimmatli qogʻozlar va mablagʻlarni qaytarib berishni yoki yangi shartnoma tuzilgan boshqa investitsiya vositachisiga oʻtkazib berishni talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mijozning shaxsiy investitsiya hisobvaragʻi yopilganda yoki boshqa investitsiya vositachisiga oʻtkazilganda, undagi qimmatli qogʻozlar va mablagʻlar shartnoma bekor qilinmasdan va soliq majburiyatlari boʻyicha yuzaga keladigan hisob-kitoblar amalga oshirilmasdan mijozga qaytarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Investitsiya vositachisi shaxsiy investitsiya hisobvaragʻiga investitsiyadan olingan daromadlar boʻyicha soliqni hisoblab chiqadi va ushlab qoladi, uni shaxsiy investitsiya hisobvaragʻi yopilgan kundan boshlab ikki kun ichida soliq organlariga yuboradi hamda mijozga sof daromadni toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini yopish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mijoz investitsiya vositachisiga istalgan vaqtda shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini yopish toʻgʻrisida ariza berish orqali, shu jumladan, masofadan turib shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini yopish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻi shartnoma tuzilgan kundan boshlab oʻn ikki oy oʻtmasdan oldin yopilgan holatlarda undagi mablagʻlar soliq qonunchiligida belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga tortiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XIII boʻlimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻi undagi barcha qimmatli qogʻozlar sotilgandan keyin yoki mijozning koʻrsatmasi boʻyicha boshqa shaxsiy investitsiya hisobvaragʻi yoki depo-hisobvaragʻiga oʻtkazilgandan soʻng yopilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Investitsiya vositachisi mijozning shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini yopish toʻgʻrisidagi arizasini olgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida shaxsiy investitsiya hisobini yopishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻidagi qimmatli qogʻozlarni toʻliq sotish imkoni boʻlmagan taqdirda, qimmatli qogʻozlarning sotilmagan qismi mijoz tomonidan koʻrsatilgan uning depo-hisobvaragʻiga uch ish kuni ichida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Muddatidan oldin yopilgan shaxsiy investitsiya hisobvaragʻi boʻyicha soliq bazasini hisoblash uchun shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini yopish toʻgʻrisida mijozning arizasi berilgan sanadagi oxirgi birja kotirovkasidan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mijoz shartnomaga muvofiq investitsiya vositachisiga mablagʻlarni yoki qimmatli qogʻozlarni oʻtkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 378-moddasi 23-bandiga muvofiq mijozlarning mahalliy fond bozorida emissiya qilingan qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun shaxsiy investitsiya hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladigan ish haqi va boshqa daromadlar quyidagi shartlar bajarilgan holda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha soliqqa tortilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq davrida jami mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining yuz baravarigacha boʻlgan miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovlar (badallar) oʻsib bormaydigan tartibda toʻlanganda va bir yoʻla toʻlanadigan toʻlovlarni shartnomaning amal qilish muddati boshlangan kundan eʼtiboran oʻn ikki oy ichida qaytarib olmaslik sharti bilan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning shartlari buzilgan yoxud shartnoma muddatidan oldin bekor qilingan va mablagʻlar toʻliq yoki qisman qaytarilgan taqdirda, qaytariladigan mablagʻlar toʻlov manbaida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Soliq davri davomida badal mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining yuz baravaridan oshganda, badalning oshgan qismi mijozning oddiy depo-hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilingan daromadlar (aksiyalar boʻyicha dividendlar va obligatsiyalar boʻyicha foizli daromadlar) boʻyicha soliq qonunchiligiga muvofiq soliq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Investitsiya vositachilari va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari har oyda shaxsiy investitsiya hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vakolatli organ hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ va soliq organlariga elektron shaklda taqdim etib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Investitsiya vositachilari va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari mijozning talabiga binoan unga shaxsiy investitsiya hisobvaragʻidagi qimmatli qogʻozlar va mablagʻlarning holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻiga oid maʼlumotlar faqat qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollardagina oshkor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ushbu Nizomning talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini ochish va undagi mablagʻlarning hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini ochish va undagi mablagʻlarning hisobini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Mijoz
Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini ochish uchun investitsiya vositachisiga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JSHSHIR) koʻrsatgan holda ariza va shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
Investitsiya vositachisi
Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini ochish va yuritish boʻyicha mijoz bilan bir yil muddatga shartnoma tuzadi hamda unga shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini ochadi.
Bir kun ichida
3-bosqich
Mijoz
Ish haqi va boshqa daromadlarining bir qismi hisobidan shaxsiy investitsiya hisobvaragʻiga badallar oʻtkazib boradi.
Oʻz xohishiga koʻra
4-bosqich
Investitsiya vositachisi
Investitsiya vositachisi / aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi orqali yoki mijozning oʻzi tomonidan shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini yuritilishini hamda tegishli operatsiyalar amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Mijozning talabiga koʻra
5-bosqich
Investitsiya vositachisi
Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻiga investitsiyadan olingan daromadlar boʻyicha soliqni hisoblab chiqadi va soliq organlariga yuboradi hamda mijozga sof daromadni oʻtkazib beradi.
Soliq toʻlash muddatlarida
6-bosqich
Investitsiya vositachisi
Mijozning shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini yopish toʻgʻrisidagi arizasiga muvofiq uning shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini yopadi.