07.05.2024 yildagi 4337-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri I. Mahkamovning “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qulay va xavfsiz transport orqali chet davlatlarga yetib borishida shart-sharoitlarni taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri I. Mahkamovning “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qulay va xavfsiz transport orqali chet davlatlarga yetib borishida shart-sharoitlarni taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, keyingi yillarda mamlakatimizda mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi vakolatli organlarning faoliyatini takomillashtirishga, xorijda ishlamoqchi boʻlgan shaxslarni talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitishga, fuqarolarning chet elda boʻlish davrida huquqlarini himoya qilishga, qaytib kelgan mehnat migrantlarining bandligini taʼminlashga, shuningdek ularning oila aʼzolarini ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashqi mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda murakkab sharoitga tushib qolgan mehnat migrantlarini moliyaviy va ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularning hayoti va sogʻligʻini sugʻurtalash amaliyoti kengaytirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish, migrantlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash va ularning xorijiy davlatlarga xavfsiz yetib borishini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20 ga yaqin farmoni va qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublika hududidan transportida orqali chet elga joʻnab ketish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3584-sonli Qarori mazkur yoʻnalishdagi ishlarni samarali tashkil qilishda muhim huquqiy asos vazifasini bajarmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda mazkur qarorda belgilangan aniq vazifalarning ijrosini taʼminlash, shu bilan birga xalqaro yoʻnalishlarda muntazam yoʻlovchi tashishni tashkil etish va tartibga solish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, bugungi kunga qadar 24 ta milliy va xorijiy tashuvchi tomonidan chet davlatlariga 37 ta yoʻnalish boʻyicha jami 196 ta avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Masalan, Qozogʻiston Respublikasiga 7 ta yoʻnalish boʻyicha 40 ta avtobus, Qirgʻiziston Respublikasiga 1 ta yoʻnalish boʻyicha 6 ta avtobus, Tojikiston Respublikasiga 4 ta yoʻnalish boʻyicha 16 ta avtobus, Rossiya Federatsiyasiga 2 ta yoʻnalish boʻyicha 6 ta avtobus qatnovi amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil yanvar — aprel oylari davomida avtobuslar orqali xorijiy davlatlarga 173 ming nafar yoʻlovchi tashilgan boʻlib, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 15 foizga oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek pandemiya bilan bogʻliq cheklovlar bekor qilinganidan keyin xalqaro temiryoʻl qatnovlarini qayta tiklash boʻyicha olib borilgan muzokaralar natijasida bugungi kunda Rossiya, Qozogʻiston va Tojikiston davlatlari bilan bogʻlovchi 7 ta xalqaro temiryoʻl qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Natijada “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ tomonidan 2024-yilning yanvar — aprel oylari davomida xorijiy davlatlarga 103,8 ming nafar yoʻlovchi tashilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davr mobaynida mamlakatimizda aviatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi 15 ta rezident aviakompaniya tashkil etilganligi hisobidan xalqaro yoʻnalishlarda Oʻzbekiston aviatashuvlar bozorida xizmat koʻrsatuvchi xorijiy aviakompaniyalar soni 41 taga yetkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yillik aviaparvozlar soni 45 mingtadan 85 mingtaga, yillik aviayoʻlovchilar soni 4,6 milliondan 10,4 millionga yetkazilgan. Shuningdek yoʻlovchi va yuk tashish boʻyicha zamonaviy havo kemalari olib kelinib, milliy aviaparkdagi samolyotlar soni 32 tadan 83 taga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur yoʻnalishda olib borilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining mamlakatimiz hududidan tashqaridagi vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish joyiga xavfsiz yetib borishini taʼminlashga yordam koʻrsatuvchi qulay shart-sharoitlarni tashkil etish, yoʻlda harakatlanish davomida yoʻl-transport hodisalarining oldini olish borasida hali eʼtibor qaratilishi va yechilishi lozim boʻlgan masalalar ham mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, 2024-yilda barcha transport turlarida tashilayotgan umumiy yoʻlovchilarni avtobuslarda tashish ulushi Qirgʻiziston Respublikasi boʻyicha 30 foizni, Qozogʻiston Respublikasi boʻyicha 14 foizni, Tojikiston Respublikasi boʻyicha 2 foizni va Rossiya Federatsiyasi boʻyicha 1 foizni tashkil etadi, xolos.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro temiryoʻl qatnovlari orqali 2023-yilning yanvar — aprel oylarida 125,5 ming yoʻlovchi tashilgan boʻlsa, joriy yilning mos davrida bu raqam 103,8 mingtani tashkil etib, 17,2 foizga kamaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik va ijtimoiy standartlar talablariga javob beradigan avtotransport vositalaridan foydalangan holda xalqaro miqyosda avtomobilda yoʻlovchi tashuvlarni amalga oshiruvchi mahalliy va xorijiy kompaniyalarni qoʻllab-quvvatlash masalalariga yetarlicha eʼtibor qaratilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari avia va temiryoʻl transportini saqlash va ekspluatatsiya qilish xarajatlari yuqoriligi sababli xorijga mehnat qilish maqsadida chiqib ketayotgan fuqarolar shaxsiy transport vositalaridan foydalanmoqda. Bu esa aksariyat hollarda ularning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qulay va xavfsiz transport orqali chet davlatlarga yetib borishida shart-sharoitlarni taʼminlash sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish boʻyicha belgilangan vazifalarning ijrosi ham yetarli darajada taʼminlanmoqda deb boʻlmaydi. Ayniqsa xususiy sektorning temiryoʻl sohasida yoʻlovchi va yuklarni tashish boʻyicha ulushi pastligicha qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri I. Mahkamovning “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qulay va xavfsiz transport orqali chet davlatlarga yetib borishida shart-sharoitlarni taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qulay va xavfsiz transport orqali chet davlatlarga yetib borishini taʼminlash boʻyicha zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan ishlarni yanada takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun tez-tez borishadigan xorijiy davlatlar hududlariga arzon va qulay avtobus hamda temiryoʻl qatnovini koʻpaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtobuslarda yoʻlovchilarni xalqaro tashish boʻyicha ixtisoslashtirilgan kompaniyalarni, shuningdek hududlarda avtotransport tashkilotlarini va avtovokzallarni tashkil etish ishlarini jadallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temiryoʻl sohasiga xususiy sektorni jalb etishni ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tashkillashtirishga masʼul boʻlgan vakolatli organlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi hamda Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi fuqarolarning vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qulay va xavfsiz transport orqali chet davlatlarga yetib borishida shart-sharoitlarni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Xaitov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 7-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4337-IV-son