05.06.2024 yildagi PQ-210-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish, ushbu Qonun bilan belgilangan talablarni davlat organlari va tashkilotlarida joriy etishda xodimlarning huquq va manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga oid huquqiy tartibotlarning mazmun-mohiyatini davlat organlari va tashkilotlari xodimlari va keng jamoatchilikka tushuntirish orqali mazkur Qonunni amalga kiritishga har tomonlama va puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, oldini olish va bu borada samarali nazorat tizimini o‘rnatishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni (keyingi o‘rinlarda — Qonun) qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Qonun bilan o‘rnatilgan talablar va mexanizmlarni davlat organlari va tashkilotlarida samarali joriy etish, bu jarayonda xodimlarning huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlash hamda ular uchun zarur tushuntirish ishlarini olib borish davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika idoralararo komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Respublika idoralararo komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash mexanizmlarini samarali joriy etish imkoniyatlarini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuviga sabab bo‘luvchi holatlarni o‘rganish, ularni bartaraf etish bo‘yicha qonunchilikka muvofiq bo‘lgan choralarning ko‘rilishida yagona amaliyotni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari, savdo platformalari va boshqa dasturiy ta’minotlari Qonun bilan belgilangan talablarga muvofiq takomillashtirilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlarining manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish hamda hamkorligini rivojlantirish choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish bo‘yicha huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Adliya vazirligi Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika idoralararo komissiyasi (A. Aripov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2024-yil 1-iyulga qadar Qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda — ro‘yxat) shakllantirilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qonun kuchga kirguniga qadar unda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bog‘liq masalalar ro‘yxatdagi davlat organlari va tashkilotlarida tegishli ishchi guruhlarni tuzgan holda o‘rganilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari xodimlari tomonidan ularning faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha cheklovlarga rioya etilishini o‘rganish, jumladan o‘rindoshlik asosida ishlash, tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etish kabi holatlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi bo‘linmalar faoliyati yo‘lga qo‘yilganligini hamda ularning malakali kadrlar bilan to‘ldirilganligini o‘rganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini baholash uchun joriy etilgan “E-anticor.uz” platformasidagi manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq ma’lumotlarni tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari, savdo platformalari va boshqa dasturiy ta’minotlari Qonun talablariga muvofiqligini o‘rganish, ularni takomillashtirish choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Qonun kuchga kirganidan keyin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organlari tomonidan davlat organlari va tashkilotlari kesimida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan holatlar tahlil qilinishini, bunday holatlar ko‘paygan davlat organlari va tashkilotlariga kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni belgilash uchun tegishli taqdimnomalar kiritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yarim yilda manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etish, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar Respublika idoralararo komissiyasi yig‘ilishlarida tegishli davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilib borilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash uchun sharoit yaratish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov) Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2024-yil yakuniga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-anticor.uz” elektron platformasida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni aniqlash va onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining tegishli axborot tizimlarini “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda quyidagi vaziyatlarda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tashabbusiga yoki davlat organlari va tashkilotlarining onlayn so‘roviga asosan “E-anticor.uz” elektron platformasi orqali manfaatlar to‘qnashuvi holatlari aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma hamda ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni o‘rganishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari bo‘yicha bayonnoma va shartnomalarni, shuningdek, tijorat tashkilotlarining affillangan shaxslari va benefitsiarlari bo‘yicha ma’lumotlarni o‘rganishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimning faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha belgilangan cheklovlarga amal qilinishini tekshirishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalar tomonidan manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash uchun elektron bazalardan olingan ma’lumotlarni o‘rganishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i va ijtimoiy tarmoqlardagi davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilayotganligi haqidagi murojaatlarni tekshirishda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-anticor.uz” elektron platformasida elektron modulni yaratish va modernizatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan qoplanishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni aniqlashda jamoatchilik ishtirokini ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari xodimlari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi holatlari bo‘yicha tegishli dalillarni ilova qilgan holda ularni aniqlashda faol yordam bergan shaxslarga undirilgan jarimaning ellik foizi miqdorida mukofot puli berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organlari tomonidan har chorakda davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan holatlar, ularni bartaraf etish, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida jamoatchilikni xabardor qilib borish amaliyoti joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov) Adliya vazirligi (A. Tashkulov) bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda davlat organlari va tashkilotlari uchun manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-oktabrga qadar xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestri, mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning namunaviy shakllarini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Adliya vazirligi (A. Tashkulov) Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev) va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov) bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda ro‘yxatdagi davlat organlari va tashkilotlarining xodimlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni baholash uchun onlayn test sinovlari o‘tkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda ro‘yxatdagi davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda oldini olish yuzasidan xodimlar uchun grafik asosida o‘quv trening mashg‘ulotlari tashkil etilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi doirasida 2024-yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organlari “yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoringni olib boradi hamda natijasi bo‘yicha har chorakda Respublika idoralararo komissiyasiga axborot kiritib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oliy Majlis palatalariga ro‘yxatdagi davlat organlari va tashkilotlarida Qonun bilan belgilangan talablarga rioya etilishi, shu jumladan ularning faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan choralar ustidan ta’sirchan parlament nazoratini olib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Respublika idoralararo komissiyasi (A. Aripov) bir oy muddatda ro‘yxatdagi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Qonunni amalga oshirish bo‘yicha idoraviy dasturlar qabul qilinishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuzasidan 2024-yil 1-noyabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 5-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-210-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A. Aripov

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika idoralararo komissiyasi raisi

2.

A. Burxanov

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori, Respublika idoralararo komissiyasi raisi o‘rinbosari

3.

A. Tashkulov

adliya vaziri, Respublika idoralararo komissiyasi raisi o‘rinbosari

4.

N. Yo‘ldoshev

Bosh prokuror

5.

A. Boboyev

Hisob palatasi raisi

6.

B. Musayev

kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri

7.

J. Mirzamahmudov

energetika vaziri

8.

B. Zakirov

qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri

9.

B. Islamov

tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri

10.

I. Maxkamov

transport vaziri

11.

I. Abduraxmonov

qishloq xo‘jaligi vaziri

12.

Sh. Xamrayev

suv xo‘jaligi vaziri

13.

Sh. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

14.

P. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

15.

X. Umarova

maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

16.

K. Sharipov

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

17.

A. Xudayarov

sog‘liqni saqlash vaziri v.b.

18.

I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

19.

N. Saydullayev

Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari

20.

A. Ortiqov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

21.

J. Tursunov

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi

22.

A. Djurabayev

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

23.

A. Qayumov

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

24.

U.Sh. Xusainov

Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori v.b.

25.

B. Sidiqov

“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi

26.

Q. Sanaqulov

“Navoiy KMK” AJ boshqaruvi raisi

27.

B. Eshmuratov

“Hududgazta’minot” AJ boshqaruvi raisi

28.

Z. Narzullayev

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi

29.

Sh. Xudaykulov

“Uzbekistan airways” AJ boshqaruvi raisi

30.

U. Rozukulov

“O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi

31.

A. Akbarjonov

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi

32.

K. Tulyaganov

“Asakabank” ATB boshqaruvi raisi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Respublika idoralararo komissiyasi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi doirasida 2024-yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YO‘L XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Mas’ul

I. Qonunchilik hujjatlarini “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiqlashtirish choralari

1.

Davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish tizimini yo‘lga qo‘yish, shu jumladan, davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati hamda Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestrini belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2024-yil
iyun

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

(A. Musayev),

Adliya vazirligi
(A.Tashkulov),

davlat organlari va tashkilotlari

2.

Qonunchilik hujjatlarini “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun talablariga “paket” prinsipi asosida kompleks muvofiqlashtirish hamda ularga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihalari

2024-yil
iyul

Adliya vazirligi
(A.Tashkulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
(A.Burxanov)

3.

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxs davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilingandan so‘ng tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatib turish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil
avgust

Adliya vazirligi
(A.Tashkulov),

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

(A. Musayev)

II. Manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etish choralari

4.

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq ro‘yxatini shakllantirish.

Axborot-tahliliy
ma’lumotnoma

2024-yil
iyun

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Markaziy bank

(N. Saydullayev)

5.

Davlat organlari va tashkilotlarida yaqin qarindoshlar bevosita bo‘ysunuvda yoki nazorat yo‘nalishidagi tashkilotlarda ishlayotgan holatlarni aniqlash hamda natijalarini Respublika idoralararo komissiyasiga taqdim qilish.

Axborot-tahliliy
ma’lumotnoma

2024-yil
iyul

Davlat organlari va tashkilotlari

Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini o‘rganish hamda manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
oktabr

Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh

6.

Davlat organlari va tashkilotlarida hamda ularning bo‘ysunuvida bo‘lgan tashkilotlarda xodimlar o‘rindoshlik asosida ishlayotgan holatlarni aniqlash hamda natijalarini Respublika idoralararo komissiyasiga taqdim qilish.

Axborot-tahliliy
ma’lumotnoma

2024-yil
iyul

Davlat organlari va tashkilotlari

Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini o‘rganish hamda manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
oktabr

Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh

7.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etish holatlarini aniqlash.

Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini o‘rganish hamda manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
oktabr

Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh

8.

2023-yil davomida yaqin qarindoshi mansabdor shaxs sifatida ishlayotgan obyektni tekshirishda davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining ishtirok etish holatlarini aniqlash hamda manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini tahlil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
oktabr

Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh

9.

Davlat organlari va tashkilotlaridan ishdan bo‘shagan xodimning ikki yil ichida o‘z ish joyida bevosita nazoratida bo‘lgan tashkilotlarga ishga kirish holatlarini aniqlash hamda natijalarini Respublika idoralararo komissiyasiga taqdim qilish.

Axborot-tahliliy
ma’lumotnoma

2024-yil
iyul

Davlat organlari va tashkilotlari

Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini o‘rganish hamda manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
oktabr

Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh

10.

2023-yil davomida davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirish va davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan holatlarni aniqlash hamda natijalarini Respublika idoralararo komissiyasiga taqdim qilish.

Axborot-tahliliy
ma’lumotnoma

2024-yil
iyul

Hisob palatasi

(A. Boboyev),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev)

Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini o‘rganish hamda manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
oktabr

Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh

11.

Xodim o‘zi mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organi yoki boshqa tashkilotning nazoratida bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati subyektining aksiyalariga yoki ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga egalik qilgan, shuningdek, ushbu tadbirkorlik faoliyati subyektlarining boshqaruv organi a’zosi bo‘lgan holatlarni aniqlash hamda natijalarini Respublika idoralararo komissiyasiga taqdim qilish.

Axborot-tahliliy
ma’lumotnoma

2024-yil
iyul

Davlat organlari va tashkilotlari

Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini o‘rganish hamda manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
oktabr

Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh

12.

Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini baholash uchun joriy etilgan “E-anticor.uz” platformasi orqali 2023-yildagi manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq ma’lumotlarni tahlil qilish.

Axborot-tahliliy
ma’lumotnoma

2024-yil

iyul

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

davlat organlari va tashkilotlari

13.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari tomonidan 2024-yilda manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha to‘ldirilgan yillik deklaratsiyalarni tahlil qilish.

Axborot-tahliliy
ma’lumotnoma

2024-yil
iyul

Davlat organlari va tashkilotlari,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev)

Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini o‘rganish hamda manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
oktabr

14.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan cheklovlarga rioya etilayotganligini o‘rganish, bunday cheklovlarning samaradorligini tahlil qilish.

Axborot-tahliliy
ma’lumotnoma

2024-yil

oktabr

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Hisob palatasi

(A. Boboyev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

15.

Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar berish va ularni tartibga solish tizimi joriy etilmagan tashkilotlardagi holatlarni tahlil qilish.

Axborot-tahliliy
ma’lumotnoma

2024-yil

avgust

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Hisob palatasi

(A. Boboyev),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

davlat organlari va tashkilotlari

16.

Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari, odob-axloq komissiyalari tashkil etilganligini va faoliyati yo‘lga qo‘yilganligini tahlil qilish hamda mavjud imkoniyatlar doirasida alohida tuzilmalarni tashkil etish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil

oktabr

Davlat organlari va tashkilotlari,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Hisob palatasi

(A. Boboyev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

17.

2023-yil davomida davlat organlari va tashkilotlariga jismoniy va yuridik shaxslardan manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish.

Axborot-tahliliy
ma’lumotnoma

2024-yil

sentabr

Davlat organlari va tashkilotlari,

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Hisob palatasi

(A. Boboyev),

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

(A. Musayev)

18.

Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari, savdo platformalari va boshqa dasturiy ta’minotlari “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun bilan belgilanayotgan talablarga muvofiqligini o‘rganish hamda mavjud moliyaviy imkoniyatlari doirasida ularni takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy choralarni ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil

oktabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

19.

Davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar berishning elektron tizimi yo‘lga qo‘yilganligini o‘rganish hamda bunday tizimni joriy etish imkoniyatlarini tahlil qilish.

Axborot-tahliliy
ma’lumotnoma

2024-yil

sentabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

davlat organlari va tashkilotlari

20.

Manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash uchun davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlarining o‘zaro integratsiyasi holatlarini o‘rganish.

Bunda manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash uchun zarur ma’lumotlarni so‘rov asosida olish imkoniyatini yaratish choralarini ko‘rish.

Axborot-tahliliy
ma’lumotnoma

2024-yil

sentabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

davlat organlari va tashkilotlari

21.

Davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash uchun sharoit yaratish maqsadida:

“E-anticor.uz” elektron platformasida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni aniqlash va onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushirilishini;

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining tegishli axborot tizimlarini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi bilan integratsiya qilinishini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
dekabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A.Burxanov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh.Shermatov),
Adliya vazirligi

(A.Tashkulov),

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Musayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),
Soliq qo‘mitasi

(Sh.Kudbiyev),

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

(A. Musayev)

22.

“E-anticor.uz” elektron platformasida quyidagi imkoniyatlarni yaratish:

xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda davlat fuqarolik xizmatchilari qabul qilgan sovg‘alar elektron reyestrini yuritish;

manfaatlar to‘qnashuvi holatlari bo‘yicha statistik ma’lumotlarni shakllantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
dekabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A.Burxanov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh.Shermatov),
Adliya vazirligi

(A.Tashkulov)

23.

Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestri, mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning namunaviy shakllarini tasdiqlash hamda davlat organlari va tashkilotlariga yuborish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
oktabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
(A.Burxanov),

Adliya vazirligi
(A.Tashkulov)

24.

Mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning tasdiqlangan namunaviy shakllarini davlat organlari va tashkilotlari rasmiy veb-saytlariga joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
sentabr

Davlat organlari va tashkilotlari

III. Manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini aniqlash hamda tushuntirish ishlarini amalga oshirish choralari

25.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq qonunchilik hujjatlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini onlayn test sinovlari orqali baholash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha tashkiliy choralarni belgilash.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil

iyul

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev)

26.

Milliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish, kadrlar bilan ishlash bo‘linmalari xodimlarining va Odob-axloq komissiyasi a’zolarining manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, ularni boshqarish va bartaraf etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish.

Reja-grafik asosida

2024-yil
oktabr

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev)

27.

Davlat xaridlarida va boshqa budjet moliyaviy xarajatlarni amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olish va tartibga solish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun onlayn o‘quv trening o‘tkazish.

Reja-grafik asosida

2024-yil

iyul

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Hisob palatasi

(A. Boboyev),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

28.

Davlat xizmatida yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari, ularni bartaraf etish choralari bo‘yicha milliy qonunchilik va xalqaro standartlarga asoslangan uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish hamda davlat organlari va tashkilotlariga elektron tarqatish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil

avgust

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

29.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari ish stolida eslatma sifatida foydalanishi uchun manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlar va bunday vaziyatlarda ko‘riladigan choralar bo‘yicha illustrativ tarqatma materiallarni ishlab chiqish hamda tarqatish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil

avgust

Davlat organlari va tashkilotlari

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

IV. Manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash va bartaraf etishda jamoatchilik ishtirokini ta’minlash choralari

30.

Tele- va radiodasturlar orqali “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda ularni bunday holatlar haqida xabardor bo‘lgan taqdirda tegishli idoralarga xabar berishga chaqirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil

oktabr

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov)

31.

Milliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda OAV vakillari uchun manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan maxsus o‘quv treninglar o‘tkazish.

Reja-grafik asosida

2024-yil
oktabr

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev)

32.

Davlat organlari va tashkilotlarining yoki tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarning manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya holatlari bo‘yicha xabar berish mumkin bo‘lgan aloqa kanallarini OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ib qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil
oktabr

Davlat organlari va tashkilotlari,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.06.2024-y., 07/24/210/0405-son)