1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.08.00 Qayta tiklanuvchi energiya manbalari]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Namangan viloyatining Pop tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini hamda havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, elektr energiyasi ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish koʻlamini kengaytirishga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Hyper Partners GmbH” (Germaniya) kompaniyasi tomonidan (keyingi oʻrinlarda — Investor) “Namangan viloyatining Pop tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini hamda havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish” investitsiya loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya loyihasi) doirasida “Next Solar Energy Group” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) taʼsis etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2024-yil 19-yanvarda investitsiya shartnomasi (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya shartnomasi) imzolanganligi hamda unga muvofiq Investor va Loyiha kompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihasini amalga oshirishning butun davri mobaynida Namangan viloyatining Pop tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini loyihalashtirishi, moliyalashtirishi, qurishi hamda ekspluatatsiya qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni oʻz zimmasiga olgan holda, dastlabki baholash boʻyicha jami 350 mln AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2023-yil 29-sentabrda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim hamda 2024-yil 13-sentabrda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning ushbu bitimda belgilangan huquq va majburiyatlarini “Oʻzenergosotish” AJga oʻtkazish orqali qayta rasmiylashtirish haqidagi qoʻshimcha bitim (keyingi oʻrinlarda — Bitim) imzolanganligi va shunga muvofiq:
(1-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha kompaniyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini “Oʻzenergosotish” AJga kafolatlangan tarzda sotish majburiyatini olishi;
(1-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha kompaniyasi qurilish davridagi oʻz majburiyatlarini lozim darajada bajarilishining taʼminoti sifatida 30 mln AQSH dollari miqdorida birinchi darajali bank kafolatini taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihasi doirasida quyosh fotoelektr stansiyasini yagona elektr energiyasi tarmogʻiga ulash uchun havo elektr uzatish tarmoqlari Loyiha kompaniyasi tomonidan qurilishi hamda ishga tushirilgandan soʻng ularni “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga bepul topshirish majburiyatini olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzenergosotish” AJ 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini olishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band “v” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan Investitsiya shartnomasi tasdiqlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 29-sentabrda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida imzolangan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim hamda 2024-yil 13-sentabrda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning ushbu bitimda belgilangan huquq va majburiyatlarini “Oʻzenergosotish” AJga oʻtkazish orqali qayta rasmiylashtirish haqidagi qoʻshimcha bitim maʼqullansin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi hamda “Oʻzenergosotish” AJga Loyiha kompaniyasi tomonidan Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, Loyiha kompaniyasi va Investor huquqini Investitsiya loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etadigan boshqa kreditorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazish haqida bitimlar tuzish huquqi berilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzenergosotish” AJga Investor bilan birgalikda Bitimda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasi va boshqa maslahatchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzgan holda jalb qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzenergosotish” AJga Loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olish majburiyati bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga xorijiy bankning chet el valyutasida tasdiqlangan va tiklanadigan akkreditivini ochishga ruxsat berilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiyot va moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan “Oʻzenergosotish” AJning akkreditiv ochadigan xorijiy bank oldidagi toʻlov majburiyatlari Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki yoki Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kafolati orqali bajarilgan taqdirda, mazkur bank bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga maqbul shakldagi ushbu bank xarajatlarini qoplash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash vakolati berilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.06.00 Kredit operatsiyalari (shuningdek, 07.22.00.00 larga qarang);
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasiga, barcha soliqlar va yigʻimlar toʻlangan holda, Investitsiya loyihasini moliyalashtirish doirasida quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit olish, chet el valyutasida mablagʻlar olish va ulardan foydalanish (shu jumladan, chet el valyutasida kredit tushumlari) uchun chet eldagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlgan xorijiy pudrat tashkilotlari, yetkazib beruvchilar yoki xorijiy kreditorlarga toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaraqlari orqali oʻtkazmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Energetika vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Namangan viloyati hokimligining Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun ajratiladigan Namangan viloyati Pop tumani hududidagi ilovaga muvofiq jami 1 200 gektar yaylov yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.02.00 Hokim;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.02.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning boshqaruvi. Yerga oid munosabatlarni tartibga solish yuzasidan davlat organlarining vakolatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Namangan viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda Investitsiya shartnomasi va Bitimda koʻrsatilgan shartlarga mos keladigan Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkalari Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Energetika vazirligi oʻziga berilgan tegishli yer uchastkasi quyosh fotoelektr stansiyasini qurish uchun Investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga Loyiha kompaniyasiga ijaraga berilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Loyiha kompaniyasi bilan birgalikda olti oy muddatda Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Namangan viloyati hududida havo elektr uzatish tarmoqlarini va elektr infratuzilmasi qurilmalarini qurish uchun zarur yer uchastkalarini tanlab olsin va ularning chegaralariga aniqlik kiritib, tegishliligi boʻyicha ommaviy servitut belgilash va Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga taklif kiritish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan loyiha hujjatlari asosida tanlangan yer uchastkalarini Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika vazirligi mazkur yer uchastkalari Investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga Loyiha kompaniyasiga ijaraga berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Loyiha kompaniyasi tomonidan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi miqdori yer soligʻi miqdoriga tenglashtirilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.04.00.00 Uy-joy qurilishi, saqlab turilishi va taʼmirlanish xarajatlarini toʻlash (kreditlar, kompensatsiyalar, subsidiyalar, imtiyozlar)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika vazirligi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanganlik (toifasi oʻzgartirilganligi) uchun qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplashdan (kompensatsiya toʻlovlaridan) ozod qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bilan bogʻliq qurilish va yer ishlarini bajarish, bino va inshootlar poydevorlarini loyihalashtirish normalari va qoidalari Bitimga muvofiq xalqaro standartlar bilan tartibga solinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasining sotib olinishi va havo elektr uzatish tarmoqlarini qurishga sarflangan xarajatlar boʻyicha toʻlovlar chet el valyutasida denominatsiyalangan qatʼiy tarif boʻyicha milliy valyutada amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Loyiha kompaniyasining buyurtmanomasiga binoan Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vazirligi — jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi — jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolariga koʻp martalik viza berilishi va uning muddati uzaytirilishini, shuningdek, turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi va uning muddati uzaytirilishini;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.02.00 Mehnat sohasidagi boshqaruv]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisida yagona toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Investitsiya loyihasi amalga oshirilishi, shuningdek, tomonlarning Investitsiya shartnomasi va Bitim doirasidagi majburiyatlari bajarilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Adliya vazirligi Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investitsiya shartnomasi hamda uning qoidalariga muvofiq imzolangan bitimlar yuzasidan yuridik xulosalar bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi loyiha hujjatlari belgilangan tartibda ekologik ekspertizadan oʻtkazilishini va Investitsiya loyihasini amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini taʼminlasin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosi uchun masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 24-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-189-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PQ-189-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Namangan viloyatining Pop tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini hamda havo elektr uzatish tarmogʻini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilayotgan yer uchastkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hudud nomi
Yerdan foydalanuvchi nomi
Kontur raqami
Jami yer uchastkasi maydoni
(gektar)
shundan:
Foydalanish maqsadi
yaylov va pichanzorlar
(gektar)
Pop tumani “Qushminor” MFY
Pop tumani hokimligi
55q
7,4
7,4
Quyosh fotoelektr stansiyasini qurish
54q
99,4
99,4
53q
98,6
98,6
52q
103,1
103,1
51q
439,0
439,0
50q
12,1
12,1
50q
81,8
81,8
47q
27,3
27,3
46
1,8
1,8
45q
2,2
2,2
44q
4,2
4,2
Pop tumani “Qushminor” MFY
Pop tumani hokimligi
42q
17,9
17,9
Quyosh fotoelektr stansiyasini qurish
41q
38,7
38,7
40q
24,0
24,0
39q
3,9
3,9
35q
1,6
1,6
34q
3,7
3,7
33q
0,7
0,7
28q
172,8
172,8
198q
58,8
58,8
197q
0,2
0,2
139q
1,0
1,0
Jami
1 200,0
1 200,0
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 07/24/189/0370-son; 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)