15.05.2024 yildagi PQ-179-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yigʻilishi doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 2-3-may kunlari oʻtkazilgan uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisi doirasida 93 ta mamlakatdan jami 2 500 dan ziyod xorijiy ishtirokchilar qatnashib, hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, 26 mlrd AQSh dollaridan ortiq miqdordagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi, shuningdek, respublikada investitsiya muhitini mustahkamlash boʻyicha taklif va tashabbuslar ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisi doirasida erishilgan kelishuvlar, imzolangan hujjatlar hamda ilgari surilgan taklif va tashabbuslarning soʻzsiz, oʻz vaqtida va toʻliq hajmda amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida erishilgan investitsiya bitimlari va kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasi (“yoʻl xaritasi”) 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ilgari surilgan takliflar va tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasi (“yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisida ilgari surilgan takliflar va tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasi (“yoʻl xaritasi”) 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1 — 3-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda “yoʻl xaritalari”da belgilangan har bir loyihani amalga oshirish boʻyicha tarmoq, hudud va tuman kesimida aniq mexanizmlarni hamda 2024-yil yakuniga qadar oylar kesimida kompleks tarmoq jadvallarini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yoʻl xaritalari”da nazarda tutilgan barcha imzolangan hujjatlar va erishilgan kelishuvlarning belgilangan muddatlarda samarali, soʻzsiz, sifatli va toʻliq hajmda amalga oshirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yoʻl xaritalari” ijrosi holati toʻgʻrisida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga har ikki haftada axborot taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov) har ikki haftada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga ushbu qaror ijrosi yuzasidan tahliliy axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov) bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisi davomida barcha imzolangan hujjatlar va erishilgan kelishuvlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan muntazam va tizimli monitoring hamda qatʼiy nazorat olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yoʻl xaritalari” ning soʻzsiz ijrosini taʼminlash boʻyicha masʼul vazirlik va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirsin, har ikki haftada hisobotlarni tanqidiy muhokama qilib borsin, shuningdek, chora-tadbirlarning ijrosiga toʻsqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imzolangan hujjatlar va erishilgan kelishuvlar amalga oshirilishi holatini muhokama qilish, ehtimoliy muammoli masalalarni aniqlash va ularni oʻz vaqtida bartaraf etish maqsadida xorijiy hamkorlar bilan doimiy va samarali oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyilishini taʼminlash yuzasidan taʼsirchan va aniq choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorga 1 — 3-ilovalarga* muvofiq “yoʻl xaritalari”ning ijrosi har ikki haftada Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 15-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-179-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2024-y., 07/24/179/0348-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)