Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining
Qarori
“Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 10-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1842-7]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-martdagi PQ-108-son “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori D. LI
Toshkent sh.,
2024-yil 26-aprel,
2-son
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari A. QAYuMOV
Toshkent sh.,
2024-yil 22-aprel,
02/11-05/02-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 26-aprel,
2024-07-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2024-yil 17-aprel
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili D. KASIMOV
2024-yil 19-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2024-yil 26-apreldagi 2-son, Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2024-yil 22-apreldagi 02/11-05/02-son va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2024-yil 26-apreldagi 2024-07-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2008-yil 11-iyuldagi 77, 2008-33-son, 2008-yil 26-iyundagi 13-son “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1842, 2008-yil 15-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 337-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2011-yil 14-martdagi 21, 2011-9, 2-son “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1842-1, 2011-yil 22-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 12-13-son, 123-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2013-yil 24-apreldagi 39, 2013-27, 01/19-26/02-son “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1842-2, 2013-yil 22-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 30-son, 395-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 31-dekabrdagi 91, 2014-38, 01/19-26/29-son “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1842-3, 2015-yil 9-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 1-son, 18-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2015-yil 21-dekabrdagi 108, 2015-35, 01/19-26/25-son “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1842-4, 2015-yil 29-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 52-son, 651-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2017-yil 29-dekabrdagi 189, 2017-69, 01/15-1-10/36-son “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1842-5, 2018-yil 17-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/1842-5/0581-son).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 2021-yil 20, 18 va 11-yanvardagi 2, 2021-04, 05/11-05/01-son “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1842-6, 2021-yil 22-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 10/21/1842-6/0157-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2024-y., 10/24/1842-7/0342-son)