Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.09.2025 11.05.2024 yildagi 274-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.09.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada toʻqimachilik, charm-poyabzal va elektrotexnika mahsulotlari eksportini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli “Yengil sanoat sohasida yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻqimachilik, charm-poyabzal va elektrotexnika mahsulotlarining eksport narxlarini asossiz pasaytirib koʻrsatish holatlarining oldini olish, valyuta tushumlari oʻz vaqtida va toʻliq taʼminlanishini nazorat qilish, shuningdek, ushbu sohada yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toʻqimachilik, charm-poyabzal va elektrotexnika mahsulotlari uchun eksport narxlari shakllantirilishi ustidan nazoratni taʼminlash maqsadida 2024-yil 15-maydan boshlab belgilangan tartibda tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha respublikadan eksport qilinadigan toʻqimachilik, charm-poyabzal va elektrotexnika mahsulotlari boʻyicha shartnomalar qiymatini monitoring qilish hamda eksport narxlari shakllantirilishi ustidan nazorat oʻrnatish tartibi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) minimal eksport narxlari belgilanadigan toʻqimachilik, charm-poyabzal va elektrotexnika mahsulotlari roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — roʻyxat) Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda “Oʻztoʻqimachiliksanoat”, “Oʻzcharmsanoat” va “Oʻzeltexsanoat” uyushmalari takliflariga asosan Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) roʻyxatga kiritilgan toʻqimachilik, charm-poyabzal va elektrotexnika mahsulotlari uchun minimal eksport narxlari Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Oʻztoʻqimachiliksanoat”, “Oʻzcharmsanoat” va “Oʻzeltexsanoat” uyushmalari bilan birgalikda har oyda tegishli mahsulotlar boʻyicha ichki va tashqi bozor konyunkturasi tahlili asosida shakllantiriladi hamda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda zarur hollarda ichki va tashqi bozor konyunkturasida boʻlgan oʻzgarishlardan kelib chiqqan holda, minimal eksport narxlari oy davomida qayta qoʻrib chiqilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) toʻqimachilik, charm-poyabzal va elektrotexnika mahsulotlari minimal eksport narxlari boʻyicha maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — Yagona elektron axborot tizimi) kiritiladi, Savdo-sanoat palatasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat”, “Oʻzcharmsanoat” va “Oʻzeltexsanoat” uyushmalari rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda roʻyxatga kiritilgan toʻqimachilik, charm-poyabzal va elektrotexnika mahsulotlari uchun minimal eksport narxlari Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan kundan eʼtiboran ikki ish kuni oʻtgach amalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi doimiy ravishda bojxona organlarining axborot tizimiga minimal eksport narxlari boʻyicha maʼlumotlar onlayn tarzda taqdim etib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqimachilik, charm-poyabzal va elektrotexnika mahsulotlarining eksport narxlari minimal eksport narxlaridan pasaytirilganligi aniqlaganda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan ushbu holat boʻyicha yigirma toʻrt soat ichida elektron axborot almashinuvi tizimi orqali Soliq qoʻmitasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga xabar beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan aniqlangan holatlar yuzasidan qonunchilikka muvofiq javobgarlik choralari koʻriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqimachilik, charm-poyabzal va elektrotexnika mahsulotlari eksportiga doir tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha aktivlarning repatriatsiya qilinishi ustidan nazorat ushbu mahsulotlarning minimal eksport narxlaridan past boʻlmagan narxlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi bir oy muddatda bojxona xizmati organlari axborot tizimlarini Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining axborot tizimlari bilan oʻzaro integratsiya qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Savdo-sanoat palatasiga Yagona elektron axborot tizimidan foydalanish imkoniyatini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada meva-sabzavot mahsulotlari eksportini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 29-fevraldagi 107-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik, charm-poyabzal va elektrotexnika mahsulotlarini belgilangan minimal eksport narxlaridan past narxlarda eksport qilgan tadbirkorlik subyektlari uchun minimal eksport narxlaridan past narxda eksport qilingan mahsulot hajmiga nisbatan foyda soligʻi boʻyicha berilgan imtiyozlarni bekor qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi “Oʻztoʻqimachiliksanoat”, “Oʻzcharmsanoat” va “Oʻzeltexsanoat” uyushmalari hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch kun muddatda ushbu qaror bilan joriy etilayotgan yangi tizimning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoritish boʻyicha tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, roʻyxatga kiritilgan mahsulotlar eksporti bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari ishtirokida brifing tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi D.A. Vaxabov hamda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov mazkur qaror bilan joriy etilayotgan yangi tizimning samarali faoliyati uchun masʼul va shaxsan javobgar etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 11-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
274-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-maydagi 274-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Respublikada meva-sabzavot mahsulotlari eksportini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 29-fevraldagi 107-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2-banddagi “tavsiya etilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Savdo-sanoat palatasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda doimiy ravishda meva-sabzavot mahsulotlari boʻyicha ichki va tashqi bozor konyunkturasini oʻrganib boradi hamda har haftada respublikadagi yirik ulgurji bozorlarda shakllangan meva-sabzavotlarning eng past narxlari asosida roʻyxatda koʻrsatilgan meva-sabzavot mahsulotlariga minimal eksport narxlarini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda zarur hollarda ichki va tashqi bozor konyunkturasida boʻlgan oʻzgarishlardan kelib chiqqan holda, minimal eksport narxlari har kuni eʼlon qilib borilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b) Savdo-sanoat palatasi har hafta (zarur hollarda har kuni) meva-sabzavot mahsulotlari uchun minimal eksport narxlari Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritilishini taʼminlaydi, Palataning hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining rasmiy veb-saytlarida ularni eʼlon qilib boradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “tavsiya etiladigan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi va ikkinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi birinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v) meva-sabzavot mahsulotlarining eksport narxi minimal eksport narxlaridan pasaytirib koʻrsatilganligi aniqlaganda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan ushbu holat boʻyicha yigirma toʻrt soat ichida elektron axborot almashinuvi tizimi orqali Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga xabar beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2024-y., 09/24/274/0341-son)