Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining
qarori
“Diniy tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning xulosasini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 10-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3071-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son “Xulosa berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais S. TOShBOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 3-may,
1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining 2024-yil 3-maydagi 1-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning 2018-yil 26-sentabrdagi 1-son “Diniy tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning xulosasini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3071, 2018-yil 27-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2018-y., 10/18/3071/1970-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning 2020-yil 25-maydagi 3-son “Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3071-1, 2020-yil 22-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2020-y., 10/20/3071-1/0789-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning 2021-yil 29-oktabrdagi 3-son “Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3071-2, 2021-yil 30-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 10/21/3071-2/1003-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 10/24/3071-3/0338-son)