Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari boʻyicha qoʻmitaNING
Qarori
Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 22-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3071-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining 2024-yil 3-maydagi 1-sonli ““Diniy tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning xulosasini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3071-3, 10.05.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PF-5706-son “Oʻzbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi va 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5814-son “Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son “Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning 2018-yil 26-sentabrdagi 1-son qarori (roʻyxat raqami 3071, 2018-yil 27-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2018-y., 10/18/3071/1970-son) bilan tasdiqlangan Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi “a” , “b” , “v” kichik bandlarida:
oltinchi xatboshilardagi “nostrifikatsiya qilinganligi” degan soʻzlar “tan olinganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshilardagi “Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining tegishli boʻlinmalari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining tegishli hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (boʻlimlari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. AXMEDOV
Toshkent sh.,
2020-yil 25-may,
3-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2020-y., 10/20/3071-1/0789-son)