29.04.2024 yildagi 243-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida yoshlarni sportga jalb qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ularni sportga jalb qilish tizimini takomillashtirish, olis va chekka hududlarda sport inshootlari tarmogʻini kengaytirish hamda ularning quvvatidan samarali foydalanish orqali sportning ommaviyligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2024 — 2026-yillarda Surxondaryo viloyatida ommaviy va professional sportni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ular oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish orqali yoshlarning ommaviy sportdagi ulushini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining, shuningdek, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtidorli yoshlarni, shu jumladan, qizlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya), sport maktablari va klublarining seksiyalariga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy sport inshootlarini barpo etish, mavjud sport obyektlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport anjomlari va jihozlari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda sogʻlom turmush tarzining muhim tarkibiy qismi va bolalarni barkamol inson etib tarbiyalashni targʻib qilishga yoʻnaltirilgan yangi va samarali usullarni joriy qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024 — 2026-yillarda Surxondaryo viloyatida yoshlarni sportga keng jalb qilish hamda sport infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda — Chora-tadbirlar rejasi) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida yoshlarni sportga keng jalb qilish hamda sport infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi amalga oshirilishini tashkil etish va nazorat qilish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishchi guruh (A. Ikramov) Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosini har chorakda kamida bir marotaba tahlil qilgan holda, ularni amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etib borish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq yoshlarni sportga keng jalb qilishda, birinchi navbatda sport inshootlarining imkoniyatlaridan keng foydalanish belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi 2024/2025 oʻquv yiliga qadar viloyatdagi barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim maktablarida sport toʻgaraklari faoliyatini yoʻlga qoʻysin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiyaning innovatsion usullarini qoʻllash orqali bolalar va oʻsmirlarni jismoniy tarbiya hamda ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etib borish tizimi joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarda sport bilan shugʻullanishga sogʻlom, kuchli va taʼsirchan motivatsiyani shakllantirish hamda ularning muayyan koʻrsatkichlari asosida qaysi sport bilan shugʻullanishini aniqlash boʻyicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim maktablari jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun zamonaviy sport anjomlari va jihozlari bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, yoshlarni sportga keng jalb qilish borasidagi barcha mavjud imkoniyatlardan samarali va toʻliq foydalanishni tashkil qilish maqsadida tajriba-sinov tariqasida viloyatdagi barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarida yuridik shaxs boʻlmagan sport klublari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Sport vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-fevralga qadar ushbu amaliyot natijalari hamda ilgʻor xorijiy tajriba asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu tajribani respublikaning boshqa hududlarida ham joriy etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlim maktablarining sport klublari oʻrtasida yosh toifalari kesimida sport musobaqalarini tizimli ravishda tashkil qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sport vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi hamda sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ning har yili aholini, shu jumladan, yoshlarni sportga keng jalb qilishga yoʻnaltirilgan quyidagi sport tadbirlarini oʻtkazib borish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar oʻrtasida sport turlari boʻyicha “Hokim kubogi”, “Rahbar kubogi”, xotin-qizlar oʻrtasida “Ayollar spartakiadasi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kurash — bizning milliy boyligimiz”, “Oʻzbek polvoni” shiori ostida kurash musobaqalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlim maktablarining sport klublari oʻrtasida sportning futbol, basketbol, voleybol, qoʻl toʻpi, boks, yengil atletika (marafon, estafeta, disk, nayza va yadro uloqtirish) turlari boʻyicha ikki bosqichli (tuman/shahar, viloyat) sport musobaqalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sport vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur qarorning 6-bandida koʻrsatilgan musobaqalarga puxta tayyorgarlik koʻrish va ularni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Surxondaryo viloyatida baydarka va kanoeda eshkak eshish sport turlarini rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasining Surxondaryo viloyati hududiy boʻlinmasi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, Termiz tumanidagi “Uchqizil” suv ombori hududida baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha xalqaro sport bazasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati hokimligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Sport vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi bilan birgalikda 2025-yilga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida “Uchqizil” suv ombori hududida baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha xalqaro sport bazasini barpo etish hamda zamonaviy sport anjomlari bilan toʻliq jihozlangan oʻquv-mashgʻulot bazasiga aylantirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Surxondaryo viloyati hokimligi Sport vazirligi, Oʻzbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda viloyatda baydarka va kanoeda eshkak eshish sport turlarini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Oʻzbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasining Surxondaryo viloyati hududiy boʻlinmasi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda uni joylashtirish uchun bino va inshootlar ajratilishini taʼminlasin hamda hududiy yirik tashkilotlarni homiy sifatida biriktirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Surxondaryo viloyati hokimligi Sport vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Surxondaryo viloyatidagi mavjud stadionlarni xatlovdan oʻtkazish orqali ulardagi yengil atletika yoʻlaklarini kapital taʼmirlash boʻyicha 2025-2026-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-sentabrga qadar sport inshootlarida nogironligi boʻlgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga sport bilan shugʻullanish uchun sharoitlar yaratsin hamda ushbu inshootlarni maxsus sport jihozlari bilan taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda, ayniqsa, qishloq va chekka hududlarda aholi oʻrtasida sport musobaqalari, sport aksiyalari, havaskorlik sport musobaqalarini tizimli tashkil etib borish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-maydan boshlab Surxondaryo viloyatida yengil atletikaning marafon, estafeta, disk, nayza va yadro uloqtirish turlari, boks va suv sporti turlarini rivojlantirish uchun respublikaning malakali mutaxassislarini (zarur hollarda, xorijiy mutaxassislarni) jalb etib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ning hududiy boʻlinmalari hamda noolimpiya sport turlari boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan sport klublari faoliyatini yanada rivojlantirish uchun ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chora-tadbirlar rejasida belgilangan sport inshootlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish doirasida bajariladigan loyihaviy va qurilish-montaj ishlari sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Sport vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri A.I. Ikramov hamda Surxondaryo viloyati hokimi U.B. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 29-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
243-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-apreldagi 243-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024 — 2026-yillarda Surxondaryo viloyatida yoshlarni sportga keng jalb qilish hamda sport infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish

manbalari

Ijro uchun masʼullar

1.

Yoshlar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazish orqali aniqlangan sport turlari bilan shugʻullanish istagini bildirgan yoshlarni mavjud sport inshootlarida shugʻullanishga jalb qilishni yoʻlga qoʻyish.

1. Toʻliq quvvat bilan ishlamayotgan davlat mulki hisoblangan sport inshootlarini xatlovdan oʻtkazish.

2024-yil may

-

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova)

2. Sport bilan shugʻullanish istagini bildirgan yoshlar uchun toʻliq quvvat bilan ishlamayotgan sport inshootlarida sport bilan shugʻullanish imkoniyatini yaratish.

2024-yil davomida

2.

Aholi oʻrtasida sogʻlomlashtirish ishlarini tashkil etish.

1. Aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar, faxriylarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishga jalb etish uchun davlat mulki hisoblangan sport inshootlarida va klublarida sport bilan shugʻullanish jadvalini tasdiqlash.

2. Sport bilan shugʻullanuvchi aholining sonini aniqlash va muntazam shugʻullanuvchilarning hisobini yuritish.

3. Xususiy sport inshootlarida shugʻullanuvchi aholining hisobini yuritish tizimini joriy etish.

2024-yil davomida

Mahalliy budjet mablagʻlari

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov),

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova)

3.

Sport bilan muntazam shugʻullanadigan fuqarolarning, oʻquvchi va talabalarning umumiy sonini oshirish.

1. Mahallalarda sport bilan shugʻullanish uchun shart-sharoitlarni yaratish hamda ulardagi mavjud sport inshootlarini zarur sport anjomlari va jihozlari bilan taʼminlash.

2. Mahalla, tuman va viloyat kesimlarida tizimli ravishda sport tadbirlarini tashkil qilib borish.

2024-yil davomida

Mahalliy budjet mablagʻlari

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov),

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Q. Sharipov)

4.

Viloyatda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, ommaviy sport tadbirlarini koʻtarinki ruhda oʻtkazish maqsadida har yili Surxondaryo viloyati hokimligi mahalliy budjeti parametrlarini shakllantirishda viloyat, tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasi uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutish.

1. Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining yagona kalendar rejasini oʻz vaqtida shakllantirish va tasdiqlash.

2. Viloyat sport boshqarmasining asoslangan hisob-kitoblariga asosan viloyat, tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasi uchun zarur mablagʻlar ajratish.

3. Tasdiqlangan viloyat, tuman (shahar)lar sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasining bajarilishini qatʼiy nazoratga olish.

2024-yil may

Mahalliy budjet mablagʻlari

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov),

Sport vazirligi

(A. Ikramov)

5.

Viloyat yoshlari oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini ommalashtirish va ularning qiziqishlarini kuchaytirish maqsadida tajribali va taniqli sportchilar ishtirokida motivatsion uchrashuvlar tashkil etish tizimini joriy etish.

1. Motivatsion uchrashuvlar tashkil etiladigan tajribali va taniqli sportchilar roʻyxatini shakllantirish.

2. Uchrashuvlar reja-grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Hududlarda tizimli ravishda motivatsion uchrashuvlar va mahorat saboqlari, koʻrgazmali chiqishlarni tashkil etish.

Har yili aprel-may

-

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov)

6.

Viloyatda olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) ishlarini takomillashtirish.

1. Mutaxassislarni jalb etgan holda olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha quyi boʻgʻinlardan boshlab bosqichma-bosqich musobaqalar tashkil etish orqali iqtidorli yosh sportchilarni saralab olish.

2. Saralab olish (seleksiya) yoʻli bilan aniqlangan iqtidorli yoshlar kelajakda olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha oliy mahoratli sportchi boʻlib shakllanishi uchun ularni ixtisoslashtirilgan sport maktablariga yoʻnaltirish.

3. Taʼlim muassasalarida ushbu yoshlarning oʻqish va shugʻullanish jarayonini doimiy nazoratga olgan holda monitoring olib borish.

4. Mahalla, tuman va shaharlarda olimpiya va jahon chempionlari, mashhur sportchilar hamda boshqa xalqaro darajadagi mutaxassislar ishtirokida yosh sportchilar uchun doimiy ravishda mahorat darslarini tashkil qilish.

Reja-grafik asosida

Mahalliy budjet mablagʻlari

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi

(O. Qosimov),

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi

(M. Tashxodjayev)

7.

Nogironligi boʻlgan shaxslarni sport bilan shugʻullanishga keng jalb qilish.

1. Paralimpiya sport turlarini yanada ommalashtirish va rivojlantirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. Taʼlim tashkilotlarida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan yoshlarni sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishi uchun sport klublarini tashkil etish.

3. Nogironligi boʻlgan shaxslarni sportga jalb etish boʻyicha sport inshootlariga olib boruvchi transport infratuzilmasini yaratish.

4. Hududlardagi barcha sport inshootlarining quvvatidan samarali foydalanish maqsadida paralimpiya sport turlari boʻyicha qoʻshimcha sport va sogʻlomlashtirish seksiyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

5. Sport taʼlim muassasalarini paralimpiya sport turlari boʻyicha maxsus sport anjomlari va jihozlari bilan taʼminlash.

2024-2025-yillar

Mahalliy budjet mablagʻlari

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov),

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi

(M. Tashxodjayev)

8.

Viloyatda ommaviy sport musobaqalarini tizimli ravishda oʻtkazib borish.

Ommaviy sport musobaqalarini oʻtkazish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash:

musobaqalarda gʻolib va sovrindorlarni taqdirlash;

sport musobaqalari boʻlib oʻtadigan hududlar sport infratuzilmalarini talab darajasida tayyorlash;

sport inshootlarini sport jihozlari bilan taʼminlash;

tuman (shahar) va viloyat bosqichi gʻoliblari uchun hokim sovrinini taʼsis etish.

Har yili 1-fevral

Mahalliy budjet mablagʻlari

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov),

Sport vazirligi

(A. Ikramov)

9.

Aholining sogʻlom turmush tarzini yuritishi, muntazam ommaviy sport bilan shugʻullanishi uchun tuman (shahar)larda sport inshootlari hamda yirik ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish.

Aholining keng qatlami, shu jumladan, yoshlar oʻrtasida sport turlari boʻyicha “Hokim kubogi”, “Rahbar kubogi”, “Ayollar spartakiadasi” kabi sport musobaqalarini muntazam oʻtkazib borish.

2024-yildan boshlab doimiy

Mahalliy budjet mablagʻlari

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov),

Sport vazirligi

(A. Ikramov)

10.

Mahallalardagi yoshlar oʻrtasida sportning “Street sport”, “Work out”, turnikda tortilish, brusda oʻynash kabi turlari boʻyicha “Mahalla kubogi” ni tashkil qilish.

1. Musobaqa oʻtkazish tartibini ishlab chiqish.

2. Musobaqalarni doimiy oʻtkazib borish.

3. Musobaqa gʻolib va sovrindorlarini ragʻbatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Har yili

Mahalliy budjet mablagʻlari

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov),

Sport vazirligi

(A. Ikramov)

11.

Aholini, ayniqsa yoshlarni va futbol bilan shugʻullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

1. Hududlarda (qishloq, mahalla, tuman, shahar, viloyat) mini-futbol infratuzilmasini rivojlantirish
va undan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha 2024-2025-yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Mini-futbol boʻyicha tashkil etilgan seksiyalar, trenerlar, mini-futbol maydonlari boʻyicha maʼlumotlarni Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy sahifalarga joylashtirib borish.

2024-2025-yillar davomida

Mahalliy budjet mablagʻlari

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov),

Sport vazirligi

(A. Ikramov)

12.

Kurash milliy sport turini aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida yanada rivojlantirish hamda ommalashtirish.

1. Kurash milliy sport turi boʻyicha viloyatda “Kurash — bizning milliy boyligimiz” shiori ostida musobaqa va turnirlarni doimiy tashkil etib borish.

Har yili

Mahalliy budjet mablagʻlari

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov),

Sport vazirligi

(A. Ikramov)

2. Har bir tuman (shahar)lardagi sport maktablarida kurash milliy sport turi boʻyicha seksiyalarni tashkil etish.

3. Kurash milliy sport turi boʻyicha seksiyalarda iqtidorli yosh sportchilarni saralab olish (seleksiya) ishlarini amalga oshirish.

2024-2025-yillar

13.

Viloyatda sportning yengil atletika turlari bilan shugʻullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

1. Surxondaryo viloyatidagi mavjud stadionlarni hamda yengil atletika maydonlarini xatlovdan oʻtkazish.

2024-yil may

Mahalliy budjet mablagʻlari

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov),

Sport vazirligi

(A. Ikramov)

2. Mavjud yengil atletika yoʻlaklarini kapital taʼmirlash boʻyicha 2024 — 2026-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2024-yil iyun

3. Chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil avgust

14.

Viloyatdagi barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim maktablarida sport toʻgaraklari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Jismoniy tarbiyaning innovatsion usullarini qoʻllash orqali yoshlarni jismoniy tarbiya hamda ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etib borish tizimini joriy etish.

2. Bolalarda sport bilan shugʻullanishga sogʻlom, kuchli va taʼsirchan motivatsiyani shakllantirish hamda ularning muayyan koʻrsatkichlari asosida qaysi sport bilan shugʻullanishini aniqlash boʻyicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish.

3. Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim maktablarida jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun zamonaviy sport anjomlari va jihozlari bilan taʼminlash.

2024-yil dekabr

Mahalliy budjet mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov)

15.

Har bir umumiy oʻrta taʼlim maktabida futbol, basketbol, voleybol, gandbol va boshqa jamoaviy oʻyin turlari boʻyicha jamoalar tuzish hamda muntazam ravishda maktab jamoalari oʻrtasida musobaqalar oʻtkazib borishni yoʻlga qoʻyish.

1. Sport turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Maktab jamoalari oʻrtasida doimiy musobaqalar oʻtkazish.

3. Musobaqalar gʻolib
va sovrindorlarini ragʻbatlantirish
va ularni professional sportga yoʻnaltirib borish tizimini joriy qilish.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab

Ijrochilar mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov)

16.

Yozgi taʼtil davrida umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Yozgi taʼtilni sport bilan oʻtkazamiz” shiori ostida sportning futbol, voleybol, gandbol, boks, taekvondo, yengil atletika, suzish, kurash, karate, armrestling, kamondan oʻq otish, dzyudo boʻyicha sport musobaqalari, oʻquv mashgʻulotlari va tadbirlarini oʻtkazish.

1. Sport tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi asosida sport tadbirlarini tashkil etish.

Har yili

Ijrochilar mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov)

17.

Surxondaryo viloyatidagi davlat sport-taʼlim muassasalarini chuqur bilim, tajriba va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish.

1. Surxondaryo viloyatidagi barcha davlat sport-taʼlim muassasalari rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari, yoʻriqchi-uslubchilari hamda trenerlarini attestatsiyadan oʻtkazish.

2. Attestatsiya natijalari asosida davlat sport-taʼlim muassasalari rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari, yoʻriqchi-uslubchilari hamda trenerlarini oʻz lavozimiga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish.

3. Davlat sport-taʼlim muassasalaridagi boʻsh lavozimlarni chuqur bilim, tajriba va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish choralarini koʻrish.

2024-yil sentabr

-

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov)

18.

Viloyatdagi mavjud sport inshootlarini xatlovdan oʻtkazish.

1. Xatlov oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh shakllantirish.

2. Viloyatdagi mavjud davlat sport inshootlarini xatlovdan oʻtkazish.

3. Xatlov natijalari yuzasidan sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash manzilli dasturiga kiritish maqsadida Vazirlar Mahkamasiga taklif loyihasini kiritish.

4. Sport inshootlarining zarur moddiy-texnik baza bilan taʼminlanganlik holatini monitoring qilib borish.

2024-yil oktabr

-

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov),

Sport vazirligi

(A. Ikramov)

19.

Viloyatda yoshlar uchun olis hududlarda va qishloqlarda 15 ta universal, stritbol va vorkaut sport maydonchalarini barpo etish.

1. Barpo etiladigan sport inshootlarining loyiha-smeta hujjatlari tayyorlash.

2. Sport inshootlarining belgilangan muddatlarda barpo etilishi va foydalanishga topshirilishini taʼminlash.

2024-yil dekabr

Ijrochilar mablagʻlari

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov)

20.

Viloyatdagi sport maktablarini zamonaviy kompyuter jihozlari bilan taʼminlash.

1. Sport maktablarining zarur kompyuter texnikasi va jihozlar bilan taʼminlangan holatini oʻrganish.

2. Oʻrganish natijalari boʻyicha zarur boʻladigan zamonaviy kompyuter texnikasi va jihozlarini xarid qilish yuzasidan Sport vazirligiga taklif kiritish.

3. Xarid qilingan zamonaviy kompyuter texnikasi va jihozlarini sport maktablariga oʻtkazib berish.

2024-yil sentabr

Ijrochilar mablagʻlari

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov),

Sport vazirligi

(A. Ikramov)

21.

Viloyatdagi umumiy oʻrta taʼlim maktablari, professional va oliy taʼlim tashkilotlarini sport jihozlari va anjomlari bilan ehtiyojga koʻra taʼminlash hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlash.

1. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, professional va oliy taʼlim tashkilotlarining sport jihozlari va anjomlari bilan taʼminlash boʻyicha ehtiyojini oʻrganish.

2. Oʻrganish natijalari boʻyicha umumiy oʻrta taʼlim maktablarini sport jihozlari va anjomlari bilan taʼminlash.

2024-2025-yillar

Ijrochilar mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova)

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Q. Sharipov),

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov)

22.

Termiz tumanidagi “Uchqizil” suv omborida baydarka va kanoeda eshkak eshish xalqaro sport bazasini tashkil qilish, uning samarali faoliyat yuritishini yoʻlga qoʻyish.

1. Baydarka va kanoeda eshkak eshish xalqaro sport bazasini Xitoy davlatining tajribasi asosida bino va inshootlarni qurish boʻyicha individual loyihani ishlab chiqish.

2. Loyihada sport bazasi va uning tarkibiy tuzilmalari uchun zarur bino va inshootlar, suzish havzasi, oshxona hamda yotoqxona kabi binolar barpo etishni nazarda tutish.

3. Loyihani 2025-yilgi Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish.

4. Sport bazasi va uning tuzilmasini zarur texnika va inventarlar bilan jihozlash.

5. Qurilish ishlarini yakunlash, foydalanishga topshirilishi va qabul qilinishini taʼminlash.

2025-yil davomida

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlar

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(B. Zakirov),

Oʻzbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi

(B. Islamov)

23.

Termiz tuman sport maktabining yaroqsiz holatga kelib qolgan suv taʼminoti inshootini taʼmirlash.

1. Yaroqsiz holatga kelib qolgan suv taʼminoti inshootining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Suv taʼminoti inshootining belgilangan tartibda taʼmirlanishi
va foydalanishga topshirilishini taʼminlash.

2024-yil sentabr

Davlat budjeti mablagʻlari

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov),

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

24.

Denov, Qumqoʻrgʻon, Qiziriq, Oltinsoy va Shoʻrchi tumani 2-son sport maktablarini taʼmirlash.

1. Sport maktablarini mukammal taʼmirlash ishlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Loyihani 2025-2026-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritish.

3. Sport maktablarining belgilangan tartibda taʼmirlanishi va foydalanishga topshirilishini taʼminlash.

2025-2026-yillarda

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlar

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov),

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-apreldagi 243-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida yoshlarni sportga keng jalb qilish hamda sport infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi amalga oshirilishini tashkil etish va nazorat qilish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISHCHI GURUH TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A.I. Ikramov

––

Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri, Ishchi guruh rahbari

2.

U.B. Qosimov

––

Surxondaryo viloyati hokimi, Ishchi guruh hamrahbari

3.

X.Oʻ. Umarova

––

Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

4.

A.Z. Saʼdullayev

––

Yoshlar ishlari agentligi direktori

5.

S.M. Buzrukxonov

––

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari

6.

Sh.Sh. Maxmudov

––

Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri oʻrinbosari

7.

O.O. Qosimov

––

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi

8.

M.M. Tashxodjayev

––

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi

9.

R.M. Matkarimov

––

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori

10.

I.O. Saparov

––

Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, Ishchi guruh kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, guruh tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2024-y., 09/24/243/0312-son)