Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy komissiya qayta tashkil qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 21-dekabrdagi PF-210-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 21-dekabrdagi PF-210-son Farmoniga koʻra:
a) Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy komissiya etib qayta tashkil qilinganligi;
b) Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy komissiya:
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri — Milliy komissiya raisining oʻrinbosari rahbarlik qiladigan Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari boʻyicha kichik komissiyadan;
Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri — Milliy komissiya raisining oʻrinbosari rahbarlik qiladigan Munosib mehnat masalalari boʻyicha kichik komissiyadan iborat ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy komissiya qayta tashkil qilinganligi sababli uning hududiy komissiyalari va Munosib mehnat masalalari boʻyicha kichik komissiyaning nomini oʻzgartirish;
maʼmuriy islohotlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi sifatida qayta tashkil etilganligi bois ushbu Vazirlikning nomini oʻzgartirish.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 26-aprel,
239-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-apreldagi 239-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni milliy darajadagi qayta yoʻnaltirish tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 8-fevraldagi 60-son qarorida:
a) 1-ilovada:
7-bandning beshinchi xatboshisi, 12-bandning birinchi xatboshisi va 46-bandning birinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-banddagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha hududiy komissiya” soʻzlari “Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha hududiy komissiya (keyingi oʻrinlarda — hududiy komissiya)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
31-banddagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha hududiy komissiyaga (keyingi oʻrinlarda — hududiy komissiya)” soʻzlari “hududiy komissiyaga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
34-bandning uchinchi xatboshisidan “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha” soʻzlari chiqarib tashlansin;
78-banddagi “Majburiy mehnatga qarshi kurashish” soʻzlari “Munosib mehnat” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-ilovaning matnidagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish” soʻzlari “Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-ilovaning matnidagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish” soʻzlari “Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
2-bandi toʻrtinchi xatboshisi hamda 4-bandining birinchi xatboshisidagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish” soʻzlari “Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-banddan “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 708-son qarori bilan tasdiqlangan Odam savdosi sohasidagi jinoyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona axborot bazasini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish” soʻzlari “Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2024-y., 09/24/239/0308-son)