Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.2017 27.04.2000 yildagi 165-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.2017
Hujjat 10.05.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ARXITEKTURA VA QURiLISh SOHASIDAGI IShLARNI TAShKIL ETISh VA NAZORATNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi PQ-2936-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, keyingi yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi va Arxitektorlar uyushmasi tomonidan arxitektura-shahar qurilishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilish, aholi punktlarini loyiha-rejalashtirish hujjatlari bilan taʼminlash va ularni amalga oshirish masalalariga zarur eʼtibor berilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻpchilik shaharlarda shahar markazlari, arxitektura komplekslarini shakllantirish, tarixiy-madaniy merosni rekonstruksiya qilish shahar qurilishi talablari buzilgan holda transport magistrallari, muhandislik-kommunikatsiya tizimlari, ijtimoiy va maishiy infratuzilma kompleks rivojlantirilmasdan rejasiz amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha-qidiruv institutlari va tashkilotlarining faoliyati sust tashkil etilgan, shahar qurilishi istiqbollarini belgilashda hamda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishda ularning roli yetarli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida arxitektura va shahar qurilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 26-apreldagi PF-2595-son Farmoniga muvofiq hamda shaharlar, tuman markazlari va aholi punktlari shaharsozlik jihatidan kompleks rivojlantirilishini taʼminlash, loyiha-qidiruv ishlari tashkil etilishini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining eʼtibori bir qancha shaharlar va boshqa aholi punktlari markazlarini barpo etishda yoʻl qoʻyilgan arxitektura va shaharsozlik sohasidagi amaldagi qonun hujjatlari qoʻpol ravishda buzilishi hollariga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan rahbarlar yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shaharlar va aholi punktlarini rivojlantirishning bosh rejalari loyihalari va ularning markazlarini shakllantirishning batafsil rejalashtirilishi loyihalari bilan taʼminlash, ularni zamonaviy shart-sharoitlar va talablarga muvofiqlashtirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlar va tuman markazlarida tegishli loyiha hujjatlarisiz hamda ularni shaharlar va aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga muvofiqlashtirmasdan obyektlar qurish taqiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-fevraldagi 42-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 79-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi shaharlar va aholi punktlarini barpo etishda normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirsin, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu hujjatlarni buzish hollarini oʻz vaqtida bartaraf etsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-apreldagi 129-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 191-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi instituti shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha bosh tashkilot etib belgilansin va unga quyidagilar yuklansin:
(3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 90-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 18-19-son, 141-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar, tuman markazlari va shahar posyolkalarini shaharsozlik hujjatlari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-rejalashtirish hujjatlari doimiy ravishda yangilanishi monitoringini yuritish, uning amalga oshirilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish yuzasidan normativ-uslubiy rahbarlik qilish, ushbu sohada ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-avgustdagi PQ-165-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi institutning tuzilmasi va ustavini belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqsin, viloyatlarda uning mintaqaviy filiallarini tashkil etsin, institutning moddiy-texnika bazasini mustahkamlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi instituti filiallarini tegishli joylar, inventar va texnikaviy vositalar bilan taʼminlasinlar.
(3-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 90-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 18-19-son, 141-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri va Toshkent viloyati boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha bosh tashkilot funksiyasi Toshkent qurilish bosh rejasi ilmiy-tadqiqot va loyihalash institutida saqlab qolinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-iyundagi 120-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 24-25-son, 223-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5 va 6-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-dekabrdagi 538-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 23-son, 233-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 8-noyabrdagi 492-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi, 2-bandi, 5-bandining uchinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 27-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
165-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-iyundagi 120-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 24-25-son, 223-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-dekabrdagi 538-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 23-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-dekabrdagi 538-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 23-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-dekabrdagi 538-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 23-son, 233-modda)