1-ILOVA
| T/r | Tashkilotlarning nomi |
Bosh tashkilotlar funksiyalarini amalga oshirish yoʻnalishlari |
| 1. | “OʻzshaharsozlikLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati |
Shaharlar, tumanlar, tuman markazlari va shahar koʻrinishidagi posyolkalarning loyiha-rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, ularni doimiy yangilash monitoringini yuritish va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat oʻrnatish. |
| 2. | “OʻzLITTI” ochiq aksiyadorlik jamiyati |
Ilmiy-tadqiqot, eksperimental, loyihalash ishlari, ilgʻor hajmli-rejalashtirish va konstruktiv yechimlarni, yangi qurilish materiallarini ishlab chiqish va joriy etish, loyihalash yechimlarini birxillashtirish, turar joy va jamoat binolarining texnik holatini baholash. |
| 3. | “Oʻzpoʻlatqurilmaloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati |
Qurilish metall konstruksiyalari va nostandart uskunalarni loyihalashtirish, foydalanish davrida ularning holatini tekshirish. |
| 4. | “Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti” davlat unitar korxonasi |
Loyihalashtirish va qurilishda muhandislik-texnik qidiruvlar, geoaxborot tizimlarini joriy etish. |
| 5. | “ZPLITI” instituti |
Poydevorsozlik, asoslarni, yer osti inshootlarini qurishda va monolit qurishda tadqiqotchilik, eksperimental va loyihalash ishlari. |
| 6. | “Iqtisodiyot va qurilishni tashkil etish, yangi texnologiyalar ilmiy-tadqiqot” instituti |
Iqtisodiyot va qurilishni tashkil etish, qurilishga yangi va ilgʻor texnologiyalarni, boshqaruv usullarini joriy etishning iqtisodiy samaradorligi. |
| 7. | “Oʻzogʻirsanoatloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati |
Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida korxonalar va sanoat uzellarini loyihalashtirish, joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish. |
| 8. | Toshkent qurilish bosh rejasi ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti |
Toshkent shahri va Toshkent viloyati boʻyicha loyiha-rejalashtirish hujjat-larini ishlab chiqish, ularni doimiy yangilash monitoringini yuritish va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat oʻrnatish. |
| 9. | “Oʻzbekkommunalloyiha” loyihalash instituti |
Uy-joy-kommunal xoʻjaligining (gaz taʼminoti xoʻjaligi bundan mustasno) muhandislik infratuzilmasini rivojlantirishni loyihalashtirish, ushbu obyektlarni joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish. |
| 10. | “Oʻzengsanloyiha” jamoa xoʻjaligi |
Yengil sanoat va paxtani qayta ishlash sanoati obyektlarini loyihalashtirish, ushbu tarmoqlardagi korxonalarni joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish. |
| 11. | “Oʻzmevasabzavotuzum-sanoatloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati |
Meva-sabzavot va oziq-ovqat sanoati obyektlarini loyihalashtirish, ushbu tarmoqlardagi korxonalarni joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish. |
| 12. | “Oʻzqishloqloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati |
Qishloq aholi yashash joylari uchun ishlab chiqarish va tura� joy hamda jamoat obyektlarini loyihalashtirish, xoʻja-liklar hududlari va sxemalarini rejali tashkil etishni ishlab chiqish. |
| 13. | “Toshqurilishmateriallari LITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati |
Qurilish materiallari ishlab chiqarish obyektlarini loyihalashtirish, tarmoq korxonalarini joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish. |
| 14. | “Oʻzgazloyiha” loyihalash instituti |
Yer osti-muhandislik kommunikatsiyalari va inshootlarining gaz taʼminoti va gazlashtirish, elektr-kimyoviy himoyalash tizimlarini loyihalashtirish, gaz taʼminoti va gazlashtirish tizimlarini rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqish. |
| 15. | “Oʻzyoʻlloyiha” loyihalash instituti |
Avtomobil-yoʻl xoʻjaligi obyektlarini loyihalashtirish, avtomobil yoʻllari, koʻpriklar, koʻprik yoʻllar sxemalarini loyihalashtirish, yoʻl boʻyidagi inshootlarni joylashtirish. |
| 16. | “Oʻzbekneftgaz” LITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati |
Neft va gaz sanoati obyektlarini loyihalashtirish, korxonalarni joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish. |
| 17. | “Oʻzdavtibloyiha” loyihalash instituti |
Sogʻliqni saqlash obyektlarini loyiha-lashtirish va ularni joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish. |
| 18 | “TransDLI” jamoa korxonasi |
Temir yoʻllarni va tegishli infratuzilmalarni loyihalashtirish. |
| 19. | “Oʻzmelioratsiyasuvxoʻjalik DLI” loyihalash instituti |
Mirzachoʻl, Jizzax va Qarshi choʻllari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv xoʻjaligi va melioratsiya obʼektlarini loyihalashtirish. |
| 20. | “Oʻzsuvxoʻjaligi DLI” loyihalash instituti |
Boshqa mintaqalardagi suv xoʻjaligi va melioratsiya obyektlarini loyihalash-tirish. |
| 21. | “Oʻzenergotarmoqloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati | Elektr taʼminoti obyektlarini va ularni joylashtirish sxemalarini loyihalashtirish. |
| 22. | “Gidroloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati | Gidroelektr stansiyalarni loyihalashtirish. |
| 23. | “Oʻzsanoattexnologiya LITI” | Kon-qazib chiqarish sanoati obyektlarini loyihalashtirish. |
| 24. | “Harbiyloyiha” loyihalash instituti | Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish. |
| 25. | “Oʻzrangmetloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati | Rangli metallurgiya obyektlarini loyihalashtirish. |