Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 213-son qaroriga
1-ILOVA
|
T/r |
Hududlar va taʼlim muassasalari |
Yoʻnalishlar* |
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
||
|
1. |
Nukus Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi |
Tibbiyot, tibbiy ijtimoiy yordam |
|
2. |
Nukus transport texnikumi |
Qurilish, transport, mehmonxona xoʻjaligi, oshpazlik |
|
Andijon viloyati |
||
|
3. |
Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi |
Tibbiyot, tibbiy ijtimoiy yordam |
|
4. |
Andijon arxitektura va qurilish texnikumi |
Qurilish, transport, mehmonxona xoʻjaligi, oshpazlik |
|
Buxoro viloyati |
||
|
5. |
Afshona Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi |
Tibbiyot, tibbiy ijtimoiy yordam |
|
6. |
Buxoro arxitektura va qurilish texnikumi |
Qurilish, transport, mehmonxona xoʻjaligi, oshpazlik |
|
Jizzax viloyati |
||
|
7. |
Jizzax Abu Ali ibn Sino nomli Jamoat salomatligi texnikumi |
Tibbiyot, tibbiy ijtimoiy yordam |
|
8. |
Jizzax arxitektura va qurilish texnikumi |
Qurilish, transport, mehmonxona xoʻjaligi, oshpazlik |
|
Qashqadaryo viloyati |
||
|
9. |
Qarshi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi |
Tibbiyot, tibbiy ijtimoiy yordam |
|
10. |
Shahrisabz shahar 1-son kasb-hunar maktabi |
Qurilish, transport, mehmonxona xoʻjaligi, oshpazlik |
|
Navoiy viloyati |
||
|
11. |
Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi |
Tibbiyot, tibbiy ijtimoiy yordam |
|
12. |
Navoiy arxitektura va qurilish texnikumi |
Qurilish, transport, mehmonxona xoʻjaligi, oshpazlik |
|
Namangan viloyati |
||
|
13. |
2-son Namangan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi |
Tibbiyot, tibbiy ijtimoiy yordam |
|
14. |
Chust tuman 1-son kasb-hunar maktabi |
Qurilish, transport, mehmonxona xoʻjaligi, oshpazlik |
|
Samarqand viloyati |
||
|
15. |
Samarqand Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi |
Tibbiyot, tibbiy ijtimoiy yordam |
|
16. |
Samarqand qurilish kolleji |
Qurilish, transport, mehmonxona xoʻjaligi, oshpazlik |
|
Sirdaryo viloyati |
||
|
17. |
Guliston Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi |
Tibbiyot, tibbiy ijtimoiy yordam |
|
18. |
Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi |
Qurilish, transport, mehmonxona xoʻjaligi, oshpazlik |
|
Surxondaryo viloyati |
||
|
19. |
Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi |
Tibbiyot, tibbiy ijtimoiy yordam |
|
20. |
Surxondaryo arxitektura va qurilish texnikumi |
Qurilish, transport, mehmonxona xoʻjaligi, oshpazlik |
|
Toshkent viloyati |
||
|
21. |
Yangiyoʻl Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi |
Tibbiyot, tibbiy ijtimoiy yordam |
|
22. |
Angren shahar 2-son kasb-hunar maktabi |
Qurilish, transport, mehmonxona xoʻjaligi, oshpazlik |
|
Fargʻona viloyati |
||
|
23. |
Margʻilon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi |
Tibbiyot, tibbiy ijtimoiy yordam |
|
24. |
Margʻilon arxitektura va qurilish texnikumi |
Qurilish, transport, mehmonxona xoʻjaligi, oshpazlik |
|
Xorazm viloyati |
||
|
25. |
Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi |
Tibbiyot, tibbiy ijtimoiy yordam |
|
26. |
Xorazm arxitektura va qurilish texnikumi |
Qurilish, transport, mehmonxona xoʻjaligi, oshpazlik |
|
Toshkent shahri |
||
|
27. |
2-Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi |
Tibbiyot, tibbiy ijtimoiy yordam |
* Yoʻnalishlar roʻyxatiga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi takliflari asosida oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 213-son qaroriga
2-ILOVA
Professional taʼlim muassasalarida kasb (mutaxassislik) va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish
|
Bosqichlar |
Masʼullar |
Tadbirlar |
Muddatlar |
|||
|
1-bosqich |
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
1. Xorijiy ish beruvchilarning kadrlarga boʻlgan ehtiyojini kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha shakllantirish hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga buyurtmalarni taqdim etish. 2. Professional taʼlim muassasalariga xorijiy ish beruvchilarni biriktirish. |
Buyurtmalar asosida |
|||
|
2-bosqich |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
1. Xorijiy davlatlarga kadrlarni maqsadli tayyorlash boʻyicha taʼlimni tashkil etish va muvofiqlashtirish bilan bogʻliq choralar koʻrish. |
Har yili 1-fevraldan boshlab |
|||
|
2. Xorijiy davlatlarga kadrlarni maqsadli tayyorlash boʻyicha taʼlimni tashkil etish yuzasidan monitoring olib borish. |
Oʻquv yili mobaynida |
|||||
|
3-bosqich |
Bilim va malakalarni baholash agentligi |
Oʻquv kurslaridagi taʼlim oluvchilarning chet tillari boʻyicha bilim darajasini baholash. |
Har 4 oyda |
|||
|
4-bosqich |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
1. Oʻqitish kurslari bitiruvchilarining yakuniy imtihonlarini amaliy-koʻrgazmali imtihon shaklida tashkil etish. 2. Yakuniy imtihonlarga ish beruvchilar vakillarini taklif etish. |
Oʻquv kursi yakunida |
|||
|
5-bosqich |
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
Xorijiy ish beruvchilar bilan oʻrnatilgan hamkorlik aloqalari asosida oʻquv kurslari bitiruvchilarini mutaxassisliklari boʻyicha belgilangan tartibda xorijiy davlatlarda ishga joylashishini tashkil etish. |
Oʻquv kursi yakunlangandan soʻng belgilangan muddatlarda |
|||
|
6-bosqich |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
Ishga joylashmay qolgan oʻqitish kurslari bitiruvchilarini “Bandlik xizmati” axborot tizimiga kiritishni taʼminlash va ularni ishga joylashtirish choralarini koʻrish. |
Doimiy |
|||
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 213-son qaroriga
3-ILOVA
Professional taʼlim muassasalarida kasb (mutaxassislik) va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari
|
T/r |
Chora-tadbirlarning nomi |
Amalga oshirish shakli |
Amalga oshirish muddatlari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Tashkiliy chora-tadbirlar |
||||
|
1. |
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilari va hududlardagi yoshlar oʻrtasida chet tili va kasb-hunar oʻrganish yuzasidan targʻibot va tushuntirish ishlarini tashkil etish. |
Targʻibot dasturi |
Oʻquv yili davomida |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. |
Xorijiy ish beruvchilarning kadrlarga boʻlgan ehtiyojini kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha shakllantirish hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga buyurtmalarni taqdim etish. |
Buyurtmalar portfeli |
2024-yil iyun |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
3. |
Xorijiy taʼlim dasturlari va ish beruvchilar takliflari asosida kasblar va mutaxassisliklarning taʼlim dasturlarini ishlab chiqish. |
Oʻquv-meʼyoriy hujjatlar |
2024-yil iyun |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
4. |
Kasb (mutaxassislik) va chet tillariga oʻqitish kurslari (keyingi oʻrinlarda — oʻquv kurslari) tashkil etiladigan professional taʼlim muassasalarining (keyingi oʻrinlarda — professional taʼlim muassasalari) kasb va mutaxassisliklar boʻyicha buyurtmalarini shakllantirish va tasdiqlash. |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrugʻi asosida |
2024-yil iyun |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
II. Taʼlim jarayonini tashkil etish va nazorat qilish |
||||
|
5. |
Professional taʼlim muassasalarining oʻquv jarayonini tashkil etish. |
Oʻquv jarayoni grafigi |
2024-yil iyun |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
|
6. |
Professional taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun oʻqitish metodikalari, taʼlim dasturidagi yangiliklar va ilgʻor pedagogik texnologiyalar boʻyicha trening mashgʻulotlarini tashkil etish. |
Seminar-treninglar |
Oʻquv yili davomida |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
7. |
Professional taʼlim muassasalarida mashgʻulotlar oʻtkazish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb etish. |
Hamkorlik kelishuvlari |
Oʻquv yili davomida |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
8. |
Professional taʼlim muassasalari taʼlim oluvchilarining chet tillari boʻyicha bilimlarini monitoring qilish. |
Oraliq imtihonlar |
Har 4 oyda |
Bilim va malakalarni baholash agentligi |
|
9. |
Professional taʼlim muassasalariga “Al-Nabib”, “Globogate Concept AG”, “NoVo Agency” kabi xorijiy ish beruvchilarni biriktirish va ular oʻrtasida hamkorlikni tashkil etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2024-yil sentabr |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi |
|
10. |
Professional taʼlim muassasalarining oʻquvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasi hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2024-yil iyun |
Yoshlar ishlari agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
11. |
Oʻquvchilarda ishga boʻlgan masʼuliyat, jamoada ishlash, boshqa millat va elatlarning qadriyatlarini hurmat qilish, oʻz fikrini ravon bayon etish kabi koʻnikmalar (Soft skills) va shaxsiy fazilatlarni rivojlantirish. |
Mashgʻulotlar |
Oʻquv yili davomida |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
12. |
Professional taʼlim muassasalarida chet tillarini oʻqitishni tashkil etish uchun ularga tegishli oliy taʼlim muassasalarini biriktirish. |
Reja-grafik |
Oʻquv yili davomida |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
|
13. |
Oʻquvchilarda amaliy koʻnikmalarni shakllantirish uchun professional taʼlim muassasalari va mos yoʻnalishdagi korxona va tashkilotlar oʻrtasida amaliyot oʻtkazish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. |
Shartnomalar |
2024-yil iyun |
Tizimida professional taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar, Savdo-sanoat palatasi |
|
14. |
Professional taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy imtihonlarini tashkil etish va davlat namunasidagi hujjatlarni rasmiylashtirish. |
Meʼyoriy hujjatlar |
Taʼlim dasturi yakunida |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
15. |
Professional taʼlim muassasalari bitiruvchilarini mutaxassisliklari boʻyicha belgilangan tartibda xorijiy davlatlarda ishga joylashishini tashkil etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Oʻqishni tamomlagandan soʻng |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi |
|
16. |
Xorijiy davlatlarga ishga joylashmay qolgan bitiruvchilar roʻyxatini shakllantirish va ularni ishga joylashtirishga koʻmaklashish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Doimiy |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |