Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2013 10.07.1996 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 263
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2013
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Oliy attestatsiya Komissiyasi

Rayosatining 1996-yil 25-yanvardagi

34/2-son qarori bilan
“TASDIQLANGAN”

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EKSPERT KENGAShI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1996-yil 10-iyulda 263-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/5-sonli “Ekspert kengashi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2443, 25.03.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK)ning ekspert kengashlari attestatsiya tizimi ishining eng muhim yoʻnalishlari hamda ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar berish masalalari boʻyicha tavsiyalar ishlab chiquvchi va ularni amalga oshiruvchi ilmiy-ijtimoiy organdir.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2009-yil 24-dekabrdagi 160/14-son qarori (roʻyxat raqami 263-2 20.01.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 3-4-son, 22-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ekspert kengashining asosiy vazifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog xodimlarni tayyorlash hamda attestatsiyadan oʻtkazishga oid tashkilotlar va muassasalar takliflarini oʻrganish, ularga baho berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) fan va texnikaning eng yangi yoʻnalishlarini hisobga olgan holda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari roʻyxatini takomillashtirishga oid takliflarni koʻrib chiqish va tayyorlash;
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2009-yil 24-dekabrdagi 160/14-son qarori (roʻyxat raqami 263-2 20.01.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 3-4-son, 22-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ixtisoslashgan hamda ilmiy kengashlarda ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar berish ishlarini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oliy oʻquv yurtlarida, ilmiy-tadqiqot muassasalarida dissertatsiya yoqlash boʻyicha kengash tuzishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) dissertatsiyalarning ilmiy saviyasini, ularning ilmiy va amaliy qimmatini baholash, ilmiy daraja va ilmiy unvon daʼvogarlariga qoʻyiladigan talablarning yagonaligini, dissertatsiyalarning yuqori saviyada ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) dissertatsiya natijalarini tahlil qilish hamda ularning ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy taraqqiyot yoʻnalishlariga qanchalik mosligiga baho berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ekspert kengashi oʻz zimmasidagi vazifalarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kengashlarning maqbul shaxobchalarini shakllantirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kengashlarni. tuzish va qayta tasdiqlashga oid materiallarni koʻrib chiqadi hamda ularning malaka darajasi va tuzishning maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar beruvchi kengashlarning ish tajribasini tahlil etadi va umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) kengashlarning oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlariga ilmiy daraja va ilmiy unvonlar berish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarini koʻrib chiqadi hamda OAK Hayʼati va Rayosatiga tavsiyalar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) himoya qilingan dissertatsiyalar mavzularini, ilmiy va amaliy natijalarini tahlil etib, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, vazirliklari, davlat qoʻmitalari, idoralari uchun tegishli materiallar tayyorlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari roʻyxatini takomillashtirishga, yangi ixtisoslar boʻyicha pasportlarni va nomzodlik imtihonlari dasturlarini tayyorlashga oid takliflarni koʻrib chiqishda qatnashadi;
(3-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2009-yil 24-dekabrdagi 160/14-son qarori (roʻyxat raqami 263-2 20.01.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 3-4-son, 22-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) fuqarolarning taklif, ariza va shikoyatlarini koʻrib chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) OAK ilmiy kengashi, Rayosati va rahbariyatining topshirigʻiga binoan ilmiy va ilmiy-pedagog xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazishga aloqador boshqa masalalarni koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ekspert kengashiga quyidagi huquqlar berilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) zarur hollarda dissertatsiyani qoʻshimcha xulosa olish uchun kengashga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yetarlicha asoslanmagan xulosani mukammallashtirish uchun kengashga qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) zarur boʻlganda ilmiy daraja talabgorlarini, dissertatsiya himoyasi yoki uning jamoaviy taqrizi oʻtkazilgan kengashning rahbarini, rasmiy opponentlarni, ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchilarni, shuningdek, yetakchi tashkilot vakillarini oʻz majlislariga taklif qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oʻz majlislarida vazirlik va idoralarning vakillarini taklif qilgan holda ixtisoslashgan va ilmiy (ilmiy-texnikaviy) kengash rahbarlarining hisobotini eshitish, OAK Rayosatining u yoki bu kengashning bundan buyon ishlashi maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligiga doir tavsiyalarni tayyorlash;
(4-bandning “v” va “g” kichik bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2009-yil 24-dekabrdagi 160/14-son qarori (roʻyxat raqami 263-2 20.01.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 3-4-son, 22-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) zarur hollarda dissertatsiya boʻyicha rasmiy opponentlarni tavsiya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) lozim boʻlganda kengash majlislariga oʻz vakillarini yuborish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) fan sohalari boʻyicha OAK xodimlari bilan birgalikda kengash faoliyatini tekshirishda ishtirok etish;
(4-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2009-yil 24-dekabrdagi 160/14-son qarori (roʻyxat raqami 263-2 20.01.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 3-4-son, 22-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) kengash ishlab turgan oʻquv yurtlari va ilmiy muassasalarda sayyor majlislar oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. OAKning ekspert kengashlari fanning turli sohalaridagi yetakchi olimlardan va xalq xoʻjaligi mutaxassislaridan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert kengashlari raislari va aʼzolari oliy oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va muassasalari, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar koʻrsatgan nomzodlarni inobatga olgan holda OAK rahbariyati tavsiyasiga asosan OAK Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2009-yil 24-dekabrdagi 160/14-son qarori (roʻyxat raqami 263-2 20.01.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 3-4-son, 22-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert kengashlarining soni va tarkibi OAK Rayosati tomonidan keyinchalik kamida uchdan bir qismini yangilash sharti bilan uch yil muddatga tasdiqlanadi. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda ekspert kengashi tarkibini qisman oʻzgartirish OAK Rahbariyatining qaroriga asosan, keyinchalik ushbu qaror OAK Rayosati tomonidan tasdiqlanishi sharti bilan amalga oshiriladi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/6-son qarori (roʻyxat raqami 263-1, 12.08.2003-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OAK ekspert kengashi tarkibida uzluksiz ishlashning umumiy muhlati ikki muddatdan oshmasligi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert kengashi tarkibiga faqat fan doktorlari kiradi. Istisno tariqasida kengashning ilmiy kotibi etib fan nomzodi ham tayinlanishi mumkin. Ekspert kengashining tarkibi 9 kishidan tortib, 21 kishigacha boʻlishi kerak.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/6-son qarori (roʻyxat raqami 263-1, 12.08.2003-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert kengashining raisi va uning oʻrinbosari bir tashkilot yoki muassasaning xodimlari boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert kengashining raisi, rais oʻrinbosari va ilmiy kotibi opponent etib tayinlanishlari mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert kengashi aʼzosi ekspert kengashi bilan kelishilgan holda OAK Rahbariyati ruxsati bilan istisno tarzida rasmiy opponent etib tayinlanishi mumkin.
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/6-son qarori (roʻyxat raqami 263-1, 12.08.2003-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert kengashining aʼzolari kengashning raisi yoki rais oʻrinbosari etib tasdiqlanishi mumkin emas. Ekspert kengashining aʼzolari kengashning aʼzosi boʻlishi tavsiya etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/6-son qarori (roʻyxat raqami 263-1, 12.08.2003-y.)ga asosan chiqarib tashlangan — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ekspert kengashi oʻz ishiga ekspert sifatida fanning tegishli sohalari boʻyicha mutaxassis boʻlgan fan doktorlarini jalb qilishi mumkin. Ekspert kengashining topshirigʻiga binoan ekspertlar dissertatsiyani tahlil qilish hamda attestatsiya ishlarini koʻrib chiqishda qatnashadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya va dissertatsiya ishlarini operativ va kompetentli koʻrib chiqish maqsadida, OAK ekspert kengashi tarkibida OAK Rayosati tomonidan seksiyalar tuzilishi mumkin. Seksiyalarning qarorlari ekspert kengashida koʻrib chiqilishi shartdir.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/6-son qarori (roʻyxat raqami 263-1, 12.08.2003-y.)ga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OAK Rayosati aʼzolari ekspert kengashi ishida qatnashishlari mumkin emas.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/6-son qarori (roʻyxat raqami 263-1, 12.08.2003-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert kengashiga taklif qilingan mutaxassislar ekspert kengashida faqat maslahat ovozi bilan qatnashish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OAK masʼul xodimlari ekspert kengashi ishida faqat OAK rahbariyatining ruxsati bilan qatnashadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ekspert kengashining majlislari rais rahbarligida, u yoʻqligida esa rais oʻrinbosari yoki OAK Rahbariyati tomonidan koʻrsatilgan ekspert kengashi aʼzosi rahbarligida oʻtkaziladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/6-son qarori (roʻyxat raqami 263-1, 12.08.2003-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert kengashining tavsiyalari va xulosalari ochiq ovoz berish tarzida koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Zarur hollarda yoki ekspert kengashi aqalli bir aʼzosining taklifiga binoan yopiq holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ekspert kengashi faoliyatini OAK rahbariyati va OAK fan sohalari boʻyicha boʻlinmalarining rahbarlari nazorat qilib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OAKning fan sohalari boʻyicha boʻlinmalari va boshqa boʻlimlari ekspert kengashi hamda ekspertlar ishi uchun sharoitni, shuningdek, u qabul qilgan tavsiya va xulosalarning roʻyobga chiqarilishini taʼminlaydilar.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/6-son qarori (roʻyxat raqami 263-1, 12.08.2003-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert kengashining majlisi belgilangan tartib buzilgan holda oʻtkazilgan yoki qabul qilingan qaror yetarlicha asoslanmagan taqdirda, OAK rahbariyati dissertatsiya ishini mustaqil yopiq ekspertizaga berib, ekspertiza natijasi asosida ekspert kengashiga masalani takroran koʻrib chiqishni taklif etishga haqli.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/6-son qarori (roʻyxat raqami 263-1, 12.08.2003-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert kengashida koʻrib chiqilgan attestatsiya ishlari va ular yuzasidan ekspert kengashining qarorlari OAK Rayosati majlisida Bosh ilmiy kotib va ekspert kengashi raisi (rais oʻrinbosari) tomonidan taqdim etiladi.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2009-yil 24-dekabrdagi 160/14-son qarori (roʻyxat raqami 263-2 20.01.2010-y) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 3-4-son, 22-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert kengashi iyul-avgust oylarida faoliyat koʻrsatmaydi va bu oylar attestatsiya ishlarining OAKda koʻrilish muddatlariga kirmaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/6-son qarori (roʻyxat raqami 263-1, 12.08.2003-y.)ga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. OAK Rayosati yoki rahbariyatining topshirigʻiga binoan, shuningdek ekspert kengashi qarori bilan ixtisoslararo yoki fan sohalariaro tutash mavzulardagi dissertatsiyalarni koʻrib chiqish uchun OAKning fan sohalari boʻyicha boʻlinmalari bir necha ekspert kengashining qoʻshma majlisini tashkil qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Fan sohalari boʻyicha boʻlinma shtatidagi xodim shu ekspert kengashi mutasaddisi ekspert kengashi majlisida qatnashish huquqiga ega boʻlib, u ekspert kengashining ilmiy kotibi bilan birgalikda attestatsiya ishi hujjatlarining toʻkis saqlanishi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi uchun masʼuldir, u ekspert kengashi aʼzolarining ishini hisobga olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert kengashi qaroriga muvofiq uning majlisida ushbu Nizom 4-moddasining v-bandida koʻrsatib oʻtilgan kishilardan tashqari u yoki bu masalani koʻrib chiqishda qatnashishi zarur boʻlgan boshqa ekspert kengashlarining aʼzolari va mutaxassislari ham ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ekspert kengashining majlisida dissertatsiya ishi boʻyicha rasmiy opponent yoki himoya qiluvchining ilmiy rahbari, ilmiy maslahatchisi boʻlgan aʼzolari, shuningdek koʻrib chiqilayotgan dissertatsiya boʻyicha yetakchi tashkilot taqrizini imzolagan ekspert kengashi aʼzolari ishtirok etmaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ekspert kengashining qarorlari va xulosalarini raislik qiluvchi va ekspert kengashining ilmiy kotibi imzolaydi hamda ular majlisdan keyin besh kundan kechiktirmay OAKning fanlar boʻyicha tegishli boʻlinmasiga topshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/6-son qarori (roʻyxat raqami 263-1, 12.08.2003-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ekspert kengashida fan doktori ilmiy darajasini va professor ilmiy unvonini berish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqish muddati toʻrt oydan, nomzodlik dissertatsiyasini hamda dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlarini berish haqidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish muddati ikki oydan oshmasligi kerak.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/6-son qarori (roʻyxat raqami 263-1, 12.08.2003-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert kengashida kengashlar tashkil qilinishi va faoliyati xususidagi materiallarni koʻrib chiqish muddati ikki oydan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ekspert kengashi har yili 10-yanvardan kechiktirmay OAKning fan sohalari boʻyicha boʻlinmasiga oʻtgan yil mobaynidagi oʻz faoliyati toʻgʻrisida belgilangan shaklda hisobot topshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ekspert kengashi aʼzolarining va ekspertlarning ilmiy va ilmiy-pedagog xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish borasidagi ishiga haq toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻrnatiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2009-yil 24-dekabrdagi 160/14-son qarori (roʻyxat raqami 263-2 20.01.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 3-4-son, 22-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Nizom boʻyicha barcha tushuntirishlar OAK Rayosati tomonidan belgilangan tartibda beriladi.
(Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/6-son qarori (roʻyxat raqami 263-1, 12.08.2003-y.)ga asosan 16-band bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)