Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
1-ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Ustuvor vazifalar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Amalga oshirish shakli |
Bajarish muddati |
Ijro uchun masʼullar |
|
|
I. Qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi rolini oshirish, qonun loyihalarini tayyorlash va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritishda yagona amaliyotni shakllantirish |
||||||
|
1. |
Qonunchilikka qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilingunga qadar uni chaqirib olish yuzasidan Qonunchilik palatasiga taklif kiritish mumkinligiga oid oʻzgartirish kiritish. |
Axborot-tahliliy maʼlumot |
2024-yil aprel |
Parlament tadqiqotlari instituti (A. Toshpulatov) |
||
|
2. |
Toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi qonunlarni qabul qilish amaliyotini kengaytirish orqali qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi rolini oshirish. |
Tegishli sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda ushbu sohadagi qonunosti hujjatlari bilan tartibga solingan munosabatlarni qonun darajasiga koʻtarish imkoniyatini muhokama qilish shartligini belgilash. |
Axborot-tahliliy maʼlumot, qonun loyihasi |
2024-yil aprel |
Adliya vazirligi (A. Toshqulov), Parlament tadqiqotlari instituti (A. Toshpulatov) |
|
|
3. |
Qonun loyihasini tayyorlashda manfaatdor tashkilotlar vakillari, olimlar va jamoatchilik vakillarini keng jalb qilish. |
Qonun loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhlar tarkibiga ushbu loyiha manfaatlariga daxl qilishi mumkin boʻlgan soha, tashkilotlar mutaxassislarini, olimlar va jamoatchilik vakillarini ham taklif qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. |
Axborot-tahliliy maʼlumot, normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2024-yil may |
Adliya vazirligi (A. Toshqulov), Parlament tadqiqotlari instituti (A. Toshpulatov) |
|
|
4. |
Qonunlardagi havolaki normalarni realizatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
1. Qonunlarni havolaki normalarning amalga oshirilganligi nuqtai nazaridan xatlovdan oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tashkil etish. |
Axborot-tahliliy maʼlumot, chora-tadbirlar dasturi |
2024-yil fevral |
Oliy Majlis palatalari, Adliya vazirligi (A. Toshqulov), Parlament tadqiqotlari instituti (A. Toshpulatov) |
|
|
2. Qonunlardagi realizatsiya qilinmagan havolaki normalarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi loyihasini tayyorlash. |
2024-yil avgust |
|||||
|
II. Tartibga solish yukini va ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni kamaytirish hisobiga huquqni qoʻllash amaliyotini soddalashtirish, barcha uchun qulay boʻlgan sodda va ixcham qonunchilik tizimini yaratish |
||||||
|
5. |
Tarqoq qonun va qonunosti hujjatlarni yaxlit qonunga birlashtirish, kodifikatsiyalash boʻyicha ishlarni jadallashtirish. |
1. Qonun hujjatlarini kodifikatsiyalash boʻyicha boshlangan ishlarni tanqidiy tahlil qilish, kodifikatsiyalashga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish, kodifikatsiyalash ishlarini yanada kengaytirish boʻyicha ishchi guruh tashkil etish. |
Axborot-tahliliy maʼlumot, chora-tadbirlar dasturi |
2024-yil mart |
Oliy Majlis palatalari, Parlament tadqiqotlari instituti (A. Toshpulatov), Adliya vazirligi (A. Toshqulov), vazirlik va idoralar |
|
|
2. Qonunlarni kodifikatsiyalash boʻyicha 2030-yilgacha moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. |
2024-yil aprel |
|||||
|
6. |
Tartibga solish yukini va ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni kamaytirishda parlament nazorati taʼsirchanligini oshirish. |
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmitalari tomonidan vazirliklarning oʻz yoʻnalishlarida qonunchilikdagi byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish yuzasidan amalga oshirgan ishlari boʻyicha hisobotlarini eshitib borish va natijalari boʻyicha takliflar kiritish. |
Amaliy chora-tadbirlar, axborot-tahliliy maʼlumot |
2024-yil may, oktyabr |
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmitalari |
|
|
III. Qonun ijodkorligi jarayonida fuqarolik jamiyati institutlari, ilmiy hamjamiyat vakillari va siyosiy partiyalarning ishtirokini yanada kuchaytirish, ular bilan maslahatlashuvlar oʻtkazish amaliyotini takomillashtirish |
||||||
|
7. |
1. Qonun loyihalarini ishlab chiqishning barcha bosqichida, shuningdek qonun loyihalarining qoʻmitalar va fraksiyalar tomonidan koʻrib chiqilishida ekspertlar va ilmiy hamjamiyat vakillari bilan maslahatlashish, ularning salohiyati va ilmiy ishlanmalaridan keng foydalanish amaliyotini kengaytirish. Shu maqsadda qoʻmitalar huzuridagi ekspertlar guruhlari tarkibini qayta koʻrib chiqish va ularning sonini maqbullashtirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil aprel |
Parlament tadqiqotlari instituti (A. Toshpulatov), Oliy Majlis palatalari qoʻmitalari |
||
|
2. Qonun ijodkorligi jarayonida fuqarolik jamiyati institutlari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazishni yangicha tartibini joriy etish. Bunda har bir qoʻmitada tegishli soha boʻyicha qonunlarni koʻrib chiqishda qoʻmita bilan hamkorlik qiladigan nodavlat notijorat tashkilotlari roʻyxati yuritiladi. Qoʻmitaga kelib tushgan qonunlar tegishli NNTlarga ham koʻrib chiqish va taklif berish uchun yuboriladi hamda ularning qonun loyihasi boʻyicha fikri qoʻmita, fraksiya va palata majlislarida oʻqib eshittiriladi. |
Qonunchilik palatasi qarori |
2024-yil mart |
Parlament tadqiqotlari instituti (A. Toshpulatov), Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi (Sh. Bafayev) |
|||
|
8. |
Qonun loyihalarini ishlab chiqishning barcha bosqichida ilmiy-ekspertlik qoʻllab-quvvatlovini taʼminlash. |
1. Qonun ijodkorligi jarayoniga ilmiy va ekspert doiralar vakillari, oliy taʼlim tashkilotlarining ilmiy darajalar olish uchun talabgorlarining qonunchilik va huquqiy tartibga solishni takomillashtirish boʻyicha takliflarni oʻz ichiga olgan ilmiy-tahliliy faoliyati natijalaridan foydalanish uchun aloqa tizimini yoʻlga qoʻyish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil aprel |
Oliy Majlis palatalari qoʻmitalari, Parlament tadqiqotlari instituti (A. Toshpulatov), Qonunchilik palatasi Devoni (B. Radjabov), Senat Devoni (Q. Nurullayev) |
|
|
2. Qonun ijodkorligi jarayonida faol ishtirok etayotgan olimlar, mu�axassis va ekspertlarni ragʻbatlantirishning tashkiliy-huquqiy, moddiy tartibini takomillashtirish. |
Axborot-tahliliy maʼlumot |
2024-yil may |
||||
|
IV. Qonun ijodkorligida jamoatchilik muhokamasi tizimini takomillashtirish, barcha muhim huquqiy hujjatlar bevosita aholi bilan muloqot asosida, jamoatchilik fikrini hisobga olgan holda qabul qilinishini taʼminlash |
||||||
|
9. |
Jamoatchilikning qonun loyihalarini koʻrib chiqish jarayonidan xabardorligini oshirish. |
Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihalari, shuningdek ularning Oliy Majlis palatalari tomonidan koʻrib chiqilishi holati haqidagi maʼlumotlarni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida doimiy asosda yangilab borish, real vaqt rejimida takliflar hamda mulohazalarni yoʻllash imkoniyatini joriy etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil dekabr |
Qonunchilik palatasi Devoni (B. Radjabov) |
|
|
10. |
Aholini parlament faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, Oliy Majlis palatalari aʼzolarini fuqarolar bilan yanada yaqinlashtirish. |
Oliy Majlis palatalari majlislarida aholining ishtirok etishi boʻyicha yangicha mexanizmlarni joriy etish (“Ochiq parlament” tizimi). Bunda Germaniya tajribasi (“Salom Bundestag” loyihasi) misolida parlament majlislarida ishtirok etmoqchi boʻlgan fuqarolarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish va parlament ishiga taklif qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi. |
Qonunchilik palatasi va Senatning qoʻshma qarori |
2024-yil aprel |
Qonunchilik palatasi Devoni (B. Radjabov), Senat Devoni (Q. Nurullayev), Senatning tegishli qoʻmitalari |
|
|
11. |
Eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini aholi bilan muloqot asosida, jamoatchilik fikrini hisobga olgan holda qabul qilish. |
Eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, ayniqsa, qonun loyihalarini ishlab chiqishdan oldin ularning tayyorlanishi boʻyicha axborotni jamoatchilik muhokamasi portaliga joylashtirish va loyihani jamoatchilik takliflari asosida ishlab chiqish tartibini joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2024-yil mart |
Parlament tadqiqotlari instituti (A. Toshpulatov), Adliya vazirligi (A. Toshqulov) |
|
|
12. |
Qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamasi tizimini takomillashtirish. |
1. Jamoatchilik muhokamasiga chiqarilayotgan qonun loyihalarining mazmun-mohiyatini aholi uchun sodda va tushunarli tilda izohlab berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. 2. Ishlab chiquvchi tomonidan muhokama ishtirokchilarining takliflari majburiy tarzda koʻrib chiqilishi toʻgʻrisidagi talabga rioya etilishi ustidan nazoratning taʼsirchan mexanizmlarini joriy etish. 3. Jamoatchilik muhokamasidagi loyihalar boʻyicha bildirilayotgan takliflarga munosabat bildirib borish tartibini joriy etish. 4. Qonun ijodkorligi jarayonida jamoatchilik bilan oʻzaro hamkorlik qilishning zamonaviy shakllari va mexanizmlarini joriy etish. |
Axborot-tahliliy maʼlumot |
2024-yil aprel |
Adliya vazirligi (A. Toshqulov), qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari, Parlament tadqiqotlari instituti (A. Toshpulatov) |
|
|
V. Qonun ijodkorligiga “aqlli tartibga solish” modeli elementlari, shu jumladan, tartibga solish taʼsirini baholash tizimini keng joriy qilish hamda qonun loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish |
||||||
|
13. |
Qonun ijodkorligi jarayonida manfaatdor tomonlar ishtirokini kengaytirish. |
Tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlariga bevosita daxl qiluvchi qonunlarni ishlab chiqishda soha vakillari takliflarini koʻrib chiqish va ular bilan muhokamalar oʻtkazish amaliyotini keng tatbiq qilish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil aprel |
Adliya vazirligi (A. Toshqulov), qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari |
|
|
14. |
Qonun loyihalari boʻyicha tartibga solish taʼsirini baholash institutini qoʻllash doi�asini kengaytirish. |
1. Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga qonun loyihasini kiritishda loyiha boʻyicha tartibga solish taʼsirini baholash xulosasi majburiy tarzda ilova qilish talabini belgilash. 2. Qonun kuchga kirib, besh yildan soʻng masʼul davlat organi va Oliy Majlis palatalarining masʼul qoʻmitalari tomonidan qonun samaradorligini, oʻz maqsadi va kutilgan natijalariga erishilganligini aniqlash maqsadida uning taʼsirini baholash tartibini joriy etish. |
Axborot-tahliliy maʼlumot, normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2024-yil avgust |
Adliya vazirligi (A. Toshqulov), Parlame�t tadqiqotlari instituti (A. Toshpulatov), Qonunchilik palatasi Devoni (B. Radjabov), Senat Devoni (Q. Nurullayev) |
|
|
15. |
Qonun loyihalari sifatini oshirish, ularni ekspertiza qilish tartib-taomillarini takomillashtirish. |
Qonun loyihalarini jamoatchili� ekspertizasidan oʻtkazish amaliyotini kengaytirish va ularni barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalariga mosligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibini joriy etish. |
Axborot-tahliliy maʼlumot |
2024-yil aprel |
Parlament tadqiqotlari instituti (A. Toshpulatov) |
|
|
16. |
1. Qonun loyihasida korrupsiyaga qarshi, iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy, lingvistik, ekologik, gender-huquqiy ekspertizalarni oʻtkazish majburiyligini belgilash, shuningdek har bir ekspertizani oʻtkazish tartibi va ekspertiza jarayonida hal etiladigan masalalar roʻyxatini belgilash. 2. Qonunchilik hujjatlarida har qanday ekspertizani oʻtkazmaslik qonun loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytarish uchun asos boʻlishini belgilash. |
Qonun loyihasi |
2024-yil may |
Parlament tadqiqotlari instituti (A. Toshpulatov) |
||
|
VI. Qonun qabul qilish, uning kuchga kirishi va orqaga qaytish kuchi, uni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish bilan bogʻliq tartib-taomillarni takomillashtirish |
||||||
|
17. |
Qonun loyihalarini dastlabki tarzda koʻrib chiqishda quyidagi talablarni inobatga olish: yangi qonun loyihasini ishlab chiqishda uni amalga oshirishga qaratilgan havolaki normalar yangi qonun bilan birga yoki qonunda belgilangan muddatda ishlab chiqilishi va kuchga kirishi; qonun loyihasi bilan belgilanayotgan qoidalar ilgari qabul qilingan qonunlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritishni taqozo etganda ushbu oʻzgartirishlar yangi qonunni qabul qilish bilan bir vaqtning oʻzida amalga oshirilishi. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil davomida |
Oliy Majlis palatalari qoʻmitalari |
||
|
18. |
Qonun loyihalarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasida koʻrib chiqish va qabul qilish tartibini takomillashtirish. |
Qonunchilik palatasi qoʻmitalari tomonidan qonun loyihalarini koʻrib chiqish amaliyotini takomillashtirish, shu jumladan, qoʻmitada qonun loyihasi boʻyicha muhokamalarni tashkil etish va qarorlarni ovoz berish orqali qabul qilishning aniq tartibini belgilash, shu jumladan, qonun lo�ihasini ikkinchi oʻqishga tayyorlash jarayonida uni moddama-modda koʻrib chiqish tartibini joriy etish. |
Axborot-tahliliy maʼlumot, normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2024-yil aprel |
Parlament tadqiqotlari instituti (A. Toshpulatov), Qonunchilik palatasi Devoni (B. Radjabov) |
|
|
19. |
Huquqiy barqarorlikni taʼminlash, qonunchilikda oʻzaro kolliziya va qarama-qarshiliklarni bartaraf etish. |
Yuqori turuvchi normativ-huquqiy hujjat oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilganda uning asosida qabul qilingan quyi turuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish va ularni ham bekor qilish masalasini majburiy tartibda muhokama qilish tartibini yoʻlga qoʻyish. |
Axborot-tahliliy maʼlumot, normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2024-yil iyun |
Parlament tadqiqotlari instituti (A. Toshpulatov), Adliya vazirligi (A. Toshqulov) |
|
|
20. |
Qonun ijodkorligi jarayoni samaradorligi va sifatini oshirish, huquqiy tartibga solish barqarorligini taʼminlash. |
1. Qonun loyihalarini ishlab chiqish va kelishish amaliyotini monitoring qilish natijasi boʻyicha ularni ishlab chiqish uchun beriladigan eng kam muddatni aniq belgilash hamda idoralararo kelishish muddatini uzaytirish. |
Axborot-tahliliy maʼlumot |
2024-yil may |
Adliya vazirligi (A. Toshqulov), Parlament tadqiqotlari instituti (A. Toshpulatov) |
|
|
2. Fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari, fuqarolik jamiyati institutlariga qoʻshimcha majburiyat yuklashni nazarda tutuvchi qonunchilik normalarini (amaldagi uch oylik muddat oʻrniga) kalendar yilning aniq sanasini belgilash orqali kuchga kirishini taʼminlash orqali tadbirkorlik subyektlariga oʻz shart-sharoitlarini shunga qarab moslash imkoniyatini yaratish. |
Axborot-tahliliy maʼlumot, normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2024-yil avgust |
||||
|
VII. Qonun ijodkorligi jarayonini raqamli transformatsiya qilish |
||||||
|
21. |
Qonun ijodkorligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish. |
Qonun ijodkorligi jarayoni barcha bosqichlarini elektron shaklga oʻtkazishni nazarda tutuvchi elektron norma ijodkorligi tizimini rivojlantirish, qonunni imzolashgacha boʻlgan jarayonni toʻliq elektron tartibga oʻtkazish. |
Axborot-tahliliy maʼlumot, normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2024-yil aprel |
Qonunchilik palatasi Devoni (B. Radjabov), Senat Devoni (Q. Nurullayev), Adliya vazirligi (A. Toshqulov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
|
VIII. Qonunchilikni yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirish hamda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini toʻliq amalga oshirish |
||||||
|
22. |
Oliy Majlis Senatining mahalliy Kengashlar faoliyatiga norma ijodkorligi yoʻnalishida koʻmaklashish faoliyatini takomillashtirish. |
1. Mahalliy Kengashlar faoliyatini tartibga solishga qaratilgan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish. 2. Oliy Majlis Senati devonida Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi tashkil etilganligi munosabati bilan qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
Amaliy chora-tadbirlar, hujjat loyihasi |
2024-yil aprel |
Oliy Majlis Senatining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi (Q. Muqumov) |
|
|
23. |
Oʻzbekistonning tinchliksevar tashqi siyosatini amalga oshirishni qonuniy mustahkamlash. |
Oʻzbekiston va jahon hamjamiyati, qoʻshni davlatlar bilan doʻstona munosabatlarni “davlatlarning hududiy yaxlitligi” va “tinchliksevar tashqi siyosat” prinsiplari asosida rivojlantirishga doir konstitutsiyaviy normalarni Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasiga kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish. |
Qonun loyihasi |
2024-yil aprel |
Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi (D. Fayziyeva), Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi (R. Alimov) |
|
|
24. |
Qonunlardagi havolaki normalarni amalga oshirish mexanizmlarini belgilash. |
1. Soʻnggi yillarda qabul qilingan yaxlit qonunlarni tahlil qilgan holda ulardagi havolaki normalarni aniqlash va ularning amalga oshirilganlik holatini oʻrganish. 2. Qonunlardagi amalga oshirilmagan havolaki normalarni realizatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2024-yil fevral |
Parlament tadqiqotlari instituti (A. Toshpulatov), Qonunchilik palatasi Devoni (B. Radjabov) |
|
|
25. |
Toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi qonunlarni qabul qilishning samarali mexanizmlarini joriy etish va bunday qonunlarning ulushini oshirish. |
1. Qonunning oʻzida undagi havolaki normalarni amalga oshirish va masʼul ijrochilarni belgilash amaliyotidan keng foydalanish. 2. Toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan qonunlarni qabul qilish amaliyotini kengaytirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil davomida |
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmitalari, Qonunchilik palatasi Devoni (B. Radjabov), Parlament tadqiqotlari instituti (A. Toshpulatov) |
|
|
26. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish taʼsirini baholash hajmini kamida 2 baravarga oshirish. |
Qonunchilik palatasiga k�ritilgan qonun loyihalarini tartibga solish taʼsirini baholash tartibini belgilash orqali qonun loyihalarining sifatini oshirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2024-yil aprel |
Parlament tadqiqotlari instituti (A. Toshpulatov) |
|
|
27. |
Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining samarali monitoringi qamrovini oshirish. |
Qabul qilingan qonunlar ijrosini monitoring qilib borish amaliyotini tizimli olib borish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil davomida |
Oliy Majlis palatalari qoʻmitalari |
|