Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi Rayosatining
QARORI
“ILMIY DARAJALAR BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOM”GA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 12-avgustda 261-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/2-sonli “Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2441, 25.03.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-sentabrdagi 421-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari” toʻgʻrisida qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 1996-yil 25-yanvaridagi 34/2-son qarori bilan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1996-yil 10-iyulda 261-raqam bilan roʻyxatga olingan “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisida Nizom”ga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilsin.
Rais M.M. MUXITDINOV
Bosh ilmiy kotib K.S. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 17-iyul,
96/4-son
Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Oliy Attestatsiya komissiyasi
Rayosatining 2003-yil 17-iyulidagi
96/4-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Oliy Attestatsiya komissiyasi
Rayosatining 2003-yil 17-iyulidagi
96/4-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 1996-yil 25-yanvardagi 34/2–son qarori bilan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1996-yil 10-iyulda 261-raqam bilan roʻyxatga olingan Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisida Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-band boʻyicha
a) “yutuqlarga” soʻzidan keyin “oliy maʼlumotga, shu jumladan bakalavr yoki magistr darajasiga” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
b) quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tibbiyot fanlari boʻyicha dissertatsiya himoya qilish — tibbiyot sohasi boʻyicha oliy maʼlumotga ega shaxslarga, veterinariya fanlari boʻyicha dissertatsiya himoya qilish — veterinariya sohasi boʻyicha oliy maʼlumotga ega shaxslarga, yuridik fanlar boʻyicha dissertatsiya himoya qilish — huquq (yurisprudensiya) sohasi boʻyicha oliy maʼlumotga ega shaxslarga ruxsat etiladi.”.
2. 2-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qoraqalpoq adabiyotshunosligi va tilshunosligi boʻyicha dissertatsiyalar talabgorning xohishiga qarab, qoraqalpoq tilida yozilishi mumkin.”.
3. 5-bandning ikkinchi xatboshisining birinchi jumlasida “bir oy” soʻzlari “besh kun” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nomzodlik imtihonlari falsafa, milliy istiqlol gʻoyasi va fan metodologiyasi, chet tili, informatsion texnologiyalar asoslari hamda dissertatsiya mavzuiga muvofiq ixtisoslik fanidan oʻtkaziladi.
Chet el fuqarolari uchun nomzodlik imtihonlari oʻzbek yoki rus tili, informatsion texnologiyalar asoslari va dissertatsiya mavzuiga muvofiq ixtisoslik fanidan oʻtkaziladi.”
5. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Nomzodlik imtihonlarining mazmunini va ularni topshirish tartibini OAK Rayosati belgilaydi.”.
6. 10-band boʻyicha:
a) ikkinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi chiqarilsin;
b) quyidagi mazmundagi uchinchi—beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Dissertatsiya ishi kirish qismi, kamida uchta boʻlim, asosiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat boʻlib, oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.
Dissertatsiya ishining amaliyotga tadbiqi yuzasidan maxsus ishlab chiqilgan tavsiyalar ixtisoslashgan kengashda tasdiqlanib, attestatsiya ishiga ilova qilinadi.
Dissertatsiya mavzusi boʻyicha foydalanilgan adabiyotlar asosan oxirgi oʻn-oʻn besh yil ichida nashr etilgan boʻlishi tavsiya etiladi.”;
v) uchinchi—beshinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi—sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
g) sakkizinchi xatboshidagi “Hayʼati (kollegiya)ning” soʻzlari “Rayosatining” soʻzi bilan almashtirilsin.
7. 11-band boʻyicha:
a) birinchi xatboshidagi “(doktorlik dissertatsiyasi uchun OAK bilan kelishilgan holda)” soʻzlari chiqarilsin.
b) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Dissertatsiya mavzusi ilmiy kengash tomonidan tasdiqlangandan soʻng, “OAK Byulleteni” jurnalida nashr etilishi uchun oʻrnatilgan tartibdagi hujjatlar bilan OAKga yuboriladi.”.
8. 12-band boʻyicha:
a) birinchi xatboshidagi “chop etiladigan” soʻzlaridan keyin “OAK roʻyxatidagi gazeta va ilmiy jurnallarda,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Doktorlik dissertatsiyasi boʻyicha dissertantning umumiy ilmiy ishlari soni 30 tadan (shundan 10 tasi yakka mualliflikda) kam boʻlmasligi kerak.”;
v) beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“birinchi boʻlimda monografiyalar hamda gazeta, ilmiy jurnallar va toʻplamlarda chop etilgan maqolalar roʻyxati beriladi. Bu boʻlimda keltirilgan maqolalarning kamida oʻntasi OAK roʻyxatidagi gazeta va ilmiy jurnallarda nomzodlik dissertatsiyasi himoyasidan soʻng nashr qilingan boʻlishi kerak. Dissertantning gazeta va ilmiy jurnallarda chop etilgan oʻnta maqolasi boʻlmagan hollarda, doktorlik dissertatsiyasining himoyasi masalasini istisno tariqasida OAK Rayosati hal qiladi;”;
g) oʻn uchinchi xatboshi “talabgorning” soʻzidan keyin “OAK roʻyxatidagi gazeta,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
d) quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Nomzodlik dissertatsiyasi boʻyicha talabgorning umumiy ilmiy ishlari soni beshtadan kam boʻlmasligi kerak.”.
9. 14-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ilmiy daraja talabgorlari dissertatsiyasini dastlabki ekspertizadan oʻz xohishlari bilan, ixtisoslashgan kengashdan mustaqil ravishda oʻtkazishlari mumkin. Ixtisoslashgan kengash dastlabki ekspertizalar natijalaridan qoniqmagan taqdirda, dissertatsiyani qoʻshimcha ravishda ekspertizaga yuboradilar.”.
10. 15-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Kengash, dissertatsiya himoya uchun qabul qilingandan soʻng, uning avtoreferati chop etilishidan avval belgilangan tartibda “OAK Byulleteni” jurnalida himoya toʻgʻrisida eʼlon beradi.”.
11. 19-band boʻyicha:
a) birinchi xatboshida “etilgan boʻlishi kerak” soʻzlari “etiladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) birinchi xatboshining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Avtoreferat oʻzbek, rus, yoki ingliz tillarida yozilishi mumkin.”;
v) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xalqaro ekspertizadan oʻtkazish va ilmiy yutuqlarni targʻib qilish maqsadida avtorreferatga rus, oʻzbek va ingliz tillaridagi qisqacha mazmuni ilova qilinishi tavsiya etiladi. Qisqacha mazmunning hajmi doktorlik dissertatsiyasi uchun bir sahifadan va nomzodlik dissertatsiyasi uchun yarim sahifadan oshmasligi lozim. Dissertatsiya avtoreferati bosmaxonada yoki koʻpaytirgich uskunada kengash belgilagan nusxada bosiladi.”.
12. 20-band boʻyicha:
a) “mashinkada ikki intervalda yozilgan” soʻzlari chiqarilsin;
b) quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Doktorlik dissertatsiya boʻyicha dissertatsiyaning va avtoreferatining muqovasida faqat birgina ilmiy maslahatchi koʻrsatilishi mumkin.
Nomzodlik dissertatsiyasi boʻyicha dissertatsiyaning va avtoreferatning muqovasida birgina ilmiy rahbar koʻrsatilish mumkin. Nomzodlik dissertatsiyasi boʻyicha ikkinchi ilmiy rahbar yoki ilmiy maslahatchi zarur hollarda, dissertatsiya va avtoreferatning titul varagʻida OAK ruxsati bilan koʻrsatilishi mumkin. Ixtisosliklar tutashligida himoyaga taqdim etilgan nomzodlik dissertatsiyalari bundan mustasno.”.
13. 25-band boʻyicha:
a) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Dissertatsiya ishi bajarilgan yoki ilmiy tadqiqot ishlari boʻyicha dissertant buyurtmachi, ijrochi (sherik ijrochi) boʻlgan tashkilotlar, talabgor ishlayotgan muassasa, rasmiy opponentlarning, ilmiy rahbarning, ilmiy maslahatchining asosiy ish joyi boʻlgan muassasa, yetakchi tashkilot boʻla olmaydi.”;
b) ikkinchi—beshinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi—oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
14. 30-band boʻyicha:
a) ikkinchi xatboshidagi “Dissertatsiyaga” soʻzi “Doktorlik dissertatsiyasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Nomzodlik dissertatsiyasi himoyasida, qoida tariqasida, rasmiy opponentlarning hammasi qatnashishi shartdir.”.
15. 33-band boʻyicha:
a) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Shuningdek, dissertatsiya, avtoreferat hamda attestatsiya hujjatlarining elektron versiyalari oʻrnatilgan tartibda talabgorning attestatsiya ishi bilan birga OAKga topshiriladi.”;
b) ikkinchi—toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi—beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
16. 35-bandning birinchi xatboshisidagi “bordiyu” soʻzi chiqarilsin.
17. 37-band boʻyicha:
b) toʻrtinchi xatboshida “birgalikda” soʻzidan keyin “OAK Rahbariyati ruxsati bilan” soʻzlari qoʻshilsin;
v) beshinchi xatboshida “boʻlinma” soʻzidan keyin “OAK Rahbariyati ruxsati bilan” soʻzlari qoʻshilsin;
g) yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mabodo kengash himoya oʻtkazishda OAK Nizomlari talablarini va oʻrnatilgan tartib-qoidani buzgan boʻlsa, OAK Rahbariyati OAK Meʼyoriy (protsedura) komissiyasining qaroriga asosan attestatsiya ishi koʻrilishini toʻxtatib, dissertatsiya ishiga rad javobi berishi mumkin.”.
18. 39-band quyidagi tahrirda bayon etilsiin:
“39. Dissertatsiya himoyasidan keyin, dissertatsiyada aniqlangan noaniqliklarni, xatolarni tuzatish mumkin emas. Attestatsiya ishining OAKda koʻrilish jarayonida attestatsiya ishida aniqlangan xatolar, kamchiliklar tuzatilishiga ruxsat berilmaydi.
Talabgor oʻz dissertatsiyasini koʻrib chiqish jarayonining har qanday bosqichida: kengashda — yashirin ovoz berishdan avval, OAKda esa — fan nomzodi yoki doktori ilmiy darajasini berish haqidagi yechim yoxud qaror qabul qilinishidan oldin uni muhokamadan olishga haqli, oʻzga materiallardan ularning muallifi va manbaini koʻrsatmasdan foydalanganligini kengash yoki OAK aniqlagan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda dissertatsiya muhokamadan olingandan keyin umumiy asoslarda takroran himoyaga taqdim etilishi mumkin.”.
19. VI boʻlim chiqarilsin.
20. 42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“42. OAK Rayosatining ilmiy daraja berish haqidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ilmiy daraja diplomlari qaror qabul qilingan paytdan boshlab bir oy muddat davomida OAK Rayosati qarori asosida rasmiylashtiriladi va beriladi.”.
21. 47-bandning birinchi xatboshisidagi va 48-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Hayʼati” soʻzi “Rayosati” degan soʻz bilan almashtirilsin.
22. Nizom quyidagi mazmundagi 50-band bilan toʻldirilsin:
“50. Ushbu Nizom boʻyicha barcha tushuntirishlar OAK Rayosati tomonidan belgilangan tartibda beriladi.”.
23. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar, ular kuchga kirgunga qadar tegishli kafedralar tomonidan himoyaga tavsiya etilgan nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)